Muslimasubh:
Bu dunyo, bir zumlik, xech narsaga arzimaydigan, bekor dunyo bu magar Alloh subhanohu va taolo yo’lida bo’lmasa. Nadir u, bir kun qo’ldan ketguchi narsadir holos, ulamolar insonning ko’zi faqat tuproq bilan to’ladi, toki tuproqqa bormas ekan, unga bor narsa kamlik qilaveradi deyishgan, ha labtta nafsiga egalik qila olmaydigan kishilarga chiroyli ta’rif bu.Rasululloh salolohu alayhi vasallam bu dunyo haqidagi gaplari hammamizga o’rnak bo’ladi.
Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladi:"Rasululloh menga dedilar:
-Ey Abu Hurayra, dunyoni ipidan ignasigacha senga ko’rsataymi?
Men:"Ha, ko’rsating, ey Rasululloh!"-dedim. Qo’limdan tutdilar-da, Madinaning daralaridan biriga yetaklab bordilar. U yerda, insonning bosh suyaklari, ichak-chovoqlari, lattaga aylangan bo’z parchalari va chirigan suyaklar uyulib yotgan bir axlat tepa bor edi. Olloh Rasuli "œEy Abu Hurayra,-dedilar,-bu kalla suyaklari ham sizlar kabi tirik edilar, orzu-havaslari ham sizlarnikiga o’xshardi. Bugun esa ular terisiz bir suyak , holos. Keyinroq bular ham chirib, tuproq holiga keladilar. Anavi ichak-chavoqlar qanday topsalar topib(harom-harish), me’dalarni to’latib yegan-ichgandilar. Anov eski latta bo’z parchalari ular kiygan liboslar edi. Endi ularni bu yerda shamollar o’ynayotir. Bu suyaklar esa, ular foydalangan hayvonlarning suyaklaridir. Kim bu dunyo dardida yig’lamoqchi bo’lsa, yig’layversin!". Raulullohning bu so’zlaridan keyin yig’imizning keti uzilmadi, brogan sari kuchayaverdi"
Hozir biz dunyo-dunyo deb yig’laymiz, yelib yuguramiz. Ertalab sahardan mashinalarning g’izillab o’tishini ko’rasiz, ular bu dunyo ishlari uchun shoshadilar, o’sha vaqt ishingni tashlab namoz o’qimaysanmi desangiz vaqtim yo’q degan bema’no javobni olasiz, axir ,birodar hozir nima bilan shug’ullanishga ketyapsiz,bu dunyo uchun, unga vaqt topibsizku, nahot o’zingizning oxiratingiz uchun vaqt topa olmasangiz.
Avtobusda hamma har yerga shoshgan, hamma o’z hayoli bilan band, shu avtobus doim bir qbristonning oldidan o’tadi, shunda odamlarni ko’rib ko’nglim ezildi, qabriston oldidan o’tayotganda yuziga fotiha tortguchilarning sonini sanasam hatto barmoqlarim ortiqchalik qiladi, nahotki o’limni eslaydiganlar shunchalik oz bo’lsa, eh shaytonga g’olib kela olmagan birodarlar deb xo’rsinib qo’yasiz. Bir kun taksida ketayotgan edim, shafyor akamiz ashula eshitib ketayotgan edilar, keyin birdan magnitafonni o’chirdilar, man hayron bo’ldim, nahotki eshitmasak endi deb xursand bo’ldim, lekin sezdimki biz qabristonga yaqinlashayotgan ekanmiz, shuning uchun u kishi o’chiribdilar, keyin yana yoqib eshitib ketaverdilar. O’shanda shu kishiga sizning o’limingiznifaqat qabriston oldida yodga olasizmi, demak siz qachon o’loshjingizni bilasiz shekilli, nahotki shaytonga insonlarni aldashi uchun in’om etilgan ashulani qabriston oldida eshitishdan qo’rqasiz, a sizning yodingizga Alloh tushadida, ha siz undan qo’rqasiz, nega endi faqat o’liklar yotgan joydagina qo’rqasiz, u har doim sizni ko’rib turadiku, eh insonlar, ko’zimizni ochaylik, qazoimiz qachonligi faqat Uninh o’zigagina ayonku axir!
Alloh hammamizni hidoyatga boshlasin.