Oʻzbekiston-Xitoy: ikki tomonlama aloqalar rivoji  ( 9836 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Abdullоh  16 Iyun 2010, 13:14:23

Assalomu alaykum forumdoshlar va forum mehmonlari. Ushbu mavzuda O'zbekiston hamda jahon iqtisodiyotida o'zining mustahkam o'rniga ega bo'lib borayotgan Xitoy o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar haqida fikr yuritiladi.

O‘zbekiston-Xitoy: ikki tomonlama aloqalar rivoji



O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yilning yanvar oyida o‘rnatilgan. Ikki tomonlama hamkorlik barcha kompleks aloqalarni o‘z ichiga oladi va do‘stona xususiyatga ega.

Xitoy O‘zbekistonning tashqi savdo bo‘yicha Rossiyadan keyingi ikkinchi yirik hamkori hisoblanadi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida Xitoyning ulushi 10% ni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 2008-yil bilan taqqoslaganda 35% o‘sganligini bildiradi.

1994-yilda imzolanga Savdo-iqtisodiy bitimga muvofiq ikki davlat o‘rtasida "œmumkin qadar qulaylik berish rejimi" (ruscha, режим наибольшего благопристствованис) o‘rnatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakatimizda Xitoy investitsiyasi ishtirokidagi 250 ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Ulardan 40 dan ortig‘i butunlay Xitoy kapitali evaziga ochilgan.

2010-yilning 9-iyun kuni Xitoy rahbari Xu Szintao O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi hamda 10-11 — iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari kengashining 10-yillik majlisida ishtirok etdi.

Xitoy rahbarining O‘zbekistonga safari davomida ikki tomonlama aloqalarga oid turli masalalar ko‘rib chiqildi.

14.06.2010
Manba

Qayd etilgan


Kinjo  11 Avgust 2010, 07:13:45

Xitoydan iqtisodiy bilim olish uchun intilish, borib ko`rib, o`rganib, aloqa ochib kelish kerak. Shunda ikki tomonlama aloqalar to`g'ridan to`g'ri investitsiyalarning kirib kelishiga olib keladi. Buning muhimligi esa bu investitsiyalar iqtisodiy jihatdan daromadli strategik ahamiyati ham to`g'ri bo`ladi chunki Xitoy davlat miqyosida o`z manfaatlaridan kelib chiqib energiya manbalariga yoki ijtimoiy sohalarga kiritadi
Ularning to`g'ridan to`g'ri kirib kelishi ham noto'g'ri aynan bizdan chiqib o`rganib olib kelish kerak, eng qiyini va to`g'risi shu bo`lsa kerak.
Aloqalarda faqat kundalik mollarni olib kelib sotish to`'g'ri emas buni hamma biladi-yu lekin bozorning qoidasi shu senda yo`qmi demak olib kelamiz
Xitoy bilan domenant aloqalarga tirishish kerak chunki ularga shu holatda qayerda energiya tashuvchilari k`op bo`lsa o`sha yer jozibali... 

Qayd etilgan


Abdullоh  21 Avgust 2010, 11:38:32

So'nggi xabarlarga qaraganda Xitoy iqtisodiyoti Yaponiyani ortda qoldirdi. 2010-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko'ra Xitoyning yalpi ichki mahsuloti Yaponiyanikidan o'tib ketgan. Bu haqda Xitoy hukumati ma'lum qilgan. Xitoy energiya iste'moli bo'yicha allaqachon jahonda birinchilikka chiqib olgan. Yaponiya bir necha yildan beri jahonning 2-raqamli iqtisodiyoti bo'lib kelayotgan edi. Endi esa ushbu tizginni Xitoyga berishga majbur. Tahminlarga qaraganda Xitoy 2025-yilga kelib (ba'zi manbalarda 2027-yil) jahonning eng katta iqtisodiyotiga aylanishi kutilmoqda.

O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqlaarning rivojida O'zbekiston-Xitoy savdo uyining ahamiyati ham katta. Uning rasmiy veb-sayti: www.uzchinatrade.com

P.S. Bu haqda ko'proq ma'lumotga ega bo'lmoqchimisiz, unda www.infoman.uz saytiga tashrif buyuring.

Qayd etilgan


Zaha  16 Noyabr 2017, 00:21:13

Mana 2017 yilda O'zbekistoning tashqi savdo aylanmasining 17,5% ulushi Xitoyga tegishli!

Qayd etilgan