Forumdoshlar uchrashuvi-Toshkentda!  ( 37083 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 B


UzMuslim  22 Avgust 2010, 22:28:38

Albatta Uchrashuv Juda Ham Zo'r O'tgani Ko'rinib Turibdi..Mana Shundey davralarda Bizga Ham Yig'ilib O'tirishlik  Nasib Etsin.Rasmlarga Gap yo'q...Ko'z Tegmasin..

Qayd etilgan


Zamiraxon  22 Avgust 2010, 22:34:58

Iqtibos
Hushnud aka ancha ozibsiz oldingi suratlarga qaraganda.

Ha, bu bor gap. Uzoq vaqt mobaynida ko'rmagan tanishlarimni hammasi shu gapni aytishayabdi... Ancha ozib qobmiz demak... Imtihonlar biroz qiynab qo'ydi shekilli...

balki fotoaparatlar ozg'in olayotgandir oldingiga qaraganda :7

"Zakovat"dagi jamoamiz sardori Bobur Yoqubovdan maslahat so'radim. Mana siz shifokorsiz, qanaqa semirsam bo'ladi desam "Uylaning" deydi. Yana 3-4 kishi shu maslahatni berdi. Sizlarga bitta savol:

Semirishni hayot uchun xavfsiz bo'lgan usuli yo'qmi bundan boshqa? :7
Semirish yo'llari

Qayd etilgan


Habib  23 Avgust 2010, 10:29:12

u toshkentlikdur lekin man emas okam! :1
Men sizni Toshkentlik deb o'ylabman. Shuning uchun yigitlardan "Titan-Uz qayerda turadi.."deb so'ragan edim. ;) 

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  23 Avgust 2010, 10:37:52

Ko’plab talab va istaklarni inobatga olib, Forumdoshlarning Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuvi haqida bir qancha statistic ma’lumotlarni berishga qaror qildim. O’ylaymanki, bu sizni bee’tibor qoldirmaydi.

ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum — Uchrashuv Statistika markazi

Hamma ishtirokchilar: 12
Bir vaqtning o'zida online bo'lganlar soni: 12
11 ta foydalanuvchi (2 ta yashirin), 1 ta mehmon

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  23 Avgust 2010, 10:39:32

"Mansabdor"lar
Uchrashuvda 1 Administrator, 3 Moderator, 2 Mega Member, 3 Sr. Member, 4 Hero Member, 2 Newbie va 1 Mehmon ishtirok etdi. (Bu yerda sanasangiz 16 kishi bo'lib ketyapti, lekin uchrashuvda 12 kishi qatnashgan. 4 kishi qayerdan qo'shildi, qani topingchi? :7)


Mega Memberlar
AbdulAziz
Y_U_R_I_S_T

Hero Memberlar
TITAN-UZ
Foniy
Habib
Ziyovuddin

Sr. Memberlar
braupov
Muhammad Sohib
HMF

Newbielar
T.Yusupov
Muallim

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  23 Avgust 2010, 10:41:02

Eng ko'p post qilganlar (gapirgan gaplari bo'yicha): :7

Y_U_R_I_S_T  — tinmasdan javradi, u mavzugayam bu mavzugayam qo’shilib ketaverdi.
AbdulAziz   — Anchayin salmoqli va ma’noli postlar qoldirdi, ko’p marta "œrahmat" oldi
Habib   — Akamiz ham ancha ochiqko’ngil va kirishimli ekanlar, ko’p suhbat qurdik
Muhammad Sohib   — Nemongancha shevada bir chiroyli qilib post qoldirdilarki, asti-qo’yaverasiz
TITAN-UZ   — Beeekorchi gaplarni gapirgan bo’lsa ham, ko’p gapirdi.
HMF   — Bu akamiz ham ancha xushchaqchaq va sermulohazali ekanlar. Ancha ochilib suhbat qurdilar.
T.Yusupov   — Asosan texnologiyalar va dasturlash haqida post qoldirdilar.
Foniy   — Forumdagi kabi bir-bir post qoldirdilar, ammo kerakli o’rinda, kerakli mavzuda va foydali.
Muallim   — Akamiz ham uncha ko’p gapirganlari yo’q, kam ham gapirmadilar. Lekin aqlli va mulohazli insonligi postlaridan bilinib turdi.
braupov   — Yana bitta Ziyovuddinni topvoldik"¦ Lekin men bilan alohida PM da ko’p gaplashdilar :7
Ziyovuddin   — Har doimgidek, o’sha-o’sha Ziyovuddin"¦ No comment"¦

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  23 Avgust 2010, 10:43:40

Uchrashuvda eng ko'p muddat bo'lganlik: :7

1.   Muhammad Sohib   —   15 soat 15 minut (Ular Toshkentga kelishi bilan forumdoshlar bilan birga bo’ldilar va o’sha kuni Foniy akamiznikida AbdulAziz aka bilan mehmon bo’lib, ertasi kuni ertalab yo’lga chiqdilar)
2.   AbdulAziz   —   12 soat 12 minut (ular tushlik vaqtida birrov Muhammad Sohib bilan ko’rishib, keyin uchrashuvdan to ertasi kun tongacha forumdoshlar bilan yonma-yon bo’ldilar)
3.   Foniy   —   12 soat 01 minut (uchrashuvga kelgancha toki mehmonlarni uyidan kuzatgungacha bo’lgan vaqt)
4.   Y_U_R_I_S_T   —   7 soat 7 minut (soat 16.30 larda Muhammad Sohib bilan uchrashgin holda kechqurungacha forumdoshlar bilan birga bo’ldi)
5.   Habib   —   4 soat 24 minut (19.15dan to barcha tarqalgungacha bol’gan vaqt)
6.   braupov   —   4 soat 24 minut (19.15dan to barcha tarqalgungacha bol’gan vaqt)
7.   Ziyovuddin   —   4 soat 24 minut (19.15dan to barcha tarqalgungacha bol’gan vaqt)
8.   Muallim   —   1 soat 45 minut (uchrashuv boshlangandan keyin vaqtliroq ketdilar)
9.   T.Yusupov   —   0 soat 25 minut (Arbuzchilar uchrashuvidan chiqib, bizning forumga ham vaqt topdilar)
10.   HMF   —   0 soat 25 minut  (Arbuzchilar uchrashuvidan chiqib, bizning forumga ham vaqt topdilar)
11.   TITAN-UZ   —   0 soat 18 minut (HMF, T.Yusupovlar bilan birga keldi, lekin ulardan vaqtliroq "œxo’jayini" chaqirib qolgani uchun xayrlashmasdan ham ketvordi)
12.   Chustiy   —   0 soat 7 minut 27 soniya (AbdulAziz akani telefonlari orqali to’g’ridan-to’g’ri Sochidan turib biz bilan bog’landilar)
13.   Shoxjahon12   —   0 soat 3 minut nechiduram soniya (Ziyovuddinning telefonlari orqali bog’landilar hamda yo’lda ekanliklarini ta’kidladilar)

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  23 Avgust 2010, 10:46:29

Uchrashuvda eng ko'p ko'rilgan profillar: :7

1.   ChehMik (to’y masalasida)
2.   Chustiy (maxsus maxfiy agentlari masalasida)
3.   registan (O’zbekistondaligi haqida)
4.   Shoxjahon12 (kelarmikin, kelmasmikin degan savol bo’yicha)
5.   Abu Muso (sog’liklari borasida)
6.   TITAN-UZ (uchrashuvga kelmasidan oldin eslandi. Kelgandan keyin esa bekor eslabmiz deb afsuslanildi :7)
7.   Kapalak (Abdulaziz Ensar haqida)
8.   Abu Muslim (uchrashuvga kelish-kelmasligi borasida)
9.   Muhyiddin (uchrashuvga kelish-kelmasligi borasida)
10.   UzMuslim (har bir so’zini katta harf bilan yozishi masalasida)

Shuningdek, yana uchrashuvda ORIF, Javik, Nodirbek, Muhammad Amin va yana bir qancha userlarimiz yaxshi so'zlar ila yodga olindi...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  23 Avgust 2010, 10:48:27

Uchrashuvda eng ko'p ko'rilgan bo'limlar: (muhokama qilingan mavzular bo’yicha)

1.   Uylanish (TITAN-UZ kelganidan keyin)
2.   Kim qaysi kasb egasi?
3.   Forumdoshlar hayoti
4.   Qorilar
5.   Forumdagi ishkallar
6.   Musulmonlar ruhining uchrashishi
7.   Ban berilgan userlar
8.   Ovqatlarning mazasi
9.   Sport
10.   Uylanish (TITAN-UZ kelishidan oldin) :7

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  23 Avgust 2010, 10:56:29

Eng ko’p rahmat olganlar:

1.   Ofitsiant (ovqat obkeladiyu, rahmat olmaydimu)
2.   Tarovehda namozni qiroat bilan o’qigan qori bola
3.   AbdulAziz (Ziyouz.com audiokutubxonasini diskka yozib kelganlari uchun)
4.   Habib (mashinalaridan beminnat foydalanganimiz uchun)
5.   Foniy (Taxini oldida o’tirib, "œoltin qoidaga" amal qilganlari uchun)
6.   Chustiy (Sochida bo’lsalar ham bizni yod olganlari uchun)
7.   Kompotni tayyorlagan inson (Ayniqsa Muhammad Sohib ko’p rahmat aytdilar)
8.   Vodiydan kelgan mehmonlarimiz (shuncha yo’ldan vaqtlarini ayamasdan kelganlari uchun)
9.   HMF, T.Yusupov, TITAN-UZ (ikkita forum uchrashuviga ham vaqt topganlari uchun)
10.   Uchrashuv tashkilotchilari

Qayd etilgan