Eshitish a’zolari
Eshitish a’zolari uch qismdan:
tashqi quloq, o‘rta quloq, ichki quloqdan iborat. Quloq suprasidan iborat tashqi quloqqa tashqi eshitish yo‘li ham kiradi.
O‘rta quloq esa nog‘ora bo‘shlig‘i va eshituv (Yevstaxiy) nayidan iborat.
Tashqi va o‘rta quloq o‘rtasida chegara nog‘ora parda mavjud. O‘rta quloqdagi nog‘ora bo‘shlig‘ida 3 ta eshituv suyakchalari zanjir kabi tutashgan bo‘ladi. Bolg‘acha nog‘ora pardaga tegib turadi. Bolg‘achaning ikkinchi boshi ikkinchi eshituv suyakchasi sandonchasiga tegib turadi.
Sandoncha ham, o‘z navbatida, uchinchi eshitish suyakchasiga — uzangichaga tegib turadi. Uzangicha esa ichki quloqning labirinti teshigini yopib turadi. Shunday qilib, tovush to‘lqini quloq nog‘ora pardasiga tegib uni tebratadi, natijada eshituv suyakchalari orqali tebranish ichki quloq
labirintiga keladi. Ichki quloq labirintida eshitish nervi boshlanadi, eshituv nervi oxirlari ta’sirni eshitish yo‘li orqali miya po‘stlog‘idagi eshitish markaziga olib boradi.
Ichki quloqda eshituv nervlaridan tashqari, muvozanatni ta’minlaydigan nervlar ham joylashgan.
Hid bilish a’zolari — atrof muhit va predmetlarning hidini aniqlaydi.
Ta’m bilish a’zolari — og‘iz bo‘shlig‘i va til yordamida ovqat konsistensiyasi va mazasini aniqlaydi.
Sezish a’zolari — terida joylashgan retseptorlar orqali predmetlar va boshqa narsalarni sezishni amalga oshiradi.