Flash saytlar ochilishini sekinlashtiradi  ( 5494 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nоdirbek  30 Iyun 2010, 23:42:50

Har birimiz internetda foydalanganimizda biz ko'rmoqchi bo'lgan sahifalar tezroq ochilishini hohlaymiz. Web dizayn taraqqiyoti bilan flash deb atalgan saytlarga o'zgacha bezak beradigan animatsion reklamalar va roliklar tayyorlash imkonini beruvchi dastur ishlab chiqildi. Bu albatta yaxshi, lekin muammo shundaki saytlarda ishlatilayotgan .swf va .flv kengaytmali fayllar sahifalar ochilishini sezilarli darajada sekinlashtiradi. Bundan tashqari, ko'pchilik saytlar sahifalarini deyarli to'liq egallagan bachkana flash reklamalari menga o'xshash odamlarning asabini qitiqlashning eng yaxshi usuli bo'lib kelmoqda. "TABRIKLAYMIZ! SIZ SAYTIMIZNING 999 999 999 - MEHMONISIZ. SOVG'ANGIZNI OLISH UCHUN MANA BU YERGA BOSING" degan reklamalar asabga tegishdan tashqari, internet traffikini ham ancha muncha sovurar ekan. Gapimni ayniqsa dial-up emas, traffikda ishlaydigan internet foydalanuvchilari yaxshi tushunayotgan bo'lsalar kerak...
Xullas, o'zim foydalanadigan kompyuterimda flash reklamalardan qutulish, saytlarning tezroq ochilishiga erishish va traffikimni tejash maqsadida Internet Explorerda flash roliklarini umuman ko'rsatmaydigan qilib tashlash yo'llarini qidirdim. To'g'ri, shunchaki Adobe Flash Playerni kompyuterimdan o'chirib tashlashim mumkin edi, lekin shunday qilganimda flash ishlatadigan boshqa programmalar shockwave yuklab olishimni so'rayvermasligi uchun ba'zi o'zgarishlarni qilishga qaror qildim.
Googleda ozroq qidiruvdan so'ng buni ilojini topdim, hammasi juda oson ekan:

Internet Explorerda flash reklamalari va roliklarini umuman ko'rsatmaydigan qilib tashlash uchun quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak bo'ladi:
1. Луск orqali "Вс‹полнить..."ga kiring va "regedit" deb yozib Enterni bosing.
2. Chap tomonda HKEY_LOCAL_MACHINE bo'limiga kiring, keyin quyidagi katalogni toping: Software -> Microsoft -> Internet Explorer -> ActiveX Compatibility
3. Agar kompyuteringizda Adobe Flash Player o'rnatilgan bo'lsa, o'sha ActiveX Compatibility deb nomlangan katalogda {D27CDB6E-AE6D-11CF-96B8-44455354000} degan katalog bo'ladi, ana shu katolog ichidagi "Compatibility Flags" nomli REG_DWORD ustiga ikki marta bosib, belgisini 400 soniga o'zgartirsangiz Internet Explorer orqali flash roliklari sizni butunlayiga tinch qo'yadi



Mavzuim oz bo'lsada foydali bo'lgan bo'lsa o'zimni xursand his qilaman!  

Manba

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  12 Avgust 2010, 10:15:14

Bu usul, Mozilla va Opera uchun ham ishlaydimi? Men deyarli Explorerdan foydalanmayman...

Qayd etilgan


Nоdirbek  12 Avgust 2010, 19:17:28

Bu usul, Mozilla va Opera uchun ham ishlaydimi? Men deyarli Explorerdan foydalanmayman...
Albatta ishlaydi. Mozilla Firefox brouzerida men Add-onlardan foydalanaman. Flash uchun block qo'yishda Flashblockdan foydalanaman. Tools > Add-ons va get add-ons buyrug'ini tanlaysiz va  flashblock deb yozsangiz o'zi chiqazib beradi.

Operada flash roliklarini ko'rsatmaydigan qilish uchun sayt URLlari yoziladigan adres qatoriga OPERA:PLUGINS deb yozish kerak. Enterni bosganingizda quyidagi oyna ochiladi va Opera tomonidan ishlatilayotgan barcha Pluginlar ro'yxati chiqadi:

Yuqoridagi ro'yxatdagi Shockwave Flash bandi ostida joylashgan NPSWF32.dll plugini brauzerdagi flash roliklarni ko'rsatish uchun javobgar hisoblanadi. Bu pluginni o'chirish uchun (Operada flash roliklarini ko'rsatmaydigan qilish uchun) C://Program Files/Opera/Defaults/ papkasida joylashgan plugins-ignore.ini faylidagi ro'yxatga NPSWF32.dll ni kiritib qo'yish kifoya!

Qayd etilgan