KO`ZLARINGIZNI ASRANG!  ( 9480 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nоdirbek  01 Iyul 2010, 00:27:19

Televizor yoki kompyuter ekranidan chiqayotgan sun`iy nur bizning ko`zimizga zararli ta`sir etadi. Televizor, kompyuter oldida ko`p vaqtini o`tkazadigan kishilarga fransuz oftalmologi Marsel Menu o`z tavsiyalarini bermoqda.
Aniqlanishicha ichki his tuyg`ular ham ko`rish faoliyatimizga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmas ekan. Ruhiy ta`sir qilish orqali ham ko`rishimizni biroz yaxshilash mumkin. Masalan, "Men juda yaxshi ko`ryapman", deb o`ylashning o`zi ham bu faoliyatni ma`lum darajada kuchaytiradi. Uzoqni ko`ra olmaslik sababi ko`p hollarda bolalikdagi ruhiy buzilish bo`lishi aniqlangan.
Ruhiy ta`sirlar ko`z mushaklariga ta`sir o`tkazadi. "Bundan qanday qutulish mumkin?", deb o`ylayotgan bo`lsangiz, bu qiyin va o`z navbatida amalga oshirib bo`ladigan ishdir. Amerikalik oftalmolog Beytsning aytishicha, uning patsiyent (mijoz)larining asosiy qismi ko`z mushaklarining ruhiy ta`sirlanishi bilan kasallangan. U kun davomida bir necha bora ko`zlarni kaft bilan yopib, mashq qilishni tavsiya qilgan. Chunki, kaft markazi qorachiq markazi qarshisida joylashgan.
Televizor yoki kompyuter qarshisda uzoq vaqt o`tkazadigan kishining ko`zlari uzluksiz nurlardan charchaydi. Odatda, biz ko`zlarimizni bir daqiqada 20 martagacha ochib-yopamiz. Bunda ko`zlar ko`z yoshi bilan namlanib, shox parda namligi saqlanib turadi. Ekranga qarab o`tirganda ko`zni ochib-yopish deyarli uch barobar kam bo`ladi va ko`zimiz "qurib" qoladi. Keyin esa qichishish hissi paydo bo`ladi.
Bu holatda eng yaxshi yordam beradigan narsa - ko`zlarni sun`iy namlashdir. Buning uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:
- 30 soniya ko`zingizni tez-tez ochib, yoping. Shuncha vaqt oldinga qarab turing. Bu amalni uch bora takrorlang.
- Ko`zingizni yuming va ko`z olmasini chap-yuqori-o`ng-pastga yo`nalishida to`rt marotaba harakatlantiring.
- Ko`zingizni yuming va pastga-yuqoriga harakatlantiring. Bu mashqni 8 marta bajaring.
- Ko`zni qattiq yoping va zudlik bilan oching. Bu hoaltni besh marta takrorlang.
Kompyuter ekrani ko`z kasalliklarini qo`zg`atmaydi. Lekin, u ko`zdagi kichik defektlarni ham yuzaga chiqarishi mumkin. Yaqinni ko`ra olmaydigan, astigmatizm bilan og`rigan kishilar, uzoqni ko`ra olmaydigan kishilarga nisbatan kompyuter oldida tez toliqishadi. Ularda ko`zining tez charchashining sababi ikki hil xarakterga ega ko`z olmalarini bir nuqtaga jamlash uchun ko`proq energiya sarflashdir.
Ko`zlarni moslashtirish jarayonida bosh og`rishi kuzatilishi ham mumkin. Kompyuterda 3-4 soat ishlagandan so`ng, ko`zlarga dam berish kerak. Kompyuter turgan xona juda yorug` yoki aksincha, qorong`u bo`lmasligi lozim. Yorug`lik manbai ekranga soya tushadigan bo`lmasin. Ko`zingizga qo`l ostingizdagi narsalar bilan yordam bering.
Ko`zga tinchlantiruvchi va tozalovchi kompress:
Kartoshkani parrak qilib kesing va ular yordamida qovoqlaringizni berkiting. barcha narsalarni unutib, besh daqiqa dam oling. So`ng kartoshkani olib tashlashingiz mumkin.
Ko`z charchashini kamaytirish usuli:
Ko`zingizni bir necha marta sovuq suv bilan chayqab tashlang. Qovoqlarni barmoqlar yordamida bosing, bir necha daqiqa shunday o`tiring. Bu vaqtda hech narsa haqida o`ylamaslikka harakat qiling.
Tozalovchi kompress:
Har kuni achchiq choy bilan ko`zlarni yuvish yaxshi foyda beradi. Bunda ko`z nafaqat dam oladi, balki, u yorqinlashadi hamda ajinlar kamayadi.
Vitaminlar ham sizning ko`zingizga yaxshi foyda beradi. Birnchi navbatda ko`z uchun A vitamin zarur. Uning yetishmovchiligi ko`zlarning tez charchashiga sabab bo`ladi. Ertalab qovoqlarning shishganligi aynan shu vitamin yetishmovchiligini ilk belgilaridan sanaladi. Bu vitamin sut mahsulotlari, tuxum, jigar va baliq yog`ida ko`p miqdorda bo`ladi.
Agar ko`zingiz quruq va ta`sirchan bo`lib qolgan bo`lsa, sizga B guruh vitaminlari yetishmayotganligi haqida o`ylash mumkin. Bu vitaminlar qo`ziqorinlar, dukkakli mahsulotlar, banan, sabzida ko`p bo`ladi.
Sitrus mevalar, qora smorodina, kartoshka, petrushkada ko`p bo`ladigan S vitamini sababli ko`z mushaklari harakatchanligi ta`minlanadi va erta qarishining oldi olinadi.
Tekshiruvlardan ma`lum bo`lishicha, katarakta va ko`z mushaklarining qarilik degradatsiyasi (ko`z mushaklari quvvatsizligi) ni S, E vitaminlari, antioksidantlar, seleln, magniy, ruxga boy mahsulotlar iste`moli orqali kamaytirish mumkin.
Albatta, faqatgina vitaminlar yordamida ko`zni to`liq davolab bo`lmaydi. Shu bilan bir qatorda hayot tarzini yaxshilashga ham e`tibor berish kerak. Ko`zning eng katta "dushmani" qatorini - chekish, tik tushgan quyosh nurlari, kam uyqu, tananing suvsizlanishi tashkil qiladi. Aynan shu narsalarga e`tibor ham ko`zlaringizni charog`onligini ta`minlaydi.

Manba

Qayd etilgan


jasur.best  17 Noyabr 2010, 22:11:04

Qimmatli va ommabop ma'lumotlarizngiz uchun sizga o'z minnatdorchiligimni bildiraman! Yozganaringiz forumchilarning barchasiga taalluqli ekan.

Qayd etilgan


Abdullоh  17 Noyabr 2010, 22:13:14

Yaqindan beri kompyuterda o'tirganimda ochki taqishni boshladim. Shu paytgacha bildirmagan edi, endi ko'z og'riganday bo'lyatuvdi, shunday qarorga keldim. Antikompyuter taqyapman.

Qayd etilgan


Mutaallim-2010  17 Noyabr 2010, 23:10:13

Ko'p Profesorlar ko'zni apiratsiya qilish mutloq noto'g'ri hamda ko'z oynak,  deb jon kuyuktirib takidlashmoqda,(ko'zoynak hech-qachon ko'zga davo bo'lmaydi, aksincha minusga kirib ketadi) ammo,afsuski ba'zi bilmagan odamlar ko'zini jarrohlarga topshirib yuboryabti. Yani apiratsiyaga...Bazilar ko'zini apiratsiya qildirib, bir yil o'tar o'tmas ko'r bo'lib qolganlar yo'q bo'lmadi.Albatta bu apiratsiya sabab.
Birinchi navbatta ko'zni sog'ayishi uchun, ruhi holatga etiborni qaratish kerak.
Men ozimda sinadim.Yani ,ko'piyuterimdan qiziqarli maqola o'qisam hech kozim toliqmaydi va aksincha menga keraksiz,qiziqishi yo'q narsalar bilan shug'ullansam,ko'zimda og'riq,noqulaylik sezaman( manitorimni yorug'ligini pasaytirgan holatda albatta).   Fikrlarimga munosabatingiz qanday?

Qayd etilgan


Bek aka  29 Noyabr 2010, 13:13:51

Ko'p Profesorlar ko'zni apiratsiya qilish mutloq noto'g'ri hamda ko'z oynak,  deb jon kuyuktirib takidlashmoqda,(ko'zoynak hech-qachon ko'zga davo bo'lmaydi, aksincha minusga kirib ketadi) ammo,afsuski ba'zi bilmagan odamlar ko'zini jarrohlarga topshirib yuboryabti. Yani apiratsiyaga...Bazilar ko'zini apiratsiya qildirib, bir yil o'tar o'tmas ko'r bo'lib qolganlar yo'q bo'lmadi.Albatta bu apiratsiya sabab.
Birinchi navbatta ko'zni sog'ayishi uchun, ruhi holatga etiborni qaratish kerak.
Men ozimda sinadim.Yani ,ko'piyuterimdan qiziqarli maqola o'qisam hech kozim toliqmaydi va aksincha menga keraksiz,qiziqishi yo'q narsalar bilan shug'ullansam,ko'zimda og'riq,noqulaylik sezaman( manitorimni yorug'ligini pasaytirgan holatda albatta).   Fikrlarimga munosabatingiz qanday?

Unda ko'zi -4, -5 bo'lgan odam nima qilishi kerak sizningcha? Ruhi holatga e'tibor berib tuzatib bo'larmikan bunday holatda?

Qayd etilgan


Mutaallim-2010  14 Dekabr 2010, 19:15:17

Iqtibos

Unda ko'zi -4, -5 bo'lgan odam nima qilishi kerak sizningcha? Ruhi holatga e'tibor berib tuzatib bo'larmikan bunday holatda?

Men vrach emasman.

Lekin,davolasa bo'ladi.Avalambor -4,-5 bo'lguncha oldini olish kerak edi.Endi buni davolashlik uchun yillar kerak bo'ladi.

Qayd etilgan


Mutaallim-2010  14 Dekabr 2010, 19:50:36

A ,aytgancha,ko'zni qandayligini qisqa bolsa ham chuntirishni (va davolanishi mumkinligini ,tasavvur qilishga) unitibman.

Ko'zni qisqacha tasvirladim.Agar qiziqanlar bo'lsa, video kursi bor, beraman.

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan