Savob istab...  ( 33241 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Laylo  11 Avgust 2006, 06:32:40

9/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim:
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb bir kunda yuz marta aytsa, o’nta qul ozod qilgan barobarida bo’libdi. Unga yuzta hasanot yozilib, yuzta yomonligi o’chiriladi, kech kirgunicha shaytondan omonda bo’ladi. Uning bu amalidan afzalroq ishni hech kim qila olmaydi. Faqat shu kalimalarni ko’proq aytgan kishi o’zib ketishi mumkin», dedilar. Va yana Rasululloh: «Kim: «Subhanallohi va bihamdihi», deb bir kunda yuz marta aytsa, xatolari dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, kechib yuboriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari

10/10. Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Zikrlarning afzali «La ilaha illalloh»dir». Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari

11/11. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh alayhissalom: «Allohni zikr qiladigan kishi bilan zikr qilmaydigan kishining misoli xuddi tirik bilan o’likning misoli kabidir», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:33:02

12/12. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Bir a’robiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Menga bir kalom o’rgating, aytib yuray», dedi. Shunda Rasululloh:
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, Allohu akbar kabiyro valhamdu lillahi kasiyro va subhanallohi robbil ‘alamiyn, la havla va la quvvata illa billahil ‘aziyzil hakiym», deb ayt», deb o’rgatdilar. (Ma’nosi: Allohdan bosh-qa iloh yo’q, U yakkayu yolg’izdir. Uning sherigi ham yo’q. Alloh juda buyuk, Allohga cheksiz hamd bo’lsin, olamlar rabbi Alloh barcha aybu nuqsonlardan pokdir, hakim va aziz bo’lgan Allohdan o’zgada o’zgartirish ham, quvvat ham yo’q.) Keyin haligi a’robiy: «Ey Rasululloh, bu aytganlaringiz Rabbim uchun, men uchun-chi?» deb so’radi. Rasululloh:
«Allohummag’fir liy varhamniy vahdiniy varzuqniy» deb, ayt», dedilar». (Ma’nosi: Allohim meni mag’firat qil, menga rahm ayla, meni hidoyat et, meni rizqlantir.) Imom Muslim rivoyatlari

13/13. Yana Sa’d ibn Abu Vaqqos rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida edik. U zot: «Birontangiz bir kunda mingta hasanot kasb qila oladimi?» deb so’radilar. O’tirganlardan biri: «Mingta hasanotni qanday qilib olish mumkin?» dedi. Rasululloh: «Kim yuzta tasbih aytsa, mingta hasanot yozilib, mingta xatosi o’chiriladi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari

14/14. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarning har bitta a’zoingizga sadaqa vojibdir. Har bir tasbihingiz — sadaqa, har bir tahmidingiz — sadaqa, har bir tahlilingiz — sadaqa, har bir takbiringiz — sadaqa, yaxshilikka buyurishingiz — sadaqa, yomonlikdan qaytarishingiz — sadaqa. Endi bularning hammasi uchun ikki rak’at zuho namozi o’qishingiz kifoyadir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:33:18

15/15. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Jannat xazinalaridan birini senga aytaymi?» dedilar. Men: «Ha, ayting, ey Rasululloh», dedim. Shunda Rasululloh:
«La havla va la quvvata illa billah»ni ayt, u jannat xazinalaridandir», dedilar».Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari

16/16. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot Rasululloh alayhissalom bilan bir ayolning huzuriga kirdilar. Uning oldida danak (yoki mayda) toshlar bor edi. Ayol ana shularni sanab, tasbih aytardi. Rasululloh unga: «Bundan yengilroq va afzalroq narsani aytaymi?
«Subhanallohi ‘adada ma xolaqo fis-samai va subhanallohi ‘adada ma xolaqo fil-arzi va subhanallohi ‘adada ma bayna zalika va subhanallohi ‘adada ma huva xoliq», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: Osmonda yaratgan narsalari adadicha Allohni poklayman, yerda yaratgan narsalari adadicha Allohni poklayman, u ikkalasi orasidagi narsalar adadicha Allohni poklayman va U yaratadigan narsalari adadicha Allohni poklayman.)

«Allohu akbar», «alhamdu lillah», «la ilaha illalloh», «la havla va la quvvata illa billah» kalimalarini ham xuddi «subhanalloh»ni aytgandek aytadi. (Ya’ni, «Allohu akbar ‘adada ma xolaqo fis-samai va Allohu akbar ‘adada ma xolaqo fil-arzi...» deb.) Imom Termiziy va Abu Dovud rivoyatlari

17/17. Yusayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam takbir, tahlil, taqdisga rioya qilgan holda aytib yurishga buyurib, barmoq bilan ado etishni tavsiya etar edilar. Chunki barmoqlar so’ralib nutq qildiriladi». Imom Termiziy va Abu Dovud rivoyatlari

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:33:37

18/18. Abdulloh ibn Umar (r.a.): «Rasulullohning o’ng qo’llari bilan sanab tasbih aytayotganlarini ko’rdim», deydilar. Termiziy, Abu Dovud, Nasoiy rivoyatlari

19/19. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim:
«Roziytu billahi robban va bil islami diynan va bimuhammadin sollallohu alayhi vasallama rosula», desa, unga jannat vojib bo’ladi», dedilar. (Ma’nosi: Allohni rabbim deb, Islomni dinim deb, Muhammad alayhissalomni rasul deb rozi bo’ldim.) Abu Dovud rivoyat qilganlar

20/20. Abdulloh ibn Busr (r.a.) rivoyat qiladilar: «Bir kishi: «Ey Rasululloh, Islom shari’ati menga ko’payib ketdi. Menga bir narsa o’rgatingki, ana shuni mahkam ushlay», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Doimo tiling Allohning zikri bilan nam bo’lib yursin», dedilar».Termiziy rivoyatlari

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:33:48

21/21. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Qiyomat kuni Allohning huzurida darajasi ulug’ ibodat qaysi?» deb so’rashdi. Rasululloh: «Allohni ko’p zikr qiluvchilar», deb aytdilar. Shunda men: «Allohning yo’lida g’azot qiluvchidan ham afzalmi?» dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qilichi bilan kofir va mushriklarni urib, qilichi sinib, qonga belanib ketsa ham, Allohni zikr qiluvchining darajasi undan afzaldir», dedilar». Termiziy rivoyatlari

22/22. Abu Dardo (r.a.) aytadilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Rabbingiz huzurida amallarning yaxshisi, darajangizni baland qiluvchisi, pul va oltinlarni infoq qilishdan afzalroq bo’lgan va dushmaningizga yo’liqib, uning bo’yniga qilich urishdan ham yaxshi narsani aytaymi?» dedilar. Sahobalar: «Ayting», deyishdi. Shunda Rasululloh: «Allohni zikr qilish», dedilar. Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari
Hokim «Mustadrak» nomli kitoblarida bu hadisning isnodini sahih deganlar.

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:34:03

Eng katta gunoh

Hammamizga ma’lumki, Alloh eng yomon ko’rgan amal shirk keltirishdir. Undan saqlanish, agar Allohning o’zi marhamat qilmasa, bandasi uchun juda mushkuldir. Chunki shirkning xili, turi ko’p. masalan, ulamolarning aytishicha, "œAgar itim bo’lmaganida yoki eshikni qulflamaganimda uyimni o’g’ri urib ketardi", deyish ham shirkning bir ko’rinishidir. Chunki hamma ish Allohning xohishi bilangina amalga oshadi. Agar u xohlasa, eshikka bir emas, o’nta qulf urilsa ham, o’g’ri o’marib ketaveradi. Xohlamasa, eshigida qulfi bo’lmasa ham, uyga hech kim kirolmaydi.
Albatta, bu gapda, extiyot choralatini ko’rish shart emas, degan ma’no yoq. Balki inson sababini o’rinlatib qo’yib, natijani faqat Allohdan kutishi kerak, deyilmoqchi. Chunki natijada sababgagina, bog’lab qo’yilsa, shirk paydo bo’ldi.
Darhaqiqat, Alloh taolo hayoti dunyoni sabablar pardasi bilan o’radi. Buyuk xohishini esa, pardaning orqasida qoldirdi. Ammo pardaning ortidagi ana shu xohishni ko’ra olishda insonga mashaqqat yoq. Zero, irodasi har narsadan ustun ekaniga Alloh bisyor oyat-alomatlar qildi. Faqat, insonga uyg’oq qalb kerak. Ozgina g’aflat, xolislikdan chekinish shirk tomon toyib ketish deganidir (Alloh saqlasin). Umar ibn Xattob (r.a.) ogoh qilib aytadilarki: "œShirk kishi qalbiga qorong’u uyda qora toshning ustida o’rmalab kelayotgan qora chumolidan ham maxfiyroq tarzda kiradi".
Payg’ambarimiz (s.a.v.) ham ummatlariga shirkdan panohlanish sari bir yo’lni ko’rsatib ketgankar: "œKim to’shakka kirganda "œQul ya ayyuhal kafurin" surasini o’qisa, Alloh taolo uni shirkdan asraydi", deganlar.
Xullas, bu og’ir gunohdan saqlanish uchun bandaga teran qalb bilan qilingan xolis harakat hamda Allohning o’ziga ilyijo kerak.
Biz Allohni shirkdan poklaganimiz kabi, Alloh ham bizni shirk amallardan poklasin. Tavfiq Allohdandir.

Abdug’afur Iskandar

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:34:13

Hazrati Oisha r.a.dan shunday naql qilinadi:" Rasululloh s.a.v.ning shunday duo qilganlarini eshitdim:" Allohim! Sening pok va poklovchi,faqat o'zingga hos,muborak,o'zing sevgan,u bilan duo qilinsa,sen qabul etadigan,u bilan marhamat so'ralsa,sen marhamat qiladigan,u bilan g'amlardan qutulish so'ralganda qutqaradigan ismi jaliling hurmati Sendan yordam so'rayman!" (Ibn Moja rivoyati)

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:34:26

Sayyidul istig'for.
" Allohim,robbim Sensan,Sendan boshqa iloh yo'qdir,meni yaratgan sensan,senga ibodat qilaman,kuchim yetganicha senga bergan ahdim va va'damni bajaraman.Qilgan hatolarim uchun senga sig'inaman.Menga bergan ne'matlaringni va gunohlarimni ham e'tirof etaman.meni mag'firat qil,Sendan boshqa gunohlarni kechiradigan Zot yo'q".

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:34:52

Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladi:
Nabiy (s.a.v.) aytdilar: "œAytishga yengil, tarozida og’ir, Rahmonga suyukli ikki so’z bor: "œSubhanallohi va bihamdih" (Alloh pokdir va maqtov Ungadir) va "œSubhanallohil ‘aziym" (Ulug’ Alloh pokdir)".


Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) marhamat qiladilar:
"œQiyomat kuni kishilar orasida men bilan birga bo’lishga muyassar bo’luvchilar (yoki: Qiyomat kunida mening shafoatimga erishadigan baxtli inson) "œLa ilaha illalloh"
kalimasini chin qalbdan aytuvchilardir".

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:35:34

Sen o'zingni ihlosingda ihlosni ko'rsang, bilgilki, seni ihlosing ihlosga muhtoj.
"Hikmatlar hazinasidan".

Qayd etilgan