Kassalik turlari va Ularga davo bo`luvchi beozor dorivorlar.  ( 30706 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


munisaxon  04 Iyul 2010, 14:39:12

Bronxial astma- ziqnafaslik, birdan bo`g`ilish, nafas siqib qolishi, bronxlar teshikgini torayib qolishi. Uning noinfeksion allergic hamda infeksion allergic turlai qayd qilinadi.
Bosh piyoz sharbati. Tog`jambil sharbati. Qashqarbeda 5gr, jambil o`ti 5gr, arpabodiyon urug`i 5gr,o`tkir yalpiz bargi 5gr, bargizub bargi 10gr, gulxayri ildizi 10gr, chuchukmiya ildizi 10gr, oqqaldirmoq bargalridan 20gr aralashma tayyorlab, qaynatma sifatida kun mobaynida iliq holida bir stakan ichiladi.

Qayd etilgan


munisaxon  04 Iyul 2010, 14:40:03

Gipertoniya — xafaqonli kasalligi, asab buzilishi oqibatida, arterial qon bosimining ortishi- ko`ngilga og`ir botadigan kechinmalarni eslab ruhan ezilish.
Do`lana. Limon. Po`rtaxol. Lavlagi sharbati. Toza asal lavlagi sharbati bilan iste`mol qilinadi. Tog`olcha. Olxo`ri. Qorag`at murabbosi(1 qism maydalangan meva 2 qism shakar bilan aralashtirilgani). Shivit o`tidan damlama. Chilonjiyda. Sarimsoq nastoykasi.(20 tomchidan 3 mahal). Jag`- jag`(ko`katli chuchvar yoki somsa). Milash(рсбина). Limono`t damlamasi. Kiyiko`t damlamasi. Ko`k choy. Anor.

Qayd etilgan


munisaxon  04 Iyul 2010, 14:40:40

Gipotonomiya- (arterial qon bosimning pasayishi)- arterial gipotenziya, odatda o`tkir surunkali yuqumli kasalliklar va boshqa og`ir xastaliklar, zaharlanish, ovqaltlanish tartibining buzilishi, vitaminlarning yetishmasligi va boshqa asoratli omillar ta`sirida paydo bo`ladigan arterial tonus nuqsoni.
Semizo`t(salat, sho`rva, sirkalangan holda iste`mol qilinadi). Bo`ymodoron sharbati. Qora choy. Novvot. Mag`iz. Yong`oq. Jenshen nastoykasi(20 tomchidan 3 mahal). Xitoy limoning nastoykasi. Na`matak mevalari damlamasi. Vitamin saqlovchi ko`katlar.

Qayd etilgan


munisaxon  04 Iyul 2010, 14:41:24

Qandli diabet- endokrin bezlarida jiddiy o`zgarishlar oqibatida kelib chiqadigan xastaliklar bo`lib, organizmda me`da osti bezi ishlab chiqaradigan insulin gormoni yetishmasligi tufayli moddalar almashinuvi izdan chiqqan bo`ladi.
Suli ( 3 stakan suvga 100g suli doni solinib, 1 soat qaynatiladi so`ngra 7 soat damlab qoyilib, sharbatidan kuniga 4 mahal ichiladi). Bosh karam sharbati. Bodom. Xo`jag`at. Qizil o`simligining mevalari. Nok. Dafna barglari(3 stakan qaynoq suvga 10 dona dafna barglari solinadida 1 soat damlab qo`yiladi. Damlamadan yarim stakandan 3 marta iste`mol qilinadi). Loviya qo`zoqlari ( avgust oyida loviya qo`zoqlaridan ajratib olinadi). 100g qo`zoq ustiga 1l suv solib to yarm hajmi qolguncha qaynatiladi. Sharbatidan kuniga yarim stakandan 3-4 marta ovqatlanishdan yarim soat oldin iste`mol qilinadi. Jenshen nastoykasi (tomchi holida). Eleuterokokokk  ekstrakti (tomchi holida shifokor tavsiyasi bo`yicha ichiladi).

Qayd etilgan


munisaxon  04 Iyul 2010, 14:42:18

Nevrasteniya- holdan toyish va o`ta charchash natijasida asab sistemasining builishi
Qashqarbeda o`ti (damlama, murg`ak barglaridan ko`katli chuchvara). Yalpiz bargalri va qulmoq g`uddalaridan teng miqdorda olib damlama sifatida ichiladi.

Qayd etilgan


munisaxon  04 Iyul 2010, 14:42:50

Podagra — niqriz, organizmda moddalar almashinuvining buzilishidan kelib chiqadigan bo`lib, bunda suyaklar, bo`g`imlar, tog`aylar, paylar kabi joylarda siydik kislota tuzlari- uratlar yig`ilib qoladi.
Baqlajon. Uzum. Limon. Turp. Yerqalampir. Qorag`at barglari qaynatmasi. Loviya qo`zoqlari qaynatmasi. Sut va sutli mahsulotlar. Yig`ma choy: dalachoy o`ti 20g, moychechak guli 20g, arg`uvon gullari 20g, qora buzina gullari 20gdan olib aralashma tayyorlanadi. Aralshma- yig`ma choydan damlama sifatida kuniga 2 stakan ichiladi.

Qayd etilgan


munisaxon  04 Iyul 2010, 14:43:33

Gemorroy- bavosil, to`g`ri ichak va orqa chiqaruv yo`li venalarining kengayishi. Surunkali qabziyat, uzoq muddat o`tirib ishlash, venalarning o`sma yoki homilali bachadon bilan bosilishi oqibatida to`g`ri ichak va kichik chanoq venalarida qon dimlanishi asoratida yuzaga keladi
Uzum. Qovun. Olma. Milash mevalari. Yantoq qaynatmasi (ildizi). Seldir (ildiz sharbati). Qariqiz (ildiz damlamasi). O`rik, turshak, bargak. Qovoq. Sabzi sharbati. Karam sharbati yoki nordon suvi. Zaytun mevalari. Yetilib pishgan parmanchak, xo`jag`at mevalari. Shivit urug`lari (damlama). Qoraqand mevalarining sharbati

Qayd etilgan


munisaxon  04 Iyul 2010, 14:44:02

Revmatizm- bod, biriktiruvchi to`qimaning atroflicha tarqalgan yallig`lanishi bilan kuzatiladigan kasallik bunda asosan yurak, bo`g`imlar va boshqa organlar yallig`lanadi. Angina bilan xastalanganlar revmatizmga moyil bo`ladilar.
Sarsabil novdalaridan tayyorlangan taomlar. Qorag`at barglari hamda yosh novdalaridan qaynatma tayyorlab ichiladi. Yerqalampir ildizi (qirindi bo`tqasi og`rigan joyga bosiladi). Loviyadan qaynatma tayyorlab ichiladi. Marmarak barglaridan damlama tayyorlab og`iz bo`shlig`i g`arg`ara qilinadi(kasallikning streptokaklardan holi qilinadi).

Qayd etilgan


munisaxon  04 Iyul 2010, 14:44:38

Radikulit — belangi, orqa miya nerv shahobchalari va ulardan ketadigan nerv tolalari kasalligi (osteoxondroz) sabab bo`ladi. Bunda amortizatsiya vazifasini o`taydigan umurtqalar orasidagi plastinka qayishqoqligini yo`qotib, mo`rtlashib qoladi. Plastinka- diski o`zgargan umurtqlarning birikkan jtida tuz yig`ilib, suyak o`shishi kuzatiladi. O`sib chiqqan suyak o`siqchalari umurtqa pog`onasidan o`tadigan nerv tolalarini qisishi oqibatida og`riq paydo bo`ladi. Kasallik jarohatlar, sovuq qotish, organism ichdan zaharlanishida, yuqumli kasalliklar asoratidan paydo bo`lishi mumkin.
Ise`mol etiluvchi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida oqsil kamaytiriladi, qahva, ziravorlar iste`mol etilmaydi. Sabzavotlar hamda oshko`klardan ko`proq iste`mol qilish tavsiya etilad. Bel qismiga hardalli qog`ozlar qo`yiladi. Turp sharbati bilan og`riq tutgan joylarga surtiladi. Yerqalampir (ildiz damlamasi yoki ildizini bo`tqa holiga keltirib matoga surtilgan holda og`riyotgan joyga bosiladi).

Qayd etilgan


munisaxon  04 Iyul 2010, 14:45:22

Epilepsiya- quyonchiq, vaqti- vaqti bilan es- hushninh buzilishi, oyoq-qo`llarning tirishishi va hushdan ketish bilan kechadigan xurujli kasallik bo`lib, bemor hech narsani sezmaydi.
Tuzsiz, ziravorlarsiz go`sht va ekstraktiv moddalar chegaralanga, asosan sut va sabzavotli taomlar. Tez xuruj qiladigan hollarda pishirilmagan sabzavot, meva va rezavorlar iste`mol qilish, ne`matlar sharbatlaridan ichish tavsiya qilinadi. Shifokor nazorati hamda tavsiyasi bo`yicha davolanadi.

Qayd etilgan