Dunyo haqida fikrim...  ( 31664 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


maknuna  29 Iyul 2006, 05:15:32

Muslimasubh:
As-Salomu alaykum forum a'zolari,
men barcha mo'min-musulmonlarning dunyo haqidagi fikrlarini bitishlari uchun shu postni ochdim. Dunyo haqidagi fikringizni, hayotiy hodisalarni talqin etishingizni so'rayman, axir hammaning dunyo haqida turli fikrlari borku, fikrlaringizni kutib qolaman!!!
Allohim nafsimizni o'zimizga buyinsundirsin!

Qayd etilgan


maknuna  29 Iyul 2006, 05:15:51

Muslimasubh:
Bu dunyo, bir zumlik, xech narsaga arzimaydigan, bekor dunyo bu magar Alloh subhanohu va taolo yo’lida bo’lmasa. Nadir u, bir kun qo’ldan ketguchi narsadir holos, ulamolar insonning ko’zi faqat tuproq bilan to’ladi, toki tuproqqa bormas ekan, unga bor narsa kamlik qilaveradi deyishgan, ha labtta nafsiga egalik qila olmaydigan kishilarga chiroyli ta’rif bu.Rasululloh salolohu alayhi vasallam bu dunyo haqidagi gaplari hammamizga o’rnak bo’ladi.
Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladi:"Rasululloh menga dedilar:
-Ey Abu Hurayra, dunyoni ipidan ignasigacha senga ko’rsataymi?
Men:"Ha, ko’rsating, ey Rasululloh!"-dedim. Qo’limdan tutdilar-da, Madinaning daralaridan biriga yetaklab bordilar. U yerda, insonning bosh suyaklari, ichak-chovoqlari, lattaga aylangan bo’z parchalari va chirigan suyaklar uyulib yotgan bir axlat tepa bor edi. Olloh Rasuli "œEy Abu Hurayra,-dedilar,-bu kalla suyaklari ham sizlar kabi tirik edilar, orzu-havaslari ham sizlarnikiga o’xshardi. Bugun esa ular terisiz bir suyak , holos. Keyinroq bular ham chirib, tuproq holiga keladilar. Anavi ichak-chavoqlar qanday topsalar topib(harom-harish), me’dalarni to’latib yegan-ichgandilar. Anov eski latta bo’z parchalari ular kiygan liboslar edi. Endi ularni bu yerda shamollar o’ynayotir. Bu suyaklar esa, ular foydalangan hayvonlarning suyaklaridir. Kim bu dunyo dardida yig’lamoqchi bo’lsa, yig’layversin!". Raulullohning bu so’zlaridan keyin yig’imizning keti uzilmadi, brogan sari kuchayaverdi"
Hozir biz dunyo-dunyo deb yig’laymiz, yelib yuguramiz. Ertalab sahardan mashinalarning g’izillab o’tishini ko’rasiz, ular bu dunyo ishlari uchun shoshadilar, o’sha vaqt ishingni tashlab namoz o’qimaysanmi desangiz vaqtim yo’q degan bema’no javobni olasiz, axir ,birodar hozir nima bilan shug’ullanishga ketyapsiz,bu dunyo uchun, unga vaqt topibsizku, nahot o’zingizning oxiratingiz uchun vaqt topa olmasangiz.
Avtobusda hamma har yerga shoshgan, hamma o’z hayoli bilan band, shu avtobus doim bir qbristonning oldidan o’tadi, shunda odamlarni ko’rib ko’nglim ezildi, qabriston oldidan o’tayotganda yuziga fotiha tortguchilarning sonini sanasam hatto barmoqlarim ortiqchalik qiladi, nahotki o’limni eslaydiganlar shunchalik oz bo’lsa, eh shaytonga g’olib kela olmagan birodarlar deb xo’rsinib qo’yasiz. Bir kun taksida ketayotgan edim, shafyor akamiz ashula eshitib ketayotgan edilar, keyin birdan magnitafonni o’chirdilar, man hayron bo’ldim, nahotki eshitmasak endi deb xursand bo’ldim, lekin sezdimki biz qabristonga yaqinlashayotgan ekanmiz, shuning uchun u kishi o’chiribdilar, keyin yana yoqib eshitib ketaverdilar. O’shanda shu kishiga sizning o’limingiznifaqat qabriston oldida yodga olasizmi, demak siz qachon o’loshjingizni bilasiz shekilli, nahotki shaytonga insonlarni aldashi uchun in’om etilgan ashulani qabriston oldida eshitishdan qo’rqasiz, a sizning yodingizga Alloh tushadida, ha siz undan qo’rqasiz, nega endi faqat o’liklar yotgan joydagina qo’rqasiz, u har doim sizni ko’rib turadiku, eh insonlar, ko’zimizni ochaylik, qazoimiz qachonligi faqat Uninh o’zigagina ayonku axir!
Alloh hammamizni hidoyatga boshlasin.

Qayd etilgan


Laylo  08 Avgust 2006, 06:13:56

Assalamu alaykum!
Dunyo - Bu Allohning eng buyuk mo'jizalaridan biri.
Dunyo - Bandalarning Allohga yetishlari uchun imtihon diyori!
Dunyo - kofirlar uchun o'yin-kulgi diyori.
Dunyo - Musulmon uchun ham rohat, ham mashaqqat diyori!

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:38:36

Mubashshir:

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuh! O'n sakkiz ming olamni Egasi, har-bir narsaga qodir, har narsani ko'rguvchi ,eshitguvchi, vijdonlarimiz-da yashirgan narsalarni bilguvchi,osmonlarni beustun yaratgan, o'likdan tirikni, tirikdan esa o'likni chiqarguvchi,kunni tunga, tunni kunga ulaguvchi ALLOH Taologa cheksiz hamdu sano, Rasullarni ulug'i, ota-onamizdan-da mehribon Zot R.S.A.V.ga salovotu-salomlar bo'lsin. Doimo AHAD, AZAL, ABAD bo'lgan Zot oldida bu dunyoni, butun yer yuzi va undagi boyliklarni pashshani bir qanotichalik qadri yo'q bo'lsa-yu, ertaga bormi yo'qmi bilmaydigan biz insonlar bu dunyoga nechun buncha harismiz. Ota-onamiz va farzandlarimiz ham dushman bo'ladigan ul Kundan qo'rqaylik! Jahannamga parda va Jannatga burxon hujjat bo'lguvchi amallarni ko'paytiraylik.

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:39:35

Muslimasubh:

Man bu yerga G'azzoliyning "Mukoshafatul qulub" asaridan dunyo haqidagi bir parchani qo'ymoqchiman:
Abu ad-Dardo rivoyat qiladi:
Rasululloh buyurdilarki:
-Agar mening bilganlarimni bilsaydingiz, oz kular, ko’p yig’lar edingiz. Havoi nafs orzulariga berilib yashalgan bu dunyo hayoti sizga haqir ko’rinardi. Alloh yo’lida hayot kechirishni ustun qo’ygan bo’lardingiz.
Abu ad-Dardo Payg’ambarimizdan shu hadisni naql etgandan so’ng, o’zi shunday hitob qildi:
-Mening bilganimni bilsaydingiz, tog’-toshlarga chiqib ketib, Allohga yolvorar va o’z holingizga yig’lardingiz. Joningizni jabborga berib yig’gan, ko’z qorachig’iday asragan mollaringizni tashlab ketar, ular XECH NARSA emasligini tan olardingiz. Lekin, uzun orzu-havas sizlarning qalbingizdan oxirat tushunchasini sidirib tashlagan. Dunyo hayoti birdan-bir orzuingiz bo’lib qolgan. Shu tufayli to’g’rilikdan yuz o’girgansiz. Ba’zilaringiz esa qilgan ishlari falokatga olib borishini o’ylamagnaligi uchun havoyi istakalrini tark etolmagan. Bular hayvonlardan ham tubanroqlardir. Sizlarga nima bo’lgan o’zi,bir-biringizni to’g’ri yo’lga solmaysiz? Ahvol shundayki, so’zda bir-biringizning diniy birodarisiz. Ammo aslida yomonlik sizlarni bir-biringizdan ayirgan, bir-biringizni yiqitasiz. Sizlarga nima bo’ldi o’zi, dunyoviy ishlarda bir-biringizga yo’l ko’rsatasizu, oxirat masalasida huddi shu ishni qilmaysizlar? Hech biringiz dunyoviy masalalarda yordam bergan kishingizga , oxiratga oid xususlarda sira nasihat qilmaysiz; bu hol, sizlarning qalbingizdagi imonning sustligi tufayli yuz berdi. Agar dunyo hayotini bilganingizday oxirat hayotini ham yaqindan bilsaydingiz, unga inonsaydingiz, u dunyo uchun ham biror ish qilar, Alloh o’rtaga qo’ygan imonu ahloq asoslariga rioya qilar edingiz. Chunki oxirat hayoti siz uchun abaduydir. Yo’q:"Dunyo hayotiga bo’lgan sevgimiz ajoyibroq!"-deyomaysiz, chunki dunyo hayotida ham ba’zan kelajakda qo’lga kiritishingiz mumkin bo’lgan narsa uchun qo’lingizdagi bor-yo’q narsalaringizni fido qilasiz.(Masalan, bir yil keyin erishishingiz mumkin bo’lgan hosil uchun hozir qo’lingizda tayyot turgan urug’ni sochasiz). Kutgan narsangiz, bo’lmay qolish ehtimolini bila turib ham zahmatu mashaqqatlarga ko’milib, naqd narsangizni qo’ldan chiqarasiz. Siz komil imon sohiblariga xos alomatlardan mahrum bo’lgan yomon insonlarsiz! Yoki, ayting, Allohning Rasuli Muhammad salolohi alayhi vasallam taqdim etgan haqiqatlardan shubhangiz bormi?

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:39:55

Agar shubhangiz bo'lsa , bu shubhalaringizni bayon eting, men esa sizlarga haqiqatni dalillari bilan ko'rsatay, qalblaringizni qanoatlantiruvchi nur bilan yoritay. Allohga ont ichib aytamanki, sizlar aqli noqis kishilardan emassizki, ma'zur ko'rsam. Chunki dunyoviy ishlaringizda to'g'ri va foydali narsalarni farqlay olasizlar, qorningizga yraydigan narsalarni qo'lga kiritishni yaxshi bilasizlar, ularga ega bo'lasizlar. Sizlarga nima bo'lgan o'zi , bir oz dunyolikni qo'lga kiritsangiz, sevinib sakraysiz, lekin ozgina bir dunyolikni yoqotsangiz qayg'urasiz?! Shunday qayg'urasizki, bu narsa yuzingizdan o'qilib turadi, tilingiz uyalmay shundan gap ochaveradi va shu arzimas yoqotishni musibatday ta'riflaysiz va bilmaysizki, bu hususda gunohga botasiz.

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:40:03

Ko’plaringiz din asoslarining aksarini tark etgansiz. Shunday bo’la turib, yuzlaringizda zarracha o’zgarish, qayg’u alomatlari yo’q. Men hozircha, sizlardan Alloh yuz o’girgan, deb o’ylamayman. Ba’zilaringiz o’zaro sevinib suhbatlashasiz. Har biringiz boshqa biringizni qabul qilganda uni hafa qilmaslikka tirishasiz, ammo buni faqat u ham menu qabul qilganda hush muomalada bo’lsin deb shunday qilasiz. Qalblaringizda esa bir-biringizga nisbatan ginayu adovat va dushmanlik bo’ladi. Butun hayotingiz hoyu-havasdan iborat. Amlani unitish borsida bir-biringizni ortda qoldirib ketgansiz. Istardimki, Alloh meni sizlarning bu hollaringizga solmasizn, tinchlik-hotirjamlik bersin va meni Alloh Rasuliga yetishtirsin. Agar ular hayot bo’lsalar edi, sizlarning bu hatti-harakatlaringizga chiday olmasdilar. Mana, sizlarga haqiqatlarni eshittirdim, aqlingiz bo’lsa, Allohning nazdidagi narsalarni izlasangiz, osonlik bilan topasiz. Men o’z nafsim uchun va sizlar uchun yolg’iz Allohdan madad so’rayman!

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:40:12

Alloh Hazrati Musoga vahiy yo’li bilan shunday buyurdi:
-Ey Muso, oxiratingni unuttiradigan tarzda dunyo sevgisiga mayl qo’yma. Agar huzurimga dunyo sevgisi bilan keladigan bo’lsang, eng katta gunohing shu bo’ladi.
Bir kuni Muso alayhissalom bir joydan o’tayotgan edi. U yerda duo o’qib yig’layotgan bir odamni ko’rdi. Hz. Muso ketayotgan yo’liga ketaverdi. Anchadan keyin orqaga qaytdi. Qarasa, o’sha odam hamon duo o’qib yig’layotgan ekan. Shunda o’z-o’zicha:
"œYo Rabb, banding sendan qo’rqib yig’layotir!", Hz. Musoning ichidan shunday o’y o’tishi bilan, Alloh vahiy bilan unga shularni biladirdi:
-Ey Muso, bu qulim duo qilib yig’layotganida oqqan ko’z yoshlari bilan miyasi suyilib oqib ketsa ham va qo’llarini duo uchun ko’tarib, holdan toyguncha tursa ham uni avf etmayman, chunki u meni emas, dunyoni sevadi. Menga emas, dunyoga, dunyo moliga ishonadi.

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:40:21

Luqmon alayhissalom:
--(O’g’liga o’git beradi) Ey o’g’lim, dunyo hayoti benihoya chuqur bir dengizdir. U yerda ko’;p kishilar cho’kdi Bu hayot dengizida kemang-TAQVO bo’lsin. Kemangning ashyolari-ALLOHGA IYMON bo’lsin, yelkani ALLOHGA TAVAKKUL bo’lsin. Shunday bo’lsa, umid qilamanki, bu hayot dengizidan cho’kmasdan omon qolasan. Yo’sa , boshqa qutulish yo’lini ko’rmayman sen uchun.

Qayd etilgan


Laylo  11 Avgust 2006, 06:40:29

Bir kishi :
--Ey insonlar, tadbirli bo’ling! Allohdan qo’rqing. Uzun orzu-havaslar va o’limni unutish silarni aldab qo’ymasin. Dunyo hayotining iflos tomonlariga cho’mmang. Bu dunyo hayotining iflos qismi zulmdir, aldoqdir. Uzun orzu-havaslar siz uchun bir tuzoqdir. Sizga bezangan kelinday ko’rinadi. Ko’plar unga maftun bo’ladi, ko’ngillar uni ko’rganda titraydi, nafslar unga talpinadi. Lekin u, necha-necha oshiqlarni qatl etgan, undan qanoat topuvchilarni, qanchadan-qancha ishqivozlarni rasvoi raddi balo qilgan. Unga haqiqat ko’zi bilan boqing, ey insonlar! Havoi nafsning orzulariga berilib yashashning zahmatu mashaqqatlari ko’p. Alloh bunday yashashni qat’iyan man qoralagan. Bu dunyoda har yangi narsa mutlaqo eskirgay; qo’lga kiritilgan mol-mulk yana qo’ldan chiqishi muqarrardir; aziz va qadrli boylillar bir kun kelib qiymatini yo’qotadi. Ko’p ozayadi, sevgi o’ladi, ezgulik halok bo’ladi. Ko’zingizni oching, ey insonlar, g’aflatdan uyg’oning! Alloh hayringizni bersin, ogoh bo’ling, o’lmasdan oldin ko’zingizni oching, o’lim kuni kelganda odamlar shunday deyajaklar:
--Falon kishi og’ir kasal. Tuzalishdan umidi yo’q emish. Ajabo, bunga shifo bo’ladigan biron dori va yo uni oyoqqa turg’iza oladigan biron tabib yo’qmikin?
Tabiblarni chaqirajaklar, ular sening tomiringni ushlab ko’rib:"Bu, endi shifo topa olmaydi!",-deyajaklar. So’ngra shivir-shivir yana davom etajak:

Qayd etilgan