Assalomu alaykum.
Avvalo Muborak Ramazon oyi qutlug' bo'lsin, aziz dindoshim...
Xabaringiz bormi-yo'qmi bilmadimu sizdan beruxsat bir ish boshlab qo'ydik...
Ba'zi forumdosh akalarimizning tashabbuslari bilan, Ramazon oyida forumdoshlar birga yig'ilib iftorlik qilish g'oyasi ko'tarildi va bu ko'pchilik tomonidan ma'qullandi.
Ham diydor ko'rishib, ham iftorlik qilib, forumdoshlarning shirin suhbatini olish ilinjida bo'lganlar ushbu taklifga labbay deya javob berishsa bag'oyatda xursand bo'lar edik.
Ushrashuv vaqti: 19 avgust, Payshanba, soat 19.15
Uchrashuv joyi: "Nihol" kafesi.
Manzil: Chilonzor tumani Lutfiy ko'chasi. "Oqtepa" krugidan "Farxod" bozori tomonga 200 metrcha yurilganda.
Avtobuslar: 13, 77 - kafe oldigacha; 34, 111 - "Oqtepa" krugigacha.
Tramvay: 9 - (Qo'yliq bozori-Vatan kinoteatri yo'nalishida)
Marshrutkalar: 130 - "Paxtakor" metrosidan, 134 - Yunusoboddan.
Kelish va qatnashish istagini bildiruvchilar menga yoki
Habib akamizga "Ma'qul" ishorasini berishsa, biz shunga qarab joy masalasining tadorigini ko'rar edik.
Kutilmagan mehmon:Xozircha hech kim... (Ya'nikim ChehMik)
Kutilgan mehmon:Azim Marg'ilondan forum prezidenti AbdulAziz akamiz...
Uylanganlar uchun maxsus taklif:Endi mabodo kotta xo'jayin ruxsat bersalar, bir biz bilan ham iftor qilsalar. Ruxsat yo'q bo'lsa, bemalol, xafa bo'lmaymiz. :-) (AbdulAziz aka versiyasida)
Oldindan barchangizga katta rahmat!