Bola bilan o‘ynayotganda uni qo‘rqmas, botir kishi roliga kiritish lozim. Go‘yo u yosh bolalar, mushuklar yoki o‘yinchoqlarining himoyachisi degan tasavvur uyg‘otish zarur. Imkon tug‘ilishi bilan tanishlar, qarindoshlarga farzandingizning botirligi, qo‘rmasligi to‘g‘risida gapirib berish kerak.
Bolani qorong‘ulikda uxlashga majbur qilmaslik zarur. Agar u istasa chiroqni o‘chirib, istamasa yoqib uxlasin. Umuman bolaga o‘zi yashab turgan joyning xo‘jayini bo‘lishga imkon yaratish lozim. Uning karavotiga qo‘l chirog‘i qo‘yib qo‘yish ham eng maqbul ishdir.
Kichkintoyni bir xil tartib-qoidaga o‘rgatish lozim. Har kuni kechqurun bir vaqtÂda o‘rniga yotqizing, ertaklar aytib bering. Shunday odatga o‘rgatish bolaning xotirjam va ishonchli bo‘lib o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Doimo quvnoq yashashga harakat qiling. Yaxshi kayfiyat qo‘rquvning oldini olish uchun qilingan sa’yi-harakatlar o‘z nishonasini beradi. Kattalar hayotida ro‘y beradigan barcha jiddiy muammolar xafagarchilik onlaridan darhol oshib o‘tib, hazillashishga, tez-tez kulishga, kichkintoylaringiz bilan iloji boricha birga bo‘lishga harakat qiling. Kichkintoyga turli xil o‘yinlar, quvnoqlik baxsh etadigan onlar suv va havodek zarur ekanligini unutmang. Bolalarimiz go‘dakligidan qo‘rquv hissi bilan voyaga yetmasin. Jasur va mard bo‘lib katta bo‘lsin.
Igor KOSTIN,
ruhshunoslik fanlari nomzodi.