Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!  ( 14918 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


As-Samarqandiy  20 Iyul 2010, 02:40:40

Bismillohir rohmanir rohim!

Mendan boshqa ham bu yerda Samarqandliklar bormi? Yoki Samarqandliklar ziyoga intilmaydilarmi?

O'zim yenglarni shimarib, bir bu forumni Samarqandliklarga reklama qilmasam, qadamiy qo'hna shahrimiz chetda qolib ketyapti. Qani Samarqandliklar bir o'zlaringizni ko'rsatib qo'ymaysizlarmi!

Yaqinda bir o'rtog'imdan eshitdim, Samarqand shahri tubdan o'zgarib bormoqda ekan.


Yurtim - jonim fido bo'lsin senga!

Qayd etilgan


Zamiraxon  28 Iyul 2010, 22:27:01

 :bsm:
Assalomu alaykum wahardowlarim. Ha rostdan ham Samarqand wahrida özgariwlar judayam zör ketyapti "yangi" Samarqand judayam 4iroyli böladi inwaalloh.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  29 Iyul 2010, 15:43:47

Bismillohir rohmanir rohim!

Forumda ham Samarqandliklar ham bor ekan. Men bu yerda yakkayu yagonaman deb o'ylab yurgan edim.

Qadrli shahardoshlar forumdagi ishtirokingizlarga muaffaqiyatlar tilayman.

Qayd etilgan


AbdulAzim  02 Avgust 2010, 19:18:05

Assalomu alaykum, viloyatdoshlar! Kelayotgan Ramazon oyi muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  03 Avgust 2010, 17:59:21

Bismillohir rohmanir rohim!

Va alaykum assalom! AbdulAzim!  Sizga ham kirib kelayotgan muborak mohi ramazon qutlug' bo'lsin! Oylar ichidagi muborak oy - Ramazon sharif hammaning xonadonifa fayz baraka olib kelsin,Ilohim!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, baxtimizga ota-onamiz, yaqinlarimiz sog'-salomat bo'lsin! Hammangizning boringizga shukr.

Qayd etilgan


BilmasOY  20 Avgust 2010, 17:33:43

Assalomu alaykum samarqandliklar! Barchangizga Ramazon oyi muborak bo'lsin!
  Samarqandga o'tgan oy borib kelgandik. Anchadan beri borsam ham, ko'p joylariga ziyoratga bormay, 1-2kunda qaytib kelardik. Bu safar opam bilan Go'ri Amir bilan Registon maydoniga bordik. Juda go'zal joylar... Rostdan ham o'zgarishlar katta. Registon maydonini yonida "Registon" supermarketi ochilibdi. Bundan tashqari avtobuslar yo'nalishi ham yo'lga qo'yilibdi.
  Rostini aytsam, Parijdagi Eyfel minorasi, Malayziyadagi Twin Towers, hattoki Turkiyadai Bosfor ko'prigiyu Ayo Sofiya ibodatxonalarini hammasini va'da qilishsa ham Registondagi batta hujrasiga ham alishmagan bo'lardim. Siz ham shunday, to'g'rimi, hamshahar?
  Bu gaplarim balkim kimgadir balandparvoz bo'lib tuyular, lekin men dilimdagilarni yozdim. Garchi aqlimni Toshkentda tanigan bo'lsam ham, men SAMARQAND farzandiman va bundan juda faxrlanaman!
  Robbim barchangizni o'z panohida saqlasin doim!  :amn:

Qayd etilgan


BilmasOY  20 Avgust 2010, 17:44:30

Bundan bir necha yillar oldin, 11yoshlarimda Samarqandga bag'ishlab she'r yozgandim, esimda qolgan joylarini yozaman, faqat kulmaysiz, kelishdikmi?
     

     Samarqand, Samarqand, oltin Samarqand,
     Aslida oltinmas, gavhar Samarqand.
     Moviy gumbazlar shahri Samarqand,
     O'zbek elining faxri Samarqand.
      Senda ulg'ayar ko'p buyuk zotlar,
     Bag'ringda bisyordir ziyoratgohlar.
     Senda nur sochadi ko'plab ilmu fan,
     Tan olar o'zbek buni, tan olar jahon.
     Xullas, sening haqingda
     Qancha gapirsam ham oz,
     Quvonaman ko'rib yutug'ing,
     Faxrimsan, quvonchim, Zebo Samarqand!!!

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  20 Avgust 2010, 18:30:05

Bismillohir rohmanir rohiym!

Oisha singlim, Samarqand shahrimiz haqidagi shirin so'zlaringizdan juda ham quvondim. Albatta alishib bo'lmaydi, to'ppa-to'g'ri aytasiz. Bunday zaminni qaydan topib bo'ladi yana. Men ham juda ham yaxshi ko'raman.

Menga yetib kelgan xabarlarga ko'ra, shahrimiz kundan kunga chiroy ochib bormoqda ekan. Ollohning bizdek bandalariga ham bu o'zgarishlarni ko'rish nasib etsin,Ilohim!

Qayd etilgan


G_u_l_i  21 Avgust 2010, 07:56:39

 :as:
Men ham asli Samarqandlikman, lekin Toshkentda yashaymiz.Kamdan-kam hollarda Samarqandga boraman. Shuning u-n na samarqandlik, na toshkentlikman ;)

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  21 Avgust 2010, 09:54:17

:as:
Men ham asli Samarqandlikman, lekin Toshkentda yashaymiz.Kamdan-kam hollarda Samarqandga boraman. Shuning u-n na samarqandlik, na toshkentlikman ;)

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum, Forumdosh!

Mayli qayerlik bo'lsangiz ham, vatandoshmiza. Hush kelibsiz, Samarqandliklar mavzusiga!
Qimmatli vaqtingizni ayamasdan, ushbu mavzuga tashrif buyuribsizmi, shuning o'zi bizlarga, vatandoshlaringizga bo'lgan katta hurmat  deb bilamiz.

Kuningiz xayrli o'tsin!

Qayd etilgan