Assalomu alaykum!
Uchrashuv juda fayzli o'tdi.
Barcha tashrif buyurganlar uchun tashakkur!
Avvaliga men shaharda ishlarimni bitirib yursam, qo'ng'iroq bo'lib qoldi. Muhammad Sohib. Shaharning o'rtasida o'zlari yolg'iz qolibdilar. Men ham skver yaqinida edim. Muhammadsohibni aldab Temuriylar muzeyiga kiritib yubordim-da, o'zim yana ishlar bilan ketib qoldim. Ular esa Yuristxo'ja bilan aylanishibdi.
Shu kuni juda issiq bo'ldi. Yoki menga shunday tuyuldi. Ayni kun qizigan paytda Farg'onadan yo'lga chiqib, yana shaharning ichida ham 4-5 soatlab, uyoqqa bor-bu yoqqa borlar bilan biroz chanqov bilintirdi. Kafega borarkanmiz, hatto bollar bilan hol-ahvol so'ramasdanoq, og'izni ochib chanqovni qoldirishga kirishib ketdim. Qarasam, Muhammad Sohibning holi menikidan ham xarob ekan
Stolimizga "Ziyochilar" degan tabloni yozgancha masjidga intildik. Shomni o'qib kelganimizda bizni 4 ta yangi mehmon kutib oldi: Habib, Baxtiyor aka, Muallim va Bahrom Raupov. Habibni men tezda tanidim. Bahromni Muhammad Sohib tanidi. Vaholanki biz oldin uchrashmagan edik.
Iftorlik dasturxoni shu tarzda boshlandi. Dildan suhbatlashdik.
Braupov ham Ziyovuddin kabi kamgap ekanlar. Yo birinchi marta uchrashganlarigami, keyingi safar bemalol yoyilib o'tiravering.
Muallim ham kerakli gapni gapiradiganlardan ekan.
Habib juda ochiqko'ngil inson ekan. Mehmon Baxtiyor akamiz bizning forumiy suhbatlarimizdan biroz zerikdilar shekilli, muallimni qo'ltiqlab ketib qoldilar. Sergelida tarovih o'qishlarini aytmaganlarida albatta olib qolardik.
Shunday soatlarning birida arbuzchi-ziyochi forumdoshlar -
HMF, T.Yusupov va
TITAN-UZ tashrif buyurishdi. Titanjkon bilan endi maza qilib suhbat quryotgandik, (ha, aytgancha suhbat mavzui uylanish haqida bo'ldi) birdan "qayerda internet bor?" deya ketib qoldilar...
Soat 21.00 larda tarqalishdik. 7 nafar forumdosh birgalikda Katta Qa'n masjidida tarovih o'qidik. Alloh rozi bo'lsin, qori bola judayam chiroyli qilib, tajvid bilan, ko'ngilga yoqar qiroat bilan namozni o'qib berdilar. Juda maza qildik.
Shu kecha Muhammad Sohib bilan Foniy akaning mehmoni bo'ldik. Ikkalovi qani uxlasa-da, saxarlikkacha forum, islom.uz forumi, uylanish, hozirgi yoshlar haqida gurunglashishmoqchi edi hamki, men uxlab qoldim. Saxarlik ham, undan so'ng ham suhbatlar shu tarzda davom etdi.
Ertalab, Foniy aka bilan "ko'rishguncha"lashib, qaydasan Qo'yliq deya ketishga otlandik. Soat 9.30 larda yo'lga chiqdik. Issiiiq, judayam issiiiiq. Ayniqsa, mashinaning ichi... Yetib keldik, alhamdulillah.