Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi  ( 21260 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:10:40

MIHAIL  AN. Mihail An o‘zbek fubolining iftihori edi. U ham 1976 yili sobiq ittifoq yoshlar terma jamoasida kapitan edi, o‘shanda u Evropa chempioni bo‘ldi. Unga o‘shanda "œHalkaro toifadagi sport masteri" unvoni berilgan. 1979 yilning bahorida Misha sobiq ittifoq milliy terma jamoasi tarkibida AQSHning Los-Anjeles shagrida halqaro turnirda ishtirok etdi. O‘sha turnirda Misha "œeng yahsi yarim himoyachi" deb e’tirof etildi. Amerikaning barcha sport gazetalari Mihail An to‘grisida katta-katta maqolalar chop etishdi."œFutbol" jurnali esa birinchi betda O‘zbekistonda etishib chiqqan Mihail Anning katta fotosuratini chop etgan edi. O‘sha jurnaldan birini Misha menga ham hadya qilgan edi. O‘yinda Misha derijerlik vazifasini juda yahshi bajarar edi. Fedorov-Хадзипанагис-An uchligi ham, ko‘pchilk dongdor jamoalarga havf solardi, ularga men ham tez-tez qushilib hujumkorlikni yuqori darajaga ko‘tarib yuborardik. Bir qiyoslang, bir o‘yinda kim burchakdan (uglovoydan) qatorasiga ikki marta gol kiritgan? Faqatgina Mihail An kiritgan. Qani bugungi futbolchilarimiz bir urinib ko‘rishsinki, shunday gol kiritishni eplay olisharmikan?

Misha ham Minskdagi o‘yinga bormasligi kerak edi. "œZarya" jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda u qattiq jarohat olgan edi"¦, lekin qandaydir kuch uni o‘sha kuni aeroportga etakladi"¦ huddi "œkuyov bolaga" uhshab, zamonaviy, chiroyli shim-kostyum kiyib o‘z oyog‘i bilan o‘sha kuni aeroportga kelib yigitlar bu o‘yinda uynay olmasamda chettda turib sizlarni qullab-quvvatlayman, sizlar bilan Minskka boraman, deganida hammaligi hursand bo‘lishibdi. Aslida esa Misha samoletda uchishdan juda qurqardi, har doim yosh boladay o‘zini noqulay sezardi"¦ Bu gal esa u o‘z oyog‘i bilan kelib  yigitlarimiz bilan birga samoletda uchib ketdi...

Men uchun eng dahshatlisi, yigitlarimizning ota-onasiga fojia haqida habar berish edi"¦ Men "œPolitotdel" kolxozida yashovchi Mihail Anning ota —onasidan habar olgani bordim. O‘sha  motam kunlari kasalim nimagadir yana ko‘zg’agan edi. O‘zim qo‘ltiq-tayoqda kirib borganimda onai zor meni ko‘rib dodlab yig‘lab ko‘rishdi. Bu uyga biz tez-tez kelib turardik... Onajon shunchalik hayajonlanganidan hatto ko‘ynaklarimgacha yirtib yubordilar"¦ invalid bo‘lsa ham mayli edi, faqat tirik bo‘lsa edi, deb ohu-zorlariga ayollar u yoqda tursin, erkaklar ham chidamay ho‘ngrab yiglashdi"¦ Keyinchalik bilsam, onai zor Mishani o‘lganiga ishonmay, to o‘zi hayotdan ko‘z yumgunga qadar eshikka qarab ug‘lini poylab  jon beribdi"¦


Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:10:55

SERGEY POKATILOV: Juda ajoyib inson bo‘lgan, o‘zi asli Ashhaboddan bo‘lgan. U juda mehnatsevar inson edi, uning bo‘sh vaqti umuman bo‘lmasdi, har doim mashq qilib turardi. Yana bir narsani aytmokchiman, buni hamma ham bilmagan. Uning elkasi (klyuchitsasi) doimo chiqib ketaverardi. O‘sha elkasi chikib ketmasligi uchun hirurglar unga spitsa kuyg’iziishgan"¦ U har doim o‘sha spitsa bilan darbozada turardi. Shunchalik futbolga ishqiboz va fidoyi edi. Uning bir odati bor edi, qachon uning jahli chiqsa, o‘shanda darbozada zo‘r turib, eng og‘ir to‘plarni ham olardi. Uning jahlini chiqarish kerak edi"¦ Biz ham turli yo‘llar bilan uni jahlini chiqarishga harakat qilardik. Sereja oilasiga juda mehribon, yangi tug‘ilgan qizalog‘ini juda yahshi ko‘rardi. Yonida doimo uning va rafikasini rasmlarini olib yurardi. Rafiqasi Eren ham ajoib inson. Bir kuni Iren ham bizga Sereja bilan bog‘liq qiziq bir holatni gapirib berdilar: Sereja uchib ketganidan sal vaqt o‘tib, uyda qizalog‘iga ovkat tayorlashga kirishibdi. Shunda kizalogi birdan chinqirib uyg‘onib ketibdi, bolani ko‘tarib qo‘liga oladi, ko’zi behos uyda osilib turgan Serejani rasmiga tushibdi. Shunda uning ko‘zlariga tikilib qoldim"¦ o‘shanda menda, behos: Sereja sen nega menga jonsiz ko‘zlaring bilan qarayapsan, degan hayollar utdi"¦ Bolani bagrimga bosib darhol o‘zimni qo‘lga oldim. Keyinchalik bilsam aynan ana shu daqiqalarda ularning joni o‘zilibdi"¦

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:11:51

OLIM ASHIROV: Olimjon inson sifatida tengi yok, kamtarin, odamshavanda inson edi, gaplashsangiz gaplashgiz kelaveradi. Futbolchi sifatida esa, o‘z ishini ustasi —professional bo‘lgan. Olimjon 11 yoshidan Toshkentdagi Respublika sport-internatida futbol ilmini o‘rgana boshladi. U keyinchalik juda iqtidorli himoyachi bo‘lib etishdi. U O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi bo‘lgan. Keyinchalik V.D. Solovyovning nazariga tushib qoldi"¦ Shu-shu ular ota boladay bo‘lib qolshdi. 1979 yili esa Olimjon sobiq ittifoq Olimpiya terma jamoasiga nomzod etib ko‘rsatildi. Olimjon bilan biz xuddi aka-ukaday edik. Bir kun unga  15 yildan beri katta futboldamiz, futbolni yahshi va yomon taraflari bor, bizlardan faqat yahshi tomonini olinglar, deb maslahat berdim. Men "œPahtakor" an’anasi davomchilarini ko‘rib ichimdan sevinardim, chunki Federov, An, Ashirpovlarga uhshagan futbolchilarni SSSRning mana-men degan futbol jamoalari jon-jon, deb olishardi. Olimjon ichmasdi, chekmasdi, kelishgan, chiroyli kiyinib yurardi. U menga har doim Abdulla Kodriyning Otabegini eslatardi"¦ Oilasiga juda sodiq bo‘lib ikala o‘g‘illini yahshi ko‘rardi. Ular ham otasining izidan borishdi. Bundan 5-6 yil ilgari Olimning katta ug‘li ug‘illik bo‘libdi"¦ Uning ismini Olimjon Ashirov deb qo‘yishibdi. Ajab emas yaqin yillarda Olimjon Ashirovni yana "œPahtakor" jamoasi tarkibida ko‘rsak. Ilohim umri belan bergan bo‘lsin, kam deganda buvasiga o‘shagan inson bo‘lsin"¦


Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:12:07

YURIY ZAGUMENNIH: Asli u katta futbolni Habarovskning "œLuch" jamoasida boshlagan. Keyinchalik Leningradning "œZenit" klubida olti yilga yakin ancha chiroyli o‘yin kursatdi. U mashhur murabbiy Pavel Sadirining yaqin do‘sti bo‘lgan. Bu o‘yinchini qahramon desak adashmayman. Mehmonxonda ko‘pchilk asosan engil kiyimda yoki faqat shortikda yurar edik. Bir kun uning orqasiga ko‘zim tushib qoldi, uning bo‘ynidan tortib beligacha hamma eri kesilib operatsiyaning izlariga ko‘zim tushgandi. Undan uzr so‘rab bu izlarni sababini so‘radim. Uning gapiga qaraganda u bundan bir necha yil oldin paralich kasaliga chalingan ekan. "œZenit"da uynayotganida umurtqa pog‘onasi jiddiy jarohat olgan. Bir necha soat davom etgan jiddiy opertasiyadan so‘ng, Yuriy o‘ziga keladi, oldidagi vrachga birinchi bergan savoli kuyidagicha bo‘libdi: Men futbol o‘ynaymanmi? Doktor esa shunday javob beribdi: Siz yashaysiz"¦

Shundan so‘ng u paralich bo‘lib, etti oy shipga qarab karovatda yotadi"¦ "œZenit" jamoasi uni  allaqachon jamoa tarkibidan chiqarib yuborgan ekan. Ilgari shunaka edi, kasal bo‘lib yoki mayib bo‘lib qolsangiz hech kimga kerak bulmay qolardingiz, bu sovetlar tizimi basharasining bir ko‘rinishi edi halos. Bu tizim mashhur futbolchilarni boshiga kanchadan-kancha malomatlar soldi, ular orasida: Eduard Strelsov, Igor Netto, Valeriy Voronin, Gennadiy Krasnitskiy, Horen Ogonesyan va boshqa ko‘plab futbolchilarni nomlarini keltirishim mukin. Hozirgi zamonda esa kontrakt tizimi bunaqangi "œo‘yinlarga" chek qo‘ydi.

Unga birinchi gruppa invalidi degan tashxis quyiladi va hech narsa qilmaslik, faqat shipga qarab karovatda yotish tavsiya qilinadi. Uning matonatiga qoyil qolmnasdan ilojingiz yoq. Futbolga bo‘lgan mehri shunchalik kuchli bo‘lganki, baribir katta futbolga qaytaman, deb o‘z oldiga mushkul vazifani quyadi. Kasal bo‘lishiga qaramay, u oldiniga oyoqda turishni o‘rganadi, keyinchalik sekin asta yurishga, undan so‘ng yugurishga va undan keyin esa futbol to‘pini tepishga kirishadi"¦ Unga diagnoz qo‘yganlar va zenitchilar uning holatini ko‘rib hech ishonmasdilar. Ammo, "œZenit" uni bari bir jamoaga qaytarib olmaydi. Shunda "œPahtakor"ga yangi katta murabbiy etib tayinlangan, Yurani katta futbolga kelishiga sababchi bo‘lgan Aleksandr Kochetkov uni Toshkentga taklif qiladi. Ohir oqibat o‘z harakatlari va tirishqoqligi tufayli katta futbolga qaytadi va o‘z yuldo‘zini Toshkentning "œPahtakor" jamoasida topadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:13:01

ALEKSANDR KORCHENOV: Men bu yigitni intelligent, aristocratlar toifasiga kiritgan bo‘lar edim. Juda tajrbiyali va ziyoli inson edi. Davradagi suhbatni qiziqtirib o‘z bilimlari bilan hammani lol qoldirar edi. Unga hatto Volodya Fedrov va Misha Anlar ham tan berishardi. Unda liderlik qobliyati juda mujassam edi. Futbol maydonida tezlik borasida ham unga etadigani bo‘lmas edi. O‘z davrida u mashhur futbolchi Viktor Kolotov bilan yaqin do‘st bo‘lib bir jamoada to‘p  surishgan. Uni Toshkenta V.D.Solovyov taklif qilgan. Yana bir gapni aytay, "œPahtakor" safida to‘p  surgan rus va boshqa birodarlarimiz mahalliy urf-odatlarga juda jiddiy e’tibor qaratib katta hurmat bilan o‘z munosabatini bildirishardi. Masalan o‘zbeklarga hoz kattalarga hurmat bilan qarash kabi hislatlar ayniqsa Korchenovda kuchli edi. Yana bir holat esimga tushdi. Minskka ketishdan oldin, Sashaning rafiqasi qattiq shamollab kasal bo‘lib qoladi. U rahbarlardan ruhsat olib kolmokchi edi. Menimcha ruhsatni oldi ham"¦ Ular asosan Anatoliy Mogilniy bilan juftlikda to‘p surishardi. Ketishga bir kun kolganda nimagadir Anatoliy Toshkentda qoladigan bo‘ldi va Aleksandr Korchenov kasal rafikasini uyda koldirishga majbur bo‘lib safarga otlandi"¦

SIROJITDIN BOZOROV: Keyingi avlod, asosiy tarkibda hali biror o‘yin o‘ynamagan, ammo, iqtidorli yoshlarimizdan biri bo‘lgan Sirojitdin Bozorov tug‘risida ham ancha iliq gaplarni aytishim mukin. U juda serg‘ayrat va baquvvat o‘yinchi bo‘lgan. Bu bolaning kelajagi katta bo‘lgan edi, buni hamma bilar edi va sekin asta uni katta futbolga tayorlab borishga kirishilgan edi. U O‘zbekiston yoshlar terma a’zosi edi. Maktab-internatni bitirganidan sung "œPahtakor" jamoasi o‘rinbosarlar tarkibiga qabul qilngan. 11-avgustga kadar Toshkent Davlat fizkultura va sport instituti kirish ilinjisida imtihonlar topshirayotgan edi. U shuning uchun Minskka bormasdan bemalol imtihonlarni topshirsa bo‘lar edi. Ammo, bu uning harakterida emas edi. U futbol desa jonini bershga tayyor edi"¦ Aslida, Toshkentga jiyanini kurgani togasi keladi. Ular trenerning oldiga borib bir kunga javob so‘rashadi"¦ va 11-avgust kuni asosiy tarkib bilan Minskka uchib borishga ruhsat oladi"¦


Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:13:16

PAHTAKORNING SOBIQ TRENERI OLEG BAZILEEVICH HAQIDA FIKRLARIM

Bilasizmi Oleg Bazileevich Buyuk futbol professori Valeriy Lobanovskiyning yaqin do‘usti, fikrdoshi va uning ishonchli odami bo‘lgan. Lobanovskiyning o‘sha paytda o‘uylab topgan taktikasi haligacha Evropa futbolida qullanilib kelinmoqda. Bazileevichga ham undan ancha narsa yuqqan edi. Bu inson ham "œPahtakor" jamoasiga o‘z fikrlari va rejalari bilan kelgan, uncha-muncha narsalarni amalga oshirishga ham erishdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. U juda ziyoli, o‘kimishli inson. Gaplari ma’noli, yahshi inson. Zamonaviy uslublari juda progressiv edi. Ammo, 2-3 qo‘llamokchi bo‘lgan metodikasi menga yoqmagan edi. Men u kishiga bu haqda gapirgan edim ham. Mana bittasi, gap futbolchining buyi buyicha ketgan. U kishi aytidalrki zamonaviy futbolchining bo‘yi kamida 175 sm.dan kam bo‘lishi mumkin emas ekan.

Esingizda bo‘lsa o‘shanda pahtakorchilar Agishev, Sobirovlar va boshqa ko‘pchilik futbolchilar baland bo‘yli edi. Men o‘shanda gap bo‘ydamas deb, misol uchun Pele (170sm.), Maradona u undana ham past bo‘yli bo‘lgan, lekin ular Jahonga mashur futbolchilar bo‘lishdi. Mening bo‘yim ham 169 sm. bo‘lgan. Lekin bu menga 15 yildan beri "œPahtakor"da uynashimga hech halaikt bermayaoti"¦ Bugungi zamonaviy futbol bundan 31 yil avval men aytgan gaplarni tasdiqladi, masalan JARda Jahon chempionligiga erishgan Ispaniya jamoasi futbolchilari ham unchalik baland buylik emas-ku, huddi shunday Chili jamoasi va boshqalar. Mening fikrimcha futbolchining qanchalik bo‘yi past bo‘lsa uning shunchalik koordinatsiyasi baland bo‘ladi, kanchalik novcha bo‘lsa koordinatsiyasi shunchalik past bo‘ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:13:39

UNING "œPAHTAKOR" JAMOASINI TARK ETISH SABABLARI

Oleg Bazileevichninfg ketishiga ko‘p narsa sabab bo‘ldi. Mening fikrimcha, Pahtakorchilarning halokatidan so‘ng uning aybi bo‘lmasada u halkimizga yoqmay qoldi"¦ Dengizchilarda bir an’ana bor, kema halokatga uchraganda kapitan kemani ohirgi bo‘lib tark etadi. Birinchidan u jamoa bilan birga bo‘lmay, Sochiga hotinini oldiga oldinroq uchib ketgan. Nima bo‘lganda ham rasmiy o‘yinni tashkil qilish bu rahbar sifatida uning asosiy vazifasi bo‘lgan. Ko‘pchilkning fikriga ko‘ra birinchi rahbar sifatida u kishi o‘sha samoletda bo‘lishi shart edi. Ikkinchidan pahtakorchilarni ko‘mish marosimida u jamoani qayta tiklab marhum yigitlarni orzularini amalga oshirish to‘g‘risida gapirgan edi, so‘ngra u turli bahonalarni ro‘kach qilib Toshkentni tark etdi. Men bundan keyin u kishining hayoti bilan umuman qiziqmadim. Moskvaning TSSKA jamosaiga trenerlik qilib Toshkentga uchib kelganida stadiondagi muhlislar uni qanday kutib olganliklarini eslab o‘tishga hojat bo‘lmasa kerak"¦ Umuman olganda esa Oleg Bazileevich Toshkentga kelganida komandamiz ancha etuk, saralangan edi. Hakikatdan ham shu komanda bilan chempion bo‘lsa bo‘lar edi. Bilmayman, ko‘z tekkanmi? Lekin ularning kismati shu ekan, biz bandalarning kulimizdan nima ham kelar edi"¦

"œPAHTAKOR"JAMOASI MURABBIYLARI TO’G‘RISIDA FIKRIM

Shunday vaqtlar bo‘lganki, har yili trenerlar o’zgarardi... Mana men o‘zim ko‘rgan trenerlarni aytishim mumkin: Meni katta futbol dargohiga Mihail Yakushin olib keldi, undan keyin komandamizni Boris Arkadev boshqardi, keyin Eliseev keldi, undan so’ng Bashashkin, Keller, Solovyov, Kochetkov kelishdi. Keyin Krasnitskiy, Kachalin keldi, ohirgisi Bazileevich bo‘ldi.  Arkadev "œPahtakor"ni qabul qilganida 70 yoshga to‘lgan inson edi. Ular jahonga tanilgan SSSR futbolini rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan insonlardan. O‘zimning hulosamdan kelib chiqqan holda aytishim mumkin, o‘zbek futbolining rivojlanishiga eng katta hissa qo‘shgan insonlardan Mihail Yakushinni va Vyacheslav Solovyovlar bo‘lgan. Bu ikkala murabiyning buyuk hizmati, ular asosan mahalliy o‘zbek futbolchilarini kidirib, topib katta futbolga jalb qilganlar. Keyin Eliseevni ham katta hizmatlaridan biri u pahtakorchilarni SSSR Kubogi o‘yinlarida finalgacha olib chiqqan murabbiy hisoblanadai. Yana 1962 va 1982 yillarda jamoani kuchli oltilkdan joy egallashiga olib chiqqan murabbiylarni ham ta’kidlab o‘tardim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:14:03

NIMA SABABDAN "œPAHTAKOR" JAMOASINI TARK ETDIM"¦

Vaqt o’tib borardi. Jarohatim ham sekin asta tuzala boshladi. Lekin kayfiyatim kundan-kunga yomonslashib boraverardi"¦ Meni nimagadir yangi tuzilgan jamoa hech ham qiziqtirmasdi. Qandaydir sovuqliq paydo bo‘la boshladi. Jamoani tark etishni rejalashtirdim, umuman katta futboldan ketishga qaror qildim. O‘shanda qattiq psihologik bosim ostida edim, hech narsa yoqmasdi, sen uchun juda muhim va kimmatli narsadan ajrab qolganday edim. Bu haqda darrov Sharaf Rashidovga ham habar qilishibdi. U kishi meni oldilariga chaqirtirib birinchi navbatda sog’ligim, kayfiyatim haqida so’radilar. Keyin komandadagi ahvol, vaziyat, chetdan etib kelgan futbolchilarning saviyasi va o‘yinlari haqida so’radilar. Hullas bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng yana pahtakorchilarga qo‘shildim"¦ Aslida marhum pahtakorchilar ukalarim meni hurmatlab "œoksokol" deb chakirishardi"¦ Qibraydagi bazamizda mashg‘lotlardan keyin hazil-huzil qilib o‘tirardik. Ammol, qachon Qibrayga borsam yigitlarimizning siymosi ko‘z oldimda. Ko‘zimni yumdim deganimcha, ular birma-bir gavdalanib turardilar"¦ Pahtakor stadioni maydoniga kirsam ham shunday vaziyatni sezardim"¦Endi yangi jamoa to‘zildi, ularning ichida men taniydigani faqat "œPahtakor"ni dubleridan qabul qilingan Yanovskiy va yana 1-2 o‘yinchilarimiz bor edi.

Kolganlarini men tanimasdim, eshitgan bo‘lishim mukin, o‘zingiz o‘ylab ko‘ringchi kim ham yahshi o‘yinchisini shundoq boshqa jamoaga berardi ham"¦ Qibrayda meni Yanovskiy bilan bitta honaga joylashtirishdi. Gaplashib turganimizda birdaniga ko‘zim oyog‘im tagida o‘rmalashib yurgan kattagina chayonga tushib qoldi. Yanovskiy ham bu nima deb hayron qolib qarab turgan edi. Keyin men chayonni o‘ldirib, birpas o‘ylanib, bu ham yahshilkni belgisimas deb, bir to‘htamga kelib boshqa "œPahtakor" libosini kiymayslikka qaror qildim. Yanovskiyga murabiylarga mening qarorimni etkazgin deb, kiyinib chiqib ketdim"¦ Bu masalada meni yana rosa suhbatlarga chaqirishdi, lekin men hammalariga rad javobini berdim. Keyin meni yana Sharof akaning yoniga chaqirishdi, u kishi: - Yana nima buldi? Nimaga "œPahtakor"ga qushilmayapsiz, - deganlarida, men yigitlarim ko‘zim oldimdan ketmayotganliklari, qolaversa kecha honamdan chayon chiqqanini aytib boshqa futbol uynamasligimni u kishiga aytdim, va meni boshqa "œPahtakor" safiga chaqirmasliklarini iltimos qildim. Sharof aka meni tug‘ri tushundilar va menga javob berdilar. Ammo u kishining menga nisbatan mehri va otalarcha g‘amhurligi shu bilan tugamagan edi. Hayirlasha turib menga futboldan o‘zoklashmasligim, o‘z ustimdan ishlashim va keyinchalik ehtimol "œPahtakor"ga trener sifatida qaytib kelishimga ishonch bildirdilar. Bu suhbatdan so‘ng meni hamma tinch quyib boshqa bu komandaga chaqirishmadi, men ham shu vaqt ishida ichki psihologik hissiyotlarimni to‘g‘irlab olib ishimni davom ettirish uchun Moskvadagi Oily trenerlar bilimgohiga yo‘l oldim...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:14:29

BIZ "œPAHTAKOR" JAMOASINING FIDOYILARI BO‘LGANMIZ

"œPahtakor" jamoasida to‘p surgan ko‘pchilik futbolchilar markazdagi katta mutahassislar nazariga tushib kolishgan edi. Afsus, uzun pul va tog‘-tog‘ va’dalarga ishonib komandamizni tark etganlar ham uchrab turardi. Lekin, aynan "œPahtakor-79" jamoasida to‘p surgan yulduzlarimiz o‘z jamoalari fidoyisi bo‘lib hech qanday boshqa jamoalarga o‘tmadik. Bizlarni bir maqsad bog‘lab turardi u ham bo‘lsa jonajon komandamizni yuqori o‘rinlarga olib chikish edi"¦ Biz hammamiz shunday toifali bo‘lganmiz, uylaymanki aynan manashu hislatlar bizlarni bir-birimizga mahkam bog‘lab turgan. Meni ham "œTorpedo" Moskva, "œChernomorets" Odessa jamoalari mashina beramiz, uy beramiz deb ko‘p marta chakirishgan, lekin bizlardagi vatanga bo‘lgan fidoyiligimiz hamma narsadan ustun bo‘lganligi sababli boshqa jamoalarga o‘tmadik. Bu‘larni nimaga esladim? Hozirgi yoshlarga qarab hayron qolyapman, bizlar o‘sha paytda qaram davlat bo‘lganmiz. Shunday bo‘lsada ko‘pchilk o‘z yurtiga fidoyi bo‘lib qolaverdi. Hozir mustaqil davlatmiz, hamma eshiklar ochiq, dunyoga o‘zingni namoyon qilishing uchun hamma imkoniyatlar muhayyo. Futbolchi hohlasa "œMilan"da, hohlasa "œChelsi"da, hohlasa "œBarselona"da uynashi imkoniyati yratildi, faqat uning uchun ko‘p ishlab, ter to‘kib, o‘zini namoyon qilsih kerak. Afsus, aynan bu narsa bugungi kunda ko‘pchilk yoshlarimizda etishmayapti"¦ Fidoyilik masalasida o‘yinchilarimizda kamchilklar mavjud deb uylayman.O‘zbekiston da shuncha sharoitlar yaratildi, jahon andozlaroiga javob beruvchi futbol maydonlari va boshqa sharoitlar yaratildi futbolchilardan faqat yahshi o‘yin talab qilinadi. Lekin, bugungi futbolchilar yaratilgan sharoitlarga javob beradigan o‘yin ko‘rsatishyaptimi? Bu savolga javob toppish juda qiyin. Bizlar bunday sharoitlarni etti uhlab tushimizda ko‘rmaganmiz, bunday futbol maydonlari bo‘lmagan, lekin jahonga mashhur futbolchilar etishib chiqdi. Qani ko‘rsatingchi stadionni markazidan gol kirita olgan, darvoz to‘rlarini yirtib yuborgan, burchakdan (uglovoydan) bir necha marta gollar kiritgan, o‘zining dribliblari bilan ko‘pchilkni lol qoldirgan bugungi Krasnitskiy, Abduraimov, Fedorov, Anlarni?

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 10:15:39

ULARNING NOMLARI BARHAYOT BULISHI KERAK

Mana shu mudhish vokeaga ham 30 yildan oshibdi, men bir narsadan qo‘rqaman, borib borib shu yigitlarimizning nomlari esedan chiqib ketmasmikan?  To‘g‘ri, ularga bag‘ishlangan memorial bor, Kurilovka qishlogida stella bunyod etildi, ular haqida filmlar yaratildi, maqolalar chiqib turibdi, lekin mening fikrimcha bugungi jurnalistlarimiz manashunday yigitlarimizning o‘z vataniga sodiq bo‘lib hizmat qilganliklarini, o‘zaro milliy totuvlik, do‘stlik masalalarida ular ko‘rsatgan namunali futbol o‘yinlari va ularning insoniy fazilatlari haqida ko‘prok materiallar tayorlashsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ular o‘zbek futbolining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan yigitlardir. Ming afsus, hozirgi yohslarimiz ular haqida bugungi kunda kam ma’lumotlarga ega. Uylaymanki jurnalistlar bu haqda yozib turib halqni esiga solib turishi kerak.


GRETSIYADAN MAKTUB

Mening 60 yillik yubeley kunimda Grtesiyaning Saloniki shahridan mashhur futbolchimiz, birodarimiz va do‘stimiz Vasilis Hajipanakisdan menga chiroyli bezalgan katta konvertda tabriknoma keldi. Vasilis o‘zining dil so‘zlari bilan birga, yana bir ma’noli gapni qo‘shib qo‘ydi: Moy dorogoy Tulya, nas ostalos malo, beregi sebya"¦ Hakikatdan, bizning dustlarimizdan ko‘pchiligi aynan o‘sha 11 avgust kuni bu dunyoni tark etishdi"¦ Biz tez-tez telefonlashib turamiz. Yakinda telefon qilganida uchalamizni ya’ni: Fedorov-Hajipanakis-Isakovlardan iborat uchlikni hujumga utganda mashhur jamoalarning titrashlarini, hayajonlanishlarini esladik. Bundan tashkari orkadan ogir kavaleriya, Mihail An liderligida ikkinchi esholon qo‘llab quvvatlagnida hech qanday jamoa dosh bera olmasdi"¦

Bizning spravka: O‘zbekiston futbolining fahri, 60-70 yillarda ko‘zga ko‘ringan iqtidorli hujumchi To‘lagan Isoqov o‘zbek futbolining rivojlanishiga salomoqli hissa qo‘shdi. Uning ismi "Paxtakor-79" jamoasi bilan uzviy bog‘liq. 1966 yildan beri "œPahtakor" jamoasida to‘p surib  kelgan. U 1949 yili Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida tavallud topgan. Isoqov futbolga ilk qadamlarini poytaxtdagi eski shahar mavzesida joylashgan "œSpartak" stadionida qo‘ydi. Unga to‘p tepishni murabbiy Ma’ruf Akbarov o‘rgatgandi. 15 mavsum mamlakatning bosh jamoasi libosida maydonga tushgan hujumchining faoliyatiga yosh futbolchilar havas qilishsa arziydi. Oldingi chiziqda Krasnitskiy, Abduraimov, Fyodorov va An bilan osongina til topishgan hujumchi, jamoasi uchun o‘ta muhim gollarni kiritish unchalik qiyinchilik tug‘dirmasdi.  U "œPahtakor" jamoasi tarkibida 52ta gol kiritdi. Hammamiz uchun mudxish kelgan 1979 yilgi mavsumdan keyin futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘ygan Isoqov uch il Moskvadagi murabbiylarni o‘qitish oliy maktabida tahsil oldi. Yurtimizga qaytib kelgan sobiq hujumchi da murabbiylik ishini boshladi. Bu orada ma’lum muddat Toshkent viloyati Sportqo‘mitasiga qarashli sport maktabiga rahbarlik qildi. 1989 yil uni V.Nosovning o‘rniga "Paxtakor"ga taklif etishdi. Keyin T. Isoqov O’FFda tizimida faoliyat yurgizdi. To‘lagan Isoqov shuningdek turli yillarda "Shahrixon","Surxon", "Zarafshon" va "Lokomotiv" klublarida bosh murabbiy vazifasida faoliyat yurgizdi.

Mavlon SHUKURZODA,
Vashington-Toshkent, 2010 yil

Qayd etilgan