Assalomu alaykum forumdoshlar va forum mehmonlari. Ushbu mavzuda O'zbekiston hamda jahon iqtisodiyotida o'zining mustahkam o'rniga ega bo'lib borayotgan Xitoy o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar haqida fikr yuritiladi.
O‘zbekiston-Xitoy: ikki tomonlama aloqalar rivojiO‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yilning yanvar oyida o‘rnatilgan. Ikki tomonlama hamkorlik barcha kompleks aloqalarni o‘z ichiga oladi va do‘stona xususiyatga ega.
Xitoy O‘zbekistonning tashqi savdo bo‘yicha Rossiyadan keyingi ikkinchi yirik hamkori hisoblanadi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida Xitoyning ulushi 10% ni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 2008-yil bilan taqqoslaganda 35% o‘sganligini bildiradi.
1994-yilda imzolanga Savdo-iqtisodiy bitimga muvofiq ikki davlat o‘rtasida "œmumkin qadar qulaylik berish rejimi" (ruscha, режим наибольшего благопристствованис) o‘rnatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakatimizda Xitoy investitsiyasi ishtirokidagi 250 ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Ulardan 40 dan ortig‘i butunlay Xitoy kapitali evaziga ochilgan.
2010-yilning 9-iyun kuni Xitoy rahbari Xu Szintao O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi hamda 10-11 — iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari kengashining 10-yillik majlisida ishtirok etdi.
Xitoy rahbarining O‘zbekistonga safari davomida ikki tomonlama aloqalarga oid turli masalalar ko‘rib chiqildi.
14.06.2010
Manba