Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi  ( 76394 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:30:39

Saudiyada mendan so‘radilar... Jiddada bir nahoriy nonushta tashkil etib, bizni to‘plashdi. Turkiyadan borgan boshqa professorlar ham taklif etilgan... Dedilarki, «Turkiyada 99 foiz musulmon bor, ammo nechun ulkan Islomiy bir taraqqiyot yo‘q...» Aytdimki, «Yuksalish, taraqqiyot, yordam faqatgina Allohdandir. Allohga tayanmagan bir ishning foydasi bo‘lmas, shu ma’lum bo‘lsin!..» Alloh xohlamasa, bo‘lmas. Allohdan so‘ramog‘imiz lozim, duo qilmog‘imiz lozim... Duo qildik, qara, qandoq yomg‘ir yog‘di!.. Demakki, bunday diyorlarda, bunday mamlakatlarda hali duogo‘y insonlar bor ekan-ku!
Nega yomg‘ir uchun duo qilindi-yu, Islomiy yuksalish, rivoj uchun duo qilinmaydi?.. Nega Fotih jome’sida hozirga qadar hech: shu musulmonlik rivoj topsin, deb duo qilinmagan?.. Qanday materialist (moddiyunchi) insonlarmiz biz?.. Qanday moddaparast insonlarmiz!.. Yomg‘ir yog‘may qolsa, o‘n besh ming kishi Fotih jome’sida to‘planadi, yig‘lashadi: «Yo Rabbiy, yomg‘ir yubor!» deb. Islom ketyapti, ammo hech kimning tuki qimirlamaydi!.. Ketsa ketaversin, deydi. Chunki uyida o‘zi Qur’on o‘qiydi, tasbih o‘giradi, yotadi!.. Shundoq beparvolik qilish mumkinmi?.. Yomg‘ir umumiy yog‘ganidek, Islomning rivojlanmog‘i uchun, musulmonning qutulmog‘i uchun nega duo qilmaysan?.. Rivoj bergay!.. Alloh kimning duosini qabul etadi?.. Albatta, sevgan qulining duosini qabul etadi. Eng birinchisi shu!
Ikkinchidan, Qur’oni karimda Alloh taolo hazratlari Payg‘ambar janobimizga buyurgayki:
«Fa bi-ma rohmatim-minallohi linta lahum».
Ya’ni, «Ey Rasulim, Allohning lutfi, rahmati bo‘lib, (Allohning lutfi bilan, karami bilan, Alloh yordam qilib, Alloh shundoq ilhom berib, ko‘p shukrki), ularga muloyim munosabatda bo‘lding... Atrofingdagi ul qusurli musulmonlarga muloyim bo‘lding». «Valav kunta fazzan g‘aliyzal-qolbi, lan faddu min havlik» — «Agar qattiq qalblik bo‘lsang eding, atrofingdan tarqalib ketar edilar», deydi.
Demakki, insonlarni birlashtirgan, to‘plagan narsa go‘zal axloq ekan, shirin til ekan, toza, pok qalb ekan, axloqi hamida ekan, jo‘mardlik ekan!..
Insonlarni tumtaraqay tarqatgan narsa qo‘pollik, qattiqlik, g‘avg‘o va terslik ekan... Shuning uchun hech ish chiqmayotir. Shuning uchun, shunga tirishamiz, qo‘llab-quvvatlaymiz, undoq qilamiz, bundoq qilamiz, ortiq hech ish chiqmaydi. Nega?.. Qattiqlik bilan bir ish bo‘lmas, g‘avg‘o bilan bo‘lmas, adabsizlik bilan bo‘lmas, qosh chimirmoq bilan bo‘lmas, ayblamoq bilan bo‘lmas!..

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:30:48

Tushungaysan, tushunganingni ko‘rsatgaysan, yumshoq harakat qilgaysan, sevgaysan... Yolg‘ondakam sevmoq bilan ham bo‘lmaydi, soxta muhabbat bilan ham bo‘lmaydi, chinakamiga sevgaysan! «Bu Allohning quli», degaysan. «Bu hazrati Odam otamizdan mening birodarim, hamjinsim», degaysan. «Adashibdi, men ham bir sira yanglish ishlar qiluvdim. Bu ham, inshoalloh, tuzalgay», degaysan, yumshoq munosabat qilgaysan.
Ayrim musulmonlar qamoqqa tushib, qamoqdan Barbod Sulaymonni musulmon qildilar, shundoq chiqdilar... Barbod Sulaymon deb nom olgan, sochini ustaraga urgan odam, qamoqdan musulmon bo‘lib chiqdi... Inson tuzalgay. Barbod Sulaymon chiroyli musulmon bo‘la olganidek, hazrati Umar, hazrati Payg‘ambarimizni o‘ldirmoqqa chiqib, oqshomga borib, musulmon bo‘lganidek, bo‘lishi mumkin. Bu jihatdan bizning usulimiz sabr va sevgidir, buni o‘rganingiz!..
G’avg‘o, shovqin-suron bilan bo‘lmas. Musht bilan biror insonning Islomga kelgani ko‘rilgan emas... «Falonchi, bu yoqqa kel! Yo musulmon bo‘lasan, yo bir musht bilan burningni pachoq qilaman! Burningni qonatib, o‘ttiz ikki tishingni to‘kib qo‘lingga beraman!..» Bunday yo‘l bilan birovning musulmon bo‘lgani ko‘rilgan emas. G’avg‘o bilan, shovqin-suron bilan bo‘lmas, bu eng so‘nggi yo‘ldir. Ya’ni, «Fa-mani’tada alaykum, fa’aduu alayhi bimisli ma’tada alaykum» — «Sizlarga kim tajovuz qilsa, tajovuz miqdorida siz ham ularga qarshilik qilingiz», deyiladi. Bu eng so‘nggi choradir. Ammo bundan oldingi chora, sevgidir, sabrdir.
Ro‘parangdagi insonni sevmoqni o‘rgangaysan. Seviladigan tomonlarini topgaysan. Toza qalb, ishonchli, nekbin bo‘lgaysan... Bir ulug‘ kishi aytadiki, «Gulning tikanli ekanini ham tanqid qilaverish mumkin». Tikanli, qo‘limni qonatdi, buni qara, xanjardek tikanlari bor. Tikanli bir giyohda esa xushbo‘y bir gul chiroyli bir gul bo‘lishini o‘ylamoq — bu ko‘tarinki, nekbin tushunchadir! Ya’ni, o‘sha tikanlar orasida sassiq hidli, yomon bir giyoh ham bo‘lishi mumkin edi. Undoq emas! Qara, qandoq chiroyli gul ochibdi!.. Har bir insonning tikani bor, guli bor. Guliga qarab, shundan sevgaysan... «Tikanini sev!» demaymiz. «Tikanini maqta, yaltoqilik, maddohlik qil!» demaymiz.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:30:57

SEVDINGMI, MAHKAM USHLAGIL

Sevdingmi bir insonni, uni mahkam ushlagaysan... Muhabbat bir narsani hal etgay. Ota o‘g‘lini to‘g‘ri yo‘lga yursin, deb uradi. Bola to‘g‘ri yo‘lga kelmay, qaysarlik qiladi, uydan qochadi! Ona mehr ko‘rguzadi, ona farzandini o‘ylaydi.
Shuning kabi muhabbat bizning usulimizdir, tasavvuf usulidir. Islomning yoyilmog‘i shundoqdir. Muhabbat shevasiga hech e’tiborsizlik qilmang, nazardan qochirmang buni... Zero ichingiz komil bir iymon bilan nurlangan paytdagina yaxshi ko‘rasiz. Shu iymon, shu mehr-muhabbatni maydonga keltirgay. Muhabbatga to‘lg‘un bo‘lur inson... Maxluqotni sevgay inson... Yaratilgan narsalarni Yaratgan tufayli yaxshi ko‘rmoqqa boshlar; Yunus kabi jo‘shqinlashar inson, Yassaviy kabi yonur, Ashraf o‘g‘li Rumiy kabi bo‘lar:
«Baliqning joni suv ichra tirikdir,
Ilohiy, baliqni ko‘ldan ayirma!»

deganidek, muhabbatga to‘lgay inson.
Xonaqohlarimizda, dargohlarimizda bizning o‘rgatmoqchi bo‘lgan narsamiz muhabbatdir. Qardosh-qarindosh bo‘ling, bir-biringizni, yaxshi qo‘ring!.. Aybi-kamchiligi bor kishining aybu nuqsoniga qaramay, yaxshi qurmoqni o‘rganing. Bu insonlar ham bir kun kelib musulmon bo‘lgay, deb sevmoqni o‘rganing. «Bu italyandir, bu ispandir, bu inglizdir, bu amerikalikdir, balki musulmon bo‘lar», deb o‘ylang. Unda iymon gavharini balki yashnata bilurman, deb yoniga borib, urinib ko‘ring.
Men Amerikaga borgan edim, bir yahudiy kishi, o‘zi boy, neft konining boshlig‘i, musulmon bo‘lganini aytdilar. «Yahudiy ham musulmon bo‘lar ekanmi?» dedim... Ya’ni chinakamiga musulmon bo‘lganmikin, demoqchiman...
«Domlajon! Jome’ni supurayotir, eshikning oldida o‘tiradi, shunchalik tavozu’ sohibiki... Shunchalik hurmat sohibiki, tizzalab o‘tiradi...» deyishadi. Bo‘ladi! Mehr-muhabbat bilan bo‘ladi, birodarlarim!.. Muhabbatni unutmang, muhabbatni o‘rganing!..

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:31:05

Bizning ko‘p dushmanlarimiz bor, Alloh madadkorimiz bo‘lsin... Shayton — usta bir dushman. Odam otamizdan beri boshimizda kulfatdir bu... Nafs — ichimizdagi dushman... Raqiblar bor: o‘zlari musulmon, ammo sening yaxshiligingni xohlamaydi, oyog‘ingdan chaladi. O’zi mo‘‘min, ammo hasadchi, rashkchi. Qarang, Payg‘ambar janobimiz: «Barot kechasida Alloh hammani afv etadi, ko‘p insonlarni afv etgay, falon qabila qo‘ylarining sanog‘icha insonlarni afv etgaydir», deydilar; afv etilmaydiganlar orasida «Nomussiz kimsalar, ichkilikka berilgan kimsalar bo‘ladi», deydilar. Yana aytadilarki: «Kekchi-hasadchi, ichida musulmon birodariga qarshi kin qaynagan, adovat bo‘lgan kimsalarni ham afv etmas», deydilar. Ikki musulmonning bir-biridan xafalashuvi davom etsa, Alloh ularning afvini ham orqaga suradi: «Avval ular yarashib olsinlar, undan keyin afv etgaymiz», deydi.
Shuning uchun insonlarning hozirgi holiga qaramang, uning ichidagi iymon imkoniyatiga qaragaysiz. Bir kofirning shu ondagi holiga boqmagaysiz, uning imkoniyatida musulmon bo‘lish ehtimoli borligiga qaragaysiz. Shuning uchun unga nisbatan oliyjanob harakat etgaysiz... Unga ham Islomning go‘zalligini ko‘rsatgaysiz... Unga ham axloqi Islomiyaning naqadar teran ekanligini anglatadigan harkatlar qilgaysiz.
Bu jihatdan birlashtiruvchi toifa bo‘lmoqqa, do‘stliklarni rivojlantirmoqqa majburmiz. Va Alloh bizga bergan butun kuch-imkoniyatlarni qo‘llashga majburmiz. Bir yurt ichidagi butun guruhlarning islomiy-axloqiy xizmatlarda ishtirok etmog‘ini ta’minlamoqqa majburmiz. Ranjitmoq, qoralamoq, chetlamoq, nafratlantirmoq, g‘azablantirmoq, kuch bilan majburlab gunohga undamoq, faoliyatsiz holatga keltirmoq to‘g‘ri ish emas.
Mening rahmatlik onam bundoq der edilar: «Onalik vazifasi farzandni o‘ziga qarshi isyon qildirmaslikdir». Ya’ni, bir gapni gapirsang, tinglamaydi, onasiga osiy bo‘ladi, boshiga tosh yog‘adi. Bolani onaga osiy bo‘ladigan holatga tushirmaslik sergak onaning vazifasidir.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:31:14

BURCHIMIZ BIRODARLIKDIR

Alloh sizlarga amr etganidek: «Ey Allohning qullari, bir-biringizga birodar bo‘lingiz».
Ko‘ring, bir uyda ulg‘aygan, ota-onasi bir insonlar bir-birlarini qandoq yaxshi qo‘radi, yaqinlik tuyadi, bir-birlarini qandoq qo‘llab, qandoq yordamchi bo‘ladi bir-birlariga!.. Islom ana shundoq bir oiladir! Alloh taolo hazratlari Qur’oni karimda musulmonlarni bir-birlariga birodar qilgan va musulmonning musulmonga birodarlik qilmog‘ini amr etgan.
Ana, Alloh Qur’onda amr etgani kabi, Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.) ham: «Ey Allohning qullari, bir-birlaringizga birodar bo‘lingiz, qardosh bo‘lingiz», deb marhamat etadilar.
Birodarlikning insonga beradigan ma’naviy darajalarini ta’riflamoq juda qiyin. Birodarlik qilganlarga juda yuksak ma’naviy daraja bergaydir Alloh taolo hazratlari.
Arshi a’loning ko‘lkasida ko‘lkalangaylar.
Insonga muhabbat ato etgan darajaning yuksakligi xususida ikki narsani ta’kidlamoqchiman:
Alloh taolo hazratlari amr etganidek bir-birlari bilan do‘st bo‘lgan, birodar bo‘lgan, muhabbatli do‘st bo‘lgan insonlar, qiyomat kunida, mahshar kunida boshqa insonlardan ayrilib turguvchi bo‘ladi.
Odamlar juda izdihomli, juda uqubatli, juda qo‘rquvli bir holatda turgan paytlarida, har kim qiynoq-iztirobda turgan bir holatda, quyosh tepalariga kelgan, boshlarini qizdirib yuborgan, terlarga g‘arq bo‘lgan, ter yerlarni ho‘l qilib, hatto ko‘tarila boshlagan, hatto ter tizzalariga qadar, bellariga qadar, qay birlarining og‘izlariga qadar, quloqlariga qadar chiqqan... Ya’ni dunyodagi gunohlari, ayblari tufayli, Mahshargohning o‘rtasida kutish azobi ichra og‘ir qiynoqlar chekadilar. Yaxshilik qilganlar, sadaqa berganlar nisbatan bu qiynoqlardan mahfuz — himoyalangan bo‘ladilar. Qilgan yaxshiliklari, bergan sadaqalari boshlariga soya bo‘ladi! Quyoshning bundoq haroratini his etmaydilar. U qiynoq-uqubatlarni unchalik to‘ymaydilar.
Ammo ba’zi muhtaram qullar, muborak qullar suyukli qullar Arshi a’loning ko‘lankasida ko‘lkalangaylar... Yuzlari nurli, minbarlarga chiqqan, minbarlari nur, ustlaridagi kiyimlari nur, yuzlari nur... Hamma ularga havas qilgay. «Kim ekan bu muborak zotlar?» deb hamma hayron, hamma havas qilgan, hamma ularning holatiga tamshanib boqqan.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:31:23

Hodisa bayon qilinganida ashobi kirom Payg‘ambarimizdan so‘raydilar:
— Yo Rasulalloh, siz ta’rif etgan bu muborak zotlar kimlardir?
Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
— Bular bir-birlarini Alloh uchun, Alloh yo‘lida sevib-yaxshi ko‘rib, muhabbat bog‘lab, do‘st bo‘lgan kishilardir, muhabbatlashgan kishilardir.

Payg‘ambar emas, shahid emas... Ammo hamma ularning yuksak martabalariga havas qilgay. Bular Arshi A’loning soyasida, nurdan bo‘lgan minbarlarda o‘tirgaylar; insonlar izdihomli, qiynalgan, terlarga botgan; bular soyada; boshqa insonlar qiynoqda, bular minbar ustida, Allohning ikromiga sazovor! Haligilar ellik yil kutmoq qiyinchiligi ichida ekan, Alloh ularga bu qiynoqli, uqubatli vaqtni hech sezdirmaydi. Pastdagilarga juda og‘ir, qiyin bo‘lgan bunday vaqt bular uchun bir namoz o‘qib olgulik fursat kabi g‘oyat oson, yengil kechadi.
Albatta, bular jannatga kirgaylar va mehr-muhabbatlari, do‘stlik va birodarliklari tufayli jannatda Alloh taolo hazratlari bularga shundoq istisno ikromlar qo‘rsatgayki, shundoq ko‘shklar baxsh etgayki, aslo ta’riflarga sig‘mas... Bu muboraklar ko‘shklarning ayvonlariga chiqqan paytlarida jannat yorishgay.
Aytiladi-ku, jannatda soyalar ostida hamma shunday safo qilgay. Ammo bular ayvonga chiqqanlarida, yuzlarining nuridan jannat yorishgay. Qorong‘u bir kechada oy yoritgan bir pallani yoki dunyoda shunga o‘xshash bir narsalarni eslashimiz mumkin. Shundoq, bular «ayvonga chiqdi» deb jannatning har tomoni yorishgay va jannat ahli bir-birlariga degaylarki, «Bir-birlarini Alloh uchun sevganlar bir muborak ayvonga chiqibdi, qani yurgil, ularni tomosha qilamiz». Ya’ni, tomoshasi ham bir safo! Demakki, yoqimli bir manzara: ularni ko‘rmoq uchun jannatdagi insonlar to‘planishadi, «Bularni tomosha qilgani boramiz», deyishadi.
Xuddi porloq yulduzlarni yerdagi insonlar tomosha qilgani kabi, yuksaklarga boqgaylar. Ul muboraklarning siymolarini tomosha qilmoqlikda boshqacha bir zavq, ayricha bir lazzat bo‘lgaydir, demak...

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:31:31

Birlik va hamdamlikning ahamiyati.

Inson birlik va hamdamlikni istaydimi yoki bir-birlariga qarshilik, g‘avg‘o, xafalik, tortishuv, hasadchilikni istaydimi? Qay birini istaydi?
Keling, bu sahih hadisi sharifning ma’nosini hayotimizga joriy qilaylik, u qulog‘imizdan kirib, bu qulog‘imizdan chiqmasin. Bir-birimizga dushmanlik qilmaylik, aloqalarni uzib, buzib bir-birimizga nasib etgan ne’matlarni qizg‘anib, bir-birlarimizga qarshi bo‘lib qolmaylik...
Musulmonlar bir maydonga kelsa, ko‘p yaxshiliklar yuzaga kelgay.
Alloh barchamizga sevgining totini tottirsin. Sevib, Alloh istagandek, Rasululloh tavsiya etganlaridek, do‘st, birodar bo‘lmoqni, birodarlardek yashamoqni, sevib yashamoqni, fidokorlik qilmoqni, ikromda bo‘lmoqni, hadyalashib, salomlashib, yordamlashib, yashamoqni Rabbimiz barchamizga nasib aylasin!

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:31:41

DO’STLIKLAR, DO’STLIKLAR...

Odam topmoqqa juda e’tibor qiling!.. Do‘stliklar!.. Do‘stliklar, do‘stliklar... Ko‘ngilni olmoq, qalbni topmoq, birodar tutinmoq, har kuni birodarlarini orttirib bormoq... Fihrist daftariga yangi ismlarni qo‘shmoq... Alloh rizosi uchun bo‘lishi sharti bilan ziyoratlar va yana ziyoratlar qilmoq... Endi menga og‘alarim aytishadiki: «Istanbuldan chiqma, boshqa tashqi, chekka viloyatlarga ketma!.. Qara, Istanbul falon million, ustozim, qancha Onado‘li shahridan afzal! Ellik minglik bir shaharga borasan, uch kuning yo‘lda ketadi. Bu yerda seni izlaganlar topa olmaydi...» Yaxshi, ammo men borgan joyimda birodaralarim anjumani bo‘ladi, dars bo‘ladi!.. Bir kishi bo‘lsa ham, borgayman!.. Hatto bir kishi bo‘lsa ham, Fizonga qadar borgayman!.. Bir zal to‘lgulik odam to‘planadi.
Antaliyalik birodarlarim eslaydilar: «Meni faqat markazlarda gapirtirasiz, bir oz uzoq viloyatlarga ham eltsalaringiz-chi!» dedim. «Ketdik!» deyishdi. «Lekin, afsuski, shundoq, undoq, bundoq... Qaerga boramiz?..» «Olmaliga boramiz!» dedik. «Olmalida hech tanishlarimiz yo‘q-da», deyishdi. Men aytdimki, «Mening bir tanishim bor». «Kim?» deyishdi. «Olmalik Sinoni Ummiy hazratlari!» dedim. «Tasavvuf adabiyotidan bilaman, shundoq bir muborak zoti muhtaram bor, uni taniyman men. O’shanga boramiz», dedim.
Turdik, Antaliyadan u yoqqa ketdik. Peshin namozida u yerda bir kishi bilan qo‘rishdik: «Ooo, marhabo!» Birodarlar salomlashdilar... Undan bir imom-xatib birodarimiz bilan qo‘rishdik... Bittasi yonimizga yondoshib: «Bir qahvamizni, choyimizni ichmaysizmi?» dedi. «Ichamiz!» dedik. Jon deymiz!.. Bordik, choyini ichdik. «Xojam, bu kecha biznikida qolmaysizmi?» dedi. Valloh, xuddi shundoq gaplashdik. Biror tanish kishi topa olsak, qolamiz, topa olmasak, mashinamiz tagimizda — qaytib kelaveramiz, Antaliya bu yerdan ko‘p uzoq emas, deb o‘yladik. «Mamnuniyat bilan qolamiz!» dedik. Va qoldik. Uylarining zali katta ekan, yonida yana bir zal bor edi. Ikkovini ochishdi, odamga liq to‘ldi.
Men shunday bir so‘radim: «Sening kasbing nima?.. Sen nima ish qilasan?..» «Qur’on kursi domlasiman, muhandisman, davlat ishlarida ishlagan falonchi, nafaqador falonchi...» bir jamoa birodarlarimizning hammasi zikr darsini oldi, oltmish-sakson kishi hammasi zikr vazifasini olishdi. Endi Olmaliga borib bo‘lmaydi?.. Ya’ni, o‘n ming aholisi bor, deb sakkiz ming, besh ming aholisi bor deb, u yoqlarga borilmaydimi?.. Birodar topgan bo‘ladi inson... Birodar topgan bo‘ladi, qarindosh topgan bo‘ladi, do‘st topgan bo‘ladi...

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:31:52

Va bir-birlarini Alloh uchun sevganlarning mukofoti juda ortiqdir. Shuning uchun muhabbat bizning sarmoyamiz, sevgi bizning muvaffaqiyat eshigimizdir!.. Bir-birimizni sevgaymiz va birodarlikni rivojlantirmoqqa, kengaytirmoqqa uringaymiz, muhtaram birodarlar!
Endi, layoqatli, munosib xodimlar yetishtirishga majburmiz. Islomga xizmat qilmoq uchun yetishgan, kamolga yetganlarni payqamay o‘tib ketish yo bir quvlik, yo laqmalikdir. Irshod etgaysan, tinglagay. Munosib bir odamni qo‘lga kiritgaysan: bir yuksak muhandis, bir professor... Sizning jomadoningizga kakliklar kirgay, juda go‘zal bir narsa!.. Ammo Alloh uchun ham go‘zal! U kishi uchun ham go‘zal, siz uchun ham go‘zal!.. Ya’ni, har kim bu ishdan naf topgay, kelgan kishi ham foyda topgay. Faqat Islomga xizmat qilmoq uchun biz yanada kuchliroq tayyorlanmoqqa majburmiz. Xarajat eshiklarini ochmoq kerak. Inglizchani biladigan din kishilariga ehtiyoj zo‘r.
Tanilgan, juda mashhur boylardan bo‘lgan bir qancha kishilar qoshiga ko‘pdan beri bora olmayotirmiz... Otam: «Boraylik» dedilar. «Xo‘p, otajon!» dedim. Bir kun bordik, u yerda gaplashildi. Janubiy Afrika mamlakatlaridan kelgan, ustlarida yozuv yozig‘liq: «Inglizchani biladigan ikki nafar din odamini izlaymiz» degan. Bular qidirib, Turkiyada o‘zlariga foydali bo‘lgan din odamini topa olishmabdi!.. 55 millionlik Turkiya mamlakatida, Dorul Xilofoti Oliyaning vorisi bo‘mish Turkiyada, 99 foiz aholisi musulmon bo‘lgan Turkiyada inglizchani biladigan bitta domla topilmabdi!..

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:32:01

Domlalar ham oz emas edi, Turkiyada inglizcha so‘zlashadigan faqat men emasman, ya’ni... Men go‘yo professorman, imtihonldardan o‘tdik. Bir emas, ikkita g‘arb tilini, peshonamiz sho‘ri bilan o‘tdik. Terlab, haq bergaymiz. Buning uchun ayrim birodarlarim tabassum bilan qarshilagan bir nazariyam va taklifim bor mening: «Yoshlardan bo‘ydoqlari bo‘lsa, borsinlar, u yoqlardan qiz olsinlar, u yoqlardan qarindoshlik tuzsinlar!» degan edim. Muhimi — Islom o‘lkalari bilan bo‘lgan aloqalar quvvatlanmog‘idir. Masalan, bir yurtdoshingiz Sudanlik bir qizga uylanib, o‘sha yerda yashayotgan bo‘lsa, sizning ham u yurtlarga borishingiz qulay bo‘ladi... Qiyin bir ish bo‘lmaydi. Misrga bemalol borgaysan. Pokistonga va hokazo joylarga bemalol borgaysan. Bularning tashqi do‘stliklari va ichki do‘stliklarini — ish birligini butkul ta’minlagaymiz.
Bunday munosabatlar, rivojlanishlar Bolqonlarga nisbatan, Yugoslaviyaga, Bulg‘oristonga, Yunonistonga, Ruminiyaga, Markaziy Osiyoga nisbatan, Kavkaziyaga nisbatan, O’rta Sharq o‘lkalariga nisbatan, Janubiy Osiyoga nisbatan bo‘ladigan bir qancha vazifalarga bizni tortgaylar. Chegaralar kengayadi, kelib-ketish imkoniyatlari ortadi; biz bu qardosh birodarlarimizga xizmat qilishga mas’ul bir holatga yetgaymiz. Ma’naviy mas’uliyatimizning saxosi ochilgay: xizmat sohamiz ochilgay. Bir zamonlar kelib, Yugoslaviyaga bormog‘imiz lozim bo‘lur... Bir zamon o‘tib, Kavkaziyaga bormog‘i lozim bo‘lgay domla birodarlarimizning...
Hozirdan esa, faqat ziyoratlar bo‘lgay. Markaziy Osiyo jumhuriyatlarini kezmoq lozim bo‘lgay...
Tujjor birodarlarimiz borib kelmoqlari kerak... O’shal istiqbolli munosabatlar uchun hozirdan hozirlanmog‘imiz lozim. Domla birodarlarimizdan bir qismi, masalan, qozoqchani o‘rganmog‘i lozim!.. Bir qismi: masalan, turkmanchani o‘rganmog‘i lozim. O’zbekchani o‘rganmog‘i lozim!.. Jindak farqlari bor, u kitoblarni olmog‘i lozim, o‘qimog‘i lozim!.. Qaerda xizmat ko‘rsatsa, qaerda ish qiladigan bo‘lsa, u yerning tilini, madaniyatini o‘rganish ishlarini qilmog‘i lozim, mening ojizona fikrimga ko‘ra...
«Musulmonlarning tashvishiga sherik bo‘lmagan, dardlari bilan og‘rimagan (kishi) bizdan emas!» deydilar Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.).Bir kishini hazrati Rasululloh (s.a.v.): «Sen bizdan emassan», desalar, ul kishi ne ish qilsin?! Ado bo‘ladi, xarob bo‘ladi... Rasululloh (s.a.v.) bizga: «Kelma yonimga, ushlama qo‘limni! Sen bizdan emassan!..» desalar, ne qilgaymiz?!.

Qayd etilgan