Assalomu alaykum.
Samarqand haqida juda ko'p yaxshi gaplar aytish mumkin, to'g'ri, lekin ancha-muncha tanqid gaplar ham eshitib turamiz.
Yaqinda Samarqandda bo'lib qaytdim. Ro'za oyi bo'lishiga qaramay, yo'lda butilka ko'tarib olgan yoshlar, ayollar erlari bilan, katta erkaklarga ko'zim tushdi. Juma shahriga ketadigan marshrutka kutib turgandim, o'sha joyda ukamdek bolalarning tamaki tutatib turganliklari dilimni xira qildi. Judayam xafa bo'ldim. Ro'zadorlarning hurmati mana!!! Hech kimning ishi yo'q bunaqalar bilan! Yoshi katta onaxonlar-u, otaxonlar biron narsa dermikin, deb qarab tursam, ularning o'zlari pista chaqqan, nos otgan...
Xullas, shu taraflarini o'ylasam, azim Samarqand diniy ilmdan ancha qoloq ekanligini his qilaman. Allohdan insof-u tavfiq, kerakli va oxiratimiz uchun foydali ilm so'raymiz!