Forumdoshlar uchrashuvi-Toshkentda!  ( 57423 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 12 B


Habib  10 Avgust 2010, 12:12:49

Assalomu Alaykum aziz forumdoshlar!

Mana orziqib kutilgan muborak Ramazon oyi kirib keldi. Bu kunlarga yetganlar bo'ldi, yetmaganlar bo'ldi.
Shunday ekan, keling, bir uchrashib, iftorlik qilaylik! Diydor shirin azizlar! "Do'st qidir,do'st top jahonda" deb bejiz aytmagan ustoz shoirimiz.
Post mavzusidan ko'rnib turibdiki, iftorlik-uchrashuvi Toshkenti azimda bo'ladi. Tabiiyki, toshkentlik, toshkentda yashayotgan userlarimiz tashriflari bilan hushnud aylashadi. Vodiylik,vohalik va boshqa viloyatlardagi aziz do'stlarimiz kelishsa kayfiyatimizga ko'tarinkilik baxshida etishadi deb o'ylayman.


Yaqin kunlar ichida, Alloh nasib qilsa, iftorlik vaqti, makonini e'tiboringizga havola etamiz!

Takliflar bo'lsa judayam yahshi ish bo'lar edi. ;)

Ramazon oyi muborak bo'lsin!
 


Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2010, 16:32:17

Va alaykum assalom!
Toshkenda bo'lsa, mazza ekan-da-a? Hamma bitta shahar-da. Kechqurun bemalol uyingizga yetib olasiz (Nima dediyla, uylanganlar : ) )

Muborak kunlarda iftorlik rejasidan xursand bo'ldim. Endi bu muddaoni amalga oshirilsa, undan-da go'zal bo'lg'ay.

Avvalo ishtirokchilar kimlar bo'lishi mumkinligini aniqlab olaylik. Yana kimdir qo'shilsa, nur ustina a'lo nur:

Kimlar ishtirok etishi mumkin:

1. Habib
2. Ziyovuddin
3. Shohjahon
4. Titan
5. braupov
6. Mr.Zi
7. Abdulmuhaymin
8. Muallim
9. Mo'min Mirzo
10. Bayern M
11. Muhammad Amin
12. Foniy
13. Ikbaljohn
14. YURIST
15. Muhyiddin
16. HMF
17. Akbarjon
18. AbdurRohman
19. Nurillobek
20. Naimjon
21. Usmon
22. Murod_bek
23. mr_soib
24. Ulugbek-Uz
25. MarufXON
26. Huseyn

Qayd etilgan


Habib  10 Avgust 2010, 16:49:20

Va alaykum assalom!
Toshkenda bo'lsa, mazza ekan-da-a? Hamma bitta shahar-da. Kechqurun bemalol uyingizga yetib olasiz (Nima dediyla, uylanganlar : ) )
Sizni ham bu ro'yhatda va o'sha kungi uchrashuvda ko'rsak, boshimiz ko'kka yetar edi. Keyin Vodiydagi uchrashuv ishtirokchilarini ham ko'rsak nur ustiga nur bo'lur edi. Vohadan, boshqa viloyatdan keladigan azizlarni ham chin dildan taklif etamiz Insholloh!

Qayd etilgan


Shoxjahon12  10 Avgust 2010, 18:10:20

Iloji bo'lsa kechki paytga, ishdan chiqqan vaqtimizga mo'ljallansa nur ustiga a'lo nur bo'lardi.

Qayd etilgan


Habib  10 Avgust 2010, 18:14:01

Iloji bo'lsa kechki paytga, ishdan chiqqan vaqtimizga mo'ljallansa nur ustiga a'lo nur bo'lardi.
Nechchida tahminan? Iftor vaqtida ishingiz yakuniga yetadimi?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  10 Avgust 2010, 19:16:34

Iloji bo'lsa kechki paytga, ishdan chiqqan vaqtimizga mo'ljallansa nur ustiga a'lo nur bo'lardi.
Nechchida tahminan? Iftor vaqtida ishingiz yakuniga yetadimi?

Albatta, iftor vaqtlarida tugab qoladi)

Qayd etilgan


Habib  11 Avgust 2010, 11:39:58

Aziz forumdoshlar! Fikrlaringizni kutyapmiz. Faolroq bo'linglar!

Qayd etilgan


asr  11 Avgust 2010, 12:16:45

Assalomu alaykum juda yaxshi ish qilibsizlar. Vodiydan biz boramiz. Kuni qachon.

Qayd etilgan


Habib  11 Avgust 2010, 12:39:31

Assalomu alaykum juda yaxshi ish qilibsizlar. Vodiydan biz boramiz. Kuni qachon.
Va Alaykum Assalom!
Insholloh, yaqin kunlar ichida kunini ma'lum qilamiz forumdoshlar bilan birga maslahatlashib.
Rahmat sizga kattakon! Kutamiz Xudo xoxlasa!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Avgust 2010, 12:48:44

Assalomu alaykum...

Juda ajoyib fikr... Biz har doimgidek bu fikrga qo'shilamiz... Vaqti va joyini e'lon qilsangizlar bo'ldi... Tashkiliy masalalarga yordam kerak emasmi?

Qayd etilgan