Tekin, disa odamla 9-etajdan o'zini tashiydi-yaa//
yoo alhazarrr
Agar pullik darslar kerak bo'lsa, topib berishim mumkin lekin ular judayam qimmat turadi. Men bilgan web-dizayner, programmerlar shunaqa darslarni netdan sotib olishadi, hamma materiallari bilan birga berishadi lekin unday darslarni oddiy internet foydalanuvchilari tushunmaydi sababi bunday darsliklar mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
Offtop qilmasdan, oltinga teng bo'lgan vaqtlarini sarflab, kimgadur, nimadur o'rgatish harakatidagi insonlarni qo'llab-quvatlasak maqsadga muvofiq bo'lardi.
Bir paytlar inglizcha, ruscha forumlardagi darslarni, ularda qatnashayotgan ishtirokchilar g'ayrat-shijoatini ko'rib qoyil qolardim va nimaga bizni o'zbekcha forumlarda bunday darslar berilmaydi, naxotki bizda bunday mutaxassislar yetishmasa deb o'ylab yurar edim. Har bir mutaxassis o'z yo'nalishi bo'yicha shunday darslarni yo'lga qo'ysa zo'r bo'lardi.
Forumga ilm olish maqsadida kiradigan yoshlarimiz va talabalarimiz talaygina bo'lsa kerak.
Bu murojaat faqat BelleQizchaga emas, barcha forum ishtirokchilariga!
TITAN-UZ, boshlayotgan ishingiz davomiy bo'lsin!