Muallif Mavzu: INFOMAN.UZ - Jahon iqtisodiyotidagi muhim voqea-hodisalar  ( 13081 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Assalomu alaykum aziz forumdoshlar va forum mehmonlari. Assalomu alaykum o'zbegimning ilmga chanqoq yoshlari va kattalari. Allohning inoyati bilan shu kunlarda sizlarning e'tiboringizga yangi loyihamizni taklif qilamiz. Ushbu loyihaning maqsadi jahon iqtisodiyotiga oid o'zbek tilidagi veb-saytni tashkil qilish va uni o'quvchilarga foydali manbalar bilan boyitishdan iboratdir. Saytda O'zbekiston iqtisodiyotiga oid muhim voqea-hodisalar, iqtisodiy tahlillar berib boriladi. Saytmiz nafaqat iqtisodiyot, balki boshqa sohalarni ham o'z ichiga qamrab olgan. Unda, masalan, siyosat, jamiyat, fan va texnika kabi bo'limlari ham mavjud. Saytimizning yana bir muhim jihatlaridan biri, uning Ma'lumotxonasidir. Bu bo'lim sizlarga ensiklopedik bilimlar berishga yordam beradi degan umiddamiz. Saytimizga tashrif buyuring va o'zingiz barchasining guvohi bo'ling!

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: INFOMAN.UZ - Jahon iqtisodiyotidagi muhim voqea-hodisalar
« Javob #1 : 08 Iyun 2010, 17:59:35 »
Quyida www.infoman.uz saytining ilk maqolalaridan namuna keltirib o'tamiz.

Jahon inqirozining ikkinchi to‘lqiniga qarshi G20 davlatlarida na kuch, na pul bor

Lehman Brothers barbod bo‘lganidan keyin jahon iqtisodiyotini barqarorlashtirish uchun 5 trln. $ va “katta yigirmalik” davlatlarining avval kuzatilmagan darajadagi hamkorligi kerak bo‘ldi. Bunda yetakchi mamlakatlar hukumati bir necha yirik banklarga o‘z yordamini ko‘rsatdi, boshqa kompaniyalar ham hukumatdan yordam olish maqsadida o‘z aktivlarining bir qismidan voz kechdilar.

Sal oldinroq jahon iqtisodiyoti qayta tiklanayotgandek ko‘ringan edi, ammo jahon fond va valyuta bozorlarida indekslarning tushib ketishini yana tez kunlarda ko‘rishimiz shubhasizdir. Jahon iqtisodiyotida birozginaga erishilgan sokinlik yolg‘onga o‘xshaydi. Ko‘pchilik ekspertlar Yevropa qarz inqirozini jahon moliyaviy inqirozining ikkinchi to‘lqini deb qarashmoqda. Ushbu ikkinchi to‘lqindan chiqish yo‘llarini topish ancha mushkul bo‘lishi kutilmoqda.

Siyosiy irodaning yo‘qligi

Yevropa davlatlarining grek qarz inqiroziga qarshi bir yoqadan bosh chiqarib kurashmaganligi, o‘z navbatida, jahon moliya tizimining mukammal emasligini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi. Yevropa Ittifoqi ichkarisidagi siyosiy nizolar o‘zlariga qimmatga tushishi mumkin. Hozirda Yevroittifoqning yetakchi davlatlari inqirozdan chiqish bo‘yicha aniq bir rejalari borligiga investorlarni ishontirishi lozim. Aks holda bu butun dunyoga ta’sir qilishi mumkin. “Yevropa qarz muammolarini hal qilish uchun yangi qarzlar yordamidan foydalanmoqda”, – deydi Oksford iqtisodiy siyosat instituti prezidenti Domeniko Lombardi.

Qarz inqirozini bir yoqli qilish uchun Yevropadan katta miqdorda mablag‘ va kuchli siyosat talab qilinadi. Hozirda Yevropada na unisi, na bunisi bor. Amerikaning gigant kompaniyasi Lehman Brothers bankrot bo‘lganidan so‘ng jahon moliya bozorlari faqat “katta yigirmalik” mamlakatlarining birgalikdagi xatti-harakatlariga erisha oldi xolos. Bu mamlakatlar davlat kafolatlari va kreditlar ko‘rinishida jami 5 trln. $ miqdoridagi mablag‘ni taqdim qildilar. Yevropa o‘zining inqirozini avvalgi usul bilan bartaraf qilishga urinib ko‘rdi. Ular 1 trln. $ hajmidagi inqirozga qarshi fond tuzishga kelishib olishgan edi. Biroq, bu reja ham jahon bozorlarida umid paydo qila olmadi.

Inflatsiya yoki defolt

Xalqaro valyuta fond Bosh iqtisodchisi vazifasini bajargan Ragxuram Rajamning ta’kidlashicha, Yevropaga “siyosiy iroda” yetishmayapti. Jahondagi inevstorlar haligacha Yevropa davlatlarining budjetdagi “teshik”larini kamaytirish bo‘yicha balandparvoz rejalarini amalga oshirishlariga ishonmayapti. Shuning uchun, xarajatlarini qisqartirish va soliqlarni oshirishga erisha olmagan mamlakatlar uchun faqatgina ikki yo‘l qolmoqda: inflatsiya yoki defolt (qarzni to‘lay olmaslik). Lekin, Yevropadagi joriy iste’mol narxlari indeksini hisobga olganda inflatsiya variantini jiddiy ko‘rib chiqishning iloji yo‘q. Natijada atigi bitta yo‘l qolmoqda – qarzlar bo‘yicha defolt e’lon qilish, ya’ni qarzlarini to‘lay olmasligini tan olish.

“Buning uchun kimdir to‘lashi lozim. Inqiroz yuki soliq to‘lovchilarning zimmasiga tushadi yoki bu vazifani kreditorlar o‘z bo‘yniga olishlari kerak”, – deya yozadi R. Rajam o‘zining yaqinda nashr qildirgan global iqtisodiy inqirozga bag‘ishlangan kitobida. “Biroq, bu fikrlardan birortasi ham qoniqarli emas”, – deya o‘z fikrini davom ettiradi u.

Yevropa Ittifoqining qarzlari

Hozirgi paytda Yevropaning qarzlari jahon iqtisodiyotida atigi 4% ni tashkil qilmoqda. Bunga qaramasdan, Gretsiya, Irlandiya, Portugaliya va Ispaniyaning muammolari jahon moliya tizimiga qimmatga tushishi mumkin. Bu mamlakatlar ichidan birortasining defolti kredit inqirozining yangi halqasini yuzaga keltirishi mumkin.

AQSh Moliya vazirligi sobiq xodimi Edvin Trumenning ta’kidlashicha, Yevroittifoqning AQSh banklari oldidagi qarzdorligi 1,5 trln. $ atrofida baholanmoqda. Balki, aynan shuning uchun AQSh Moliya vaziri Timoti Gaytner shu kunlarda Britaniya va Germaniya boshliqlari bilan YI ning qarz muammolarini yechish usullarini muhokama qilish borasida qaror qabul qilgandir.

E. Trumen fikricha, AQSh Moliya vaziri Yevropa davlatlaridan inqirozga qarshi fondni iloji boricha tezroq amalga kiritishini va bunda o‘z iqtisodiyotlariga zarar yetkazmagan holda budjet defitsitlarini qisqartirishlarini talab qiladi. “Yevropa iqtisodiyoti qisman bo‘lsa-da qayta tiklanmagunicha jahon iqtisodiyoti avvalgi holatiga qayta olmaydi”, – deya ta’kidlaydi Edvin Trumen.

Yevropa Markaziy bankining imkoniyatlari

BMO Capital Markets ekspertlarining fikricha, Yevropa rasmiylari inqirozdan chiqish uchun o‘zlarining barcha imkoniyatlarini ishga solgani yo‘q. Masalan, Yevropa Markaziy banki (YMB) boshqa g‘arb regulyatorlaridan farqli o‘laroq hisob stavkasini 1% darajada ushlab turibdi. AQSh, Yaponiya va Buyuk Britaniyada esa qayta moliyalashtirish stavkasi nolga yaqin.

Bundan tashqari, YMB Yevropa davlatlarining hukumat obligatsiyalarini bundan-da faolroq ravishda sotib olishi mumkin edi. Hozirgi vaqtda mazkur regulyator ularni sotib olmayapti, balki reytingi balandroq qimmatli qog‘ozlarga almashtirmoqda. “YMB yetakchilari inflatsiya bilan o‘ralashib, toboro pastga qarab ketayotgan Yevropa iqtisodiyotiga e’tibor qaratmayapti”, – deb qo‘shimcha qiladi BMO Capital Markets eksperti Endryu Bush.

Oxir oqibat, Yevropa hukumati a’zolari hozirda barcha narsalar ularning siyosiy irodasiga bog‘liq ekanligini tan olishmoqda. “Jahon iqtisodiyotining qayta tiklanishi ko‘p jihatdan investorlarning ishonchiga bog‘liq, bu ishonch esa bizning moliyaviy holatimiz bilan bog‘liqdir. Agar Yevropa muammolarini hal etishni xohlasak, biz o‘z qarzlarimiz masalasini bir yoqlik qilishimiz darkor”, – deya ta’kidlab o‘tgan edi Shvetsiya Moliya vaziri Anders Borg. Biroq, faqatgina masalaning mohiyatini tushunib yetishning o‘zi yetarli emas, buning uchun aniq bir ishlangan reja zarur. Ushbu reja esa haligacha ishlab chiqilmaganga o‘xshaydi.


Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: INFOMAN.UZ - Jahon iqtisodiyotidagi muhim voqea-hodisalar
« Javob #2 : 16 Iyun 2010, 13:04:17 »
Toshkentda bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti xususida

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) 2001-yil Shanxayda tashkil qilingan bo‘lib, uning doimiy a’zolari Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘izston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston hisoblanadi. Hindiston, Eron, Mongoliya va Pokiston tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega. Shri-Lanka va Belorussiya esa dialog bo‘yicha hamkor maqomiga ega.

O‘zbekiston tashkilotga raislik qilish vakolatini o‘tgan yili iyun oyida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan sammit yakunida qabul qilib olgan edi.

Joriy yilning 10-11 – iyun kunlari O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining 10-yillik majlisi bo‘lib o‘tdi hamda 11-iyun kuni tashkilotning 10-sammiti o‘z ishini yakunladi. Tashkilotga raislik qilish esa O‘zbekistondan Qozog‘istonga o‘tdi.

Sammitda mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi hamkorlikda kurashish, uyushgan jinoyatchilik va narkobiznesga qarshi turish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

ShHT mamlakatlari yetakchilari Afg‘onistonni qayta tiklash va Qirg‘izstondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi kuchlar imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Majlisda energetika, transport, telekommunikatsiya va yuqori texnologiyalar sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ham muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Gumanitar masalalar bo‘yicha fikr almashinildi.

Sammit so‘nggida ShHT ga a’zo mamlakat rahbarlari tashkilotga yangi a’zolarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladilar.

Davlat rahbarlari tashkilot doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikdagi yondashuvlarni o‘zida ifodalagan siyosiy deklaratsiyani qabul qildilar hamda 2009-yil yakunlari bo‘yicha bir qator hujjat va hisobotlarni tasdiqladilar.

Bundan tashqari, sammit davomida qishloq xo‘jaligi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik qilish bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolandi.

Sammit yakunida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ShHT ga raislik qilish vakolatini Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevga topshirdi.

Nursulton Nazarboyevning ta’kidlashicha, Qozog‘istonning tashkilotga raisligi davomida Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni saqlash ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ladi.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi 2011-yil 15-iyunda Ostona shahrida bo‘lib o‘tadi.

Manba

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: INFOMAN.UZ - Jahon iqtisodiyotidagi muhim voqea-hodisalar
« Javob #3 : 16 Iyun 2010, 13:06:36 »
AQSh tashqi qarzlari miqdori 13 trillion dollarlik marrani kesib o‘tdi

France24 telekanalining AQSh Moliya vazirligi hisobotiga tayanib bergan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat tashqi qarzlari miqdori 13 trln. $ ga yetgan. Ushbu ko‘rsatkich so‘nggi 10 yil mobaynida 3 martadan ortiqroq miqdorga oshgan. Hozirda Amerikaning tashqi qarzlari miqdori mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmining 90% ni tashkil qilmoqda.

Hukumat Barak Obama qo‘liga o‘tgandan beri, ya’ni 2009-yilning yanvar oyidan shu paytgacha AQSh tashqi qarzlari 2,4 trln. $ ga oshdi. Avvalgi Prezident Kichik Jorj Bushning 8 yillik prezidentligi davomida bu ko‘rsatkich 4,9 trln. $ ga oshgan edi.

2010-yilning fevral oyida Barak Obama davlat qarzining yuqori chegarasini 14,3 trln. $ gacha oshiruvchi hujjatni imzoladi. Avvalroq mazkur ko‘rsatkich 12,4 trln. $ qilib belgilangan edi.

Manba

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: INFOMAN.UZ - Jahon iqtisodiyotidagi muhim voqea-hodisalar
« Javob #4 : 20 Oktyabr 2010, 19:09:17 »
Iqtisodiyot bo‘yicha 2010-yilgi Nobel mukofoti laureatlari e’lon qilindi

Shu yilning 11-oktabri kuni Piter Daymond (AQSh), Deyl Mortensen (AQSh) va Kristofor Pissarides (Kipr) iqtisodiyot bo‘yicha 2010-yilgi Nobel mukofoti laureatlari sifatida e’lon qilindi. Mazkur uch olim 10 mln. shved kronasi (1,5 mln. $) miqdoridagi mukofot pulini o‘zaro taqsimlab oladigan bo‘ldi.
Nobel mukofoti sovrindorlari o‘zlarining tadqiqotlarida mehnat bozorining fundamental savollariga – xususan, iqtisodiyotda yangi ish o‘rinlarining paydo bo‘lishiga qaramasdan nega ko‘pchilik kishilar ishsiz qolmoqda, degan savollarga javob beruvchi nazariyani rivojlantirgan. Olimlar o‘z ishlarida iqtisodiy siyosat qanday qilib ishsizlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini tushuntirishga harakat qilganlar. Shuning uchun ham, Daymond-Mortensen-Pissarides nazariyasini nafaqat mehnat bozori uchun, balki boshqa bozorlar uchun ham qo‘llash mumkin.
“Ko‘pgina bozorlar shunisi bilan tavsiflanadiki, xaridorlar va sotuvchilar har doim ham zudlik bilan o‘zaro aloqaga kirisha olmaydilar. Masalan, o‘ziga xodim izlab yurgan ish beruvchilar hamda ish izlab yurgan ishchilar. Mazkur jarayon ko‘p vaqt va resurslarni talab qilgani uchun bozorda “ishqalanishlar”, “notekisliklar” (frictions) paydo bo‘ladi”, – deyiladi olimlarning ilmiy ishida.
Bunday xususiyatlarga ega bozor barcha xaridorlar tomonidan bo‘lgan talabni qondira olmaydi, shu tarzda ba’zi sotuvchilar, qanchalik xohlamasin, o‘zlarining tovar va xizmatlarini realizatsiya qila olmaydilar. Xuddi shunday, mehnat bozorida ham bir paytning o‘zida bo‘sh ish o‘rinlari hamda ishsizlar mavjud bo‘ladi.
Bu yilgi Nobel mukofoti lareatlari birgalikda shunday turdagi “izlash bozorlari”ni tahlil qilish uchun nazariy modelni shakllantirdi. Piter Daymond (Massachusets texnologiya instituti, AQSh) bunday bozorlarning nazariy asoslarini o‘rganib chiqqan bo‘lsa, Deyl Mortensen (Shimoli-G‘arbiy universitet, AQSh) va Kristofor Pissarides (London iqtisodiyot maktabi, Buyuk Britaniya) bu nazariyani kengaytirdi va uni mehnat bozorini tahlil qilishda qo‘lladi.
Ularning nazariyasi davlat boshqaruvi va iqtisodiy siyosat qanday qilib ishsizlik, bo‘sh ish o‘rinlari va ish haqlariga ta’siri qilishi mumkinligini tushunish uchun ham yordam beradi. Nobel qo‘mitasining ta’kidlashicha, mazkur nazariyani nafaqat mehnat bozori uchun, balki boshqa bozorlarga (xususan, ko‘chmas mulk bozoriga) ham qo‘llash mumkin. Bu shundan dalolat beradiki, Daymond-Mortensen-Pissarides nazariyasi universal va juda muhim hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2009-yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotini ikki amerikalik olim – Elinor Ostrom va Oliver Uilyamson iqtisodiy tashkillashtirish sohasidagi tadqiqotlari uchun olgan edilar. Shunday qilib, Elinor Ostrom iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olgan ilk ayol bo‘lgan edi.
Alfred Nobelning dastlabki vasiyatnomasida iqtisodiyot bo‘yicha mazkur mukofotni berish yozilmagan edi, biroq 1968-yilda ushbu soha ham qo‘mita tomonidan mukofotlar safiga qo‘shildi.

Manba: http://infoman.uz/2010/10/iqtisodiyot-bo%E2%80%98yicha-2010-yilgi-nobel-mukofoti-laureatlari-e%E2%80%99lon-qilindi/

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: INFOMAN.UZ - Jahon iqtisodiyotidagi muhim voqea-hodisalar
« Javob #5 : 20 Oktyabr 2010, 19:12:49 »
Iroq neft zaxiralari bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi

Iroq o‘zining isbotlangan neft zaxiralarini qayta ko‘rib chiqdi va uning miqdorini qariyb to‘rtdan birga (24% ga) oshirdi. Mamlakat neft sanoati vaziri Husayn ash-Shaxristonining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Iroqda 143,1 mlrd. barrel neft mavjud. Oldin Iroqning qora oltin zaxiralari 115 mlrd. barrel miqdorida baholangan edi, deya xabar beradi Reuters agentligi.

Neft zaxiralarini qayta ko‘rib chiqish evaziga Iroq ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Eronni ortda qoldirdi va jahonda Saudiya Arabistonidan keyingi ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Biroq, bitum qumlari (uglevodoroddan iborat smolali moddalarning, masalan neft, gudron, asfalt va boshqalarning umumiy nomi) kabi noodatiy neft manbalari zaxiralarni ham hisobga olganda Iroq jahonda Saudiya Arabistoni, Venesuella va Kanadadan keyingi to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Ba’zi manbalarda keltirilishicha, Venesuellaning neft zaxiralari OPEC tomonidan ko‘rsatilganidek 211 mlrd. barrel emas, balki undan ozroq miqdorni tashkil etadi.

OPEC ma’lumotlariga ko‘ra, 2009-yil oxirida Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni poytaxti) 264,1 mlrd. barrel miqdorida isbotlangan neft zaxiralariga egalik qilayotgan edi. O‘sha vaqtda Eronda 137,6 mlrd. barrel miqdorida tekshirilgan neft zaxiralari mavjud edi.
Iroq, asosan, jahondagi eng yirik neft havzalaridan biri hisoblangan G‘arbiy Qurnadagi zaxiralarini qayta tekshirish evaziga o‘z zaxiralarini oshirish imkoniga ega bo‘ldi. Qayta hisob-kitoblar natijasida ushbu neft bulog‘idagi zaxiralar miqdori 43,3 mlrd. barrelga yetdi. Natijada G‘arbiy Qurna jahondagi ikkinchi eng yirik neft havzasiga aylandi.
Isbotlangan neft zaxiralari miqdorining oshishi natijasida Iroq o‘zining neft eksporti kvotasini ko‘paytirishni reja qilmoqda. Mamlakat rasmiylaridan birining so‘zlariga ko‘ra, neft zaxiralarini qayta baholash Bag‘dodning neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEC)dagi pozitsiyasini yanada mustahkamlaydi hamda eksport kvotasini oshirish imkonini beradi.

Bugungi kunda OPEC jahonda neft ishlab chiqarishning 40% ni nazorat qiladi. Ushbu tashkilot neftning jahon bozoridagi narxini nazorat qilish maqsadida tashkilotga a’zo mamlakatlar ishlab chiqaradigan neft miqdorini belgilab beradi.

Eslatib o‘tamiz, Iroq iqtisodiyotining deyarli 80% qismi neftga asoslangan. Mamlakatda kuniga o‘rtacha 2,5 mln. barrel neft qazib olinadi. Yaqin 5-10 yil ichida Iroq neft eksporti hajmini 10-12 mln. barrel/kunga yetkazishni mo‘ljallamoqda.

Manba: http://goo.gl/HnWg

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: INFOMAN.UZ - Jahon iqtisodiyotidagi muhim voqea-hodisalar
« Javob #6 : 20 Oktyabr 2010, 19:16:16 »
XVF: Jahon iqtisodiyoti 2010-yilda 4,8% ga o‘sadi

Xalqaro valyuta fondi (XVF) jahon iqtisodiyotining bu yilgi o‘sishi borasidagi prognozini 4,6% dan 4,8% ga ko‘tardi. Biroq, keyingi yil bu ko‘rsatkich atigi 4,2% ni tashkil qiladi. Bu kabi yangi prognozlar XVF tomonidan shu yilning 6-oktabrida nashr qilingan “World Economic Outlook” hisobotida keltirilgan.

Jahon yalpi mahsulotining o‘sishi borasidagi prognozning ko‘tarilishiga qaramasdan iqtisodiyotning qayta tiklanishi yanada qiyinroq kechadi. XVF fikricha, ko‘pginda davlatlarda yuqori darajadagi ishsilik muammo bo‘lib qolaveradi. Fondning ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda butun dunyo bo‘ylab 210 mln. kishi ishsiz hisoblanadi. Ularning to‘rtdan uch qismi rivojlangan mamlakatlarda istiqomat qiladi.

Jahon iqtisodiyoining qayta tiklanishi nomutanosib ravishda kechmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu jarayan ancha tez amalga oshmoqda. Xususan, XVF rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining bu yilda 2,7% va kelasi yilda 2,2% ga o‘sishini prognoz qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich rivojlanayotgan mamlakatlarda mos ravishda 7,1% va 6,4% ni tashkil qiladi.

Manba: http://goo.gl/812a

(Eslatma: Linklar Google URL shortener xizmatidan foydalanilgan holda taqdim qilinmoqda. Link ustiga bossangiz, avtomatik tarzda www.infoman.uz saytiga kiradi)

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: INFOMAN.UZ - Jahon iqtisodiyotidagi muhim voqea-hodisalar
« Javob #7 : 20 Oktyabr 2010, 19:18:54 »
Apple qanday qilib Microsoft ni ortda qoldirdi?

O‘tgan o‘n yil mobaynida Microsoft korporatsiyasi Apple Inc. ga qaraganda 10 marta ko‘p kompaniyani sotib oldi hamda tadqiqot va ilmiy izlanishlar uchun deyarli 9 marta ko‘p mablag‘ sarfladi. Biroq, shu o‘n yil mobaynida Microsoft aksiyalarining narxi turg‘un holatda saqlanib kelgan bo‘lsa, Apple esa jahonning eng qimmat texnologiya kompaniyasiga aylanib ulgurdi.

Microsoft o‘zining Windows operatsion tizimi bilan o‘ralashib yurgan bir vaziyatda Apple o‘zining iPod, iPhone va iPad kabi mahsulotlari bilan yangi bozorlarni o‘zlashtirishda davom etdi.

Agar kompaniyalar sarflagan pul miqdoriga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Microsoft ikkalasining ichida ko‘proq innovativ xususiyatga egadek ko‘rinadi. Masalan, Microsoft o‘tgan o‘n yil ichida jami 104 ta kichik kompaniyalarni sotib olgan bo‘lsa, Apple bu borada atigi 11 ta xaridni amalga oshirgan xolos. Shu vaqt mobaynida Microsoft ilmiy izlanish va tadqiqotlar uchun jami 71 mlrd. $ sarflagan bo‘lsa, Apple esa atigi 8 mlrd. $ sarflagan xolos. Yana shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, yangi kompaniyalarni sotib olish yoki R&D (ilmiy izlanish va tadqiqotlar)ga pulni sarflash har doim ham innovatsiya yaratish bilan bir xil bo‘lavermaydi.

Maqolaning qolgan qismini quyidagi linkdan toping:
http://infoman.uz/2010/10/apple-qanday-qilib-microsoft-ni-ortda-qoldirdi/

Murod_bek

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 1413
  • Jins: Erkak
Re: INFOMAN.UZ - Jahon iqtisodiyotidagi muhim voqea-hodisalar
« Javob #8 : 25 Yanvar 2011, 17:12:56 »
Yaxshi sayt ekan... Manga yoqti... :)

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: INFOMAN.UZ - Jahon iqtisodiyotidagi muhim voqea-hodisalar
« Javob #9 : 30 Yanvar 2011, 22:48:25 »
Yaxshi sayt ekan... Manga yoqti... :)

Tashakkurlar.

 

Jahon davlatlari bayroqlari

Muallif AbdusalomBo'lim Intellekt

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 12764
So'nggi javob 01 Dekabr 2006, 19:12:36
muallifi Suvon
Jahon chempionati - 2006

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 5791
So'nggi javob 22 Noyabr 2006, 11:27:15
muallifi Shoxjahon12
JAHON FUTBOL KLUBLARI TARIXIDAN...

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 18
Ko'rilgan: 17869
So'nggi javob 15 Dekabr 2007, 16:49:00
muallifi Robiya
Jahon chempionati 2006 ning barcha o'yinlari

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 66
Ko'rilgan: 26763
So'nggi javob 10 Iyul 2006, 12:16:03
muallifi muxbir
Jahon xalqlari maqollaridan

Muallif AbdusalomBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 492
Ko'rilgan: 99851
So'nggi javob 14 Noyabr 2011, 00:50:51
muallifi Lu`lu`