Савол-жавоб  ( 83078 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 16 B


Ansora  01 Noyabr 2010, 16:57:55

 :as:

Azizlar barchangizga Rabbim sog'lik ato etsin...
Uy sharoitida tumovni davolash uchun qanday usullarni bilasizlar?

Qayd etilgan


yoqutxon  01 Noyabr 2010, 19:22:27

:as:

Azizlar barchangizga Rabbim sog'lik ato etsin...
Uy sharoitida tumovni davolash uchun qanday usullarni bilasizlar?

Vaaleykum assalom varahmatullohu vabarakatuh.
Uy sharoitida tumovni davolashning ajoyib, samarali bir usuli bor. Aslida bu muolaja "Ramashka" deb nomlanadigan mahsus uskunada qilinadiyu lekin bu uskuna hammaning ham uyida bo'lavermaydi shuning uchun oddiyroq yo'llini aytaman. Shunday qilib ramashka va marmarak o'tlarini olib, bir tagi chuquroq idishga solasiz, uning ustidan esa qaynab  turgan suvni solasiz, suvni ko'proq qilib solavering. Qaynab turgan suvdan bug' chiqqa boshlaydi, o'sha bug'ga yuzingizni yaqinroq qilib tutasiz, ha aytgancha boshimgizga qalinqor narsa odeyalomi, kattaroq sochiqnimi tashab olishni unutmang bu juda muhim. keyin pardan chuqur nafas olasiz, mana shu jarayonning o'zidayoq muolajaning samarsi bilina boshlaydi. Bunda burun va tomoq yo'llaridan o'tayotgan parni aniq his qilasiz, ko'proq yo'talib, aksira boshlaysiz. Shu yo'l bilan organizm o'zidagi virus yoki zararli mikroblarni chiqarib yuboradi.
Uyda kimdir shamollab, tumov yoki tomoq yo'llari kasalansa darrov shu muolajani qo'llaymiz. Effekti juda zo'r. Bu muolaja  nafaqat tumov balki, balg'am ko'chirish, yuzni oqartirish, yo'tslda ham yaxshi yordam beradi.

Qayd etilgan


yoqutxon  01 Noyabr 2010, 19:33:22

Savolim bor edi

3-4 kundan beri orqa kuragim huddi nina sanchgandek og'riq bor. Qanaqadur achchiq mazlani surishdi baribir bo'lmayapti, qanday tafsiya berardingiz? (faqat duxtirga bor demanglar iltimos)
Assalom aleykum.
Tobiz yo'qligini o'qib rosa hafa bo'ldim. O'zingizni asrangda.......

Ho'sh sevimli opajonimga bor yo'g'i ikkita tajribadan o'tgan maslahat bera olarkanman.Birinchisi  halq tabobatidan: Biroz qo'y yog'iga  to'rtta sarimsoq piyozni mayda qilib to'g'rab solib aralashtirasiz. Shu aralashmani kuraklarga surib, biroz massaj qilinib yuborilsa ertasiga Olloh nasib qilgan bo'lsa hech nima ko'rmaganday bo'lib ketadi odam.Bitta narsani aytib o'tishim kerak, aralashmaning hidi biroz yoqimsiz.Lekin samarsi juda zo'r.
Ikkinchisi zamonaviy tibbiyotdan yani mentol spirti ham rosa yaxshi yordam beradi kurak og'riqlarida aptekalardan so'rasangiz, Menovazin nomi ostida chiqarilayapti hozir mentol spirti.
 Olloh shifo bersin opaginam.

Qayd etilgan


JaviK  02 Noyabr 2010, 07:54:20

Яна бир савол билан мурожаат қилмоқчи сдим.

Худога шкур совуқ кунлар хам бошланганига анча булиб қолди. Шундай кунларда Грипп ёки оддий шамоллаш, тамоқ оғриқлари бслиши мумкун. Томоқ оғриғида кспинча иссиқ қайноқ кипиток ичишни ёқтираман. Бу нарса мумкунмас томоқ ракига олиб келиши мумкин дейишди, бу қанчалик тсғри? Ахир, томоқ оғриғига иссиқ қайнаган сув ичса схши смасми?


Bizni uyda tomog`imiz og`risa Anor po`ti, bodom, pista poo`chag`i solingan damlama kutardi, pechkani burchagida doim issiq holda turardi(og`iz kuymaydigon). Qancha istima ovoz bo`g`ilib qolgan bo`lsa ham uch kun ichib o`ranib yotsa o`tib ketadi. Sizga ham shuni maslahat beraman!

Qayd etilgan


JaviK  02 Noyabr 2010, 07:56:03

:as:

Azizlar barchangizga Rabbim sog'lik ato etsin...
Uy sharoitida tumovni davolash uchun qanday usullarni bilasizlar?


Bizni buvamlar par bilan davolardi, ya`ni choynakka issiq suv quyib pariga yuzimiz, burinlarimizni yaqin tutib o`tirar edik!

Qayd etilgan


Hadija  02 Noyabr 2010, 09:12:21

Savolim bor edi

3-4 kundan beri orqa kuragim huddi nina sanchgandek og'riq bor. Qanaqadur achchiq mazlani surishdi baribir bo'lmayapti, qanday tafsiya berardingiz? (faqat duxtirga bor demanglar iltimos)
Assalom aleykum.
Tobiz yo'qligini o'qib rosa hafa bo'ldim. O'zingizni asrangda.......

Ho'sh sevimli opajonimga bor yo'g'i ikkita tajribadan o'tgan maslahat bera olarkanman.Birinchisi  halq tabobatidan: Biroz qo'y yog'iga  to'rtta sarimsoq piyozni mayda qilib to'g'rab solib aralashtirasiz. Shu aralashmani kuraklarga surib, biroz massaj qilinib yuborilsa ertasiga Olloh nasib qilgan bo'lsa hech nima ko'rmaganday bo'lib ketadi odam.Bitta narsani aytib o'tishim kerak, aralashmaning hidi biroz yoqimsiz.Lekin samarsi juda zo'r.
Ikkinchisi zamonaviy tibbiyotdan yani mentol spirti ham rosa yaxshi yordam beradi kurak og'riqlarida aptekalardan so'rasangiz, Menovazin nomi ostida chiqarilayapti hozir mentol spirti.
 Olloh shifo bersin opaginam.

Wa alaykum assalom!
Ho'p bo'ladi o'zimni asrashga harakat qilaman! Siz aytgan qo'y yog'idan topa olmadim uyda qolmapti, qattiq mol yog'i bor ekan u ham bo'laveradimi? Tezda sizzi tafsiyalarizzi qilmasam og'riq kuchayib qo'l va bo'yinga beryapti, yaxshigina shamollabman chog'i ishda fidoyilik qilaverib  :2 (ishqilib gunohlarga kafforat bo'lsin)

Jon kuyarlik bilan bergan tafsiyangiz uchun raxmat asalim, Alloh ilmizni ziyoda qilsin...

Qayd etilgan


jasur85  06 Noyabr 2010, 00:17:21

Allergik rinitni qanday davolash mumkin?

Qayd etilgan


yoqutxon  06 Noyabr 2010, 22:40:08

Allergik rinitni qanday davolash mumkin?
:as:
O'zi aslida allergik rinitni davolash biroz mushkul bo'lgan ish. Birinchi navbata allergiya qo'zg'o'vchi allergenni aniqlash kerak. Bu hamma narsadan bo'lishi mumkin misol uchun gul, pomidor, hayvonlar....Agarda allergenni aniqlash iloji bo'lmasa zamonaviy tibbiyotda suprastin, dimedrol, kalsiy hlorid kabi dori vositalari yordamida organizmning begona agentlarni qabul qilish hususiyati biroz kamaytiriladi.
Halq tabobatida allergik rinitni davolashda bir qancha vositar qo'llaniladi.Lekin bir narsani takidlab o'tishim kerak ko'pincha kassalikni davolashning eng yahshi usuli bu ochlik saqlash yoki har bir odam uchun individual bo'lgan(buni shifokor yozib beradi) dieta tutishdir.
Ho'sh endi sizga halq tabobatidan o'zim bilgan allergik rinitga qarshi damlama:
4 qoshiq namatak va 3 qoshiq oduvanchikni ildizini olib go'sht qiymalagichdan o'tkazasiz,va unga zveroboy( 4 osh qoshiq), hvosh (2 osh qoshiq), zolototisyachnik( 5osh qoshiq) qo'shasiz .Ustidan 300gr cha suv quyib qo'yasiz. Bir nech soat o'tagandan so'ng  damlamani qaynatib olasiz va 4 soatga sovutib qo'yasiz. Tayyor  damlamani  1/3 stakandan kunda uch mahal istemol qilasiz.

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  07 Noyabr 2010, 02:56:47

Qalbni qanday davolasa bo'ladi?

Qayd etilgan


JaviK  07 Noyabr 2010, 07:58:23

Qalbni qanday davolasa bo'ladi?

Qalbga eng katta davo bu Taqvo!

Qayd etilgan