Qiziqarli savol- javoblar :)  ( 215713 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 B


Mr.ZI  11 Avgust 2010, 12:43:29

22. U shunday katta kompleks ediki, u erda sport zal, kort, turk hammomi, Versal mehmonxonasi,palma bog`i, turli salonlar, kutubxona ham mavjud edi. Afsuski, u kompleks tezda o`z ish faoliyatini to`xtatishga majbur bo`lgan.
Savol:
XX asr boshida faoliyatini boshlagan qaysi kompleks haqida gap ketmoqda?
Komleksing Nomi UNIVERSAL bo'maganimi Nobodo.
Yo`q xato !

Qayd etilgan


Habib  11 Avgust 2010, 12:45:04

Oilaviy öyladik wu savolni. Lekin tayinli javob topolmadik. Lekin taxmin bor: Mendeleyev davriy jadvali
Yana o'ylab ko'ring. Unchalik qiyin emas. Bino haqida savol.
Jadval to'g'ri kelmaydiku!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Avgust 2010, 13:52:53

22. U shunday katta kompleks ediki, u erda sport zal, kort, turk hammomi, Versal mehmonxonasi,palma bog`i, turli salonlar, kutubxona ham mavjud edi. Afsuski, u kompleks tezda o`z ish faoliyatini to`xtatishga majbur bo`lgan.
Savol:
XX asr boshida faoliyatini boshlagan qaysi kompleks haqida gap ketmoqda?

Titanik!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Avgust 2010, 13:54:51

Ushbu mavzu "MANTIQIY SAVOLLAR" mavzusi bilan bir xil bo'lganligi sababli yopildi.

Iltimos, keyingi savollaringizni http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1322.0 manziliga qoldiring...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Avgust 2010, 13:58:34

Ushbu mavzuda berilgan savollar va ularga berilgan javoblar:

Zoologlar fikricha , u hashoratning erkagi gulning nektari bilan kun kechirib ketaveradi. ammo urg`ochilariga tuxum qo`yishi uchun ko`p miqdorda protein kerak bo`ladi. Ular proteinni bizdan olishadi.
Savol: Qaysi hashorat ???
Javob: Chivin



Bugun futbol juda rivojlanib ketdi. Hakamlarga ham o`yinni boshqarish kundan-kunga og`ir bo`lib bormoqda. Hatto hakamning maxsus ish qurollari ham paydo bo`lgan. Hurmatli Forumchilar, futbol hakamining bir ish qurolining nomini aytasiz. U ish quroli 90 minut mobaynida umuman hakamga kerak bo`lmaydi .
Savol: Hakamning ish qurolini nomini ayting ???
Javob: Tanga



Buyuk Britaniya oldin u 18 yoshga to`lmaganlarga, 60 yoshdan oshmaganlarga va homilador ayollarga berilmasdi. Xozir u esa umaman yo`qolgan !
Savol : u nima ???
Javob: O’lim jazosi



Ikki o`gri palto o`g`irlashadi . Bittasi uni bozorga olib boradi. Paltoni sotib uyga kelgach,sheriga " Qanchaga sotding ? " desa, "Olgan narximizga" deydi.
Savol : O`g`ri paltoni necha pulga sotgan?
Javob:  O'g'rilagan narhiga ya'ni O'g'irlatgan.



Inson tanasidagi eng kam suvli a`zo tish hisoblanadi. Uning 10 dan yarim qismini suv tashkil qiladi. Inson tanasida shunday a`zo borki, uning 10 dan 9 qismi suvdan iborat. Bor yo`g`i 1 qismi turli to`qima va xujayralardan iborat.
Savol: Eng sersuv tana a`zosining nomini toping
Javob: Ko`z



Savol quydagicha: Moshina tepalikdan tushvotganda qaysi baloni ishlamiydi?
Jvob: Zahira baloni.



Faqat 5 ta davlat barcha olimpiada o`yinlarida qatnashgan. Bular Avstriya,Fransiya,Buyuk Britaniya,Shvetsariya.
Savol: 5-davlatni nomi nima?
Javob: Gretsiya



Londonda XVIII asrda qabul qilingan bir qaror xatlarni egalariga adashmay olib borishdagi muammoni bartaraf etdi.
Savol: qayday qaror ???
Javob: Uylarga tartib raqam berilgan.



1154-yil Xitoyda mis keskin kamayib ketganda bir narsa ixtiro qilindi.
Savol: nima ixtiro qilindi???
Javob: qog`oz pul



Mutahasislar unga ta`rif berishganda,shunday so`zlar bilan e`tirof etishadi: " U shayton kabi qop-qora,farishta kabi toza,muhabbat singari shirin bo`lmog`i kerak "
Savol: bu qadar ehtiros bilan mutahxasislar nimaga baho berishgan ???
Javob: Kofe



Tepaga g'adur-budur, pastga g'adur-budur. Bu nima javobi oson.
Javob: Tish



Piterdagi dastlabki ajraluvchi mostlardan biri A.Menshikov tomonidan qurilgan bo`lib,undan o`tish pullik edi. Piyodalarga - 1 tanga , Otliqlarga 2 tanga, aravalarga 5 tanga olingan.
Savol: eng katta narx 1 rubl nimalardan olingan ??
Javob: Ko'prikni tagidan o'tadigan kemalardan katta haq olingan



Quruqlikdagi hayvonlar ichida eng vazni ortiq hayvon fil lekin ko`pchilik kishilar otlarning vazni ham ba`zi paytda fillar niki bilan barobar bo`ladi deyishadi.
Savol: Shunday bo`lish mumkinmi, mumkin bo`lsa qayerda ??
Javob: Shaxmat doskasida



1970-yillari Gollandiyada TV orqali shokolad va boshqa shirinliklar reklama qilinsa, ekranda albatta, bir narsa (moslama) ham burchakda turmog`i lozim edi .
Savol: Nima u ???
Javob: Tish chotkasi bo'lsa kerak. Chunki turli shirinliklarni yegandan so'ng albatta tishni tozalab yuvish kerak.



Bu ko`rsatgich :sigirda - 4 ,cho`chqada-8, tipratkanda -10,
yaguarda -11 va ko`rshapalakda-20 ga teng.
Savol:Xo`sh, bu ko`rsatkich nima va odamlarda nechaga teng.
Javob: Uyqu. Odamlarda 7-8 soatga teng



Bu butun jahonni o'z qobiliyati bn zabt eta olgan buyuk ijodkor roppa rosa 52 yoshida, ya'ni tug'ilgan kunida vafot etgan. U kim?
Javob: Shekspir 23 aprel, 1564 yili tug’ilib, 1616 yili vafot etgan



Xitoyda kashf qilingan bu narsani AQSH fuqarolari mart oyining 14-kunida bayram qiliwadi. Bu nima?
Javob: Pi soni (3/14) bayrami



Pushkinning kelib chiqishini arablarga taqashadi.Dostoevskiy ni esa polyaklarga. Savol: Lermontovning kelib chiqishi qayerga taqaladi?
Javob: Shotlandiyaga



Amerika Qo'shma Shtatlari tarixida eng yosh gubernator bo'lib saylangan insonni kim ekanligini bilasizlarmi?
Javob: Klinton



Fransuz yozuvchisi Gi De Mopassan negadir Efyel minorasini yoqtirmagan lekin doimo minora ichidagi restoranda ovqatlanishni hush ko`rgan.
Savol: Nega Mopessan o`zi yoqtirmagan joyda ovqatlangan?
Javob: Чунки фақатгина сша ердангина миноранинг мудҳиш башарасини ксра олмас скан.



Eng katta tezlik bilan harakatlanuvchi narsa nima?
Javob: Fikr



Berlin hayvonat bog`laridagi har bir hayvonning o`z homiysi bor ekan. Masalan olmoxonga mebel fabrikasi, oq ayiqlarga muzlatgich ishlab chiqaruvchi kompaniya.
Savol: Aytingchi,pingvinlarga qaysi asotsiatsiya homiylik qilishi mumkin?
Javob: Ofitsiantlar asotsatsiyasi



Turklar uni " shayton ovozi" , nemis dengizchilari "musson shamoli " , inglizlar " eng baxtsiz kishilar ovozi" deya ta`riflashgan.Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida bor.
Savol: Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Hushtak



Tasavvur qiling,katta bir maydon misol uchun dala, dalaning o`rtasida bir bug`ining jasadi yotibdi,garchi bug`u biror bir kasallikdan o`lmagan bo`lsa ham unga biror bir hayvon yaqinlashmayapdi.
Savol: Nima sababdan boshqa hayvon yoki yirtqichlar bug`u jasadiga yaqinlashmayapdi ?
Javob: Sababi bug'uni yashin urgan va u pishib ketgan. Hayvonla pishgan go'sht yiyishmidi



Manako dagi kazinolarda qonun-qoidagi muvofiq 2 ta narsa umuman bo`lmasligi shart: Birinchisi -kazinolarda deraza bo`lmasligi kerak.
Savol:Ikkinchisi nima?
Javob: Soat



Negrlar '' XX asrning eng telba ok tanli kishisi" deb uni aytishgan.
Savol: Kimni?
Javob: Gitler



Rossiyada u shahar  "yosh amerika", "neft uyasi" nomlarini olgan, ural federalni okrugida joylashgan shahar. Aytishim mumkinki u yerda O'zbekistondan kelgan neftyaniklar juda ko'p. Oshdan savdogarlar. Ayniqsa Andijon viloyatidan juda ham ko'p odam ishlaydi.
Javob: Nijnevartovsk



Bu moslama ilk bor 1670-yildan so`ng nemis ustasi Erxard Veygel Veneda turar joy binosida ko`rgan edi.Keyinchalik uni rivojlantirishda amerikalik muhandis Eminey Otis o`z xissasini qo`shgan.Mana  340 yilki , u insoniyatga beminnat xizmat qilib kelmoqda.
Savol: Nima u?
Javob: Lift



U sahobani payg'ambarimiz s.a.v juda ham yoqtirishganlar. Juda yoshligida jihodga kirishgan. Otalari  ozod bo'lgan qullardan.
Javob: Usoma ibn Zayd
U tennisni yomon ko`radigan harbiy uchuvchi bo`lgan.Uning sheriklari,do`stlari ayrodrom yonida  o`zlari uchun tennis korti qurib, kortni uning nomi bilan atab, uning jig`iga teyishadi.Qarangki, shu kort haligacha uning nomi bilan ataladi va turnirlar o`tadi.
Savol:U deb kim nazarda tutilmoqda ?
Javob: Rolland Garros



O'zbek futbolining dastlabki qaldirg'ochlari ? Nechanchi yil ?
Javob: Qo'qon-1912. O'sha paytdagi komanda nomi: Muskomanda (ya'ni musulmonlar komandasi)



AQSH bu hududni 40-chi shtat sifatida o`z mamlakatlariga qo`shib olmoqchi edilar.Ular bu hududni egallab olib, fan-texnika yutuqlarini joylashtirmoqchi va rivojlantirmoqchi bo`lgan edilar.Ammo ma`lum sabablarga ko`ra bunga erisha olmadilar.
Savol:Bu qaysi hudud ?
Javob: Oy



U shunday katta kompleks ediki, u erda sport zal, kort, turk hammomi, Versal mehmonxonasi,palma bog`i, turli salonlar, kutubxona ham mavjud edi. Afsuski, u kompleks tezda o`z ish faoliyatini to`xtatishga majbur bo`lgan.
Savol:XX asr boshida faoliyatini boshlagan qaysi kompleks haqida gap ketmoqda?
Javob: Titanik

Qayd etilgan