O'zbekiston haqida savol bor!  ( 89625 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 14 B


Ansora  11 Oktyabr 2010, 15:49:28

 :as:

Robiyaxon, javob uchun katta rahmat:)

Yana bir savol. Bu yil havolar ancha "og'ir keldi", shuning uchun meva-sabzavotni narhlari "osmonga chiqib ketdi". Eng qimmat sabzavot-pomidor 4 dollargacha yuksalib, "rekord o'rnatdi".
O'zbekistonimizda ahvol qanday?

Qayd etilgan


braupov  11 Oktyabr 2010, 16:00:27

 :as:
O'zbekistonda ham pomidorning narhi qimmatlashib ketti xozirgi kunda bir kilo pomidorning narhi 800-1300 so'm atrofida.
O'ldingi yili shu paytlarda 300-500 so'm atrofida edi.

Qayd etilgan


Habib  11 Oktyabr 2010, 16:33:40

:as:
O'zbekistonda ham pomidorning narhi qimmatlashib ketti xozirgi kunda bir kilo pomidorning narhi 800-1300 so'm atrofida.
O'ldingi yili shu paytlarda 300-500 so'm atrofida edi.
Xa to'g'ri shunaqa narx hozir. Lekin 1 oy oldin, 100 so'mdan, 50 so'mdan ham olsa bo'lar edi.

Qayd etilgan


Habib  11 Oktyabr 2010, 16:50:55

100 sum.50 sum?bilmadimu,bizda 500 edi.hoz ozro kutarilgan.sababi-tortilyapti
Yo'q, ishonin ChehMik, shunaqa edi. Biz shu paytda sotib olmasdan, dangasalik qilib, 1000 so'mdan olib, yopdik. (Toist onam yopdilar.)

Qayd etilgan


Habib  12 Oktyabr 2010, 09:52:48

Qatta edi?

Toshdami?

Ana endi,meva-chevayu,tarvuz-qovunlaram borgan sari shirinroq bo'lib boradi....
Xa Toshkentda, Qo'yliq bozorida.

Qayd etilgan


Chustiy  13 Oktyabr 2010, 22:47:39

Хуллас, мева сабзавот омокчи бусела, офтоп келиб у ер бу еризи китиклагуча ухламелада, азонда туриб Чорсу ёки куйликка тушила 4-7гача хакикий дехкондан олишилар мумкин, 7дан кейин у ёгига уже олип сотарга тутиласилар...

Qayd etilgan


Ansora  09 Noyabr 2010, 16:24:07

 :as:

Mana nasib bo'lsa Qurbon Bayramiga ham oz qoldi.
Bu yil Turkiyada hayr-ehson qilmoqchi bo'lganlar uchun bir qoy puli-150 dollardan boshlayabdi. Turkiyada go'sht tanqisligi muammosi anchadan beri bor.
Men O'zbekistonda go'sht serob, ham arzon, deyman doim.
Bu yil shunday hayr qilmoqchi bo'lganlar o'rtacha bir qo'y uchun qancha pul berishlari mumkin ajabo?
Xozirgi kunda go'shtni narxi qancha bo'lgan azizlar?

Qayd etilgan


azizbek_mx  10 Noyabr 2010, 00:12:40

Biz ham 750 mingdan ikita qo'y oldik. Qassoblar juda arzon deb aytishdi. Ammo lekin qo'chqorlaga havasim keldi, orqa oyog'ida turg'izib qo'ysez huddi ayiqqa o'xshardi. Bittasini to'y bahona qurbon qildik. Yana biri Qurbon Hayiti uchun boqilyapti. Juda aqlli qo'y, gapizga tushunadi. ;D

Qayd etilgan


Habib  10 Noyabr 2010, 11:08:17

Biz ham 750 mingdan ikita qo'y oldik.
Juda qimmatku.


Qayd etilgan


azizbek_mx  11 Noyabr 2010, 18:35:44

Bizada yaxshi boqilgan qo'ylayam miliyonga qarab ketvoti

Qayd etilgan