“AVATAR” hayratlarga arziydimi? (Uning so`zlari rostmi?)  ( 4504 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Akrombek  25 Iyul 2010, 15:32:32

Dunyodagi hamma savolga javob topib bo`larmikin?
Savollar kerakmi o`zi?
Savollar kerak, ularning javoblari ham kerak. Chunki to`g`ri xulosalar insonni to`g`ri yo`lga boshlaydi, adashishlardan saqlab turadi.
Savollar hidoyatga ham, jaholatga ham yetaklashi mumkin"¦
Adabiyot ham, san’at ham koinot, tiriklik va o`lim sirlar uzra paydo bo`lsagina, uzoqroq yashay olarkan. Mayda maishiy, muhokamaga arzimaydigan mavzular orasida o`ralashgan asarlar ertgayoq yo`qolib ketishga mahkumdir.
Jeyms Kameronning "œAVATAR" filmi yuksak rejissorlik ishi, kinosan`atning ajoyib namunasi, albatta. Ammo ziyrakroq tomoshabin sujet ham, g`oyalar ham yangilik emasligini tezda anglab yetadi.
Men Sanjar Shodiyevning "œ7 haykal 1 ta kal" komediyasi, nazarimda g`oyaviy jihatdan "œAVATAR"dan ko`ra yaxshiroqdir. Chunki Kameronning aytmoqchi bo`lgan so`zlari kishini boshi berk ko`chaga olib boradi.
Filmga ko`ra inson beshafqat, u o`z manfaati yo`lida har qanday pastkashlikka tayyor va hakozo"¦
Kinodagi tushunchalari: tuyg`ular bor, insoniylik bor, yaxshilikka intilish, kurashish lozim — bir qarashda ajoyib, hammasi zo`r.
Kinoni ko`rarkansiz, u sizni sehrlaydi, qiziqasiz, voqealaraga berilasiz, reallikdan uzilasiz, film tugagach, hafsalangiz ko`p narsadan pir bo`ladi, insondan nafratlanib qolasiz. Eng ichki fikrlaringizdagi odamlarga ishonchsizlik ortadi. Siz filmdan halovat tuymaysiz, huzur etmaysiz, iymon, haqiqat yo`li haqida saboq ololmaysiz.
Chunki u bo`lmagan va bo`lmaydigan voqeliklar haqida gapiryapti (adabiy jihatdan bu mumkin), asosiysi shuki, u yerda yolg`onchi fikrlar kuchli!
Insonning intihosi nima bo`ladi?
Insonning halovati shahvoniy hislarni yetaklovchi tuyg`ular bilan cheklanganmi?
Hayotdan maqsad nima?
Bu savollarga javob yo`q, bo`lsa ham, hayotdan istagancha lazzatlan, axloqsizlik, fahsh bilan bo`lsada, degan javob olasiz.
Aslida butun G`arb olami shu tushunchalar ichra yashaydi va bu uning halokatidir.
Umuman, "œAVATAR"nusxa filmlar tiqilib yotibdi, ularni yotvolib ko`rishyapti, unga ketgan vaqtlar uvol, ko`z nurlar uvol — u sizni tarbiya etdimi? Ruhingizni toshday bosgan yuklarni olib tashladimi? Sizni oila tshvishlaringizdan, hayot mushkullaridan zavol bilmas halovatga olib chiqa oldimi?
Yo`q!
Ular bunga qodir emas. Bunga Jeyms Kameron ham, uning filmlari ham qodir emas. Ular insonni maqsadsizlikka chorlamoqda, chuqurroq o`ylang, buni anglaysiz.
Aytmoqchimanki, "œAVATAR" hayratga umuman arzimaydi, u sizga doimiy halovat berolgani yo`q, hayotda real yo`lni ham ko`rsatmadi, e’tiqodingizni ham mustahkamlagani yo`q, insonning imkoniyati ortsa, hayvon bo`ladi, bunday bo`lmaslikning esa iloji yo`q deyapti, u yerda inson tarbiyalanmaydi.
Filmda inson kamoloti haqida sira gap yo`q, insonning ichki olami ham ochilmagan, "œAVATAR" ertaga o`ziga ergashganlar bilan o`ladigan multfilm, ertak, xolos.
O`zbek kinosini yaratayotgan hurmatli rejissorlar ham taqlidga bo`ysunmay, inson qalbini tahlil etsinlar, degan bo`lardik.
Aytgancha, mening "œAVATAR"ga, Kameronga ham g`arazim yo`q, o`zim rost bilgan so`zni aytib qo`yay dedim-da.

Akrom MALIK,
O`zMU talabasi.    

Qayd etilgan


JaviK  25 Iyul 2010, 18:25:54

Assalomu Alaykum. Kinoni ko`rishdan maqsad insonda birinchidan ozroq dam olish. Siz aytayotgan film YA`ni AVATAR filimida agar e`tibor bersanggiz insoniyatni ikki hil ko`rinishi yani yahshi, tuzini yeb tuzlig`iga tupurmaydigan, yana biri pul, boylik uchun insoniylik hislatidan ham kechishga hattoki yaqinlaridan ham voz kechishga tayyor inson qiyofasi aks aetgan. Tarbiya jihatiga kelsak Siz kino ko`rayotganinggizda ba misoli  oynaga qarysiz, chunki shu filmlardagi qahramonlar hayotdan olinadi yoki siz AVATAR filimidagi qahramonlarni hayotda yo`q deya olasizmi. Oliz bir o`lkada boshqa bir jonzotlar makoniga borib ularni qirish to`g`ri emasligini kinoni ko`rsez tushunib yetasiz. Insonlar ichida yahshilari ham borligi, Bu dunyoda hamisha yahshi va yomon o`rtasida ayovsiz kurash ketishligini bilamiz va ohir oqibat yahshilik g`alaba qozonadi. Filmlarning ko`rishimizdan maqsadimiz film qahramonlaridagi hislatlarini o`zimizga kerakligini kerak bo`lsa o`rganish, va hayotimizda qo`llash.

Bu dunyoda to`rt insonni bir inson jinni desa jinni hisoblanadi,
Yana bir insonni jinni hisoblash uchun esa To`rtta imzoni o`zi kifoya.  


JAVIK

Qayd etilgan


BelleQizcha  25 Iyul 2010, 19:32:04

Avatar kinosini, kichkinaligimda korgan PAKAHONTIS multfilimiga oxshattim. Hikoya bir hil, lekin odamlaru joylar almashadi.
Kino juda ham chiroyli va unreal narsalat kashf etiladi, Kino bir marta korishga arziydi.

Qayd etilgan


Muhseena  26 Iyul 2010, 00:06:02

Javik sizga film judayam yoqqan ko'rinadi.Oldinlari man ham kino ko'rardim,keyin ko'rishga ishtiyoq qolmadi.Nega desangiz o'sha qahramonlarga o'xshab qolishimdan qo'rqaman.Ularni ko'rib o'zim bilmagan holda taqlid qilishdan qo'rqaman.Kim o'zini biron qavmga o'xshatsa,o'shalardan bo'ladi deb Rasul Akram s.a.v. bizga ta'lim berib ketganlar.Nega ibratni kino ko'rib olishimiz kerak?To'g'ri kino ko'rish orqali nimanidir olamiz,lekin u baribir sohtaku.Hayotda baribir shu narsa ro'y beradimi?Yaxshilikka targ'ib qiluvchi filmlar oxir oqibat nimalarga sabab bo'lib qoldi?Sohta sevgi va ko'r ko'rona muhabbatnigina o'rganishmoqda yoshlar.Qizlarga filmlarning qanchalik salbiy tasir etishini o'zimni hayotimdayam kuzatganman.Bu albatta mani fikrim.Maqola muallifiga tashakkur.Man bu fikrlarga qo'shilaman.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  26 Iyul 2010, 04:28:53

Avatar shon-shuhratga burkanganda diskini ko'chadan sotib oldim. Ms i Missis Smitdan keyin Amerikaning durustroq kinosini ko'rmagandim, kinoni deyarli kam ko'rishim sababdir bunga.
Kameron rejissyorligiga dunyo qoyil qoladi, Titanik, Terminatorlar bunga misol.
bu safargi "ishi"ni ko'rayotib, rosti "dunyoda eng sabrli odam men bo'lsam kerak" deb o'ylab o'zimdan g'urulanib kettim  :7 yarmiga yetmayoq dvdni o'chirdim, o'sha yarmini ham o'tkizib o'tkizib ko'rgan edim.
shu kinoni ohirgacha ko'rgan yaqinlarimdan so'rasam, "nimasini bizga maqtaysan, shu kinomi..." deyishdi.

bu kinoning jozibadorligi "3D"dan boshqa narsa emas. 3D da olingan kinolar deyarli yo'q edi o'shanda.
bizda esa 3D kinoteatrlari yo'q, bo'lmay turgani ham yaxshi. mundoq mazmundor kinolar chiqmaguncha.

Qayd etilgan


JaviK  26 Iyul 2010, 16:32:36

Nega desangiz o'sha qahramonlarga o'xshab qolishimdan qo'rqaman.Ularni ko'rib o'zim bilmagan holda taqlid qilishdan qo'rqaman.Kim o'zini biron qavmga o'xshatsa,o'shalardan bo'ladi deb Rasul Akram s.a.v. bizga ta'lim berib ketganlar.Nega ibratni kino ko'rib olishimiz kerak?To'g'ri kino ko'rish orqali nimanidir olamiz,lekin u baribir sohtaku.Hayotda baribir shu narsa ro'y beradimi?Yaxshilikka targ'ib qiluvchi filmlar oxir oqibat nimalarga sabab bo'lib qoldi?Sohta sevgi va ko'r ko'rona muhabbatnigina o'rganishmoqda yoshlar.Qizlarga filmlarning qanchalik salbiy tasir etishini o'zimni hayotimdayam kuzatganman.Bu albatta mani fikrim.Maqola muallifiga tashakkur.Man bu fikrlarga qo'shilaman.

Ha kino menga yoqdi, lekin men u qahramonlarga o`xshagim kelyapti demoqchi emasman, shunchaki qalbimiz tubida yotgan insoniylik hislatlarni hamon borligi uni yuzaga chiqarish kerakligini tushunsez bo`ladi. Ayrim hayotimizda insonlar bor pul uchun aka ukalaridan ham kechadi, o`sha insonlarda ham meh oqibat degan tuyg`ular bor shunchaki ular o`zlari bilishmaydi.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  27 Iyul 2010, 13:42:51

Titan-uz. Akademiya mukofotini aytyapsizmi? Oscar sotiladigan haykalcha, bu akademiya adolatli emas. Shuning uchun ham 2002chi yilda obro'yi keskin tuwib ketgan. Hozir oscarga ko'p odam e'tibor ham bermaydi.

Qayd etilgan