MANSUR TOLIBJONOV: Mansur aka tugrisida gapirganimda, men u kishining oliyjanobligi, bizlarga bo‘lgan gamhurligi, bizlar bilan hamnafas bo‘lib harakat kilishini va odamiylik hislatlarini katta hurmat bilan eslayman. Kasal bo‘lib yotgasnimda, menga o‘sha paytda obro‘li mashinalardan hisoblangan "œJiguli" engil avtomobili ajratilganini habar qilshdi. O‘shanda mening yurishimga holim yo‘q edi, Mansur akamga murojaat qilib o‘sha mashinani "œ06" markasini olib berishlarini iltimos qildim. Mashinani sotib olish pulini otamdan olasiz dedim. Kechqurun kasalxonaga Mansur aka yahshi kayfiyatda kirib keldilar va mana mashinangizni kalitini olib ko‘yingchi, deb kalitni menga o‘zatdilar.
Men ancha suyundim, keyin mashina haydayolmasligimni aytib uni uyga olib borishlarini iltimos qildim, shu orada mashina puli 1000 rublga oshgan ekan (1979yil), lekin pul masalasida gap ochganimda, oldin oyog‘ingni to‘zatib olgin, qolgan gapni keyin gaplashamiz deb, o‘zlari etmayotgan 1000 rublni qo‘shib yuborgan ekanlar. Men buni nimaga gapiryapmanki, avvaloambor u yigitlarni eslash va ularning yahshi hislatlarini gapirib berish edi. O‘sha kuni Moskvaga ketayotganimda Mansur akamga pullarini qaytarib beray deganimda, hali Moskvada qancha bo‘lishing no’malum, mayli yonigda bo‘lib tursin kam-ko‘stiga ishlatarsan, deb pulimni olmadilar.
O‘zbek udumlarimizda har doim qarzni qaytarish kerakligiga katta ahamiyat beriladi, bilasiz, hattoki janoza o‘kilishidan oldin ham marhumning qarzi bormidi, degan gaplar ham ishlatiladi. Mansur akadan 1000 rubl qarz bo‘lib qolgan edim. O‘sha qarzni endi kimga olib borib berganim tug‘ri bo‘ladi, ota-onasigami yoki ayollarigami? Ko‘pchilk tanishlarim, albatda oilasiga olib boring deyishdi. Kennoyimiz Yuldo‘z opaga pulni olib borganimda, ularning ko‘zlariga yosh kelib Mansur akamlardan ko‘pchilik qarz bo‘lgan ekan, ammo faqat siz olib kelib berdingzi, deb aytgan edilar. Kennoyim menga aytdilarki, Mansur aka huddi bir narsani sezganday, ketishlaridan bir kun oldin mana bu erga kimdan kancha karzi borligi va kimlar karz olganlarini yozib ketgan edilar"¦ "œPahtakor"chilar doimo safarga borib-kelishardi, hech vakt mahal karindoshlar bilan bunchalik hayirlashmasdilar. Hamma yaqinlarini borib ko‘rdilar, kechqurun ham juda bezovta bo‘ldilar, menga bolalik va o‘smirlik davridagi ko‘rgan qiyinchiliklari, hayoti haqida, hech qachon gapirmagan voqealar to‘g‘risida gapirdilar. Shunda nimagadir o‘lim tug‘risida ko‘p gapirdilar. O‘shanda bitta gap aytilar, Yuldo‘zxon, o‘lim haq, u menga faqat osmoni falakdan keladi"¦ erda o‘lmasam kerak...