Savob istab...  ( 33402 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Munira xonim  15 Avgust 2006, 10:26:20

Safarga chiqayotganda o'qiladigan duo.

Ey, Rabbim, safarda yo'ldoshim O'zingsan!Mol-mulkim,ahlu-ayolim va farzandlarimni ham O'zingga topshirdim".

Jufti haloliga yaqinlik qilayotganda o'qiladigan duo.

Ey,Rabbim, bizni shaytondan va shaytonni esa bizga nasib etadiganing (farzand)dan uzoq qil".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 10:29:45

Biror musibat yetganda o'qiladigan duo.

"Biz Allohning O'zinikimiz va Uning huzuriga albatta qaytajakmiz.Bizga O'zi kifoya qilguvchi va tavakkul qilishga loyiq Zotdir".

Betob bo'lganda o'qiladigan duo.

Ey insoniyat Parvardigori, mendan bu dardni daf qilgin,shifo bergil. Sen shifo berguvchi Zotsan. Sening davoyingdan o'zga davo yo'qdir".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 10:33:10

Kiyim kiyganda o'qiladigan duo.

"Avratlarimni barkitib, hayotda chiroyli bo'lib yurgudek liboslarni nasib etgan Allohga hamdlar aytaman".

Biror majlisga kirib o'tirganda o'qiladigan duo.

"Ey,Rabbim, meni muborak o'ringa tushirgil,Sen hayrlik tushirguvchisan".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 10:37:04

Dasturhondan turilayotganda o'qiladigan duo.

"Meni to'ydirib, chanqog'imni qondirgan hamda Islom ahli toifasidan qilgan Alloh taologa hamd bo'lsin!"

G'amgin holatda o'qiladigan duo.

"Ey,Rabbim, albatta men Sening bandangman hamda bandang o'g'liman,Sening hukmingga va taqdiringga roziman, ko'nglimdan g'am anduhni ketkazishingni va g'amdan so'ng shodlik keltirishnigni tilayman".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 10:52:09

Dushmandan qutulomqchi bo'lgan o'qiladigan duo.

"Alloh bizga kifoyadir, U qandayin yahshi vakil va qandayin yahshi nusrat berguvchi Hojadir".

Bo'htonga qarshi o'qiladigan duo.

"Ishimni Allohga topshirdim. Albatta Alloh bandalrini ko'rib turguvchidir".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 10:56:38

Hamisha o'qib yuriladigan duolar.

"Ey qalblarni burguvchi Zot! Qalbimni O'z toatingga burgil!"

Ey,Rabbim, ilmimni ziyoda qilgin. Hidoyatga musharraf qilganingdan keyin qalbimni haq yo'ldan og'dirib qo'yma va menga O'z huzuringdan rahmat ato et!Albatta Sen barcha yahshiliklarni ato qiluvchisan".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 10:58:53

"Ey,Rabbim, meni atvba qilguvchilardan va pok yuruvchilardan qilgin!"

Ey,Rabbim, qalbimni nifoqdan, amalimni riyodan va ko'zimni hiyonatdan saqlagin!"

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 11:02:11

"Ey,Rabbim, meni ilm bilan boyitgin, halimlik bilan ziynatlagin va sog'lik bilan bezagin".

"Ey,Rabbim, men Sendan foyda beruvchi ilm, keng rizq va har dardga shifo so'rayman".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 11:04:13

"Ey,Rabbim, men Sendan qorni bilan yuruvchi, ikki oyoqlab yuruvchi va to'rt oyoqlab yuruvchi narsalarning yomonligidan panoh so'rayman".

"Ey,Rabbim, hotinlarning fitnasidan va qabr azobidan panoh so'rayman".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 11:08:53

"Ey,Rabbim, yaratilishimni chiroyli qilding, hulqimni ham chiroyli qil. Rabbim, kechir, rahm qil va to'g'ri yo'lga boshla".

"Ey,Rabbim, har bir yomonliklardan va rahmatingdan quvilgan shaytonning yomonligidan panoh so'rayman".


Yuqoridagi duolar "Eng zarur duolar" kitobchasidan olindi.

Qayd etilgan