BEMORNI PARVARISH QILISH!  ( 29812 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


JaviK  22 May 2010, 15:08:08

Bolaning, ayniqsa temperaturasi baland bo’lgan vaqtda, og’zi qurib turadi. Shuning uchuin unga tez-tez oz—ozdan (yarim choy qoshiqdan) suv ichirib turish kerak. Ich ketishi bilan o’tadigan me’da—ichak kasaalliklarida bola ko’p suyuqlik yoqotadi, bunda har 15-20 minutda kam-kamdan suv ichirib turish (bola uyg’oqligida) zarur. Yuqori nafas yo’llari kasalliklarida bolani vaqt-vaqti bilan bir yonboshdan ikkinchi yonboshiga ag’darib turish lozim; uni tez-tez qo’lga olib ko’tarib yursa ham bo’ladi, lekin nafas olishiga halal bermaslik uchun ko’tarib yuruvchi kishi bolani bag’riga qattiq bosmasligi kerak. Teri kasalliklarida bemor bolaning ich kiyimlarini qaynatib olish va dazmollash shart. Primochka qo’yilishi zarur bo’lsa, to’rt qavat qilib buklangan doka yoki toza surpni dori eritmasiga ho’llab kasal joyini qoplab turadigan qilib qo’yiladi. Lattani olmay har 20 minutda ustiga tomizg’ich yoki qoshiqdan dori tomizib turiladi. Agar bolaning yuzida ekzema (go’sh) bo’lsa, unda yuziga niqobga o’xshagan mazli bog’lamlar qo’yiladi. Maz suriladigan doka parchasidan bolaning burni, ko’zlari va og’zi o’rnida teshiklar ochiladi, bog’lam uchlari esa bolaning ensasidan bog’lab qo’yiladi.

 

Suyuq dori qoshiqchadan ichiriladi (achchiq dori ustidan bolaga shirin choy ichirish kerak). Tabletkalarni maydalab va suvda eritb ichirgan ma’qul.

Qayd etilgan


JaviK  22 May 2010, 15:08:58

3 yoshgacha bo’lgan va emadigan bolalarda uchraydigan kasalliklar qorinnig dam bo’lishi, sanchib og’rishi, bezovtalanish va hokazolar bilan o’tadi. Bunda kindik atrofini soat strelkasi yo’nalishi bo’ylab ohista silash (2-3 minut massaj qilish) foyda beradi. Massaj qilishda qo’llarga yupqa qilib vazelin  yoki sariyog’ surtib olish kerak. Massaj doiraviy harakatlar qilib terini silash bilan tugallanadi.

Bolani isitish zarur bo’lsa unga rezinka grelka qo’yish mumkin. Grelkadagi suv temperaturasi  50- 60 gradusdan yuqori bo’lmasligi kerak.

Bir necha qavat buklangan va iliq (40-45 gradus) suvga ho’llangan doka yoki bir bo’lak toza gazlamadan bolaga isituvchi kompress qo’yiladi.

Gorchichniklarni bolaga kompress qog’oz orqali qo’yish kerak.



Qayd etilgan


JaviK  22 May 2010, 15:09:30

Oyoqni solib turish uchun mo’ljallangan gorchitsali vanna 1 chelak suvga 1 oshqoshiq gorchitsa — xantal hisobidan chelakda yoki kichikroq kastryulkada  tayyorlanadi (suv temperaturasi 37-38 gradus bo’ladi). Vanna qilish vaqtida bolani qo’lda ushalab turilib, adyol bilan oyoqlari va chelakni ham o’rab qo’yiladi. Vanna qilish muddati 10-15 minut. Suv sovib qolmasligi uchun vaqt-vaqtida issiq suv qo’shib turiladi. Vannadan keyin bolaning oyoqlarini iliq suv bilan chayib, quruq qilib artiladi, so’ngra choyshabga o’rab keyin paypoq kiygiziladi, o’ringa yotqizilib oyoqlariga grelka qo’yiladi.


Qayd etilgan


JaviK  22 May 2010, 15:11:02

Shifobaxsh issiq vanna qabul qilish uchun bola avval temperaturasi 36 gradusli suvga yelkalarigacha tushiriladi, so’ngra vannaga qaynoq suvni juda ehtiyotkorlik bilan ingichka oqim holida quyib turib, vanna temperaturasi 39- 40 gradus gacha yetkaziladi. Bunda bolaning boshi yuvilmaydi, vannadan keyin bolani isitib qo’yilgan yo’rgak va adyolga o’rab, oyoqlariga grelka qo’yiladi.

Ba’zi hollarda kasal bolaga davo maqsadida primochka shaklida sovuq narsa yoki muz qo’yish buyuriladi. Muz xaltachaga solinadi yoxud yo’rgakka o’rab bolaning boshi yoki qorni ustiga osib qo’yiladi. Bola shamollab qolmasligi uchun muzni vaqti-vaqti bilan olib yana qo’yiladi, uni yarim soatdan ortiq qo’yish mumkin emas.


manba:

Qayd etilgan