Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi  ( 21253 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:01:56

"œPAHTAKOR-79". FOJIA XRONIKASI:

SO‘NGI UCHRASHUV. DO‘STLARIM BILAN VIDOLASHUV"¦

1979 yilning 8-avgusti. Sobiq ittifoq chempionatining ikinchi yarmi endi boshlangan edi. O‘sha kuni Varoshilovgradning "œZarya" jamoasini 3-1 yutdik, hammada ko‘tarinki kayfiyat, men futbolchilarning echinish xonasiga kirib yigitlarimizni tabrikladim. Ular meni ko‘rib hursand bo‘lishib, tez safga kaytishimni, rejada qiladigan ishlarimiz, birga ga’laba qozonishim kerak bo’lgan o’yinlarimiz ko‘pligini ta’kidlashdi. Darhaqiqat, o‘sha kuni yigitlarimizda qandayadir ko’tarinki kayfiyat, kuch-kuvvat, ko‘zlarida olov, birdamlik, juda do‘stona muhitni sezdim. Nimaga deb surasam, yigitlarimiz bu yil chempionlik uchun kurashga astoydil bel bog‘laganliklarini aytishdi"¦ Mening o‘rnimga Shuhrat Eshbutaev chiqib, mening yoqligimni bildirmaslikka harakat qilgan edi. Ular bilan birpas o‘tirib ancha hazil-huzul qilb kulishdik, lekin bu uchrashuv men uchun eng so‘ngi uchrashuv ekanligini, ularni boshqa ko‘ra olmasligimni hayolimga ham keltira olmas edim"¦ Hamma bilan birma-bir quchoqlashib hayirlashdim va ertangi kuni, ya’ni, bir kundan keyin men Moskvaga uchib borib u erdagi mutahassislarga kurinishim kerakligini yigitlarga aytib ulardan uzr so‘rab uyga qaytim.

1979 yilning 9-avgusti. Moskvada men professor Zoya Sergeyevna Mironova degan Ortopediya institutining katta mutahassisiga ko‘rinishim kerak edi. Ertalab aeroportga borganimda u erda meni jamoamizning ma’muri Mansur Tolibjonov kutib turgan ekan, ketishim bilan bog‘liq hamma masalalarni hal qilishga yordam berdi va men Mosvaga uchib ketdim. Moskvaga etib borgach, birinchi navbatda men bizlarga ustozlik qilgan, o‘sha "œPahtakor-79"ning arhitektori, jamoa poedevorining birinchi tamal toshini kuygan buyuk murabbiy va haqiqiy inson Vyacheslav Dmitrievish Solovyovning uylariga bordim, ular uchun ataylab O‘zbekistondan kovun va ho’l mevalar olib olgan edim. Biz ancha vaqtgacha uylarida gaplashib o’tirdik,  Toshkentni, milliy urf odatlarimizni va ayniksa Solovyov tarbiyalagan yigitlarni esladik. Solovyov dardga chalinmaganda, men bunga shubham yoq, aynan shu inson "œPahtakor"ni yaqin orada chempionlikka olib chiqardi. U shuncha katta va dongdor jamoalarda ishlab faoliyat yuritdi, ammo "œPahtakor"ga nisbatan mehri va e’tibori eng yuqori bo‘lganlanini doimo ta’kidlardi.


Paxtakor - 1979

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:03:32

1979 yilning 10-avgusti. Ertalab hamma rentgen-snimkalar va tashxis natijalarini olib Zoya Sergeeyvnani huzuriga bordik. Opa barcha hujjatlarimni birma-bir ko‘zdan kechirib, oyog‘imni ham diqqat bilan ko’rdilar va V.D. Solovyovga qarab Toshkenta shunchalik kuchli hirurglar borligiga hayron qolganligini ta’kidladilar"¦ Bundan yahshi muolajaning o‘zi yoq. Hammasi tug‘ri qilingan. Men ham hayron bo‘lib qoldim, Moskvadagi kasalxonaga yotish uchun SSSR Ministrlar Kengashining mahsus hati bo‘lishi kerak, uning ustiga umuman kasalxonada yotaverganimdan bezillab qolgan edim"¦ Bo‘lmasa uyimga ketaveray desam, doctor o‘zingiz bilasiz deb quya qoldi.

MEN UCHUN HAYOT-MOMOT DAQIQALAR. PESHONAMGA BITILGAN TAQDIR"¦

Doktorxonadan chiqib, biz V.D.Solovyovning ishxonalariga borib nima qilishni o‘yladik. O‘shanada men Toshkentga telefon qildim. O‘zbekiston sport qo‘mitasining raisi Mirzaolim aka Ibrohimov bilan gaplashdim. Keyin katta murabbiyimiz Oleg Bazileevichga ham telefon qildim. Ular, jarohatim tu‘zalayotganini eshitib hursand bo‘lishdi va tezda Toshkentga qaytishimni, pahtakorchilar safida 11 avgust kuni Minskka uchib ketishim zarurligini aytishdi, yigitlarni qullab-quvvatlash kerakligini ta’kidlashdi. Menimcha ular hali hassa tayanib yurganimni bilishmasdi ... Minskdagi o‘yindan so’ng Bazileevichning eski do‘sti mashhur vrach Elizarovga jarohatimni ko‘rsatish niyatlari borligini ham aytishdi. Bu ishlarning hammasi fojeadan bir kun oldin 10-avgustdagi gaplar"¦

Men hamma gapni V.D. Solovyovga aytib berdim, u kishi bir oz o‘ylab keyin yahshi o‘yinga kirishib ketishim uchun hali kamida 2 oy muhlat kerakligini qayd etib, hozir shoshilmay, jarohatimni ohirigacha tuzatish, amaliy mashqlarni o‘tkazish, o’z ustimda ishlash kerakligini maslahat berdi va davolanish chog’ida uning uyida turaverishim ham mumkinligini aytdi.

Avvaliga ikkilandim, keyin ustozning gaplariga kirib shunday ish tutdim, hitoylik tabiblarning ham bir oysiz o‘yinga tushmagin deb, kat’iy aytgan gaplarini ham esladim. "œPahtakor-79" bilan bog‘liq mudhish voqea o‘tib ketganidan so‘ng o‘ylab qarasam, bu Ollohdan menga berilgan katta ne’mat deb bildim, Parvardigorni o‘zi meni hatardan asragan ekan"¦


Paxtakorning so'nggi chiqishi

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:03:59

MUDHISH FOJEANING RO‘Y BERISHI

1979 yilning 11-avgusti.
11-avgust kuni Moskvada men sobiq pahtakorchilar Leonov, Kuzmin, Patrikeev va boshqalar bilan uchrashishim kerak edi. Shu kuni biz Ko‘zminni uyida yig‘ilishib eski voqealarni eslab suhbatlashib o‘tirgan edik, shu asnoda telefon jiringlab qoldi"¦ Sizni so‘rashyapti, deb menga telefon go‘shagini tutkazishdi. U tomonda yiglamsiragan ayolning ovozi eshitildi, u V.D.Solovyovning rafiqasi edi. Pahtakorning halokati haqida uzuq yuluq so’zlsrni anglaganimda sekin asta esim og‘ayotgandek tuyuldi xuddi"¦, ko‘z oldim qorong‘ilshdi"¦ tik turaolmay stulga yiqila yozdim"¦ tilimga bir so’z kelmay, o‘rtoqlarimga bu mudhish habarni aytishga o‘zimda kuch topa olmasdim"¦ hamma meni ko‘rib qo‘rqib ketdi"¦ Opamizning menga qarata, sen ikkinchi Bobrovsan!, Bobrovsan! degan gaplari g‘ra-shira esimda qoldi"¦Ko‘zlarimdan tinmay tirqirab yosh oqa boshladi. Keyinchalik bilsam buyuk hokkeychi va futbolchi Bobrov huddi menga uhshab 50-yillar boshida Moskvadan Sverdlovskka uchadigan samoletda jamosaidan qolib ketib tirik qolgan ekan"¦ V.D.Solovyovning gapirishga madori bo‘lmay karaht holatda bo’lib, shuning uchun bizlarga uning rafiqasi telefon qilgan ekan.

Hammamiz tezda V.D.Solovyovning uyiga etib bordik, u kishi bizlarni kutib turgan ekan, har birimizni quchoqlab ho‘ngrab yig‘lab ko‘rishdi, biz ham yig‘ladik. Shuncha erkakni yig‘laganini g‘alati bo‘lar ekan. Lekin Toshkentda bundan-da dahshatli manzaralar bizlarni kutib turganini hali bilmas edim"¦ Keyin men Solovyovdan menga Toshkentga tezda bilet topib berishlarini so‘radim, zudlik bilan Toshkentga borishim kerakligini aytdim. U kishi ikkita bilet olingani va kasalligiga qaramay men bilan birga Toshkentaga borishini aytdi. Shunda Solovyov hamma yigitlarni birma-bir ko‘z oldidan o‘tkazib, qanchalik ularga ishongani, ularga yahshi tarbiya berganini g‘urur bilan qayta qayta ta’kidlardi. Darhaqiqat V.D.Solovyovning "Pahtakor" jamoasiaga katta mehnati singan. U kishi Fedorov, An, Hadzipanakis, Ashirov va boshqa yigitlarimizning oyoqqa turishida ancha hissasi bor. Kechasi biz V.D.Solovyov bilan Toshkentga uchadigan bo‘ldik. Shu payt hayajonlanganimdanmi yoki asabiylashganimdanmi, bilmadim, oyog‘imda yana qattiq og‘rik seza boshladim, buni o‘zimdan bo‘lak hech kimga bildirmaslikka harakat qilib, yana hassaga tayanishga majbur buldim"¦


Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:04:42

MOTAMGA BURKANGAN O‘ZBEKISTON

1979 yilning 12-avgusti.
Erta tong, soat 5.00 Toshkentga etib keldik, taksi bilan tezda O‘zbekiston futbol federatsiyasiga bordik. Federatsiya binosiga kirsak, odam liq to‘la"¦  Men federatsiyadagilardan kimlar halok bo‘lgani haqida so‘raganimda hali hech narsa ma’lum emasligini aytishdi. Kun yorisha borgan sari butun Toshkent borgan sari motamga o‘rala boshlangadek tuyuldi, hamma erda bitta gap"¦ butun jamoa halok bo‘libdi"¦ Ammo, sobiq markazning buyrug‘iga binoan, bu fojea haqida na Moskva, va na Toshkent hech qanday ahborot berishmadi. Lekin, o‘zbek futbol muhlislari bu haqda AQSHning "œOzodlik" radiosi tarqatgan bayonnomasidan bilib qolishdi, va bu mudhish xabar tezda butun O‘zbekistonga tarqab ketdi"¦

AMERIKANING "œKOSMOS" JAMOASIDAN KELGAN BIRINCHI TA’ZIYA TELEGRAMMASI

O‘zbekiston futbol federatsiyasi binosida ko‘zim qandaydir galati halkaro telegrammaga tushib qoldi. Pahtakor jamoasining halokatga uchrashi sababli birinchi taziya telegrammasi AQSHdan, New Yorkning mashhur "œKosmos" futbol jamoasi klubidan kelibdi. Fojea haqida O‘zbekiston  halqi, umuman hali hech kim, aniq ma’lumotga ega emas edilar. Bilishimcha, halokat yuz berganidan so‘ng, 15-20 daqiqadan keyin ushbu telegramma O‘zbekistonga etib kelgan ekan. 2-3 kundan keyin esa, "œPahtakor" stadioni yonidagi katta maydonda, O‘zbekiston sport qumitasi binosi yonida katta stendlar o‘rnatilib nafaqat sobiq ittifoqdan, Evropa, Osiyo, Afrika va Amerikadan minglab ta’ziya telegrammalari kela boshladi. Barcha muhlislar kelayotgan telegrammalarni uqishga haqli edilar"¦


Futbolchilarning yaqinlari

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:05:05

PAHTAKOR FOJIASI VA SHAROF RASHIDOV

12-avgust, soat 9.00. Biz O‘zbekiston  sport qumitasiga bordik. U erda bizni mazkur qumita raisi, Mirzaolim aka Ibragimovning o‘zlari kutib oldilar. Birozdan so‘ng bizlarni O‘zbekistonning o‘sha payitdagi rahbari Sharof Rashidov huzuriga olib borishdi. Bilasizmi, o‘shanda Sharof Rashidovich ham bizlarni ko‘zda yosh bilan kutib oldilar"¦ Men hassaga tayangan holda u kishiga yaqinlashdim, u kishi meni o‘z bag‘irlariga bosib, - Bolam seni parvardigorni o‘zi saqlab qoldi, lekin yigitlarimiz juda yosh ketishdi, essiz, essiz, endi nima qilamiz? - deb aytgan so‘zlari hamon qulogimda chalinib turibdi. Sharof Rashidovich meni o‘z ug‘liday ko‘rardilar. Men shundan juda g‘ururlanardim, bu albatta menga qushimcha ma’suliyat yuklardi va men futbol maydonida bor kuchim bilan harakat qilishga oshiqardim.. Sharof aka haqida gap ketganida u kishining o‘zbek futbolini rivojlanishiga qushgan hissasini 1-2 so‘z bilan ifoda etish juda mushkul. U kishi honalarida o‘tirib "œPahtakor"da bo‘layotgan hamma ishlardan habarlari bor edi. Jamoani doimo qullab-quvvtalab turardilar. O‘zlari ham vaqtlari bo‘lganda stadionga kelib muhlislik qilardilar. Ko‘zga ko‘ringan barcha futbolchilar bilan bir necha martalab suhbatlashgan.

Umuman olsak, "œPahtakor"ni sobiq SSSR jamoalari orasida obro‘sini oshirishda u kishining hizmatlari beqiyos. 1956 yili "œPahtakor" markaziy stadionini bunyod etilishi, jamoaning mahhaliy, turli millat vakillaridan iborat yigitlardan tashkil qilinishi, sobiq ittifoqning mana-men degan jahonga mashhur murabbiylarini Toshkentga taklif qilib o‘zbek futbolini rivojlantirishida u kishining roli katta bo‘lgan. Aynan, 1962 va 1982 yillarda "œPahtakor" jamoasini oily ligada kuchli oltilikdan o‘rin egallashida ham u kishining ro‘li beqiyos, yana shu narsana aytmoqchimanki agar avia-halokat sodir bo‘lmaganida iqtidorli yoshlaradan tashkil topgan "œPahtakor" o‘sha yili, yoki keying yili albatda SSSR chempioni bo‘lishiga ishonchim komil edi.

Agar esingizda bo‘lsa, o‘sha "œPahtakor" stadioni yoniga kuniga kamida 30-40 ming futbol muhlislari kelishib, pahtakorchilarni qachon olib kelishadi? Qaerga dafn qilishadi? - deb so‘rashardilar... O‘sha uchrashuvda Sharof Rashidovich, menga va V.D Solovyovga murojaat qilib, sizlar marhum pahtakorchilarga juda yaqin bo‘lgan insonsizlar. Bugun muhlislar sizlarga termulib qarab turishibdi. Halqqa fojeani to‘g‘ri tushuntirib, pahtakorchilarni yaqin vaqtda olib kelishlarini va albatda bir joyga dafn qilinishlarini aytinglar, deb iltimos qildilar. Bilib bo‘ulmaydi, halq olomonga aylanib ketib turli hil to‘polnlar bo‘lishi mukinligini esdan chiqarmanglar, hamasini yotig‘i bilan tushuntiringlar, deb tayinladilar. Men shahsan har kuni 4-5 marta o‘sha stadion oldida yigilgan muhlislarga sobiq pahtakorchilar haqida, ko‘mish marosimini tashkil qilish komissiyaning qarorlari haqida va boshqa savollar hususida chiqishlar qildim.

Keyin Sharof Rashidovich, bizlardan yigitlarni olib kelishganlaridan keyin qaerga dafn qilish kerakligi haqida so‘radilar. O‘shanda men birinchi bo‘lib o‘z fikrimni bildirdim. "œPahtakor" stadioniga kirivurishdagi tepalik joyida katta maydon bor. U erda memorial kompleksini tashkil qilib yigitlarning hammasini o‘sha erda dafn qilinsa, yahshi bo‘lar edi deb taklif qiritdim. Gavjum joy, "œPahtakor" stadionida har doim futbol o‘yini bo‘lib turadi, muhlislar har doim kirib ziyorat qilshardi, o‘sha joy doimo gularga to‘lib turishini ta’kidladim. Sharof Rashidovichga ham bu taklif ma’qul bo‘ldi. Ammo, keyinchalik barcha halok bo‘lganlarning ko‘pchilk ota-onalariga bu taklif ma’qul bo‘lmadi. Turli millat vakillaridan iborat oilalar halok bo‘lgan farzandlarini o‘z urf-odatlari bo‘yicha ko‘mishlariga ruhsat berishlarini so‘rashdi. Yana bir narsani aytib o‘tish kerak dafn marosimlarini hammasini davlat o‘z zimmasiga oldi, oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi, nafaqalar tayinlandi.


Paxtakor stadionidagi yodgorlik

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:06:21

"œPAHTAKOR-79" BILAN SUNGI VIDOLASHUV"¦

1979 yilning 18-avgusti. "œToshkent" halkaro aeroportiga mahsus samoletda Dnepropetrovskdan marhum "œ17 pahtakorchi"larning jasadlari olib kelindi. Aeroportning o‘zida bo‘lib o‘utgan katta motam mitingida O‘zbekiston rahbariyati nomidan Okil Umirzokov, futbol jonkuyari Jura Honazarov, Vyacheslav Solovyov, men va boshqalar so‘zga chiqdik. Hammaning yuzida chuqur qaygu, dard, alam, ko‘zlarida yosh"¦ Gul alvonlarga uralgan 17ta tobutlar oldida marhum pahtakorchilarning katta foto-suratlari quyilgan, har birining yonida ota-onalari, oila a’zolari va yaqinlari ko’zlarida yosh bilan turishibdi"¦ U tomonga qarashani o‘zi men uchun dahshat edi"¦ Ko‘zimdan esa tinmay yosh oqaverardi"¦

Mitingda shuningdek sobiq ittifoq chempionatning birinchi va ikkinchi ligada ishtirok etayotgan barcha O‘zbekistonlik futbol jamoalar, Kozogistondan "œKayrat", Tojikistondan "œPomir", Turkmanistondan "œStroitel", Kirgizistondan "œAlga", Moskva futbol federatsiyasi va boshqa futbol jamoalari vakillari ishtirok etishdi. Shu kuni "œ17 pahtakorchi"lardan faqat beshtasi Botkin qabristoniga quyildi. Qolganlarini oila a’zolarining iltimosiga ko‘ra turli shahar va qishloqlardagi qabrstonlarga dafn qilindi. Bir necha yildan so‘ng, "œBotkina" qabrstonida, o‘shanda men taklif qilgan memorial kompleksi tashkil qilindi. Aytganimday, u er hamisha turli millat va dinga mansub futbol muhlislar bilan gavjum. Ramziy qabrlar esa doimo gullar bilan burkanib yotibdi. Men ham u erga tez-tez borib marhum dustlarimni ziyorat kilaman"¦


Paxtakor - 1979

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:07:15

"œPAHTAKOR" YANGI JAMOSAINI TIKLANISHI

Toshkentda Pahtakorning yangi jamoasini tuzish borasida ishlar qizgin boshlandi. Uning orasida Oleg Bazileevich ham komandani tark etgan edi. SSSR futbol federatsiyasi ham qo‘lidan kelganicha yangi komandaga har taraflama yordam ko‘rsatdi. Pahtakor tarkibiga qo‘shilib, avvalambor halok bo‘lgan futbolchilar hotirasini hurmat qilib to‘p surganlarga men yana bir bor o‘z minnatorchiligimni bildirmokchiman. Ammo, hamma kelgan murabbiylar va futbolchilar bunday ma’suliyatli, insonparvar vazifani bajara oldilar deyishga ojizman. Keling bu haqda boshqa payt alohida gaplashaylik"¦


Dnepropetrovskdagi yodgorlik

INSONPARVAR GRUZIN FUTBOLCHILARINING E’TIBORI

"œPahtakor" yangi futbol jamoasi tuzildi. Birinchi o‘yin Tbilisining "œDinamo" jamoasiga qarshi edi. O‘shanda katta murabbiy Nodar Ahalkatsi, jamoa kapitani, Fedorov va Anlarning yakin dusti David Kipiani bo‘lgan edi. Jamoada Chivadze, Daraseliya va boshqa mashhur o‘yinchilar bor edi. Men ham Davidni juda yahshi bilar edim, ularni kutib olish uchun aeroportga chiqdim. Borsak, bir noodatiy manzaraga ko‘zim tushib qoldi"¦ samoletning ichi gul bilan to‘la. David Kipiani va boshqalar ko‘zlarida yosh, yigi bilan samoletdan birin ketin to‘sha boshlashdi. Ular bilan qadrdonlarday yiglashib ko‘rishdik, bir oz dardlashdik"¦ O‘shanda David Kipiani menga Tbilisi stadionida "œPahtakor" futbol jamoasiga qanday hurmat bajo keltirilgani, barcha futbol muhlislari pahtakorchilar hotirasiga sukut saqlashlari, ko‘pchiligining ko‘zlarida yosh kalkigani va futbol maydonida bo‘layotgan ushbu manzarani Gruziya televideniyasi sharhlovchisi Kote Maharadzening ilik, qalbdan chiqqan va barchaga o‘qdek qadalgan dil so‘zlari bilan butun respublikani yig‘latgani haqida gapirib berganida, men bu ta’sirli gaplarni eshita turib chidolmay yig‘lab yubordim, menga qushilib Davidning o‘zi ham yig‘ladi"¦So‘ngra ularni "œO‘zbekiston " mehmonxonasiga taklif qilib, bir oz damolishlarini aytdim. Ular esa, bizlarni avval qabirstonga olib borasizlar, keyin mehmonxonaga boramiz, deb turib olishdi.

Soat endigina 4 bo‘lgan edi, aeroportda bir piyola choy ichib soat 5 larga yaqin ularni "œBotkina" qabristoniga olib bordik. David Kipiani 5ta mozorni ko‘rib qolgan pahtakorchilarning mozorlari, hususan Mihail Anning mozori qaerdaligini so‘radi. So‘ngra Mihail An ko‘milgan Yuqori Chirchiq tumanidagi "œSverdlov" nomli kolhozga qarab ketdik. Mozorga borgan barcha Gruzin futbolchilarining har bir qabri ustida turnalar singari tik turib yig‘ladilar va o‘zlarining hristian udumlari bo‘yicha ulganlar ruhiga duolar o‘qildilar.

Bu voqeaga mana, 31 yil bo‘libdi, endi bu gaplarni aytsa ham bo‘lar. David Kipiani butun jamoa nomodan bizlarga va o‘zbek halqiga barcha gro‘zinlar va shahsan o‘zlarining nomlaridan chuqur hamdardlik bildirdi. O‘sha paytda gro‘ziyalik futbolchilar uchun SSSR chempionatining boshqa liderlari kabi har bir ochko muhim edi. Ammo, David meni alohida, o‘zining yoniga chaqirib quyidagilarni aytdi: Bu motam kunalirda biz sizlarni mag‘lub etishga haqqimiz yoq! Bizning bugungi o‘yinimiz O‘zbekiston halqiga, marhum pahtakorchi do‘stlarimiz hotirasiga bizning futbol jamoamiz tomondan ko‘rastilgan e’tirof va chukur hurmatimiz ramzi deb qabul qilling, dedi"¦ Darhaqiqat, yangi tuzilgan "œPahtakor" jamoasi o‘shanda Toshkentda o‘zining birinchi o‘yinini o‘tkazdi. Stadionga 60 000dan ortiq muhlis etib keldi, o‘shanda pahtakorchilar Tbilisining "œDinamo" jamoasini mag‘lubiyatga uchratishdi, David Kipiani esa o‘z jamoadosh do‘stlari bilan insonparvar burchini ado etganliklaridan mamnun bo‘lgan holda boshlarini baland ko‘tarib, gruzinlarga hos mag‘rurlik bilan stadionni tark etishgan edi...


Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:08:16

MARHUM DO‘STLARIMNING FOJIADAN OLDIN G‘ALATI GAPLARI VA QILIQLARI"¦

IDGAY TAZETDINOV:
Idgay Borisovich, juda ziyoli va aqlli inson bo‘lgan edi. Jamoa futbolchilari uni juda hurmat qilishib o‘zlariga yaqin tutar edilar. Bo‘sh vaqtlarimizda birpas hordiq chiqarganimizda qiziq-qiziq voqealardan gapirib berardilar. Trener sifatida juda kuchli mutahassis bo‘lgan. U kishi bilan bog‘liq bir voqeani gapirib beraman: Kochetkovning trenerlik paytida bizlarni Nepalga taklif qilishgan.  O‘yin juda qiziqarli voqealar ostida o‘tgandi. Biz u erda juda chiroyli o‘yin ko‘rsatib yirik g‘alabaga erishganmiz. Samoletda qaytayotganimizda, men Fedorov bilan murabiylarimiz Kochetkov va Tazetdinov yonida o‘tirib qoldik. Gaplarimiz juda qiziqarli o‘tayotgan edi. Nima ham bo‘lib, Volodya Fedorov Tazetdinovga qarab yoshini so‘rab qoldi, Tazetdinov 46daman deb javob qaytardi. Volodya shunda 14 yil qolibdi deb qoldi"¦ hammamiz pensiya yoshimikan, yubeleymikan deb tushundik, keyin V.Fedorov o‘zicha, sekin ovozda, - u kishini vafotigacha, deb qo‘ydi. O‘shanda Tazetdinov ham tinch turmay, ehtimol sen bilan birga bir kunda o‘larmiz, deb u ham sovuqkina javob qaytardi."¦ Men bularni eslab, ularda qandaydir belgi bo‘lganmikan degan hayolga boraman. Qariyalarimiz gapiradiku, yahshi gapha ham, yomon gapga ham parishtalar omin derkan"¦


Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:08:46

MANSUR TOLIBJONOV: Mansur aka tugrisida gapirganimda, men u kishining oliyjanobligi, bizlarga bo‘lgan gamhurligi, bizlar bilan hamnafas bo‘lib harakat kilishini va odamiylik hislatlarini katta hurmat bilan eslayman. Kasal bo‘lib yotgasnimda, menga o‘sha paytda obro‘li mashinalardan hisoblangan "œJiguli" engil avtomobili ajratilganini habar qilshdi. O‘shanda mening yurishimga holim yo‘q edi, Mansur akamga murojaat qilib o‘sha mashinani "œ06" markasini olib berishlarini iltimos qildim. Mashinani sotib olish pulini otamdan olasiz dedim. Kechqurun kasalxonaga Mansur aka yahshi kayfiyatda kirib keldilar va mana mashinangizni kalitini olib ko‘yingchi, deb kalitni menga o‘zatdilar.

Men ancha suyundim, keyin mashina haydayolmasligimni aytib uni uyga olib borishlarini iltimos qildim, shu orada mashina puli 1000 rublga oshgan ekan (1979yil), lekin pul masalasida gap ochganimda, oldin oyog‘ingni to‘zatib olgin, qolgan gapni keyin gaplashamiz deb, o‘zlari etmayotgan 1000 rublni qo‘shib yuborgan ekanlar. Men buni nimaga gapiryapmanki, avvaloambor u yigitlarni eslash va ularning yahshi hislatlarini gapirib berish edi. O‘sha kuni Moskvaga ketayotganimda Mansur akamga pullarini qaytarib beray deganimda, hali Moskvada qancha bo‘lishing no’malum, mayli yonigda bo‘lib tursin kam-ko‘stiga ishlatarsan, deb pulimni olmadilar.

O‘zbek udumlarimizda har doim qarzni qaytarish kerakligiga katta ahamiyat beriladi, bilasiz, hattoki janoza o‘kilishidan oldin ham marhumning qarzi bormidi, degan gaplar ham ishlatiladi. Mansur akadan 1000 rubl qarz bo‘lib qolgan edim. O‘sha qarzni endi kimga olib borib berganim tug‘ri bo‘ladi, ota-onasigami yoki ayollarigami? Ko‘pchilk tanishlarim, albatda oilasiga olib boring deyishdi. Kennoyimiz Yuldo‘z opaga pulni olib borganimda, ularning ko‘zlariga yosh kelib Mansur akamlardan ko‘pchilik qarz bo‘lgan ekan, ammo faqat siz olib kelib berdingzi, deb aytgan edilar. Kennoyim menga aytdilarki, Mansur aka huddi bir narsani sezganday, ketishlaridan bir kun oldin mana bu erga kimdan kancha karzi borligi va kimlar karz olganlarini yozib ketgan edilar"¦ "œPahtakor"chilar doimo safarga borib-kelishardi, hech vakt mahal karindoshlar bilan bunchalik hayirlashmasdilar. Hamma yaqinlarini borib ko‘rdilar, kechqurun ham juda bezovta bo‘ldilar, menga bolalik va o‘smirlik davridagi ko‘rgan qiyinchiliklari, hayoti haqida, hech qachon gapirmagan voqealar to‘g‘risida gapirdilar. Shunda nimagadir o‘lim tug‘risida ko‘p gapirdilar. O‘shanda bitta gap aytilar, Yuldo‘zxon, o‘lim haq, u menga faqat osmoni falakdan keladi"¦ erda o‘lmasam kerak...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:09:42

VLADIMIR FEDOROV. Vladimir Fedorov o‘zbek futbolining yorkin yuldo‘zi, eng mashur futbolchilaridan biri. U yoshlar urtasida Evropa chempioni, Olimpiya o‘yinlarining "œbronza" sovrindori, bir necha marta sobiq ittifoq milliy terma jamoa a’zosi bo‘lgan. U O‘zbek futbolchilari orasida birinchi bo‘lib "œHalqaro toifadagi sprot masteri" unvoniga sazovar bo‘lgan. Vladimir bilan biz juda inoq va yahshi do‘st edik. Mehmonxonalarda biz asosan birga turar edik, u ko‘pgina sirlarini ham menga ochar edi"¦ Esingizda bo‘lsa, Valeriy Labonovskiy davrida SSSR terma jamoasi tarkibida faqat Kievning dinamochilari o‘ynagan paytida jamoaga faqat bitta Vladimir Fedorov kiritilgan edi halos. Ukraina mutassadilari va shahsan Valeriy Labonovskiy Fedorovni bir necha marta "œDinamo" tarkibiga chakirishgan, unga juda katta va’dalar qilingan"¦ O‘shanda men unga, Volodya nimaga Kievga ketmayapsan?, u erda hamma narsa muhayo, hamma narsaga erishsang bo‘ladi, derdim. U bulsa, men bir tuytepalik yigitman, bundan tashqari meni ukrain halqi emas, o‘zbek halqi ederdi, ichirdi, tarbiya berdi, ukittdi hulas odam qildi... Shu zaminda to‘p surib  dunyoga mashhur bo‘ldim"¦ Endi qazrimni Ona zaminga qaytarish vaqti keldi. Yana bir narsani bilib qo‘ying, "œPahtakor" SSSR chempioni bo‘lmasdan bu erdan hech qaerga ketmayman. Mana sizga oddiy bir O‘zbekistonlikning fidoyiligi va halqimizga bo‘lgan hurmati va munosabati. Bu hozirgi yoshlarimizga ibrat bo‘lishi kerak.

Volodya haqida yana bir narsani gapirib bermoqchiman.Bir kuni "œPahtakor" stadioni yaqinida bir restoranda rafiqam bilan ovqatlanib o‘tirgan edik. Zalga kayfiyati yoq, g‘amgin Volodya Fedorov kirib qoldi. Bir oz ichib olganga ham uhshadi. Uni oldimga chaqirib oldim. Nima bo‘ldi senga, o‘rtoqjon, kechkurun mashg’ulotlar bor-ku? - deb, so‘ragan edim. U bo‘lsa, oqsoqol, bilasizmi, baribir biz aviahalokatda o‘lamiz, shuning uchun bugun bir oz ichdim, - deb javob berdi"¦ Men uni yomon fikrlarga bormasligini aytib qoyidim. Restorandagi bu uchrashuvimiz fojeadan biro y oldin, 11- iyul 1979 yil bo‘lib o‘tgan edi. Keyinchalik bu haqda jiddiy hayol qilganimda bir narsaga tushundimki, insonning ko‘ngliga  buni Allohning o’zi solar ekan"¦


Fyodorovning dafn marosimi

Qayd etilgan