Marg'lon shahrining 2000 yilligini nishonlash  ( 9667 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Margilanets  02 Avgust 2006, 07:19:17

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Marg`ilon shahrining 2000 yilligini nishonlash to`g`risida.

Mamlakatimizning boy tarixi, milliy davlatchiligimiz hamda ko`hna qadriyatlarimizning shakllanishi va rivojlanishida alohida o`rin tutib kelgan, yurtimiz zaminidagi qadimiy tsivilizatsiya beshiklaridan biri bo`lgan Marg`ilon shahrining 2000 yillik sanasini munosib nishonlash, xalqimizning o`lmas merosini asrab-avaylash, keng targ`ib etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg`ularini yanada kuchaytirish maqsadida:

1. YuNESKO Bosh konferentsiyasining 33-sessiyasi tomonidan Marg`ilon shahriga asos solinganining 2000 yilligini nishonlashda ushbu tashkilotning ishtirok etishi haqida qaror qabul qilingani ma`lumot uchun qabul qilinsin.

2. Marg`ilon shahrining 2000 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish bo`yicha respublika tashkiliy qo`mitasining tarkibi tasdiqlansin.

3. Marg`ilon shahrining 2000 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish yuzasidan tadbirlar dasturi, shaharning ijtimoiy-madaniy infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda Marg`ilon shahridagi mahalliy korxonalar ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlansin.

Tashkiliy qo`mita Marg`ilon shahrining bugungi qiyofasini tubdan o`zgartirishga qaratilgan qurilish, rekonstruktsiya va obodonchilik ishlarining zamonaviy talablar asosida amalga oshirilishiga alohida ahamiyat bersin hamda yilning har choragida o`z majlislarida mazkur qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar ijrosini ko`rib chiqib, uning natijalari to`g`risida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.

8. "O`zbekturizm" milliy kompaniyasi Farg`ona viloyati hokimligi bilan birgalikda, bir oy muddatda, Farg`ona vodiysining boy tarixiy-me`moriy obidalari va ziyoratgohlari, tabiiy jihatdan e`tiborga molik so`lim maskanlarini keng targ`ib etish bo`yicha hududiy dastur ishlab chiqsin hamda uni xalqaro turistik yarmarkalarda reklama qilish chora-tadbirlarini belgilasin.

9. O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Marg`ilon shahrining 2000 yilligiga bag`ishlangan yubiley tantanalariga tayyorgarlik ko`rish va ularni o`tkazish bilan bog`liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Qayd etilgan