So'rovnoma

Futbol bo'yicha 2010 Yilgi Jahon Chempionatida qaysi jamoa o'yinlariga ishqibozlik qilasiz?


Janubiy Afrika Respublikasi
  1 (1.1%)
Meksika
  0 (0%)
Urugvay
  1 (1.1%)
Fransiya
  4 (4.6%)
Argentina
  9 (10.3%)
Nigeriya
  0 (0%)
Janubiy Koreya
  2 (2.3%)
Gretsiya
  0 (0%)
Angliya
  5 (5.7%)
Amerika Qo'shma Shtatlari
  0 (0%)
Jazoir
  2 (2.3%)
Sloveniya
  0 (0%)
Germaniya
  8 (9.2%)
Avstraliya
  0 (0%)
Serbiya
  0 (0%)
Gana
  1 (1.1%)
Niderlandiya
  10 (11.5%)
Daniya
  0 (0%)
Yaponiya
  1 (1.1%)
Kamerun
  0 (0%)
Italiya
  2 (2.3%)
Paragvay
  0 (0%)
Yangi Zelandiya
  0 (0%)
Slovakiya
  0 (0%)
Braziliya
  12 (13.8%)
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi
  0 (0%)
Kot-D'Ivuar
  0 (0%)
Portugaliya
  6 (6.9%)
Ispaniya
  14 (16.1%)
Shveytsariya
  0 (0%)
Gonduras
  0 (0%)
Chili
  0 (0%)
O'zbekiston - Ravshan Ermatovga (Hazil variant)
  9 (10.3%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 35

So'rovnoma tugadi: 11 Iyul 2010, 19:39:32



Futbol bo'yicha 2010 yilgi Jahon Chempionati - World Cup 2010  ( 154070 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 B


Ansora  07 Iyul 2010, 12:59:44

Assalomu Alaykum.

Ravshan Ermatov va uning jamoasi kechagi o'yinda ham juda yaxshi hakamlik qilishdi.

V.assalom bu fikrga men ham qo'shilaman. Turkiya kanalidan o'yinni ko'rganimiz uchun Turkiyaliklar maqtagani maqtagan R.Ermatovni. Dunyoni boshqa joylarida nimalar deyishyabdi ajabo hakamimiz haqda?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  07 Iyul 2010, 13:45:30

Assalomu Alaykum.

Ravshan Ermatov va uning jamoasi kechagi o'yinda ham juda yaxshi hakamlik qilishdi.

Men Ravshan Ermatovni finalni ham boshqaradi deb o`ylagandim, lekin kim nima desa desin. Ravshan Ermatov ham Urugvay bilan birga Jahon chempiyonatidagi ohirgi o`yinini o`tkazdi.
Garchi finalni boshqarishga imkoniyatlari juda kam qolgan bo’lsa ham, JCHda 5ta o’yinni boshqarganligining o’ziyoq nafaqat Ravshan Ermatovni, balki O’zbekiston nomini ham JCH tarixiga kirishiga olib keldi. Bu juda katta natija va biz shunday  hamyurtimiz bilan faxrlansak arziydi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  07 Iyul 2010, 14:06:02

Uff.uz saytida Abiturient105 niki bilan kiradigan foydalanuvchining fikridan:

"А авшан А­рматовга қараб туриб сйлаб қолдим. Мен ҳам сғлимни ҳакам қилиб тарбисласаммикан-а?"

Qayd etilgan


braupov  07 Iyul 2010, 14:36:51

 :as:
Ravshan Ermatov JCH 2010 hakamligiga nomzod bo'lgandayoq hursan bo'lgan edik, JCH ga borishini eshitganimizda yana bir bor hursan bo'ldik. Ochilish o'yinini boshqarishini bilganimizdan so'ng esa yahshigina g'urur paydo bo'ldi. ketidan  2-o'yinnni, 3-o'yinni, 4-o'yinni .... va so'ngisini FINAL bo'lishini hohlab qoldik. (balki shunday ham bo'lar ). Kechgi o'yinni ham Ermatov boshchiligidagi birgada juda yahshi boshqarishdi. Bu balki so'ngi o'yindir lekin biz endi Ermatovdan fahrlanamiz, g'ururlanamiz... va albatta keyingi JCH o'zbek o'g'lonlarining soni yanada ko'payishini duo qilib Allohdan so'rab qolamiz.
   

Qayd etilgan


Abdulhafiz  08 Iyul 2010, 01:22:27

Ispaniya - Germaniya 1 : 0
Final:
Gollandiya - Ispaniya :

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  08 Iyul 2010, 01:25:34

o'yin Ispanlar ustunligi ostida kechdi, kuch yaqqol sezilib turdi. Zo'r zo'rni ko'rganda bosiladi deyilganiday Nemislarni o'yini qovushmadi.
ikkinchi taymda ham Ispanlar ko'plab havfli hujumlarni amalga oshirdi. Puyolning yagona goli Ispaniyaga g'alaba keltirdi.
Nemis muhlislari endi hafa bo'lmaysizlar.
Ispaniya kuchiga ishonib hato qilmagan ekanman. bunday intizomli jamoa juda kam uchraydi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  08 Iyul 2010, 01:35:43

Men bugun bir narsani "kashf" qildim. Men bolet qigan jamoa yutqazarkan :-) Shu sababli ham Germaniyani tanlagandim. Ispaniyani g'alabasidan xursandman.

Qayd etilgan


Musannif Adham  08 Iyul 2010, 03:59:40

Assalomu Alaykum.

Ravshan Ermatov va uning jamoasi kechagi o'yinda ham juda yaxshi hakamlik qilishdi.

V.assalom bu fikrga men ham qo'shilaman. Turkiya kanalidan o'yinni ko'rganimiz uchun Turkiyaliklar maqtagani maqtagan R.Ermatovni. Dunyoni boshqa joylarida nimalar deyishyabdi ajabo hakamimiz haqda?

Men Jahon Chempionatini Al-Jazira telekanalining sport kanallari orqali ko'ryapman.  Urugvay-Niderlandiya o'yinida arab sharhlovchi kamida 5-6 marta "Bravo Ermatuuuf" deb maqtavordi. Undan tashqari uning oldingi o'yinlardagi hakamliklarini ham aytib, maqtab turdi. O'yin boshlanishidayoq "Bugun o'yinni eng yaxshi hakamlardan biri - Ravshan Ermatuuf" boshqaradi, deb e'lon qilishgandi.

Xullas, mening kuzatishlarimga ko'ra dunyoning barcha futbol ko'riladigan joylarida hamyurtimizning hatti-harakatlari maqtovga sazovor bo'lmoqda.

Qayd etilgan


Nurilla  08 Iyul 2010, 09:11:36

Germaniyani va Ispaniyani o'yinlarini hech ko'rmagan edim. Kecha ko'rdim, germaniya yutadi deb o'ylagan edim, afsus, ispanlar yutib qo'yishdi. Qoyil lekin. 30 minutigacha ko'roldim, rosa hujum qildi o'ziham. Keyin ko'zlarimni bir ochib qarasam 0:3. Gollandlarni 2ta o'yinini ko'rdim. Manimcha Ispaniya Chemp. bo'lsa kerak.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  08 Iyul 2010, 09:13:13

Germaniyani va Ispaniyani o'yinlarini hech ko'rmagan edim. Kecha ko'rdim, germaniya yutadi deb o'ylagan edim, afsus, ispanlar yutib qo'yishdi. Qoyil lekin. 30 minutigacha ko'roldim, rosa hujum qildi o'ziham. Keyin ko'zlarimni bir ochib qarasam 0:3. Gollandlarni 2ta o'yinini ko'rdim. Manimcha Ispaniya Chemp. bo'lsa kerak.
0:3??????
0:1 bo'ldi, shekilli...  ::)

Qayd etilgan