Ogohlantiruv!!!  ( 19351 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


AbdurRohman  16 Fevral 2011, 10:38:58

dust forum qoidalarini qo'pol ravishda buzgani, forum a'zolarini haqorat qilgani uchun ban qilindi.

Admin akamizniyam sabrlari tugadi shekilli, bitta sariq kartochka kutgandim. Lekin og'amiz birdan ikkita ko'rsatvordila.
Negadir dustni postlari gayrat17 nickli forumdoshimizni eslatadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Fevral 2011, 10:53:32

Abdurrahmon, dust bilan gayrat17 umu8man boshqa odam.

Umidvor_banda, juda ko'p off qilyapsiz. Ogohlantiraman.
Yana davom etsangiz, dust huzuriga siz ham yo'l olasiz.

Qayd etilgan


AbdurRohman  16 Fevral 2011, 11:04:40

Abdurrahmon, dust bilan gayrat17 umu8man boshqa odam.

bularni bir kishi demoqchimasman. aytmoqchimanki, bu userimizni ham yozuv uslublari juda ko'pchilikni e'tiroziga sabab bo'lmoqda, bir vaqtlar gayrat17da bo'lgandek :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Iyun 2011, 14:05:07

Hurmatli foydalanuvchilar.
Ogohlantiraman:
Har xil bo'lar-bo'lmas mavzularda har xil gap-so'zlar yozib, vaqtingizni isrof qilgandan sukut qilmoq afzal.

BelleQizcha, NANO va b., ko'p off-top qilyapsizlar. Forum ko'chadagi suhbat emas, keyinchalik, nahot men shularni yozgan ekanman, deya o'zingizga taajjubda bo'lmaslik uchun o'ynab yozasangiz ham o'ylab yozing. Zero, har bitta postingizda ham kimgadir foyda bo'lsin.

Ibn Uyayna, O'zbekistonda taqiqlangan saytlardan maqola olib qo'yish man etiladi. E'tiborli bo'ling.

Akkountini o'chiraman deganlarga:

Bu borada yangi qoida kuchga kirmoqda:

1. Akkountini o'chirish uchun ariza tushgandan so'ng, administrator uch kunga arizani bajarmay turadi. Uch kun ichida forumdan chiqmoqchi bo'lgan yuzer arizani qaytarib olishi yoki yakuniy qarorni qabul qilishi mumkin. Uch kundan so'ng esa, agar niyat sobit bo'lsa, akkount o'chiriladi.

2. O'chirilgan akkount hech qachon tiklanmaydi. Endi boshqa nomda qaytib, faoliyat yuritish ham mumkin emas. Agar bu holat yuza bersa, e'lon qilinib, qayta o'chiriladi. Shuning uchun ham akkountni o'chirishdan avval 3 kun muddat beriladi. Shu muddat ichida yuzer o'z qarorini beradi.

3. Forumdan vaqtinchalik foydalanmaslik qoidasi joriy qilinadi. Buning uchun yuzer falon muddatga meni forumdan foydalanmaydigan qiling degan talabnoma yuboradi. Administrator esa, uni shu muddatda forumga kirolmaydigan qilib qo'yadi.

Hurmatli forumdoshlar, forumimiz qoidalariga amal qiling. Haqiqiy maqsadlarimizdan chalg'imaylik!

Qayd etilgan


NANO  17 Iyun 2011, 14:25:48

Uzr!

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Iyun 2011, 12:36:20

Yangi a'zolardan Umar ibn Abdulaziz!
Avvalo xush kelibsiz, forum qoidalari bilan yaxshilab tanishdingizmi?

1. Har bir mulohaza uchun alohida mavzu ochish shart emas. Mos mavzuni topib so'ng u yerga post qiling.
2. Kiritayotgan ma'lumotlaringizning manbasini, muallifini yozishni unutmang.

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  26 Iyun 2011, 15:09:33

Assalomu aleykum!

Yordamiz uchun rahmat !
Birgina mulohaza uchun ochilgan po'stlarimi o'chirib tashlen.
Iltimos

Qayd etilgan


Usmon  26 Iyun 2011, 18:42:39

O'zimam bir marta o'chmoqchi bo'lib, keyin fikrimdan qaytgandim, 3 kun muhlat yaxshi bo'ptiyu, lekin Admin aka
Iqtibos
O'chirilgan akkount hech qachon tiklanmaydi. Endi boshqa nomda qaytib, faoliyat yuritish ham mumkin emas. Agar bu holat yuza bersa, e'lon qilinib, qayta o'chiriladi. Shuning uchun ham akkountni o'chirishdan avval 3 kun muddat beriladi. Shu muddat ichida yuzer o'z qarorini beradi.
qattiqqo'llik bo'ptida sal.

Qayd etilgan


Lu`lu`  27 Iyun 2011, 00:46:37

O'zimam bir marta o'chmoqchi bo'lib, keyin fikrimdan qaytgandim, 3 kun muhlat yaxshi bo'ptiyu...
qattiqqo'llik bo'ptida sal.

Тарбис бу - тарбис. Диккатни,хушни жамлаб,кейин ёзиш керак,дегани. Адашмасам, манисм огохлантирганлар админжон  :D.

Qayd etilgan


ibnUyayna  27 Iyun 2011, 22:39:15


 ehtiyot boliyla 2 ta sariq kartochka qizilga aylanadi.. ;)

Qayd etilgan