O'zbekiston haqida savol bor!  ( 89597 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 14 B


Ansora  25 May 2010, 23:25:33

Assalomu-alaykum azizlar. O'zbekistonimiz haqida bazan savollar tug'ilib qoladi menda. Balki, menday g'urbatda yurgan O'zbeklarimiz ham turli xil savollarni javobini qidirib yurgan bo'lsalar ajab emas. Butun savollarimizni bir mavzuda jamlash eng mantiqli ish bo'lardi, degan maqsadda bu mavzuni ochishga qaror berdim. Hayirlarga vasila bo'lsin inshalloh.




Qayd etilgan


Ansora  25 May 2010, 23:36:10

O'zim boshlab bersam : )

Ohirgi marta dollarni juda ko'tarilib ketganini eshitgandim. Xozir ahvol qanaqa?

Haliyam 2 xil pul almashtirish bormi?

Qayd etilgan


Abu Muso  25 May 2010, 23:58:59

 :as:

Dollar 2450 so'mgacha ko'tarilgandi...

Hozirg kunda 2220-2250 atrofida.

Rasmiy davlat kursi esa - 1578,87 so'm.


Qayd etilgan


muhibb  26 May 2010, 11:00:00

ha, hozircha ikki xil kurs aal qilmoqda.

Qayd etilgan


Ansora  26 May 2010, 11:42:04

Forumga har xil viloyatlardan kirasiz.

Bizda xozir viloyatlarda Mol, Qo'y va tovuq go'shti qancha?

Qayd etilgan


JaviK  26 May 2010, 12:07:31

:as: Mol go`shti 1kg --7000. Qo`y go`shti--8000 kg. Tovuq go`shti--5500

Qayd etilgan


muhibb  26 May 2010, 12:30:40

:as: Mol go`shti 1kg --7000. Qo`y go`shti--8000 kg. Tovuq go`shti--5500

makonini ham aytib o'tmaysizmi qori?!

Qayd etilgan


Ansora  26 May 2010, 13:48:38

:as: Mol go`shti 1kg --7000. Qo`y go`shti--8000 kg. Tovuq go`shti--5500

makonini ham aytib o'tmaysizmi qori?!

Javlonbek Andijon shaharidanlar.

Qayd etilgan


Chustiy  26 May 2010, 15:30:15

Bir oy oldin Toshkent Chorsudagi go'sht bozoridagi narhlar (hozirda azgina plyus minus bo'lgan bo'lishi mumkin)

Lahm mol go'shti 8800-9200 (ichki son)
Mol go'shti kontr (biqin) 10500-11000
Mol go'shti (shapoq qiyma bob) 8000 dan
Mol go'shti virezka - 12 000 atrofida
Mol go'shti suyakli - 8500 so'm
Suyak (ragu, ilikli) 1000 so'm
Mol ichki yo'gi (charvi) - 2000-3000
Ot go'shti suyakli 9500-10000 so'm
Ot go'shti lahm  10000-11 000 so'm
Ot suyagi (ragu) 1000-2000 so'm
Qo'y go'shti son 8000-8500 so'm
Qo'y go'shti kareyka 7500-8500 so'm
Qo'y go'shti chopilgan qovurg'a- 7500-8500 so'm
Qo'y ichki yog'i (charvi) 4000 dan so'm
Qo'y ichki yog'i (parda) 5000-7000 so'm
Qo'y Dumba 9000 dan boshlangan
Dumli qo'y dumbasi 8000 dan boshlab olish mumkin...
Echkilarni 7000 so'mdan ham olish mumkin edi...
Qazi 800-900 gr ligini 12 000 atrofida edi...
Jigar (mol, qo'y) 6000-7500 atrofida.

Ertaro optomga tushsa arzonroq ham go'sht topiladi ;)

Kapalak opa, kartishka, sabzi, piyoz, ziravor, ko'katlaniyam narhini yozvorishim mumkin esli chyo  :1

Produktlani narhini www.korzinka.uz dan ko'rishiz ham mumkin.. ;)

Qayd etilgan


muhibb  26 May 2010, 15:53:38

Chustiy, chatoqsiz chatoq.
Moskowdayam tinch o'tirmaysiza :1 :1

Qayd etilgan