Muallif Mavzu: ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI  ( 114040 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 4 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

JaviK

  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
« : 10 Iyun 2010, 11:14:13 »
ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI


Odam organizmining tuzilishi, uning rivojlanish jarayonini o‘rgana-digan fan anatomiya, odam organizmi a’zolarining yakka holdagi va bir butun tizim ko‘rinishidagi faoliyatlarini o‘rganadigan fan fiziologiya deyiladi.
Odam organizmi turli funksiyalarni bajaradigan a’zolar tizimidan tashkil topgan. Bularga harakat a’zolari, muskullar, qon, qon va limfa tomirlari, hazm qilish, nafas olish, siydik chiqarish, jinsiy, nerv tizimi a’zolari va ichki sekretsiya bezlari kiradi.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
« Javob #1 : 10 Iyun 2010, 11:19:49 »
TAYANCH-HARAKAT TIZIMI

Harakat a’zolari tizimining asosini suyaklar, bo‘g‘imlar va paylar tashkil qiladi.
Odam organizmida 200 dan ortiq suyak bo‘lib, ularning jami odam vaznining 8,5 % ni tashkil qiladi. Suyaklar egiluvchan organik modda – osseindan hamda qattiq va mo‘rt anorganik modda – ohakdan tashkil topgan.
Suyaklarning yengil va mustahkamligi faqat ularning tarkibiga qarab emas, balki suyak tanasining qurilish strukturasi bilan ham belgilanadi. Suyaklarning tashqi qavati zich qattiq moddadan, ichki qavati esa bir-biri bilan to‘r shaklida kesishgan g‘ovak plastinkalardan iborat.
Suyaklar ichida suyak ko‘migi deb ataladigan to‘qima joylashgan bo‘lib, unda qizil qon (eritrotsitlar) va oq qon tanachalari (leykotsitlar) ishlab chiqariladi. Suyakning sirtqi yuzasi suyak ustki pardasi bilan qoplangan. Suyak ustki pardasidan suyaklarga nerv va qon tomirlari o‘tadi, ya’ni bu suyak ustki pardasining ichki qavatini tashkil qiladi, tashqi qavatini esa fibroz tolali to‘qima hosil qiladi. Suyak ustki pardasining ichki qavati suyak hosil bo‘lishida, o‘sishi va rivojlanishida, singan suyaklar bitishida ishtirok etadi.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
« Javob #2 : 10 Iyun 2010, 11:21:02 »
Suyaklar o‘zaro uzluksiz (harakatsiz) va bo‘g‘imlar (harakatchan) ko‘rinishida birikishi mumkin. Uzluksiz birlashgan suyaklarga misol qilib bosh suyagini biriktiruvchi to‘qimalar va umurtqalarning tog‘aylar orqali birikishini olish mumkin. Uzluksiz ravishda qo‘shilgan suyaklar qimir-lamaydi yoki harakati juda chegaralangan bo‘ladi. Binobarin, bu birik-malarni bo‘g‘im deb atab bo‘lmaydi. Harakatchan birikmalar (bo‘g‘imlar) esa butunlay boshqacha tuzilgan va o‘zgacha xususiyatga ega. Ularga tos va dumg‘aza bo‘g‘imi kabi kam harakatlanadigan hamda yelka, tirsak, tizza singari harakatchan bo‘g‘imlar kiradi.
Suyaklarning bo‘g‘im yuzalari tog‘ay bilan qoplangan bo‘lib, bo‘g‘im hosil qiluvchi uchlari va ular o‘rtasidagi bo‘shliqning atrofi bo‘g‘im xaltasi bilan o‘ralgan. Har qaysi bo‘g‘im sirtidan (ba’zilari ichidan) zich biriktiruvchi to‘qima tolalaridan tuzilgan boylamlar bilan mustahkamlan-gan. Bo‘g‘im xaltasining ichki qavati yog‘lovchi suyuqlik ishlab chiqa-radigan maxsus qobiqdan tashkil topgan va bu suyuqlik bo‘g‘imlardagi harakatni yengillashtirib beradi.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
« Javob #3 : 10 Iyun 2010, 11:22:20 »
Bosh suyaklari

Bosh suyagi miya va yuz suyaklariga bo‘linadi.
Boshning miya suyaklariga: peshona, 2 ta chakka, 2 ta tepa, ensa, ponasimon yoki asos, g‘alvir suyaklari kiradi. Ensa suyagida katta teshik bo‘lib, bu teshik orqali bosh miya umurtqa pog‘onasi kanali bilan bog‘lanib turadi. Chakka suyagi tashqi yonboshida joylashgan chakka chuquri orqali pastki jag‘ bilan birlashib turadi, ya’ni bu birlashma boshning birdan-bir harakatdagi bo‘g‘imi hisoblanadi.
Boshning yuz suyaklariga: 2 ta yuqori jag‘, 2 ta tanglay, 2 ta yonoq, 2 ta burun, 2 ta yosh, 2 ta burun chig‘anog‘i, dimoq, pastki jag‘ va tilosti suyaklari kiradi.
Pastki jag‘dan tashqari, barcha bosh suyaklari choklar orqali birikkan. Chakka suyaklarida eshitish va muvozanatni boshqaruvchi a’zolar joy-lashgan. Bosh suyagining yuz qismidan boshlanadigan mimika muskul-larining bir uchi suyakka, ikkinchi uchi esa teriga yopishgan bo‘lib, shu muskullar yordamida inson yuzida quvonch, g‘am, jahl, qo‘rquv ifodalari aks etadi.
G’alvirsimon, peshona, asos va chakka suyaklaridagi kovaklar (bo‘shliqlar) ichida havo bo‘ladi.
Peshona, asos va g‘alvirsimon suyaklar ichidagi bo‘shliqlar burun havo yo‘liga, chakka suyagidagi bo‘shliq esa o‘rta quloq bilan tutashgan.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
« Javob #4 : 10 Iyun 2010, 11:23:53 »
Umurtqa pog‘onasi

Umurtqa pog‘onasi odam skeletining asosiy o‘qi hisoblanadi. Umurtqa pog‘onasining tepa qismi bosh suyaklari bilan, yon tomoni ko‘krak qovurg‘alari bilan, pastki qismi esa tos suyaklari orqali oyoq suyaklari bilan tutashgan.
Umurtqa pog‘onasi 33 yoki 34 ta umurtqa suyaklaridan iborat bo‘lib, shundan 7 tasi bo‘yin, 12 tasi ko‘krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg‘aza va 4–5 tasi dum umurtqalaridan tashkil topgan.
Har bir umurtqa – tana, yoy va o‘tkir orqa o‘simtalardan iborat. Umurtqa tanasi qisqa yoylar yordamida aylana teshik hosil qiladi va umurtqalar ustma-ust jipslashib, birgalikda orqa miya joylashgan kanalni hosil qiladi.
Umurtqa suyaklari bir-biri bilan tolali tog‘ay orqali birikkan bo‘lib, yugurganda, yiqilganda, sakraganda zarbalar kuchining pasayishiga yordam beradi. Bundan tashqari, umurtqa pog‘onasi oldinga, orqaga, yon tomonga egilishda va tananing o‘z o‘qi atrofida aylanishida yordam beradi.
Beshta dumg‘aza umurtqalari bir-biri bilan jips birikib, yaxlit dumg‘aza suyagini tashkil qiladi. Dumg‘aza suyagi tos suyagi bilan birikib, tosning orqa qismini hosil qiladi. Dumg‘aza suyagining pastki qismiga 4–5 ta dum umurtqalari birikkan bo‘ladi.
[/i][/color]
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
« Javob #5 : 10 Iyun 2010, 11:24:47 »
Ko‘krak qafasi

Ko‘krak qafasi 12 ta ko‘krak umurtqasi, 12 juft qovurg‘a va to‘sh suyaklarining o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi.
Qovurg‘alar suyak va tog‘ay qismlardan tashkil topgan. Ular suyak qismi bilan ko‘krak umurtqalariga bo‘g‘im hosil qilib, tog‘ay qismi esa to‘sh suyagi bilan (7 tasi) bevosita birikkan bo‘ladi. Pastki 8, 9, 10-juft qovurg‘alarning tog‘ay qismlari o‘zaro birlashib 7-qovurg‘aga birikadi. 11, 12-juft qovurg‘alarga yetim qovurg‘alar deyiladi. Ularning erkin uchi qorin devori muskullari orasida bo‘ladi.
Ko‘krak qafasi bo‘shlig‘ida o‘pka va yurak joylashadi. Ko‘krak qafasini qorin bo‘shlig‘idan diafragma ajratib turadi. Diafragmada pay va muskul qismlar farqlanadi. Uning pay qismidagi darcha orqali qi-zilo‘ngach, qon va limfa tomirlari hamda nervlar o‘tadi. Diafragma nafas olishda ishtirok etadigan asosiy a’zo hisoblanadi.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
« Javob #6 : 10 Iyun 2010, 11:27:24 »
Tos suyaklari

Tos ikkita chanoq, dumg‘aza, dum suyaklari va ularni bog‘lovchi tog‘aylardan tashkil topgan. Chanoq suyagi, o‘z navbatida, uch qismdan – qov, yonbosh, quymich suyaklaridan iborat. Ikki qov suyaklaridagi tog‘ay qismlarning birikishi hisobiga simfiz, ya’ni qov birikmasi hosil bo‘ladi.
Yonbosh suyagi bilan qov suyagi o‘rtasidan bog‘lam tortilgan bo‘lib, unga chov yoki «pupart» bog‘lami deyiladi.
Tos suyaklarining ikki yonida yarim oysimon chuqurchasi bo‘lib, ularga son suyagining boshchasi kirib turadi va tos-son bo‘g‘imini hosil qiladi. Erkaklarning tos suyaklari baland va tor bo‘ladi. Ayollarniki esa past va keng bo‘lib, asosan tug‘ish jarayonida homila boshining qiyinchiliksiz harakatini ta’minlaydi.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
« Javob #7 : 10 Iyun 2010, 11:30:49 »
Qo‘l va oyoq suyaklari

Qo‘l suyaklari yelka kamari va qo‘lning erkin suyaklaridan tashkil topgan bo‘lib, yelka kamari tarkibiga kurak va o‘mrov suyaklari kiradi. O‘mrov suyagi bir uchi bilan to‘sh suyagiga birikadi, ikkinchi uchi bilan esa kurak suyagi va yelka suyagining boshchasi bilan birgalikda yelka bo‘g‘imini hosil qiladi. Yelka suyagi bilak suyaklari bilan birga tirsak bo‘g‘imini tashkil qiladi. Bilak – bilak va tirsak suyaklaridan tashkil topgan.
Bilak suyaklari kaft panja suyaklari bilan birikib bilak kaft bo‘g‘imini hosil qiladi. Qo‘l panjasi: 8 ta kaftoldi, 5 ta kaft va 14 ta barmoq suyaklaridan iborat. Har bir barmoq suyagi 3 ta suyakdan iborat bo‘lib, faqat bosh barmoqda 2 ta suyak mavjuddir.
Oyoq suyaklari tanaga tos suyaklari orqali birikib, son, boldir, tizza qopqog‘i, oyoq to‘pig‘i va oyoq panjasi suyaklaridan tashkil topgan.
Son suyagi inson tanasidagi eng uzun suyaklardan biri bo‘lib, naysimon suyaklar qatoriga kiradi. Uning yuqori uchida ichki tomonga qaragan sharsimon boshchasi, pastrog‘ida esa suyak uzun o‘qiga nisbatan o‘tmas burchak ostida joylashgan bo‘yni bor. Katta va kichik boldir suyaklari ham naysimon suyaklar qatoriga kiradi. Katta boldir suyagi boldirning ichki tomonida, kichik boldir suyagi esa tashqi tomonida joylashgan bo‘ladi. Son suyagining pastki, ya’ni distal qismi va boldirning yuqori, ya’ni proksimal qismi hamda tizza qopqog‘i suyaklari bilan birgalikda tizza bo‘g‘imini hosil qiladi.
Boldir suyaklari oyoq panja suyaklari bilan o‘zaro birikib, boldir panja bo‘g‘imini tashkil qiladi. Oyoq panjasi: 7 ta panjaoldi, 5 ta panja va 14 ta barmoq suyaklaridan iborat. Har bir barmoq kaft barmoqlariga o‘xshab 3 ta suyakdan iborat, faqat bosh barmoq 2 ta suyakdan tashkil topgan.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
« Javob #8 : 10 Iyun 2010, 11:33:22 »
MUSKULLAR TIZIMI

Odam organizmining faol harakatlantiruvchi qismi – muskullar, passiv harakatlantiruvchi qismlari – suyaklar, bog‘lamlar va fassiyalar bilan birgalikda tananing harakatlanishiga yordam beradi. Skelet muskullari odam vaznining 40 % ni tashkil etadi. Odam tanasida 600 ga yaqin muskul bor. Muskullar biriktiruvchi to‘qimali parda – fassiyalar bilan o‘ralgan bo‘ladi. Muskullar paylar yordamida skelet suyaklariga yopishadi. Mimika muskullari bir uchi bilan teriga ikkinchi uchi bilan kalla va yuz suyaklariga yopishadi. Muskullar qisqarishi natijasida bo‘g‘imlar harakatga kelib, inson yurishi, yugurishi, yozishi, chaynashi va boshqa harakatlarni bajarishi mumkin. Muskullar – qisqaruvchi, yoyuvchi, uzoqlashtiruvchi, yaqinlashtiruvchi, aylanma harakatlarni bajaruvchi muskul guruhlariga bo‘linadi.
Muskullar – uzun va qisqa, keng bo‘lishi mumkin. Uzun muskullar asosan qo‘l va oyoqlarda, qisqa muskullar esa gavda orqasi chuqur muskullari ostida, qovurg‘alar orasida bo‘ladi. Keng muskullar gavdaning ko‘krak va qorin qismida hamda tananing orqasida joylashgan bo‘ladi. Tana orqasidagi muskullar yuza va chuqur muskul guruhlariga bo‘linadi. Tana orqasidagi chuqur muskullar lateral va medial muskul guruhlariga bo‘linib, umurtqa pog‘onasining ikki tomoni bo‘ylab ensadan dumg‘azagacha cho‘zilgan. Bu muskul guruhlari umurtqa pog‘onasining tiklovchi muskul guruhlariga kiradi.
Ko‘krak muskullari – yelka kamari va yelka muskullariga taalluqlidir. Katta ko‘krak muskuli yuza joylashgan bo‘lib, shakli uchburchak – qo‘lni tanaga yaqinlashtiradi va ichkariga buradi. Kichik ko‘krak muskuli – 2, 4-qovurg‘alardan boshlanib, kurak suyagiga yopishadi. Bu muskul kurak qimirlamay turganda qovurg‘alarni ko‘taradi, ko‘krak qafasi qimirlamay turganda esa kurakning tashqi burchagini oldinga va birmuncha pastga tortadi.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
« Javob #9 : 10 Iyun 2010, 11:34:24 »
O‘mrovosti muskuli 1-qovurg‘a va o‘mrov suyagi orasida joylashgan bo‘ladi. Bu muskul o‘mrov suyagini pastga va markazga tortadi. Ko‘krak qafasining old va yon tomonida oldingi tishsimon muskullar joylashadi. Bu muskul qisqarganda kurakni oldinga tortadi va uni tashqariga buradi. Bu esa, o‘z navbatida, qo‘lni gorizontal holatdan ham yuqoriroq tutish imkonini beradi.
Ichki qovurg‘alararo muskullar nafas olishda, tashqi qovurg‘alararo muskullar esa nafas chiqarishda ishtirok etadi.
Qorin devori muskullari tashqi va ichki qiyshiq, ko‘ndalang, to‘g‘ri va kvadrat muskullardan tashkil topgan.
Tashqi qiyshiq muskul keng bo‘lib, yo‘nalishi yuqoridan pastga va tashqaridan ichkariga bo‘ladi. Ichki qiyshiq muskul ham tashqi qiyshiq muskul ostida shu yo‘nalishda joylashgan. Tashqi va ichki qiyshiq muskullar orqasida qorinning ko‘ndalang muskuli joylashgan. Qorin to‘g‘ri muskuli o‘rta chiziqdan tashqarida joylashgan bo‘lib, muskul tutamlari (press) hosil qiladi, ushbu muskulning yo‘nalishi yuqoridan pastga qarab boradi. Orqaning kvadrat muskuli yonbosh suyaklarining yuqorigi qirralaridan boshlanadi va 12-qovurg‘a va bel umurtqalarining yon o‘smalariga yopishadi.
Qorinning tashqi va ichki qiyshiq muskullari tananing yon tomonga egilishida ishtirok etsa, qorinning to‘g‘ri muskuli gavdaning oldinga egilishga yordam beradi. Qorin devori muskullari qorin bo‘shlig‘ini hosil qilishda ishtirok etadi.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
« Javob #10 : 10 Iyun 2010, 11:37:52 »
Bosh muskullari – yuz-mimika va chaynov muskullariga bo‘linadi. Mimika muskullari – kalla suyagi yuz qismidan boshlanib teriga yo-pishgan bo‘ladi. Mimika muskullari ko‘proq ko‘z olmasi, og‘iz, quloq atrofida joylashgan va shu a’zolar faoliyatida ishtirok etadi.
Chaynov muskullari – 4 juft muskuldan iborat va qolgan ikki jufti (medial va lateral qanotsimon) chuqur joylashgan bo‘ladi. Chaynov muskullari ovqatni maydalash, uzib olish, chaynashga xizmat qiladi.
Bo‘yin muskullari yuza va chuqur guruhlarga bo‘linadi. Yuza muskullar ichki va tashqi bo‘ladi.
Tashqi guruh muskullariga bo‘yin teriosti va to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ich-simon o‘simta muskullari (o‘mrov muskuli) kiradi. Bo‘yin teriosti muskuli og‘iz pastki burchagini pastga tortadi va bo‘yin terisini taranglashtiradi.
To‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon o‘simta muskuli bo‘shashganda boshni oldinga (bir tomonlama qisqarganda) o‘ng yoki chapga o‘girish, ikki tomonlama qisqarganda esa boshni qattiq tik holda ushlab turish mumkin bo‘ladi.
Bo‘yin chuqur muskullariga quyidagi muskullar kiradi:
a) narvonsimon – old, o‘rta, orqa;
b) umurtqa oldi muskullari – bosh va bo‘yinning uzun muskullari, boshning to‘g‘ri muskullari.
Bulardan tashqari, bo‘yinda – tilosti suyagidan yuqorida va pastda joylashgan muskullar bo‘lib, ular pastki jag‘ni pastga tushirishga, ovqatni yutishga va qalqonsimon tog‘ayni harakatlantirishga moslashgan.
Qo‘l muskullari ikki guruhga – yelka kamari va qo‘l erkin qismining muskullariga bo‘linadi.
Yelka kamari muskullari yelka bo‘g‘imi atrofida joylashgan bo‘lib, ko‘krak va orqa muskullar ishtirokida yelka bo‘g‘imini harakatlantiradi. Yelka kamari hammasi bo‘lib 6 ta (deltasimon, kurak qirra usti va osti, kichik va katta yumaloq, kurakosti) muskuldan iborat.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
« Javob #11 : 10 Iyun 2010, 11:38:29 »
Qo‘l erkin qismining muskullari uzun bo‘lib, old va orqa guruh muskullariga bo‘linadi. Bu guruh muskullarga yelkaning old va orqasi, bilak va panjaning old va orqa guruh muskullari kirib, asosan qo‘l va panjani bukish va yozishga moslashgan muskullardan tashkil topgan. Bukuvchi muskullarga ikki boshli va tumshuqsimon yelka muskullari kiradi. Bukuvchi muskullar yelkaning old qismidan joy olgan.
Yelkaning yoyuvchi muskullariga uch boshli va tirsak muskuli kirib, yelkani yozishga moslashgan va uning orqa tomonidan joy olgan. Bilakning orqa tomonida panjani yozuvchi muskullar, old tomonida esa panjani bukuvchi muskullar joy olgan. Qo‘l panja muskullari uchta guruhga bo‘linadi:
1) bosh barmoq do‘mbog‘i muskullari;
2) jimjiloq muskullari;
3) kaft o‘rtasidagi kaft suyaklararo muskullar.
Oyoq muskullari – chanoq, son, boldir, panja muskullaridan tashkil topgan. Chanoq muskullari – chanoq tana bilan deyarli harakatsiz birlashganligi sababli, muskullar faqat chanoq- son bo‘g‘imiga aloqador bo‘lib, ikki (old va orqa) guruhlarga bo‘linadi. Chanoq muskullari chanoqdan boshlanib, son suyagida tugaydi. Old guruh yonbosh-bel muskuli sonni bukadi va tashqariga buradi. Oyoq qimirlamay turganda gavdani bukishda qatnashadi. Noksimon va ichki yopqich muskul – sonni tashqariga buradi.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
« Javob #12 : 10 Iyun 2010, 11:39:39 »
Orqa guruh muskullariga quyidagilar kiradi: a) katta dumba muskuli (sonni tashqariga buradi, odam gavdasini tik tutish va gavdani to‘g‘rilashda ishtirok etadi); b) dumbaning o‘rta muskuli; v) dumbaning kichik muskuli (ustma-ust joylashgan bo‘lib, sonni uzoqlashtiradi); g) tashqi yopqich; d) kvadratsimon muskul (sonni tashqariga buradi).
Son muskullari uch guruhga (old, o‘rta, orqa) bo‘linadi. Old guruh muskullariga to‘rt boshli va «tikuvchilar» muskuli kiradi. Bu muskullar tizza va sonning chanoq-son bo‘g‘inini bukishga yordam beradi. O‘rta guruh muskullari – taroqsimon, sonni yaqinlashtiruvchi, uzun, kalta, katta va nozik muskullardan iborat bo‘lib, sonni bir-biriga yaqinlashtirishga yordam beradi. Orqa guruh muskullariga ikki boshli son muskuli, yarim pay muskul, yarim parda muskullar kirib, sonni yozadi, boldirni bukadi va boldirni tashqariga buradi.
Boldir muskullari uch guruhga bo‘linadi: 1) oldingi; 2) lateral; 3) orqa.
Oldingi guruh muskullari: a) oldingi katta boldir muskulioyoq panja-sini yozadi, panjaning medial tomonini ko‘taradi; b) barmoqlarni yoyuvchi uzun muskul panja va barmoqlarni yozadi; v) bosh barmoqni yoyuvchi uzun muskul panjani yozadi va oyoq kaftining ichki yuzasini ko‘taradi.
Lateral guruh mushaklari: a) kichik boldirning uzun muskuli oyoq gumbazini mustahkamlaydi, oyoq panjasini va bosh barmoqni bukadi; b) kichik boldir kalta muskuli barmoqlarni yozadi.
Orqa guruh muskullari: a) boldirning uch boshli muskuli; b) boldir muskuli; v) kambalasimon muskul; g) tovon muskuli. Bu muskullar tizza bo‘g‘imini bukadi, odamning tik turishini ta’minlaydi.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
« Javob #13 : 10 Iyun 2010, 11:41:22 »
OVQAT HAZM QILISH TIZIMI

Inson hazm qilish tizimining umumiy uzunligi 8–10 m bo‘lib, quyidagi qismlarga bo‘linadi: a) og‘iz; b) halqum; v) qizilo‘ngach; g) oshqozon (me’da); d) ingichka ichak; ye) yo‘g‘on ichak.
Ovqat hazm qilish tizimida ovqat moddasi tishlar yordamida may-dalanib, mexanik ishlanadi. So‘ngra u so‘lak bezlari va ichak bezlaridan chiqqan shiralar ta’sirida ximik ishlanib, parchalana boshlaydi. Hazm yo‘lida ovqat moddalarining parchalanib shimilishi uchun odam organizmida bir sutkada 8,5 l shira ajraladi. Shundan 1,5 l so‘lak, 2,5 l oshqozon shirasi, 1 l oshqozon osti bezi shirasi, 2,5 l ichaklar ishlab chiqargan shiralar, 1,2 l safro (o‘t) tashkil etadi.
Og‘iz bo‘shlig‘idagi ovqat luqmasi tishlar bilan maydalanib, so‘lak bilan aralashgandan so‘ng luqma yutiladi va ovqat moddasi qizilo‘ngach orqali oshqozonga tushadi. Og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat moddasining mazasi, shirin yoki achchiqligi, yumshoq yoki qattiqligi, issiq-sovuqligi aniqlanadi. Bu sezgilar til yuzasida joylashgan retseptorlar ta’sirida seziladi. Og‘iz bo‘shlig‘iga 3 juft so‘lak bezidan so‘lak quyilib, bular 1 juft quloqosti, 1 juft tilosti, yana 1 juft jag‘osti so‘lak bezlaridir. So‘lak bezlaridan ishlanib chiqqan so‘lak bezi yo‘li orqali (yuqoridagi 3 juft) yoki so‘lak naylari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri og‘iz bo‘shlig‘iga tushadi. So‘lak bilan ishlangan ovqatning yutilishi osonlashib, og‘iz bo‘shlig‘ida shakar va ayrim mineral tuzlar parchalana boshlaydi. So‘lak tarkibida ptialin moddasi bo‘lib, uning ta’sirida kraxmal shakarga aylanadi.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

JaviK

  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
« Javob #14 : 10 Iyun 2010, 11:42:18 »
Tomoq og‘iz bo‘shlig‘ining yumshoq tanglayidan boshlanuvchi qismidir, uning ikki tomonida old va orqa tanglay ravoqlari bo‘lib, ular o‘rtasida bodomcha bezlari joylashgan. Tomoq o‘rtasining yuqorigi qismida yumshoq tanglay davomi sifatida tilcha osilib turadi. Bodomcha bezlari muhim himoya organi hisoblanib, limfoid bezlar jumlasiga kiradi.
Halqumning burun, og‘iz va qizilo‘ngach qismlari nafas olish va ovqat hazm qilish a’zolarining kesishgan chorrahasini o‘zaro bog‘lab turadi. Burundan kirgan havo traxeya orqali o‘pkaga, og‘izdan kirgan ovqat moddasi esa qizilo‘ngach orqali oshqozonga tushadi.
Qizilo‘ngachga tushgan ovqat va suyuqliklar oshqozonga o‘tkaziladi. Qizilo‘ngach diafragmaning chap tomonidan maxsus teshik orqali qorin bo‘shlig‘iga o‘tadi.
Oshqozon devori 3 qavatdan – tashqi, o‘rta, ichki shilliq qavatlardan tashkil topgan. Tashqi qavatni qorin pardasining ichki devori hosil qilib, u yupqa va nozik bo‘ladi. O‘rta qavatni oshqozon muskullari tashkil etadi. Bu muskullarning qisqarishi ovqat moddasining ichaklarga o‘tishini ta’minlaydi. Ichki shilliq qavat ko‘plab so‘rg‘ichlar bilan qoplangan bo‘lib, bu yerda 5 mln dan ortiq bezlar ham joylashgan. Bu bezlar shirasi tarkibida ovqat moddasini parchalaydigan pepsin moddasi mavjud.
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

 

Bo'ri-odam yili (hikoya). Stiven King

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 5476
So'nggi javob 10 Iyul 2006, 18:58:50
muallifi AbdulAziz
Mandan oldingi odam! Forumchilarga ta'rif

Muallif ikbaljohnBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 745
Ko'rilgan: 172041
So'nggi javob 06 Mart 2008, 14:44:01
muallifi Muzayyana
Eng baxtli odam (hikoya). Albert Malts

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2974
So'nggi javob 02 Mart 2007, 06:12:48
muallifi AbdulAziz
Nazar Eshonqul. Maymun yetaklagan odam (hikoyalar)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 8266
So'nggi javob 06 Oktyabr 2007, 06:42:09
muallifi AbdulAziz
...ODAM

Muallif RobiyaBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 6329
So'nggi javob 15 Iyun 2009, 16:30:32
muallifi Robiya