Photoshop dasturida Oddiy biznes sayt chizish  ( 7004 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nоdirbek  11 Iyun 2010, 00:08:52

Shunday qilib ushbu mashqda juda ham oddiy sayt chizhishni o’rganamiz.
Dars davomida zerikib qolmaslik uchun, natija qanday chiqishini ko'rishimiz mumkin:

Bunday sayt chiza olish uchun, shu mashqni o'rgansangiz bo'lgani...
1. Adobe Photoshop dasturini ishga tushiramizda 760x770 piksel o’lchamda, oq fonda yangi oyna ochamiz(File > New yoki Ctrl+N).

"œRectangle" (U) asbobi yordamida quyida ko’rsatilgandek oddiy to’rtburchak chizamiz.

2. "œEllipse" (U) asbobi yordamida kichkinagina aylana chiazmiz va bu aylanamizni to’rtburchakning  yuqori chap qismiga olib ot’amiz.

Layers oynasiga o’tamiz va aylana chizilgan qavat(layer)ni tanlab ustiga Ctrl+Sichqonchamiz chap tugmasini bosish  orqali ushbu qavatni belgilaymiz.

Endi esa CTRL+SHIFT+I  tugmalarini bosamiz va yana Layers oynasiga o’tib, to’rtburchak shakli chizilgan qavat(layer)ni tanlaymiz .

Menyudan Layer > Rasterize > Shape:

"œEraser" (E) asbobi yordamida to’rtburchakning quyida ko’rsatilgan burchaklarini o’chirib chiqamiz.

Belgilangan joyni o’z holatiga keltirish uchun Ctrl+D tugmalarini bosamiz.

Shundan keyin bizda quyidagicha natija chiqishi kerak:

Shundan keyin Layers oynasiga o’tib, aylana chizilgan layerni yashirib qo’yamiz(layerdagi ko’zchani olib tashlaymiz).

3. "œRectangular marquee" (M)  asbobi yordamida to’rtburchakning quyida ko’rsatilgan joyini belgilaymiz

Belgilangan joyni o’chirish uchun Delete  tugmasini bosamiz va belgilangan joyni o’z holatiga keltirish uchun CTRL+D tugmalarini bosamiz.

4. Endi to’rtburchakning pastki o’rta qismidagi burchaklarni yo’qotish uchun 2-bosqichni bajaramiz.

5. Ushbu qavat(layer)ni tanlab, Layer > Layer style > Gradient Overlayni moslaymiz.


Satin:

Natija:

6. Ushbu qavat(layer)ni nusxalaymiz (CTRL+J )

Menyudan Edit > Transform > Flip Horizontal va

Edit > Transform > Flip Vertical

Ushbu shaklni quyidagi rasmda ko’rsatilgan joyga o’zgartiramiz

7. Ushbu qavat(layer) usgita sichqonchamiz chap tugmasini ikki marta bosamiz va moslaymiz:




8. Ushbu bosqichda saytimizning bosh qismi (header) uchun mos rasm joylaymiz va menyu tayyorlaymiz yani oddiy menyu.

"œHorizontal Type" (T) asbobi yordamida menyu qismlarini yozib chiqamiz, keyin saytimiz nomini yozamiz va saytimizga rasm qo’yamiz.

9. Asboblar qatoridan "œLine" (U) asbobini tanlaymiz (weight:1piksel) va oq rangda 15ta chiziq chizib chiqamiz. (Bir dona chiziq chizib ushbu qavatni nusxalab(Ctrl+J)

"œMove" (V) asbobi yordamida joyini o’zgaritrib chiqamiz

To’g’ri chiziq chizilgan qavatlarni tanlab barchasini bitta qavat(layer)ga birlashtirish uchun Ctrl+E tugmalarini bosamiz.

10. Ushbu qavat(layer)ni tanlab, menyudan Edit > Transform > Warp buyrug’ini tanlaymiz va moslaymiz.

Keyin esa Enterni bosamiz va bu bizni natijamiz bo’ladi

11. Add Layer mask buyrug’ini tanlaymiz

"œGradient" (G) va quyidagi rasmda ko’rsatilganday pastdan yuqoriga gradiyent chiziq chizamiz.

12.  Ko’k rangli saytimizning asosiy qismini tanlaymiz va "œElliptical Maruqee" (M) asbobi yordamida quyida ko’rsatilgan joyni belgilab olamiz

Menyudan Layer > new > layer via copy

Edit > transform > rotate 180 va quyidagi joyga olib o’tamiz.

13. Ushbu qavat(layer) ustiga sichqonchamizni ikki marta bosamiz va moslaymiz


14. "œHorizontal Type" (T) asbobi yordamida saytimizga matn yozamiz.


15. Yangi qavat(layer) ochamiz Ctrl+Alt+Shift+N va "œCustom shape" (U) asbobini tanlab, shakllar qatoridan "œArrow 6" nomli ko’rsatikich rasmini tanlaymiz.

Keyin 3ta shakl chizamiz va quyidagi rasmda ko’rsatilgandek rangini o’zgartiramiz.

16. Yangi qavat(layer) ochamiz (Ctrl+Alt+Shift+N) "œBrush" (B) asbobini tanlaymiz va mo’yqalamlar qatoridan yulduzchalisini tanlaymiz va ba’zi joylarga oq rangda chizib chiqamiz.

Mana bu esa tayyor biznes saytning ko’rinishi

Bunisini esa men chizdim. Siz ham bir harakat qilib ko'ringchi..


Muallif: Talk-mania

Tarjima : Nodirshoh

Qayd etilgan


كوثر  11 Avgust 2013, 05:18:18

as.al
qo'yilgan rasmlani qanaqqib ko'rish mumkin? manda ko'rsatmayapti.

Qayd etilgan