Islomiy hayot tarzi  ( 15784 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


maknuna  29 Iyul 2006, 05:12:12

Abdurahmonqizi:
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuh!
Men yangi a'zo sifatida, ushbu forum qatnashchilarining qaydidir ma'noda iymonlashishidan juda hursand bo'ldim.
Meni qiziqtirayotgan masala xaqiqiy shar'iy hayot tarzidir. Islomda ayol kishidan avval so'raladigoni namoz undan keyin erining xaqqi. Lekin hozirda ayrim erkaklar yoki qaynonalar ayol kishiga ota-onani har hafta ziyorat qilishni cheklashadi. Ayol kishi oldida ota-onaning xaqqichi?
Yana bir masala, hozirgi paytda nimagadir ko'p kishilar(asosan ayollar) o'z hayot tarzini deyarli butunlay domlalarga bog'lab qo'yishgan. Domla kishiga o'qitish to'g'rimikin?

Man islomiy hayot tarziga mos kemiydigon bid'at amallar va irim-sirimlar haqida ma'lumot almashmoqchi edim.
Bir-birimizni turli bid'atlarni bildirish bilan ulardan qaytariylik! Bilganlaringiz bo'lsa yoziyla

Bibi seshanba, 8 martni nishonlash, to'ylardagi karnay-surnaylar, ayollarning turli tog'ora-nog'oralari, erkaklarning ayollar bilan bir joyda o'tirishi manimcha bid'at(Vallohu a'lam)

Agar forum a'zolarining shu xaqida fiklari bo'lsa bildirishlariga umidvorman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Sentyabr 2006, 07:03:12

Va alaykum assalom!

Dam solish - bu bir duoning bir turi, Qur’oni Karim oyatlaridan o‘qib, Payg‘ambarimiz (s.a.v) ni bemorlarga o‘qigan duolaridan o‘qib, Alloh subhanu va taolodan duo qilib shifo so‘rashdan iborat. Dam solayotgan kishi o‘zining bemor birodari yoki singlisiga shifo so‘rab Alloh subhanu va taologa iltijo qilib, oyatlarni o‘qib, demak hadislarda kelgan duolarni o‘qib shifo so‘raydi, duo qiladi. Dam soldirayotgan kishi esa, ibodatli, taqvodor, Alloh subhanu va taologa hurmat xosil qilgan, duosi qabul bo‘lishi umidimiz ko‘proq bo‘lgan bir birodarimiz, otaxonimi, yokt akamiz bizni haqqimizga duo qilayapti, shifo so‘rab Parvardigoro shu kishini duolarini qabul qilgin, bizga shifo bergin degan niyat bilan turishi kerak. «Tasbehni o‘zi yoki qandaydir bir dam solingan choy va boshqa narsa shifo bo‘lib ketadi» degan e’tiqod yo‘q, orada o‘shalar bo‘lganda ham duo Alloh subhanu va taoloning O’zidan shifo so‘rash bo‘lishi kerak.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
www.islam.uz

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Sentyabr 2006, 07:03:38

Assalomu alaykum Abdurahmonqizi!
Ushbu savollaringizni Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlaridan so'ragan edik. Ularning javoblari:

Аёл киши ота-онасини бир хафтада бир бор зиёрат килиш хакига эга. Уни ман килишга бировнинг хаки йўк. Эрнинг хаки ота-онаникидан авло эканини ўзингиз билар экансиз. Агар «ўкитиш» деганда дам солдириш маъносин кўзда тутаётган бўлсангиз, бунда хаддан ошмаслик керак.

http://www.islam.uz/forum/phpBB2/viewtopic.php?t=1775

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Sentyabr 2006, 07:04:21

Ota-onani ziyorat qilmoq

Dinimiz avvalo ota-onaga silai rahm qilishlikni va qarindosh-urug’larni borib ko’rishlikni, agar ular muhtoj bo’lsalar, imkon qadar jonlari va mollari bilan yordam berishlikni buyuradi. Shuning uchun ayol haftada yoki 15 kunda bir ota-onasini va avvalgi eridan bo’lgan bolalarini ziyorat qilishi kerakki, eri bunga to’sqinlik qilmasligi lozim. Qur’oni Karim shunday ta’lim beradi: "œParvardigoringiz yolg’iz Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onalaringizning) birovi yoki har ikkisi sening qo’l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab "œuf" tortma va ularning (so’zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt." (Al-Isro surasi, 23-oyat). Qur’onda marhamat qilingani kabi hazrat Payg’ambardan (s.a.v.) eng ko’p kimga yaxshilik ko’rsatish kerak, deb so’ragan bir sahobiyga "œonangga", deya uch bor takrorlaganlaridan so’ng "œotangga" dedilar.

Islomda ona haqqiga e’tibor shu qadarki, ona mushrik bo’lsada, bu haqqini yo’qotmagan bo’ladi. Faqat ota-ona farzandiga yo er xotiniga Islomdan tashqari, ya’ni, Islomga zid amr va talqinda bo’lsalar, u holda ularga itoat qilinmaydi. Istasa ular ham ziyoratga kelishi mumkin. Eri xohlamasa ularni uyiga qo’ymasligi ham mumkin. Bu vaziyatda ko’chada yoki hovlida ko’rishib, suhbatlashadilar. Bu holat rahm-shafqat tushunchalariga zid kelsada, er mahram bo’lmagan va o’zi shubhalangan kishilarni xotini bilan ko’rishmoqdan man etishi mumkin.

"Ayollarga xos masalalar" kitobidan

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Sentyabr 2006, 07:05:14

«Bibi Mushkulkishod»

«Bibi Mushkulkishod» (bibi seshanba) degan nom bu qissa shariatimizda yo‘q narsa, mumkin emas narsab. Mushkulni kushod qiluvchi ya’niki, banda boshiga tushgan bandaning boshiga tushgan ogirlikni yengil qiluvchi, mushkul ishlarni kushoyish aylovchi zot, Alloh taoloning o‘zi. Bibi Mushkulkishod degan bir shaxs bo‘lib, ana shu shaxs odamlarning mushkulini kushod qiladigan, ogirini yengil qiladigan, qaygusini ketkazadigan, boshiga tushgan musibatni yo‘q qiladigan bo‘lishi mumkin emas.

Shuning uchun, «Bibi Mushkulkishod» degan marosimlarni qilish, u yerda o‘sha hech islomga aloqasi bo‘lmagan bir qissani o‘qish odamni boshiga tushgan mushkilni kushoyish aylab yozib yuboradigan holat emas. Balki boshiga ogir ish tushgan mushkil tushgan mo‘min - musulmon Paygambarimiz Muhammad s.a.vdan kelgan rivoyatlar asosida, Qur’on oyatlaridan o‘qib, salovotlar aytib, Alloh subhonahu va taoloning O’zidan, mushkulini oson qilishni so‘ramogi lozim. Bu to‘grisida aniq va ishonchli rivoyatlar bor. Sahobalarning r.a. hayotlarida o‘tgan tajribalar bor. Ana o‘shalarni Qur’on oyatlaridan o‘qib, Paygambarimiz Muhammad s.a.v dan rivoyat qilingan duolardan o‘qib, mushkulini Alloh subhonahu va taoloning o‘zidan oson bo‘lishini so‘rash kerak. Bu narsani qayta-qayta aytishga majburmiz, chunki turli sabablarga ko‘ra, asosan diniy ta’limotning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, ayollarimiz o‘rtasida islom ta’limotlari, jumladan, shu boshiga mushkul tushganda nima qilish kerakligi to‘grisidagi shar’iy ko‘rsatmalar joriy bo‘lmaganligidan, mana shu narsa ayollarimiz o‘rtasida keng tarqalib qolgan. Xatto Hadicha Kubro madrasasida ta’lim olgan, viloyatlardan kelgan qizlardan ba’zilari ham murojaat qilishgan. Ular o‘z yurtiga bu yerda tahsil olib ta’tilga qaytib borsalar ayollar «Sen shunday diniy madrasada o‘qib kelding, bizga «mushkulkushod» qilib bergin» degan murojaatni qilib ularni xijolatga qo‘yayotganliklarini aytadilar. «Sen madrasada o‘qib kelding, bizga Qur’on tilovatini o‘rgatgin, bizga namoz ta’limini bergin, bizga shariat ahkomlarini o‘rgatgin» deyishning o‘rniga bizga «mushkulkushod» o‘qib bergin» degan ma’noni talabini qo‘yishadi.

Holbuki, bu narsa shariatda yo‘q, musulmonlar qilmasligi kerak narsa bo‘lganligidan, albatta madrasada buni o‘qitish mumkin emas, bu to‘grisida so‘z bo‘lishi ham mumkin emas. Ana shu qizlar ham bizga murojaat qilib «ana shu ma’noni uchib bersangiz» holatlari bor edi. Shuning uchun kattayu-kichik, yoshu-qari opa-singillarimiz yaxshi tushunib, anglab yetmoqlari lozimki, bizning shariatimizda «Bibi Mushkulkushod» nomli shaxs yoki qissa yoki boshiga mushkul tushgan odam qiladigan marosim mutlaqo yo‘q, bu shar’iy narsa emas, balki boshiga mushkul tushganda banda Allohning o‘ziga yolvorishi kerak, Qur’on oyatlaridan o‘qishi kerak va Alloh subhanu va taoloning O’zidan, Paygambarimiz a.s dan rivoyat qilingan duolarni o‘qish, takrorlash, Allohning zikrini qilish orqali mushkulini oson bo‘lishini so‘rashlari lozim.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
www.islam.uz

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Sentyabr 2006, 07:05:30

Islomiy to'y

Hammamizga ma’lumki «islomiy to‘ylar» degan tushuncha yaqinda chiqdi. Avvalgi dinga ruxsat berilmagan kommunistik tarbiya hukm surib turgan, ko‘pchilik narsalarda boshqa dindagilarning ishiga tobe bo‘lgan vaqtimizda yillar o‘tishi bilan odamlarga joriy bo‘lib qolgan to‘ydan boshqacharoq to‘y qilish boshlandi. U yerdagi harom, harish ishlarni qilmasdan, dinimiz hukmiga muvofiq qilib to‘y o‘tkazishga harakat boshlandi, mana shundan «islomiy to‘y» degan istiloh chiqdi. Avvalda bu gaplar yo‘q edi, mana hozir shariat borasidagi barcha kitoblarimizni qarasak to‘ylarni «islomiy» yoki «noislomiy» degan bo‘lish yo‘q.

To‘y ma’nosida «Valimatun nikoh»-«Nikoh valimasi» aytiladi, ana shu ma’noda to‘y qilishning hukmi, unga da’vat qilinganlarning borishi kerakligi va shunga o‘xshagan ko‘rsatmalar beriladi. Lekin bu savolga o‘xshab «islomiy to‘y» ma’nosida gap-so‘zlar yo‘q. Endi bizning sharoitimizdan kelib chiqiladigan bo‘lsa bu to‘ylarni shariatimiz harom qilgan narsalardan holi qilib qilishni o‘zimizcha ta’rif qilib aytishimiz mumkin. Shariatimiz harom qilgan narsalar nima, avvalgi vaziyatimizga qaraganda? Shulardan bittasi mast qiluvchi ichimliklarni ichmaslik, avvalda mana shu narsa avj olgan edi, «aroq bo‘lmasa to‘y bo‘lmaydi» degan tushuncha bor edi.

«To‘y bo‘ladi-yu aroq bo‘lmaydimi?» degan tushuncha bor edi. Holbuki bu noto‘g‘ri bir tushuncha edi. Endi dinimizni tanib borib, islomimizning ahkomlarini tushunib borib, «Alloh harom qilgan narsani nima uchun to‘yda ichamiz» degan tushuncha chiqib, ulamolarimiz tushuntirib to‘yda aroq ichmaslikni, to‘ydan boshqa vaqtda ham ichmaslik kerak o‘zi, islomiy to‘ylarga bir belgi qilib olindi. Bu belgilarning ikkkinchisi erkak-ayol mast-alast holatda va boshqa holatlarda aralash-quralash bo‘lmasligi. Odob-ahloq doirasida erkaklar alohida, ayol kishilar alohida bo‘lishligi. Eng katta ko‘zga ko‘ringan ikkita belgi shu.

Ana shu ma’nolarni biz yaxshi tushunib olishimiz kerak. Shu bilan birga bid’at, xurofot, shariatimiz man qilgan narsalarni to‘ylarda ham, boshqa yerlarda ham qilmasligimiz lozim va lobud. Shu bilan birga uchinchi bir alomat bor, bu to‘g‘risida ihtilof, turli gaplar bor : «nikoh to‘yida musiqa yoki qo‘shiq aytish mumkinmi yoki yo‘qmi» degan tushuncha. Ba’zi bir kishilar «bu borada umuman hech narsaga ruxsat yo‘q» degan gapni aytishadi, bu gap ham yaqinda o‘sha boshqa taraflardan eshitib, o‘shalarning aytganlariga taqlib qilib orasida kelib chiqdi. Lekin, ko‘p marta aytib, tushuntirilgan narsa shuki, Payg‘ambar (s.a.v) ning hadislarida kelgan ma’no shuki: nikoh to‘yida ko‘ngilxushlik qilsa joiz. Hadis kitoblarimizda «I’lanun nikahi val lahu fihi» degan bob ham bor, «nikohni e’lon qilish va o‘sha paytda ko‘ngilxushi qilish ma’nolari» degan sarlavha ostida bir qancha hadisi shariflar keltiriladi.

Ana shu hadisi shariflardan bir Rubayya binti Muoviz (r.a)dan rivoyat qilinadi. Unda u kishi aytadiki: «Meni nikoh to‘yim kuni Rasuli Akram alayhissalotu vasallam kirib keldilar, ko‘rpachamning ustiga o‘tirdilar, ikki qiz qo‘shiq aytar edilar va Payg‘ambar (s.a.v) o‘tirganlaridan so‘ng ulardan biri «Va fiyna nabiyyu yumbiun ang‘odin» degan baytni aytdilar, ya’ni «bizning ichimizda bir payg‘ambar borki, ertangi kunning xabarini beradi» dedi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v) «dahihaza» - «buni qo‘ygin, avvalgisini aytgin» dedilar. Shuningdek, Oysha onamiz (r.a) o‘zlari boqib olib tarbiya qilgan yetim qizni ansoriylardan biriga kuyovga uzatganlarida kelin tushirib borib, qaytib kelganlaridan keyin Payg‘ambar (s.a.v) : «Ey Oysha, ansoriylar ko‘ngilxushiga moyil kishilar edilar. Biror ko‘ngilxushi qildingizmi?» deb so‘raganlarida «qiladigan bo‘lsak nima qilar edik» deb Oysha onamiz aytganlarida Payg‘ambar (s.a.v) bizdagi «Yor-yor»ga o‘xshash narsani aytib «Ataynakum, ataynakum» deb o‘zlari aytib Oysha onamizga eshittirganlar.

Shunga o‘xshash bir qancha rivoyatlar bor, ana shunda ma’lum bir musiqa asboblarini chalib, qo‘shiq aytib, bu ham albatta shariat doirasida, ma’nolari faqat shariat ma’nolariga to‘g‘ri keladigan, shariatimizda man qilingan ma’nolari bo‘lmaslik sharti bilan ruxsatlar berilgan. Alhamdulilloh hozirgi kunda mana shu ma’nolar to‘ylarimizda yo‘lga qo‘yilib borilyapti. O’shandoq harom, harish ichimliklardan, urf-odatlardan, aralash-quralash bo‘lishliklardan saqlanib, odob bilan to‘ylarni chiroyli o‘tkazish ishlari bo‘lyapti. Bularning hammasi albatta yaxshilik, hayr-barakaga sabab bo‘ladi degan umiddamiz. Alloh subhanu va taolo undan keyin ham bunga o‘xshagan yaxshi narsalarni yurtimizda keng tarqab borishini O’zi ta’minlagan bo‘lsin.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
www.islam.uz

Qayd etilgan


Odila  13 May 2008, 16:43:15

Assalomu aleykum!
Bu mavzuni ko'tarib chiqqan Maknuna bonuga va savollarga chiroyli javob yozgan AbdulAzizga, hamda ko'pchilik mo'minlarga ilm o'rgatayotgan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga katta rahmat!
Olloh chiroyli va xayrli amallaringizga rivoj bersin!

Qayd etilgan