Eng katta gunoh
Hammamizga ma’lumki, Alloh eng yomon ko’rgan amal shirk keltirishdir. Undan saqlanish, agar Allohning o’zi marhamat qilmasa, bandasi uchun juda mushkuldir. Chunki shirkning xili, turi ko’p. masalan, ulamolarning aytishicha, "œAgar itim bo’lmaganida yoki eshikni qulflamaganimda uyimni o’g’ri urib ketardi", deyish ham shirkning bir ko’rinishidir. Chunki hamma ish Allohning xohishi bilangina amalga oshadi. Agar u xohlasa, eshikka bir emas, o’nta qulf urilsa ham, o’g’ri o’marib ketaveradi. Xohlamasa, eshigida qulfi bo’lmasa ham, uyga hech kim kirolmaydi.
Albatta, bu gapda, extiyot choralatini ko’rish shart emas, degan ma’no yoq. Balki inson sababini o’rinlatib qo’yib, natijani faqat Allohdan kutishi kerak, deyilmoqchi. Chunki natijada sababgagina, bog’lab qo’yilsa, shirk paydo bo’ldi.
Darhaqiqat, Alloh taolo hayoti dunyoni sabablar pardasi bilan o’radi. Buyuk xohishini esa, pardaning orqasida qoldirdi. Ammo pardaning ortidagi ana shu xohishni ko’ra olishda insonga mashaqqat yoq. Zero, irodasi har narsadan ustun ekaniga Alloh bisyor oyat-alomatlar qildi. Faqat, insonga uyg’oq qalb kerak. Ozgina g’aflat, xolislikdan chekinish shirk tomon toyib ketish deganidir (Alloh saqlasin). Umar ibn Xattob (r.a.) ogoh qilib aytadilarki: "œShirk kishi qalbiga qorong’u uyda qora toshning ustida o’rmalab kelayotgan qora chumolidan ham maxfiyroq tarzda kiradi".
Payg’ambarimiz (s.a.v.) ham ummatlariga shirkdan panohlanish sari bir yo’lni ko’rsatib ketgankar: "œKim to’shakka kirganda "œQul ya ayyuhal kafurin" surasini o’qisa, Alloh taolo uni shirkdan asraydi", deganlar.
Xullas, bu og’ir gunohdan saqlanish uchun bandaga teran qalb bilan qilingan xolis harakat hamda Allohning o’ziga ilyijo kerak.
Biz Allohni shirkdan poklaganimiz kabi, Alloh ham bizni shirk amallardan poklasin. Tavfiq Allohdandir.
Abdug’afur Iskandar