ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI  ( 165148 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


JaviK  10 Iyun 2010, 11:14:13

ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI


Odam organizmining tuzilishi, uning rivojlanish jarayonini o‘rgana-digan fan anatomiya, odam organizmi a’zolarining yakka holdagi va bir butun tizim ko‘rinishidagi faoliyatlarini o‘rganadigan fan fiziologiya deyiladi.
Odam organizmi turli funksiyalarni bajaradigan a’zolar tizimidan tashkil topgan. Bularga harakat a’zolari, muskullar, qon, qon va limfa tomirlari, hazm qilish, nafas olish, siydik chiqarish, jinsiy, nerv tizimi a’zolari va ichki sekretsiya bezlari kiradi.

Qayd etilgan


JaviK  10 Iyun 2010, 11:19:49

TAYANCH-HARAKAT TIZIMI

Harakat a’zolari tizimining asosini suyaklar, bo‘g‘imlar va paylar tashkil qiladi.
Odam organizmida 200 dan ortiq suyak bo‘lib, ularning jami odam vaznining 8,5 % ni tashkil qiladi. Suyaklar egiluvchan organik modda — osseindan hamda qattiq va mo‘rt anorganik modda — ohakdan tashkil topgan.
Suyaklarning yengil va mustahkamligi faqat ularning tarkibiga qarab emas, balki suyak tanasining qurilish strukturasi bilan ham belgilanadi. Suyaklarning tashqi qavati zich qattiq moddadan, ichki qavati esa bir-biri bilan to‘r shaklida kesishgan g‘ovak plastinkalardan iborat.
Suyaklar ichida suyak ko‘migi deb ataladigan to‘qima joylashgan bo‘lib, unda qizil qon (eritrotsitlar) va oq qon tanachalari (leykotsitlar) ishlab chiqariladi. Suyakning sirtqi yuzasi suyak ustki pardasi bilan qoplangan. Suyak ustki pardasidan suyaklarga nerv va qon tomirlari o‘tadi, ya’ni bu suyak ustki pardasining ichki qavatini tashkil qiladi, tashqi qavatini esa fibroz tolali to‘qima hosil qiladi. Suyak ustki pardasining ichki qavati suyak hosil bo‘lishida, o‘sishi va rivojlanishida, singan suyaklar bitishida ishtirok etadi.

Qayd etilgan


JaviK  10 Iyun 2010, 11:21:02

Suyaklar o‘zaro uzluksiz (harakatsiz) va bo‘g‘imlar (harakatchan) ko‘rinishida birikishi mumkin. Uzluksiz birlashgan suyaklarga misol qilib bosh suyagini biriktiruvchi to‘qimalar va umurtqalarning tog‘aylar orqali birikishini olish mumkin. Uzluksiz ravishda qo‘shilgan suyaklar qimir-lamaydi yoki harakati juda chegaralangan bo‘ladi. Binobarin, bu birik-malarni bo‘g‘im deb atab bo‘lmaydi. Harakatchan birikmalar (bo‘g‘imlar) esa butunlay boshqacha tuzilgan va o‘zgacha xususiyatga ega. Ularga tos va dumg‘aza bo‘g‘imi kabi kam harakatlanadigan hamda yelka, tirsak, tizza singari harakatchan bo‘g‘imlar kiradi.
Suyaklarning bo‘g‘im yuzalari tog‘ay bilan qoplangan bo‘lib, bo‘g‘im hosil qiluvchi uchlari va ular o‘rtasidagi bo‘shliqning atrofi bo‘g‘im xaltasi bilan o‘ralgan. Har qaysi bo‘g‘im sirtidan (ba’zilari ichidan) zich biriktiruvchi to‘qima tolalaridan tuzilgan boylamlar bilan mustahkamlan-gan. Bo‘g‘im xaltasining ichki qavati yog‘lovchi suyuqlik ishlab chiqa-radigan maxsus qobiqdan tashkil topgan va bu suyuqlik bo‘g‘imlardagi harakatni yengillashtirib beradi.

Qayd etilgan


JaviK  10 Iyun 2010, 11:22:20

Bosh suyaklari

Bosh suyagi miya va yuz suyaklariga bo‘linadi.
Boshning miya suyaklariga: peshona, 2 ta chakka, 2 ta tepa, ensa, ponasimon yoki asos, g‘alvir suyaklari kiradi. Ensa suyagida katta teshik bo‘lib, bu teshik orqali bosh miya umurtqa pog‘onasi kanali bilan bog‘lanib turadi. Chakka suyagi tashqi yonboshida joylashgan chakka chuquri orqali pastki jag‘ bilan birlashib turadi, ya’ni bu birlashma boshning birdan-bir harakatdagi bo‘g‘imi hisoblanadi.
Boshning yuz suyaklariga: 2 ta yuqori jag‘, 2 ta tanglay, 2 ta yonoq, 2 ta burun, 2 ta yosh, 2 ta burun chig‘anog‘i, dimoq, pastki jag‘ va tilosti suyaklari kiradi.
Pastki jag‘dan tashqari, barcha bosh suyaklari choklar orqali birikkan. Chakka suyaklarida eshitish va muvozanatni boshqaruvchi a’zolar joy-lashgan. Bosh suyagining yuz qismidan boshlanadigan mimika muskul-larining bir uchi suyakka, ikkinchi uchi esa teriga yopishgan bo‘lib, shu muskullar yordamida inson yuzida quvonch, g‘am, jahl, qo‘rquv ifodalari aks etadi.
G’alvirsimon, peshona, asos va chakka suyaklaridagi kovaklar (bo‘shliqlar) ichida havo bo‘ladi.
Peshona, asos va g‘alvirsimon suyaklar ichidagi bo‘shliqlar burun havo yo‘liga, chakka suyagidagi bo‘shliq esa o‘rta quloq bilan tutashgan.

Qayd etilgan


JaviK  10 Iyun 2010, 11:23:53

Umurtqa pog‘onasi

Umurtqa pog‘onasi odam skeletining asosiy o‘qi hisoblanadi. Umurtqa pog‘onasining tepa qismi bosh suyaklari bilan, yon tomoni ko‘krak qovurg‘alari bilan, pastki qismi esa tos suyaklari orqali oyoq suyaklari bilan tutashgan.
Umurtqa pog‘onasi 33 yoki 34 ta umurtqa suyaklaridan iborat bo‘lib, shundan 7 tasi bo‘yin, 12 tasi ko‘krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg‘aza va 4—5 tasi dum umurtqalaridan tashkil topgan.
Har bir umurtqa — tana, yoy va o‘tkir orqa o‘simtalardan iborat. Umurtqa tanasi qisqa yoylar yordamida aylana teshik hosil qiladi va umurtqalar ustma-ust jipslashib, birgalikda orqa miya joylashgan kanalni hosil qiladi.
Umurtqa suyaklari bir-biri bilan tolali tog‘ay orqali birikkan bo‘lib, yugurganda, yiqilganda, sakraganda zarbalar kuchining pasayishiga yordam beradi. Bundan tashqari, umurtqa pog‘onasi oldinga, orqaga, yon tomonga egilishda va tananing o‘z o‘qi atrofida aylanishida yordam beradi.
Beshta dumg‘aza umurtqalari bir-biri bilan jips birikib, yaxlit dumg‘aza suyagini tashkil qiladi. Dumg‘aza suyagi tos suyagi bilan birikib, tosning orqa qismini hosil qiladi. Dumg‘aza suyagining pastki qismiga 4—5 ta dum umurtqalari birikkan bo‘ladi.
[/i][/color]

Qayd etilgan


JaviK  10 Iyun 2010, 11:24:47

Ko‘krak qafasi

Ko‘krak qafasi 12 ta ko‘krak umurtqasi, 12 juft qovurg‘a va to‘sh suyaklarining o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi.
Qovurg‘alar suyak va tog‘ay qismlardan tashkil topgan. Ular suyak qismi bilan ko‘krak umurtqalariga bo‘g‘im hosil qilib, tog‘ay qismi esa to‘sh suyagi bilan (7 tasi) bevosita birikkan bo‘ladi. Pastki 8, 9, 10-juft qovurg‘alarning tog‘ay qismlari o‘zaro birlashib 7-qovurg‘aga birikadi. 11, 12-juft qovurg‘alarga yetim qovurg‘alar deyiladi. Ularning erkin uchi qorin devori muskullari orasida bo‘ladi.
Ko‘krak qafasi bo‘shlig‘ida o‘pka va yurak joylashadi. Ko‘krak qafasini qorin bo‘shlig‘idan diafragma ajratib turadi. Diafragmada pay va muskul qismlar farqlanadi. Uning pay qismidagi darcha orqali qi-zilo‘ngach, qon va limfa tomirlari hamda nervlar o‘tadi. Diafragma nafas olishda ishtirok etadigan asosiy a’zo hisoblanadi.

Qayd etilgan


JaviK  10 Iyun 2010, 11:27:24

Tos suyaklari

Tos ikkita chanoq, dumg‘aza, dum suyaklari va ularni bog‘lovchi tog‘aylardan tashkil topgan. Chanoq suyagi, o‘z navbatida, uch qismdan — qov, yonbosh, quymich suyaklaridan iborat. Ikki qov suyaklaridagi tog‘ay qismlarning birikishi hisobiga simfiz, ya’ni qov birikmasi hosil bo‘ladi.
Yonbosh suyagi bilan qov suyagi o‘rtasidan bog‘lam tortilgan bo‘lib, unga chov yoki «pupart» bog‘lami deyiladi.
Tos suyaklarining ikki yonida yarim oysimon chuqurchasi bo‘lib, ularga son suyagining boshchasi kirib turadi va tos-son bo‘g‘imini hosil qiladi. Erkaklarning tos suyaklari baland va tor bo‘ladi. Ayollarniki esa past va keng bo‘lib, asosan tug‘ish jarayonida homila boshining qiyinchiliksiz harakatini ta’minlaydi.

Qayd etilgan


JaviK  10 Iyun 2010, 11:30:49

Qo‘l va oyoq suyaklari

Qo‘l suyaklari yelka kamari va qo‘lning erkin suyaklaridan tashkil topgan bo‘lib, yelka kamari tarkibiga kurak va o‘mrov suyaklari kiradi. O‘mrov suyagi bir uchi bilan to‘sh suyagiga birikadi, ikkinchi uchi bilan esa kurak suyagi va yelka suyagining boshchasi bilan birgalikda yelka bo‘g‘imini hosil qiladi. Yelka suyagi bilak suyaklari bilan birga tirsak bo‘g‘imini tashkil qiladi. Bilak — bilak va tirsak suyaklaridan tashkil topgan.
Bilak suyaklari kaft panja suyaklari bilan birikib bilak kaft bo‘g‘imini hosil qiladi. Qo‘l panjasi: 8 ta kaftoldi, 5 ta kaft va 14 ta barmoq suyaklaridan iborat. Har bir barmoq suyagi 3 ta suyakdan iborat bo‘lib, faqat bosh barmoqda 2 ta suyak mavjuddir.
Oyoq suyaklari tanaga tos suyaklari orqali birikib, son, boldir, tizza qopqog‘i, oyoq to‘pig‘i va oyoq panjasi suyaklaridan tashkil topgan.
Son suyagi inson tanasidagi eng uzun suyaklardan biri bo‘lib, naysimon suyaklar qatoriga kiradi. Uning yuqori uchida ichki tomonga qaragan sharsimon boshchasi, pastrog‘ida esa suyak uzun o‘qiga nisbatan o‘tmas burchak ostida joylashgan bo‘yni bor. Katta va kichik boldir suyaklari ham naysimon suyaklar qatoriga kiradi. Katta boldir suyagi boldirning ichki tomonida, kichik boldir suyagi esa tashqi tomonida joylashgan bo‘ladi. Son suyagining pastki, ya’ni distal qismi va boldirning yuqori, ya’ni proksimal qismi hamda tizza qopqog‘i suyaklari bilan birgalikda tizza bo‘g‘imini hosil qiladi.
Boldir suyaklari oyoq panja suyaklari bilan o‘zaro birikib, boldir panja bo‘g‘imini tashkil qiladi. Oyoq panjasi: 7 ta panjaoldi, 5 ta panja va 14 ta barmoq suyaklaridan iborat. Har bir barmoq kaft barmoqlariga o‘xshab 3 ta suyakdan iborat, faqat bosh barmoq 2 ta suyakdan tashkil topgan.

Qayd etilgan


JaviK  10 Iyun 2010, 11:33:22

MUSKULLAR TIZIMI

Odam organizmining faol harakatlantiruvchi qismi — muskullar, passiv harakatlantiruvchi qismlari — suyaklar, bog‘lamlar va fassiyalar bilan birgalikda tananing harakatlanishiga yordam beradi. Skelet muskullari odam vaznining 40 % ni tashkil etadi. Odam tanasida 600 ga yaqin muskul bor. Muskullar biriktiruvchi to‘qimali parda — fassiyalar bilan o‘ralgan bo‘ladi. Muskullar paylar yordamida skelet suyaklariga yopishadi. Mimika muskullari bir uchi bilan teriga ikkinchi uchi bilan kalla va yuz suyaklariga yopishadi. Muskullar qisqarishi natijasida bo‘g‘imlar harakatga kelib, inson yurishi, yugurishi, yozishi, chaynashi va boshqa harakatlarni bajarishi mumkin. Muskullar — qisqaruvchi, yoyuvchi, uzoqlashtiruvchi, yaqinlashtiruvchi, aylanma harakatlarni bajaruvchi muskul guruhlariga bo‘linadi.
Muskullar — uzun va qisqa, keng bo‘lishi mumkin. Uzun muskullar asosan qo‘l va oyoqlarda, qisqa muskullar esa gavda orqasi chuqur muskullari ostida, qovurg‘alar orasida bo‘ladi. Keng muskullar gavdaning ko‘krak va qorin qismida hamda tananing orqasida joylashgan bo‘ladi. Tana orqasidagi muskullar yuza va chuqur muskul guruhlariga bo‘linadi. Tana orqasidagi chuqur muskullar lateral va medial muskul guruhlariga bo‘linib, umurtqa pog‘onasining ikki tomoni bo‘ylab ensadan dumg‘azagacha cho‘zilgan. Bu muskul guruhlari umurtqa pog‘onasining tiklovchi muskul guruhlariga kiradi.
Ko‘krak muskullari — yelka kamari va yelka muskullariga taalluqlidir. Katta ko‘krak muskuli yuza joylashgan bo‘lib, shakli uchburchak — qo‘lni tanaga yaqinlashtiradi va ichkariga buradi. Kichik ko‘krak muskuli — 2, 4-qovurg‘alardan boshlanib, kurak suyagiga yopishadi. Bu muskul kurak qimirlamay turganda qovurg‘alarni ko‘taradi, ko‘krak qafasi qimirlamay turganda esa kurakning tashqi burchagini oldinga va birmuncha pastga tortadi.

Qayd etilgan


JaviK  10 Iyun 2010, 11:34:24

O‘mrovosti muskuli 1-qovurg‘a va o‘mrov suyagi orasida joylashgan bo‘ladi. Bu muskul o‘mrov suyagini pastga va markazga tortadi. Ko‘krak qafasining old va yon tomonida oldingi tishsimon muskullar joylashadi. Bu muskul qisqarganda kurakni oldinga tortadi va uni tashqariga buradi. Bu esa, o‘z navbatida, qo‘lni gorizontal holatdan ham yuqoriroq tutish imkonini beradi.
Ichki qovurg‘alararo muskullar nafas olishda, tashqi qovurg‘alararo muskullar esa nafas chiqarishda ishtirok etadi.
Qorin devori muskullari tashqi va ichki qiyshiq, ko‘ndalang, to‘g‘ri va kvadrat muskullardan tashkil topgan.
Tashqi qiyshiq muskul keng bo‘lib, yo‘nalishi yuqoridan pastga va tashqaridan ichkariga bo‘ladi. Ichki qiyshiq muskul ham tashqi qiyshiq muskul ostida shu yo‘nalishda joylashgan. Tashqi va ichki qiyshiq muskullar orqasida qorinning ko‘ndalang muskuli joylashgan. Qorin to‘g‘ri muskuli o‘rta chiziqdan tashqarida joylashgan bo‘lib, muskul tutamlari (press) hosil qiladi, ushbu muskulning yo‘nalishi yuqoridan pastga qarab boradi. Orqaning kvadrat muskuli yonbosh suyaklarining yuqorigi qirralaridan boshlanadi va 12-qovurg‘a va bel umurtqalarining yon o‘smalariga yopishadi.
Qorinning tashqi va ichki qiyshiq muskullari tananing yon tomonga egilishida ishtirok etsa, qorinning to‘g‘ri muskuli gavdaning oldinga egilishga yordam beradi. Qorin devori muskullari qorin bo‘shlig‘ini hosil qilishda ishtirok etadi.

Qayd etilgan