O'zbekiston haqida savol bor!  ( 89795 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 B


AbdulAziz  06 Sentyabr 2011, 22:06:42

"Mushtum" jurnali haliyam bormi? Nimalarni tanqid qilishyabdi xozirgi kunda:)

"Mushtum" jurnali haliyam nashr qilinadi. A3 da kichik, a4 dan katta formatda.
www.mushtum.uz degan saytlari ham bor edi. Tug'iliboq, bir yil o'tmay o'lib qolgan.
"Mushtum" jurnalini "Sharq ziyokori" kitob do'konidan topsa bo'ladi. So'nggi marta o'sha yerda ko'rgan edim.

Qayd etilgan


Ansora  10 Sentyabr 2011, 12:45:29

Assalomu alaykum, yana bir savol.
Bizda xozir tarjimani narxi qancha bo'lyabdi?

Qayd etilgan


Usmon  10 Sentyabr 2011, 13:25:21

Assalomu aleykoom

Savolni jaa keng ovoribsizu...texnikmi, badiiy, normativ hujjat tarjimasi??? qaysi tildan qaysi tilga?

Masalan chet tilidan Uzb.ga o'girish har doim arzonroq, teskarisiga qaraganda...

Yaqinda bir o'tog'im dissertatsiyasini tarjima qildirgandi rus tilidan o'zbekchaga, taxminan 1 sahifa (A4, 14 Times, 1.5 interval) uchun 5000 yoki 6000 berdi shekilli... adashmayotgan bo'lsam. Qolgan tillar qimmat ancha....

http://perevod.uz/ ashilar bilan bog'lanib ko'ring opaginam

Qayd etilgan


Ansora  10 Sentyabr 2011, 13:28:04

Assalomu aleykoom

Savolni jaa keng ovoribsizu...texnikmi, badiiy, normativ hujjat tarjimasi??? qaysi tildan qaysi tilga?

Masalan chet tilidan Uzb.ga o'girish har doim arzonroq, teskarisiga qaraganda...

Yaqinda bir o'tog'im dissertatsiyasini tarjima qildirgandi rus tilidan o'zbekchaga, taxminan 1 sahifa (A4, 14 Times, 1.5 interval) uchun 5000 yoki 6000 berdi shekilli... adashmayotgan bo'lsam. Qolgan tillar qimmat ancha....

http://perevod.uz/ ashilar bilan bog'lanib ko'ring opaginam

Valaykum assalom. Bizni savol oddiyda har doimgiday:) adabiy matnlar. Asosan adabiyot, til, tarix bilan bog'liq asarlarni tarjimasi. Masalan oddiy roman Ruscha O'zbekcha:)
javob uchun rahmat.

Qayd etilgan


Usmon  10 Sentyabr 2011, 13:33:51

Yaqinda bir tanishim taxminan 50-60 betlik pyesani 300$ga tarjima qilgandek bo'luvdi... ruschadan o'zbeckhaga

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2011, 19:25:21

Rus tilidan o'zbekchaga tarjimalar uchun nashriyotlar belgisiga 2,5 so'mdan haq berarkan. Bu o'rtacha A4 sahifa uchun 7000 so'm deganidir.
Bu narh matnning murakabligiga ham qarab o'zgaradi.

Qayd etilgan


Ansora  21 Sentyabr 2011, 11:47:00

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan xonanda Zamira Suyunova yaxshi yuribdilarmi?
U kishini "Oybuloq" ashulasini qayerdan topsam bo'ladi?

Qayd etilgan


Ansora  10 Noyabr 2011, 14:33:57

Yuqoridagi savol ham javobiz qoibdi.

Navbatdagi savol Haj haqida:

1. Moddiy imkoni bo'lgan har bir kishi murojaat qilishi bilan Hajga boraveradimi?

2. Kishi boshi qanchaga to'g'ri kelyabdi?

3. Hajga faqat davlat olib boradimi yoki shaxsiy firmalar ham shug'ullanyabdimi?

Javoblar uchun oldindan rahmat.

Qayd etilgan


azizbek_mx  10 Noyabr 2011, 17:52:34

murojaat qilgan odam navbati kelsa boradi, bizi dadam bilan oyijonga hali navbat kelmadi. Ariza berib qo'yilgandi, nasibalari qo'shilgan bo'lsa borib kelishar, inshaalloh. Qolganini bilmadim...

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  11 Noyabr 2011, 14:44:38

1-2. Yo'q opa, avval murojaat qilinadi (ariza), so'ng navbati kelguncha kutadi. Navbat odatda uch yilda keladi. imkoni bo'lmaganlar ham ariza yozib qo'yaveradi, navbati kelguncha pul topilib qoladi.
Masalan hozir kishi boshiga 2500$ atrofida, shu pulni bo'lib to'lab tursangiz bo'ladi, 700-800$dan deganday.

Qayd etilgan