Anas ibn Molik(r.a) aytadilar:
Payg’ambar(s.a.v) huzurlariga Jabroil(a.s) kelib:"Yer boshqa yerga, osmonlar (o’zga osmonlarga) aylanib qoladigan hamda(barcha odamlar) yolg’iz va qudratli Allohga ro’baro’ bo’ladigan kunda (qiyomatda) intiqom oluvchidir" oyatini tilovat qildi.
Payg’ambar(s.a.v.) aytdilar:"Ey Jabroil, odamlar qiyomat kunida qanday holatda bo’ladilar?".Jabroil aytdi:"Ey Muhammad, ular oppoq, hech ham gunoh qilinmagan yerda bo’ladilar. Agar jahannamning guvillashi eshitilsa, maloikalar arshga yopishib oladilar.
Har bir farishta:"Ey Alloh, faqat o’zimizning nafsimizni Sendan so’raymiz(qiyomatning qo’rqinchi farishtalarning ham faqat o’zlarining qayg’ulari bilan band qilib qo’yarkan".Tog’lar esa titilgan jundek bo’lib,jahannamning qo’rqinchidan osmaonda uchib yuradi. So’ngra jahannam keltiriladi.U guvillab ovozini chiqarib keladi, uning yetmish ming arqoni bor, ahr bir arqonda yetmish mingta farishta bo’ladi, keyin Alloh oldida to’xtaydi.
Alloh taolo:"Ey jahannam, gapir",deydi.Jahannam aytadi:"La-a ilaha illalloh,Sening izzating va pokliginggaqasamki,bugun sen berga rizqni yeb,boshqaga ibodat qilgan kishidan,albatta , o’ch olaman.Mening xuzurimdan faqat o’tish huquqi bo’lgan kishilgina o’tadi".Payg’ambar(s.a.v.):"Ey Jabroil,qiyomat kunidagi o’tish nima?"dedilar.
Jabroil(a.s):"Ey Muhammad, ummatingizdan kim la-a ilaha illalloh kalimasini aytib , guvohlik bergan bo’lsa,jahannam ko’prigidan o’tadi,"dedi.Payg’ambar(s.a.v.)aytdilar:"Ummatimni la-a ilaha illalloh kalimasibilan ilhomlantirganZotga hamdu sano bo’lsin""