Nodirbekâ„¢  ( 30991 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Nоdirbek  23 Iyun 2010, 00:05:57

Assalamu alaykum ahli forum, men ham o'z blogimni ochishga qaror qildim.
Ushbu blogda, inshaAlloh bilganlarimni forum ahli bilan baham ko'rishga harakat qilaman.
Shuningdek blogda ijod namunalarimdan qo'yib boraman.
Forumdoshlar ham ushbu blogda IT (information technology) yoki
xohlagan yo'nalish bo'yicha bilimlarni baham ko'rishlari mumkin.


Qayd etilgan


Abdulhafiz  23 Iyun 2010, 00:22:40

Alloh muborak qilsin, xayrli bardavom bo'lsin.

Qayd etilgan


Nоdirbek  23 Iyun 2010, 00:23:00

Bu mening birinchi, mustaqil dizaynim bo'ladi.Bu dizaynni psd.uz saytiga tayyorlagandim, inshaAlloh yaqin kunlarda sayt uchun shu dizaynni qo'yamiz.


Qayd etilgan


JaviK  23 Iyun 2010, 08:40:22

Bloglariz bloglar borasida  bardavom bo`lsin

Qayd etilgan


Nоdirbek  24 Iyun 2010, 00:00:50

Bundan 3 yil oldin Klaviaturaga qaramasdan yozadiganlar qanday qilib yozisharkin deb o'ylab yurar edim. Bu o'ylar "Stamina" dasturini topgunimcha davom etgandi. Stamina dasturi juda ham ajoyib dastur ekan. Bu dastur yordamida foydalanuvchi klaviaturaga qaramasdan yozishni o'rganishi mumkin.

Rasmda lotin alifbosidagi "F" va "J" harflari, kiril alifbosidagi "A" va "O" harflari ostida o'ng va chap qo'l ko'rsatkich barmoqlari uchun mo'ljallangan chiziq bor, bu chiziq deyarli hamma klaviaturalarda mavjud. Ushbu chiziqlarga ko'rsatkich barmoqlarni qo'yamiz va yozishni boshlaymiz. "F" dan chapdagi harflarga chap qo'l, "J" dan o'ngdagi harflarga o'ng qo'l javob beradi. "F" bialn "J" ni o'rtasida "G" va "H" harflari qolyapti, bu haflarniyam anashu holatda bo'lib olamiz. Ana shunday yozish jarayonida bosh miyada shartli reflekslar hosil bo'ladi va foydalanuvchi bemalol qaysi harf qayerda joylashganligini barmoqlari bilan topishi mumkin. Men bu dastur bilan 1 oy ishlab, klaviaturaga qaramay yozishni o'rgandim. Type tutor dasturlar talaygina ekan lekin ular orasida sodda va qulayi stamina dasturi ekan.
Dasturni yuklab olish

Qayd etilgan


Nоdirbek  27 Iyun 2010, 00:53:13

Bir paytlar "Asr futboli" nomli saytga "header" tayyorlagandim:


Bunisini esa www.snt.uz uchun tayyorlagandim:

Qayd etilgan


BelleQizcha  27 Iyun 2010, 01:52:12

talantli Odamlayam borakan-u chustiydan tashqarii

Qayd etilgan


Nоdirbek  28 Iyun 2010, 22:54:54


f.luxâ„¢ — monitoringiz rangini kunning vaqtiga qarab moslab beradigan dastur.
Bu dastur asosan LCD monitorlarda yaxshi ish beradi.
Yuklab olish uchun manzil  
Bu dastur haqidagi ma'lumotni bir paytlar www.itishnik.biz saytidan olgan edim, ma'lumot muallifi T.Yusupov bo'ladilar.

Qayd etilgan


Nоdirbek  30 Iyun 2010, 00:04:23

Video Darslar tayyorlash uchun Camtasia Studio dasturidan foydalanaman.
Bu dastur, ish bajarilayotgan vaqtda, monitordagi tasvirlarni yozib oladi. Dasturni faqat video dars tayyorlash uchun emas, balkim biror bir uzoqdagi tanishim yoki do'stim kompyuter bo'yicha qaysidir ishni bajarishga qiynalsa, unga shu narsani Camtasia Studio yordamida video shaklida jo'nataman, dasturda videolarga o'zgartirish kiritish ham mumkin, misol uchun, unga ovoz qo'shish mumkin va boshqa imkoniyatlar mavjud.
Yuklab olish uchun manzil

Qayd etilgan


Nоdirbek  06 Iyul 2010, 23:43:18

Onlayn magazin uchun tayyorlagan dizayn:

Qayd etilgan