Darhaqiqat Payg'ambarimiz (s.a.v.) haqida qanchalik bilamiz? Usha fanat va fanatkalarga uzlarini rap tili bilan etadigan bulsam:
Bidir bidir bidir, holiyam hozir
Nima kamchiliging bormi?
Shoxruhni tanishdan oldin,
Payg'ambaring haqida bilishing keremasmidi?
Asabimga tegma, hozir san bilan gaplashgani umuman holim yuq...
Olis "orzu"! Qiziq?! Qanchalik olis? Konsert berganda Istiqlol saroyiga boring ushetda kuras, bulmasa Tarona studiyasiga borsangiz ushetda ham bor! Rosa u taraflarga uta olmasangiz bitta telefon qilib menedjeri bilan gaplashingda, etgan pulini bering, uyingizga kelib ertalabdan kechgacha qushiq aytib raqsga tushib beradi! Naqadar olis-a?! 5km yoki undan ham yaqinroq! Usha sizlar tasavvur qilayotgan olis orzu (uni orzu deb atab bulmas) qanchalik yaqin, siz yaqin deb uylagan ibodat sizdan qanchalik olislashib ketayotganligini tasavvur qilyabsizmi? Ostidan anhorlar oqib turuvchi bog'lari bor, ichida aynimagan suvli anhorlari, ta'mi o'zgarmagan sutli anhorlari, ichuvchilarga lazzatbaxsh xamr-sharobli anhorlari, musaffo asalli anhorlari bor Jannatni orzu qiling! Yaratgan egam ALLOHning nurli jamoliga nazar solmog'likni orzu qiling birodarlar!
Eng dahshatlisi va achinarlisi bu soobshestvani tashkilotchisi (sozdatel) "fanatka" ekanligida edi! Erta indin, qaysidir oilada kimningdir suyukli rafiqasi buladigan, qizlarimiz orasida bunday fanatkalardan ibratli kelin chiqishiga kim kafolat beradi? Nahot ular homiladorlik vaqtida, qornidagi tug'ilajak farzandiga Qur'oni Karim oyatlaridan tilovat qilib berish urniga Rap qushiqlardan hirgoyi qilib bersa?! Astg'firulloh! Ana unda tug'ilajak gudakni kelajakdagi hayotini tasavvur qilavering! Men bu gapim bilan kimningdir shahsiyatiga tegmoqchi emasman. Lekin oramizdagi qizlar ichida shunday "fanatkalar"ni kupayib ketayotganligi achchiq bulsa haqiqat! Hozirgi kunda tez-tez uchrayotgan yosh oilaladagi kelin bilan kuyovning ajralib ketishiga, oila deb atalmish muqaddas koshonaning parokandaga yuz tutishiga, tengdoshlarimizning manashunday notog'ri muhitda tarbiya topayotganligiyu, shunaqangi bemani soobshestvalarni kupayib ketayotganligi sabab bulmayabdimi? Bunday soobshestvalar bittamas kup! Nahot ular hayotni usha qushiqchilarni klipidaqa deb uylashsa? Ahir usha klipda ham qiz kimgadir hiyonat qilgan, yigit qizni tashlab ketganku? Ular bu kliplardan uzlariga qanday ibrat qidirishmoqda?
Donishmandlardan biri:
"Illat izlaganga, illatdur dunyo,
G'urbat izlaganga, g'urbatdur dunyo.
Kim neni izlasa topgay begumon,
Hikmat izlaganga, hikmatdir dunyo.." degan ekan. Darhaqiqat biz hozirgi hayotimizda qanchlik hikmat, ibrat va hidoyat izlayapmiz va bu izlaganlarimizga qanchalik erishyabmiz? Erishganlarimiz yulida qanchalik amal qilyabmiz? Kelinglar, hayotga boshqacha, teran ko'z bilan boqaylik!
Hurmatli qalbida iymoni kuchli, mo'min birodarlar, dinimiz Islomni to'g'ri tushunadigan va shariat ilmlaridan habardor bulgan oka ukalar va opa singillar! Yuqorida nomlari tilga olingan diniy va tarbiyaviy ibrat buladigan soobshestvalarni kupaytirishda davom etaylik, yaratgan egam ALLOH uchun! Zero ALLOH Uzi yulida qilayotgan ishlarimizga va yahshi amallarimizga ko'pdan ko'p ajru savoblar ato etsin, va bu yulda bizlarni sobitqadam aylasin! Mehribon va Rahmdil ALLOHdan suraylikkim, bu loyihalarga a'zo buladigan birodarlarimiz qalblarini hidoyat nurlari bilan yoritsin!
Yaratgan egam ALLOHdan barchamizga kuchli iymon, qalblarimizni iymon va mehr-muhabbat nurlari bilan tuldirishligini, basirat ko'zlarimizni esa hidoyat nuri bilan ochishligini surab qolaman! Duolaringizda bizni ham qushib duo qiling. As-salomu alekum va rahmatullohu va barakatuhu! Shoxruh Mirzo.