Oyoq tagi qizisa, terlasa ko'k choy damlamasining bug'iga tutish lozim. U bilan ko'p bor bug'lansa, ancha davo bo'ladi. Shamasidan oyoq tagiga, kechasiga bozillama tayyorlab, paypoq kiyib yotiladi.
Bosh chanog'ining o'zida qon bosimi oshgan bo'lsa, ko'k choy ichishdan tashqari u bilan boshni bir necha marta yuvish tavsiya etiladi.
Ma'lumki, ko'k choy buyrakni yuvadi, undagi yallig'lanishni davolaydi hamda buyrak shamollaganda isitmani tezda tushiradi.