Men telefon, kompyuter vhk jihozlar sotib olayotganimda mumkun marotaba juda qimmatini olmaslikka harakat qilaman. Chunki qanchalik ehtiyot bo'lsangiz ham bu ashyolarning boshiga har xil ish kelishi mumkin.
Masalan meni bundan oldingi kompyuterimni ustiga 1 piyola issiq choy to'kildi:)
Yani qanchalik qimmat bo'lishiga qaramay hayirlashishga to'g'ri keldi.
Bir dugonam 3 yil oldin SONY olgandi bilasiz, boshlarda lap toplar juda qimmat edi. Adashmasam 2.5 ming dollarga olgandi. Bir oy ishlatmasdan firma ishlab chiqrishi xatosi o'rtaga chiqdi, firmaga 3 marta jo'natildi, har safarida qancha asabiylashishlar, telefon puli, kargo puli falon fismadon....
Shuning uchun puli ham o'rta holli bo'lsinki yuragingiz unchalik achimasin:)