Bolalarning oshqozon hazm yo`llaridagi kasalliklari.  ( 18282 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


JaviK  08 Avgust 2010, 14:06:25

Bolalarning oshqozon hazm yo`llaridagi kasalliklar, oshqozonda yara paydo bo`lish sabablari.

Keyingi yillarda 1-7 yoshdagi bolalar orasida oshqozon-hazm yo`llari kasalliklari ko`p kuzatilmoqda va hatto ularning xillari ham paydo bo`ladi. Aslida oshqozonda yara paydo bo`lishi kattalarga (30-70 yoshda) xos bo`lishiga qaramay, yoshi 3-7 yashar bolalarning ham oshqozonida yara uchramoqda. Buning sababi bolalarni noto`g`ri ovqatlantirishda deb tushunish lozim. Emadigan bolalar to 6-7 oylik bo`lmaguncha, ularga kattalar iste`mol qiladigan pishirilgan ovqatlarning hatto suvini - sho`rvasini ham berish mumkin emas.
Bola 6-7 oylik bo`lgunga qadar uning oshqozon-hazm yo`llari hali ovqat qabul qilishga moslashmagan bo`ladi. Bu davrda unga asosan ona suti va faqat chaqaloqqa mo`ljallangan ovqatlarnigina berish mumkin. Shu qoida qo`pol holda buzilganda bolaning oshqozon-hazm yo`llarida yallig`lanish sodir bo`ladi


Qayd etilgan


JaviK  08 Avgust 2010, 14:08:21

Yoshi 1-7 yashar bolalarga qovurilgan, yog`li ovqatlar, kabol, sut, koka-kola singari ichimliklar, dudlangan narsalar, qazi, achchiq, sho`r narsalar berish mumkin emas.
Shu asosiy qoida buzilganda bolaning oshqozonida yoki hazm yo`llarida yalig`lanish, hatto yara paydo bo`lishi mumkin.
Shu yoshdagi bolalarga har 10 kunda bir marta och qoringa qatiq zardobini (0.5 l) ichirib, ichini yuvib turish lozim.
Bolalarga sutning o`zini berish mumkin emas. Sababi, paxtaga ortiqcha miqdorda butefos sepilganligi (qizil imperiya davrida) tufayli, mollarning jigari kasal va natijada sutda yiring bor. Qatiq ivitilganda yiringning ko`pi yo`q bo`lib ketadi. Shuningdek, shirguruch pishirilgnda guruch yiringning ko`pini "œo`ldiradi", shu tufayli shirguruch mumkin. Shirchoy tayyorlanganda, quyultirilgan sutdan foydalanish kerak.


Qayd etilgan


JaviK  08 Avgust 2010, 14:09:08

1-7 yoshdagi bolalarning ovqatlari asosan suyuq, sutli, qaynatma, dimlama ovqatlar bo`lishi lozim. Shuningdek, bolalarga ko`proq meva, sabzavotlarni, poliz mahsulotlarini sariyog`, tvorog, asal, qatiq, suzma kabilar berilgani ma`qul.
Qanday ovqatlar, meva, sabzavotlar, ichimliklar, suyuqliklar berish mumkin degan savolga javoban ularning umumiy ro`yxaxtini beramiz.
Ovqatlar
Shirguruch, manniy shavla, qora bug`doydan shavla, faqat piyozigina qovurilgan shavla, osh-palov kabilar.
Qaynatma ovqatlardan, xo`plama, piyova, sho`rva, xamirli suyuq oshlar, sutli suyuq ovqat kabilar.
Turli mevalar, sabzavotlar, ularning sharbatlari, Turli achchiq-chuchuklar, ularning sharbatlari. Masalan, xom karamni mayda to`g`rab, unga qaymoq yoki smetana qo`shib, tuz solib, aralashtirib berilsa, bolalar uchun koni foyda bo`ladi

Qayd etilgan


JaviK  08 Avgust 2010, 14:09:58

Ichimliklar
Uzoq qaynatilgan turli meva kompotlari, turshak qaynatmasi, ko`k choy, dog` suv kabilar bo`lgani yaxshi.
Bolajonlarimizni to`g`ri ovqatlantirish bilan birga, ularni yoshiga qarab, muntazam ravishda o`yin holida badantarbiya qilishga o`rganitish lozim. Chunki muntazam badantarbiya bolalarning oshqozon-hazm yo`llarida kasalliklar, yaralar, paydo bo`lishining oldini oladi.
Bolalarni ovqat oldidan va ovqatdan so`ng qo`l, og`izlarini yuvishga o`rgatish va buni odat tsiga kiritishga harakat qilish kerak.
Bolalar iste`mol qiladigan meva, sabzavotlar, albatta, yuvilishi, artilishi lozim.
Bordi-yu, shuncha ehtiyotkorlikka qaramay, bolada oshqozon yalig`lanishi yoki yara paydo bo`lgan taqdirda, uni davolash uchun zamonaviy shifokorga, xalq tabibiga olib borish lozim.
FARZANDlarimizni to`gri ovqatlantirish, ichirish, yuvintirish, meva, sabzavotlarni yuvib, archib berish ularning sog`liqlari uchun, kelajagi uchun naqadar muhimligini doimo esda tutmog`imiz zarur.

Qayd etilgan