Forumdoshlar uchrashuvi-Toshkentda!  ( 57397 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B


Y_U_R_I_S_T  20 Avgust 2010, 17:49:25

Hoy, baraka topgur, Ziyovuddinbek, faqat rahmat aytavermasdan, mundoq u-bu narsa yozing... So'z berildiku sizga hammani oldida... Nima yoki forumdoshlar uchrashuvi yoqmadimi?  :10

Qayd etilgan


Ziyovuddin  20 Avgust 2010, 17:56:55

Ziyovuddin boshlang endi... Qani nimalar bo'ldi kecha? Bir boshidan boshlayvering... So'z sizga...
Kecha uchrashuv ajoyib o'tdi. Yangilar bilan tanishdik. Habib aka, Muallim, Braupov va Habib akani do'stlari. Eskilardan esa Foniy, AbdulAziz, Muhammad Sohib, TITAN_UZ, HMF akalar va tashkilotchi Y_U_R_I_S_T. Birgalashib iftorlik qildik. Biqindan keyin birgalashib taroveh namozini o'qish ham nasib qildi. Tasurotlar zo'r.
Hoy, baraka topgur, Ziyovuddinbek, faqat rahmat aytavermasdan, mundoq u-bu narsa yozing... So'z berildiku sizga hammani oldida... Nima yoki forumdoshlar uchrashuvi yoqmadimi?  :10
Qogani sizga  ;)

PS: Ayniqsa birgalashib namoz o'qishlik nasib qilganidan hursandman...

Qayd etilgan


Nоdirbek  20 Avgust 2010, 20:41:30

Uzr aka, rasmlar olingan fotoaparat qutida edi. Quti sumkada edi. Sumka AbdulAziz akani qo'lida edi. AbdulAziz aka taxida edi. Taxi yo'lda edi. Yo'l Margi'longacha edi...
Kutamiz endi...
Unaqamasde, hamma narsani adminga yuklab qo'yaverarkansizlarde a?
Aldashniyam bilish kerakda, Adminjon yoki admin akajon, siz Toshkondan Marg'ilonga yetib borguningizcha nechi asrlar o'tib ketadi. Bizga berib qo'yavering, o'zimiz chiroyli qilib joylab qo'yamiz deb aldash kerak edi. Ha mayli kutamiz...

Qayd etilgan


T.Yusupov  20 Avgust 2010, 22:41:29

Meni forumdagilar esdan chiqarib ham yuborishgan ekanda. :) Sizlarning yoshlaringizda biz ham shunaqa forumda yashagan edik. Hozir esa realda yashayapmiz. Uchrashuv tashkilotchilariga rahmat. Eski do'stlarimni ko'rishga muvaffaq bo'lganimdan rosa xursand bo'ldim. Yangi do'stlar bilan diydor ko'rishib, tanishib qo'yganimiz ham yaxshi bo'ldi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  21 Avgust 2010, 10:55:14

Meni forumdagilar esdan chiqarib ham yuborishgan ekanda. :)

Yo'g'ey, aka, nega esdan chiqaramiz... Eng birinchi bo'lib o'zim esladimku sizni... Men ham siz bilan ko'rishganimdan xursandman. Noutbukingiz yoqdi lekin... :7

Qayd etilgan


Abdullоh  21 Avgust 2010, 12:20:02

Mashnaqada, bizni Toshkentga borishimizni kutib ham o'tirmay maishatni boshlab yuboribsizlar. Lekin hafa bo'ldim. Hay mayli, hechqisi yo'q. InshaAlloh sentabr oyida yana uchrashish nasib qilar.  :2

Qayd etilgan


Ziyovuddin  21 Avgust 2010, 12:30:52

Siz keling yana uchrashuv bo'laveradi (inshalloh). Uchrashuvda ko'pchilikni o'rni bilindi lekin...

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  21 Avgust 2010, 12:42:21

Bismillohir rohmanir rohiym!

Mana shu fayzli iftorlikda Samarqanddan vakil bo'lmagani chatoq bo'ldida, Aka Habib ro'yxatida Samarqand yo'qligini aytamanda. Boraolmagan bo'lsak ham, kutib o'tiribmiza, qachon birodarlarimiz iftorlikdan eson omon qaytib kelishar ekan-u, biz bilan fayzli onlar tafsilotlarini o'rtoqlasharkin deb. Ha, mayli, sabrning tagi oltin deyishadiku, kutib turaylikchi.

Keyingi uchrashuvlar InshoOlloh ko'p qatori bizlarga ham nasib qilsin,Ilohim!
Kuningiz xayrli o'tsin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Avgust 2010, 12:51:44

Samarqandiy, siz inshaalloh qachon qaytasiz Vatanga?
Agar Ramazon oyida qaytsangiz, vaqtini aytsangiz, keyingi uchrashuvni shunga mo'l yuborardik.

Abdulloxon, siz hali ko'p uchrashuvlarda qatnashasiz, zalatoy : )

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  21 Avgust 2010, 13:16:09

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum alaykum! AbdulAziz aka!

InshoOlloh sentyabr oyida vatanda bo'laman. Shu oy oxirida yaxshi niyat bilan yo'lga chiqaman. Tabarruk zaminga oyoq qo'yishim bilan, o'zim sizlarga xabar beraman. Meni kelishimni uydagilar ham kutib o'tirishibdi, borgandan uyda iftorlikda, hammani iftorlikka taklif etaman. Kelinglar, Samarqandni ham ziyorat qilib ketasizlar! Duolaringizni darig'  tutmang birodarlar! Xudo hohlasa ko'rishguncha, azizlar!

Ro'zalaringiz Olloh huzurida maqbul bo'lsin,Ilohim!

Qayd etilgan