Dunyo haqida fikrim...  ( 31962 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Laylo  11 Avgust 2006, 06:49:07

Axir avvalu-oxirni bilguchi Zot shunday deb aytib qo’yibdiku, nahotki siz shuni bilib turib ham g’aflatda yurishda davom etsangiz, boshlig’ingiz agar ishga vaqtida kelmasangiz ishdan ketkazishini bilib, ishga vaqtida kelasiz, siz bu ishni bir oz muddatga yo’qotishingiz mumkin xolos, yana boshqa ish topa olasiz, lekin aytingchi agar  Alloh buyurganlarini bajarmasangizda, shu ko’yi jon bersangiz-o’sangiz, undab keyin yana dunyoga qaytguchi bo’lasizmi birodar, siz qattiq azobga mubtalo bo’lasizku axir, junki Alloh aytgan ishi vojibdir, u albatta boladi, chunki siz bir o’ylab ko;ring, siz ham farzandingizga bir ishni buyursangiz va agar aytganingizni qilmasa albatta seni jazolayman desangiz-da, shunda ham farzandingiz aytganingizni qilmasa, siz nima qilasiz , albatta uni jazolaysiz, chunki sizning aytganingiz bo’lishi kerak, chunki siz bir so’zli kishisiz! Endi bir o’ylab ko’ring, butun olamlarni atigi olyti kunda yaratgan, Odam Atoni loydan yasab, unga jon ato eta olgan Rabbigizning aytganini qilmasangiz ahvolingiz ne kechar ekan?! Bilasiz axir U har narsaga Qodir va Qudratli Zot bo’lib, uning birgina "œbo’l" so’zi ila hamma narsa amalgam oshadi, siz o’ylamang, sizning ibodat qilmasligingiz yoki qilishingiz unga biror bir zarar yoki foydani beradi deb, yo’q, bu faqat sizning foydangiz yoki zararingizgadir, chunki Qiyomat kuni sizni yaratgan Alloh taolo oldida qilgan har bir amaligiz uchun siz javob berasiz, va shunga yarasha mukofot yoki jazo olasiz!
Shu kunga yaxshi yetish uchun bu g’aflatli kunlardan uyg’oning birodar, keyin esa kech boladi, chunki Bilguchi Zot aytganki:" U qishloqlarning axli balo-qazoyimiz tunda, uxlayotgan hollarida kelib qolishidan xotirjam bo‘lib qoldilarmi? (Kutmaganmidilar?)  Yoki u qishloqlarning ahli balo-qazoyimiz choshgoh paytida, o‘yin-kulgi qilayotgan hollarida kelib qolishidan xotirjammilar? "œ(A’rof, 98-99)
Shu kun kelib qolishidan ilgari tayyor bo’laylik birodar!
To hayot ekanmiz, Alloh taoloning ushbu so’zlaridan umid qilib, uni kechirishini so'rab yashayveramiz:" Gunoh ishlarni qilib, keyin ularning ortidan tavba qilgan va iymon keltirgan kishilar uchun esa albatta Parvardigoringiz o‘shandan keyin ham mag‘firat qilguvchi, mehribondir"(A’rof,153)

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:49:32

Abdurahmonqizi:

Dunyo ba'zida shunchalik shirinki, unga o'ralib qolish hech gap emas, tarki dunyo qilib hammasidan qutulay desang iloji yo'q. Balki uni ichida turib undan voz kechishga to'g'ri keladi, ya'ni qadrsizlik holatiga yaqinlashtiriladi.
Ba'zida dunyo shunchalik mashaqqatliki, o'limni kutasan, ammo o'limdan keyin sani nima kutib turganini bilmaganing uchun yana orqaga tisarilasan.

Dunyo shunchalik go'zalki, har bir bargda Allohingning muhabbatini tuyasan, hatto o'sha dunyo matosi joynamozni quchoqlab suyasan.
Dunyodan tunda pardalarni olib tashlasang u shunchalar zalolatda, ifloslikdaki, undan hazar qilasan.

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:53:14

Mubashshir:

Dunyo- nima??? Dunyo-tug'ilish,tug'ilish esa O"LIMGA quyilgan birinchi qadamdir!Bu Dunyo-imtihon dunyosi.Har bir qadamimiz ulchanadigan,har bir so'z uchun javob talab qilinadigan, har bir ko'z qarash uchun izoh beriladigan- Dunyo bu. Hech kimni minnatdor qilolmaydigan, vaqti kelsa ota-ona farzandidan farzand esa ota-onasidan norozi buladigan,hech narsaga arzimaydigan,hamma narsasi hatto eng go'zal g'unchasi ham bir kuni so'lib bitadigan,o'tkinchi Dunyo bu.Bu dunyoda ohiratlarini, haqiqiy DUNYOlarini o'ylab unga zahira hozirlaydiganlar qanday bahtli insonlar.Bu hor va zalil dunyoda bir zumlik rohatlarini o'ylab yashaydiganlar ohiratlarini uhutganlar naqadar bahtsizdirlar.O'lim har bir nafasimizda yo'qlab turar ekan biz g'aflatda qolmayapmizmi???Ertangi ULUG' KUNDA hisob kitob qilinayotganda qilgan ishlarimizni kurib o'zimiz ham hayron bulib qolsak kerak,chunki biz hayotimizni o'tayotgan har bir kunimizni taftish qilmaymiz.O'sha Kunda R.s.a.v. bizlarni tanirmikinlar shuni o'ylaymizmi,UL ZOTGA bir kunda hech bo'lmasa bir marta salavot aytamizmi?Ul Zotni sunnatlarini birortasini tiriltirib o'z hayotimizga joriy qildikmi? Shu savollarni o'zimga berar ekanman o'zimni naqadar gunohkor va o'z nafsimga qul bulib borayotaganimni his qilib qo'rqib ketaman va......

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:53:30

Soliha:

Dunyo , biz dunyoga nima u-n keldik, nima u-n yashayapmiz , hozirgi voqta buni ko`pchilik unitib qo`ygan , biz dunyoga sinov u-n kelganmiz , bu dunyo hammamiz u-n sinov , barchamiz inshaAlloh shu sinovlardan eson omon o`tib olaylik, Allohimning o`zi barchamizni to`g`ri yo`lidan adashtirmasin , hammamizni payg`ambarimiz Muhammad s a v ning shafoatlariga loyiq insonladan qilsin , AMIN.

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:53:45

Muslimasubh:

Dunyo huddi bir dengizga o'xshaydi, undan o'ta olgan o'tadi, ya'ni taqvo kemasiga ega bo'lganlargina o'ta oladilar, taqvo kemasiga ega bo'lmaganlar esa turli to'lqinlar uzra halok bo'ladilar!

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:56:26

* * *

Dunyo bargga qo‘nib, titrab turgan shudring tomchisiga o‘xshaydi. Dunyo jar yoqalab ketayotgan, yo‘q, aniqrog‘i — qil ko‘prikdan o‘tayotgan kimsaga o‘xshaydi. Sal toydimi — tamom! Balki qiyomat qoyim shu birgina toyishdan boshlanar? Har holda inson bolasi esini tanigan onidan boshlab kuchlar kurashiga guvoh bo‘ladi. Guvohlik bilan cheklansa, koshki edi. Shu kurashlarning qurboni bo‘ladi.
Zamon o‘zgaraveradi, kuchlar kurashi esa turli ko‘rinishlarda qaytarilaveradi. Kuchlar kurashini hal etmoq g‘oyat murakkabday tuyuladi. Hozir bu masalani hal etmoq uchun necha o‘n minglab siyosatdonlar bosh qotirishadi. Dunyoning u chekkasidan bu chekkasiga uchishadi va oqibatda... deyarli hech narsani hal etisha olishmaydi. Bu masala nahot shu darajada murakab bo‘lsa?
Roviylar derlarki, Iskandar Zulqarnayn dunyoni zabt etmoq qasdida jang safariga chiqib, necha yurtlarni egallab, Chin mamlakatiga yetdi. Jang oldidan chodir tikib o‘tirgan ekan, Chin podshosi elchi yuborganini bildirishdi. Elchi kirib gapini yolg‘iz Iskandarga aytajagini ma’lum qildi. Uning istagi vojib bo‘lib, holi qolishgach, dedi:
— Men elchi emas, Chin mamlakatining podshosiman. Behuda qon to‘kmay izingizga qaytmog‘ingiz uchun nima qilmog‘imiz mumkin?
— Uch yillik xirojni to‘lasanglar maqsadga muvofiq bo‘ladi, — dedi Iskandar Zulqarnayn. So‘ng so‘radi: — Chog‘inglar keladimi bunga?
— Uch yillik hirojni to‘lay olamiz, — dedi Chin podshosi, — ammo shu darajada qashshoqlashamizki, kichkina qabila ham bizlarni zabt etib, egalik qilmog‘i mumkin.
— Ikki yilligini to‘lasalaring-chi?
— Ahvol o‘zgarmaydi.
— Bir yillik-chi?
— Xazinamda hech vaqo qolmasligi mumkin, ammo chidab yashasa bo‘lar.
— U holda yarim yillik hirojni to‘plab ber-da, men izimga qaytay.
— Marhamatli sultonimizga jonimiz fido bo‘lsin. Erta yoki indin biz — faqirlar kulbasini tashrifingiz bilan obod qilsangiz. Mehmondorchilik adog‘ida biz hirojni ham jamlab qo‘yajakmiz.
Iskandar Zulqarnaynga bu taklif ma’qul kelib, ikki kundan so‘ng Chin mamlakati sarhadidan o‘tdi. Shu ondan boshlab atrofda ming-minglab askarlar paydo bo‘lib, atrofni o‘ray boshladi. Bundan xavotirga tushgan Iskandar dediki:
— Sen hiyla bilan meni olmoqchi bo‘ldingmi?
— Yo‘q, — dedi Chin podshosi, — hiyla — ojizlar ishi. Siz ko‘rib turgan lashkarlar qo‘shinning bir ulushi xalos. Asosiy kuchlar tog‘ ortida turibdi.
— Shuncha qudrating bor ekan, nechun menga taslim bo‘lyapsan, nechun hiroj to‘lamoqqa rozilik beryapsan?—deb hayratlanibdi Iskandar.
— Men insonlar qonining behuda to‘kilmog‘ini istamadim. Undan tashqari sizga Osmon nazar qilgan. Nazarkarda sultonlarni hech qanday kuch bilan yengib bo‘lmas.
Bu javob Iskandarga ma’qul kelib, saroyga kirdi-yu, tovoqlar, laganlarda tovlanib turgan tilla-yu, javharlarni ko‘rib yanada ajablandi. Chin podshosi «dasturxonga marhamat, tanovul qiling», degach, taajjubini yashirmay so‘radi:
— Bu bezaklar odam uchun taom bo‘lolmaydi-ku?
— U holda siz nima yeysiz, ulug‘ sulton?
— Men hamma kabi non yeyman.
— Shundaymi? Voajab! Rumda non topishingiz shunchalar mushkulmidi? Shuncha mashaqqatlar chekib bu yerga qadar lashkar tortib kelibsiz?
Bu gapni eshitib, Iskandar uning donoligiga tahsin o‘qibdi. «Men bu yerdan bir dona javhar ham olmayman, sening hikmatli panding barcha talablarimni qondirdi», deb orqasiga qaytgan ekan.
Necha yuz yillarni oralab bizga qadar yetib kelgan bu rivoyatni o‘qigach, yigirma yilcha avval bo‘lib o‘tgan bir voqeani esladim. Yetmishinchi yillarning oxirida Amerika bilan Sovet Ittifoqining orasidagi munosabat chigallashib, rosmana urushning sharpasi sezilib qolgan edi. Bir izdihomda qariyalar shu masalada kuyunib gapirishdi. Ularning aksari urush ko‘rgan, urushning kasofati qanday bo‘lishini biluvchi odamlar edi. Davra to‘rida o‘tirgan bir qariya suhbatga aralashib:
— Agar menga qo‘yib berishsa Amerikaning podshosi bilan biznikini yarim soatda yarashtirib qo‘yardim, — dedi. Atrofdagilar bu gapni hazilga yo‘yishdi. qariya esa jiddiy turib, fikrini isbot etishga kirishdi:
— Agar menga qo‘yib berishsa, ikkalasini shu yerga chaqiraman. Kelishgach, ikkalasiga bittadan non beraman.
— Nonni nima qilamiz? — deb hayron bo‘lishadi.
— Yenglar, — deyman.
— Yemaymiz, qornimiz to‘q, — deyishadi.
— qorinlaring to‘q bo‘lsa nega urushmoqchisizlar? Nimani talashasizlar? Sizlarga nima yetishmayapti, aytinglar men topib berayin, — deyman. Agar aqli bo‘lsa ikkalasi o‘ylanib qoladi. Keyin «gapingiz to‘g‘ri ekan» oqsoqol, deb yarashib olishadi...
Dunyoning murakkab savdolari bu kabi sodda tarzda hal qilinsa edi, zamin inson qonlaridan to‘yib ketmasdi. Otaxonning gapi ko‘pchilikka g‘alati tuyular. Uch-to‘rt yil muqaddam qo‘shni jumhuriyat bilan chegara bir qishloqqa bordim. Dunyo dunyo bo‘lganidan beri ahil qo‘shni, ahil qarindosh bo‘lib yashab kelgan ikki qishloq zamona zayli bilan endi ikki mamlakatning yeri sifatida bo‘lingan edi. qishloqdan ajib bir soy oqib o‘tardi. Men borganimda, ayni yoz chillasida soy suvi quribdi. Soy qo‘shni qishloqdan (endi qo‘shni jumhuriyatga tobe) oqib o‘tardi. Bilsam, tuman boshlig‘i nimadandir norozi bo‘lib soy suvini burib yuborishga farmon beribdi. Bizning hokim iltimosini inobatga olmabdi. Shunda hokim donolik qilib, qishloq oqsoqollarining vakillarini o‘sha qo‘shni qishloqqa yubordi. Bir soatdan so‘ng soydan sharqirab suv kela boshladi...
Umar Hayyom hazratlarining bir ruboyilarida ikki kishi yer talashib, biri «shu parcha yer meniki», derkan, boshqasi «yo‘q, meniki» derkan. Shunda Yer tilga kirib, talashmalaring, ikkoving ham menikisan», degan ekan. Bu falsafaning ma’nosiga barcha tushunib etsa edi...

Tohir Malik

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:56:43

* * *

Inson tabiati ko‘p g‘alatidir: boyligini yo‘qotsa, qayg‘uradi, dunyo ko‘zlariga qorong‘u ko‘rinadi. Ammo, hayotining kunlari manguga yo‘qolayotgani bilan ishi yo‘q...

Tohir Malik

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:57:05

Abdurahmonqizi:

Dunyo hamma narsaga boy makon. Unda boyligam, ilm ham, amal ham, iymon ham, inson ham bor. Uning ne'matlarini inkor etolmaysan. Dunyo modiyyat bilan ilohiyotni o'zida mujassamlashtirgan olam. Moddiyatdan yuqoriga qarab intilasan, nurga qarab intilasan, ortingdan u yana tortaveradi, tortaveradi.
Dunyodan qutulishning yagona yo'lini topdim - bu dunyoda har bir ishni Alloh rizoligi uchun amalga oshirish lozim ekan.

Dunyo o'tkinchidir, ammo u ohirat ekinzoridir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Avgust 2006, 07:02:50

Assalomu alaykum!

Qur'oni karimdagi dunyoning ta'rifi - eng to'g'ri ta'rifdir!

Bu dunyo hayoti faqat behuda o'yin-kulgidir. Taqvolilar uchun esa oxirat diyori yaxshidir. Aql yuritmaysizlarmi?!
An'on surasi, 32-oyat.

Har bir jon o'lim (achchig'i)ni totuvchidir. Qiyomat kunida, albatta, mukofotlaringiz sizlarga to'la-to'kis berilur. Bas, (o'sha kuni) kim do'zaxdan uzoqlashtirilib, jannatga kiritilsa, demak, u (katta) yutuqqa ega bo'libdi. Bu dunyo hayoti esa, faqat g'urur (aldov) matohidir.
Oli Imron surasi, 185-oyat.

Dinlarini o'yin va behuda narsa qilib olgan va bu dunyo hayoti aldab qo'yganlarni (parvo qilmay) qo'yavering! Har bir jon (o'z) qilmishi sababli halok bo'lishi, Allohdan boshqa hech bir do'st va oqlovchi bo'lmasligi, bor badalni bersa ham undan olinmasligini u (Qur'on) orqali eslating! (O'z) qilmishlari sababli azoblanadiganlar ana o'shalardir. Ular uchun kufrda bo'lganlari tufayli qaynoq suvdan iborat ichimlik va alamli azob (bordir).
An'om surasi, 70-oyat.

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Avgust 2006, 07:04:11

Dunyo - mo'minlarning bozori: kecha va kunduz - sarmoyalari, go'zal amallar - tijorat mollari, jannat - foydalari, jahannam esa - zararlaridir.
Abu Bakr Siddiq

* * *

Olam bir daryodir, uning qirg'og'i oxirat. Ul daryoning kemasi taqvo bo'lib, odamzodning hammasi shu daryodan o'tguvchi musofirlardir.
Shayx Abu Is'hoq Zuhuriy

* * *

Dunyo ila ohirat, ikki oilasi bor kishiga o'hshaydi. Inson birini rozi qilar ekan ikkinchisini ranjitadi.
Abu Bakr Siddiq r.a.

Qayd etilgan