Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi  ( 49053 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:32:11

MUHABBAT JANNATGA KIRMOQ SHARTIDIR

Biz, musulmonlarning dardiga sherik bo‘lmoq vazifasidadirmiz. Bizning o‘z dardimiz muhim emas... Tirikchiligimizni eplay olishimiz mumkin, har turli imkonga ega bo‘lishimiz mumkin, ammo mazlum qardoshlarmiz, birodarlarimiz bor, haqsizlikka duchor bo‘lgan birodarlarimiz bor, mahbus birodarlarimiz bor!.. Dunyoda ezilgan, ezib ishlatilgan birodarlarimiz bor, xo‘rlangan birodarlarimiz bor, qaram, tutqun birodarlarimiz bor... Va bir o‘yin ko‘zimiz oldida davom etmoqda, bilamiz, ko‘ryapmiz... Shuning uchun biz, musulmonlarning bir-birlariga do‘st bo‘lmog‘i shuurini rivojlantirmoqni eng muhim g‘oya, maqsad deb tutdik va buning uchun ish boshladik.
«Vallaziy nafsiy biyadihi» — «Jonim, nafsim qudrati qo‘lidadir», farmoniga bog‘liqdir: «Yasha!» desa, yashagayman, «O’l!» desa, o‘lgayman; nafsim, jonim O’z amrida bo‘lgan Allohga qasamki, ont ichamanki, «la tadxulul jannata hatta tu’minu...» jannatga kira olmassiz, toki mo‘‘min bo‘lmaguncha!.. «valaa tu’minu hatta tuhibbu...» — «mo‘‘min bo‘la olmassiz, toki bir-biringizni yaxshi ko‘rmaguncha, sevmaguncha!..»
Demakki, jannatga kirmoq uchun mo‘‘min bo‘lmoq sharti bor. Mo‘‘min bo‘lmoq uchun esa birbirimizni sevmog‘imiz, yaxshi ko‘rmog‘imiz, bir-birimizning dardlarimiz bilan dardlanmog‘imiz, bir-birimiz bilan bog‘lanmog‘imiz, ko‘ngil bog‘larimizni — aloqalarmizni sog‘lom va baquvvat saqlamoq, birlik birdamligimizni chinakam, haqiqiy bo‘lmog‘i shart...
«Ashiddau ‘alal kuffori ruhamau baynahum...» «Kofirlarga nisbatan shiddatli, qattiq, o‘z oralarida marhamatli» tarzida bo‘lmog‘i lozim!..
Buning uchun do‘stlikning savobini qo‘lga kiritaylik. Allohning sevgisiga noil bo‘laylik; dori na’imi bo‘lgan, rizosining yurti bo‘lgan jannatga kirmoqdan mahrum qolmaylik, deb sevgi — mehr-muhabbat ishlarining ahamiyatiga ishonganimiz uchun bu boralarda faoliyat ko‘rsatishga kirishdik.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:32:25

MUHABBATIMIZ OLAMSHUMULDIR

«Mo‘‘min mo‘‘minning do‘stidir. Mo‘‘minlar bir-birlari bilan birdamlik qilsalar, imperializmning ularga qilayotgan ezishlarini, zulmlarini yenga olgaylar. Yurtlarini, o‘lkalarini qutqara olgaylar, qashshoqliklarining oldini olgaylar, boylik-davlatlarini qo‘ldan bermagaylar. Bir-birlarini qo‘llasalar, baxtli va baxtiyor bo‘lgaylar. Dushman ham hujum qilmoqqa botina olmas». Ana shundoq asosiy g‘oyalar bilan muhabbat va do‘stlikni rivojlantirish ishlariga yo‘naldik.
Bu ishlar faqatgina bir yurt hududiga taalluqli suhbat mavzuyi emas. Yurtdan tashqaridagi musulmonlar ham bizning birodarlarimizdir... Yugoslaviya ham bizning aloqa maydonimizdir, Yunoniston ham muomala hududimizga kirar, Bulg‘oriston ham kirar. Kavkaziyya ham kirgay, Markaziy Osiyo ham kirgay, Hindiston ham kirgay, Bangladesh ham kirgay, Janubiy-Sharqiy Osiyo ham, Chin ham kirgay...Ya’ni, biz har tomon bilan ham bog‘liqmiz, aloqadormiz. Shuning uchun ular bilan do‘stlashmoqqa, munosabatlar o‘rnatmoqqa, ularning dardlarini bilmoqqa qaratilgan ishlarni bajarmoqqa kirishdik... Va men jurnalimizni chiqaradigan vazifador birodarlarimizga aytdimki, «Yurtimizdan ham ko‘ra yurtimiz tashqarisidagi musulmonlar bilan bog‘liq xabarlarni ko‘proq to‘plang va ko‘proq yoriting!..» Bizning birodarlarimiz yurtdan tashqarida ham o‘zlarining ko‘ngildoshlari, dindoshlari, birodarlari, qardoshlari borligini bilsinlar, eslasinlar, ular bilan bog‘lansinlar...

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:32:44

Bu muhim bir faoliyat edi. Hatto, shu darajaga bordikki, «Islom» jurnali Turkiyani gapirmaydi! Xuddi Turkiyada chiqmaydigandek...» degan tanqidiy fikrlar ham chiqdi. «Qaerda yashaysan o‘zi, muborak? Ozgina Turkiyadan ham gapirsang-chi!..» deganlar bo‘ldi. Tabiiy, har kim har xil tanqid qilishi mumkin. Ba’zilari do‘stona emas, illo bir ayb qidirmoq dardida... Ish shu darajaga kelib qoldi. Tabiiy, biz alhamdulillah, deymiz.
Keyin, ayrim gazeta va jurnallar, «Siz tasavvufiy bir guruhsizlar, avval boshda muhabbatdan va hokazolardan gapirib, endi boshqa mavzularga o‘ta boshladingiz...» deb bezovta bo‘la boshladi. Alhamdulillah, ularning bezovtaligi, boyagilarning tanqidlari bizning to‘g‘ri yo‘lda ekanimizni qo‘rsatadi, bu mamnuniyat hissini bag‘ishlovchi bir holatdir.
Muhabbatning amaliy natijasi
Albatta, muhabbat bog‘lamoq, yaxshi qo‘rmoq, tanimoq, do‘stlashmoq muhim bir narsalar... Musulmonlar bir-birlarini albatta sevgaylar, tashvish-dardlariga sherik bo‘lgaylar!.. Ammo buning amaliy natijasi faqat bir adabiyotmi, sevgi adabiyotimi?.. Yo‘q! Bu muhabbat vositasida har turli yordamlar qilingay... Och bo‘lsa, nonini baham ko‘rgay, yalang‘och bo‘lsa, kiyintirmoqqa uringay... Mazlumning yonidan o‘rin olgay, u bilan yelkama-elka ishlab, kufrga qarshi mujodala qilgay, qarshilik qilgay va g‘ayrat ko‘rsatgay...

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:32:54

XIZMAT MUHABBATNI ORTTIRGAY

Bittasi shayxning oldida turib, «Shayx bir himmat etsa, shayxim bir himmat qilsa!» deb ko‘nglidan kechirar ekan. Shayxi esa, bizning Hosib janobimiz, tahorat olibdi, pillapoyalardan tushayotib, uning ko‘nglidan kechgan gapni bilibdi. U esa biror narsa demabdi. «Shayxim bir himmat etsayu himmatning nima ekanini ko‘rsak, istifoda qilsak...», deb nuqul ko‘nglidan kechirar ekan. «Hamma shayxdan himmat kutgay... Holbuki, darvish: «Shayxim, himmat! Shayxim, himmat!..» deganlarida, buyuklar «O’g‘lim, xizmat! O’g‘lim, xizmat!..» deganlar», deb bir voqeani naql etgan bo‘lib, xizmatning asos narsa ekanini bildirgan ekan.
Shuning uchun xizmat etgaymiz. Foydali inson bo‘lmoqning yo‘lini qidirgaymiz. Buloq ocha olamizmi?.. Ko‘prik qura olamizmi?.. Botqoqlikni yo‘qota olamizmi?.. Taom yedira olamizmi?.. Bemorga yordam qila olamizmi?.. Beva-bechoraga qarasha olamizmi.. Atrofimizga xuddi yoritqich (projektor) kabi aylanib qaramog‘imiz kerak. Harbiy yoritqich kabi nazar tashlagaymiz, xizmat qilmoqqa uringaymiz. Nima uchun?.. Xizmat qilgan izzat topgay, Allohning rizosi ana shundoq qozonilgay, shuning uchun!

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:33:02

Yunus Emroning bir paytlar o‘qiganimiz, she’rlari bor:
Men kelmadim da’viy uchun,
Mening ishim sevgi uchun.
Do‘stning uyi ko‘ngillardir,
Ko‘ngillar topmoqqa keldim...

Qalb, ko‘ngil Allohning tajalliygohi bo‘lgani uchun, ko‘ngilni topmoq, ko‘ngilni olmoq, ko‘ngilni shod etmoq juda muhim bo‘lganidan Yunus Emro: «Men bekorga bir iddao qilmoq uchun kelmadim bu dunyoga... Men ko‘ngil topmoqqa keldim, ko‘ngil olmoqqa keldim bu dunyoga...» deydi. Ya’ni, Yunus Emro fikricha, hayotning maqsadi, g‘oyasi, asosiy mazmuni nima?.. Ko‘ngil olmoq, ko‘ngilni topmoq, ko‘ngilni shod etmoq, suyuntirmoqdir... O’lmay, yashayotir qalblarda... Nima uchun?.. Ana, bu bosh maqsad, bu fikr tufayli, bu xotira, bu yod tufayli, bu yuksak tuyg‘ular tufayli...
«Musulmonlarning dardlari bilan, musulmonlarning ishlari bilan bog‘lanmagan kishi bizdan emas!» deydilar Payg‘ambar janobimiz... «Qo‘shnisi och yotar ekan, bu qornini to‘yg‘ozib yotsa, u yaxshi musulmon emasdir», deb marhamat etadilar Payg‘ambar janobimiz... Shuning uchun biz yaxshi musulmon deganda, ijtimoiy (sotsial) jihatdan rivojlangan, ya’ni jamiyatning boshqa bir jihatlariga yordam eta olgan, xizmat eta olgan, foydali bo‘la olgan, o‘zidan boshqa insonlar uchun bir ishlar qila olgan kishini ko‘ramiz! Komil musulmon ana shu...

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:33:11

MUHABBAT HAM BIR IBODATDIR

Muhabbat ham bir ibodatdir. Do‘stlik, birodarlik ham bir ibodatdir va odatdagi ibodatlarning eng asili va savoblisi. Va eng foydalisidir. Ikki inson birodar bo‘lsa, Alloh taolo hazratlari martabasi pastroq bo‘lganini o‘sha birodari martabasiga ko‘targay. Darvish xojasining yoniga kelgay, sevgan kishi o‘z sevganiga erishgay...
Biz ojizu nojiz qullar Allohning lutfidan umid etgaymizki, Payg‘ambar janobimizga qo‘shni bo‘lgaymiz, inshoalloh!.. Chunki, sahobai kiromdan bittasi ko‘zi yoshlangan, qalbi dir-dir titragan holatda payg‘ambar janobimizning yuzlariga termilib qaraganida, «Ne bo‘ldi?» deb so‘radilar Payg‘ambar janobimiz. «Xayr bo‘lgay!.. Bilgaylar ko‘ngildan kechgan gapni ham...»
Ko‘zini tikib dediki, «Fidoka abiy va ummiy yo Rasulalloh!» — «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasulalloh!» «Atavadda-u bin-nazori ilayka...» Sizning siymongizni tomosha qilib, ne’matlanurman... Siymongizga boqib, lazzat ichra, saodat ichra, baxt-saodat ichra suzmoqdaman... Faqat bir narsani andisha qilayotirmanki, bu dunyoda sahobalaringiz qatoridan joy olibman, sizning suhbatingizga erishibman... Shu lahzada sizga termulib boqyapman, ammo oxiratda siz Maqomi Mahmudga chiqgaysiz, eng yuksak martabaga erishgaysiz, Allohning juda ulug‘ lutfiga sazovor bo‘lgaysiz... Men agar jannatga kira olsam, siz, qaerdasiz-u, men qaerdaman?! Ya’ni, sizning martabangiz qayda-yu, meniki qayda?! Sizni ko‘ra olgaymanmi, ko‘ra olmagaymanmi? — deb o‘ylayotirman...», — dedi ul muborak roziyallohu anhu... Payg‘ambar janobimiz mujda berdilarki, «Kishi sevgan kishisi bilan birga bo‘lgaydir!»
Biz, go‘zallikka to‘lg‘un, ichimizda ko‘p turli go‘zalliklar, tashimizda ko‘p turli go‘zalliklar bo‘lgan bir jamoatmiz; jamiyat sifatida, musulmonlar sifatida, ahli tasavvuf sifatida shundoqmi! Boshqa millatlarga nisbatan maqtanish uchun emas, rostini aytayotirmanki, shundoq bir madaniyat, go‘zal axloq namunasimiz... Bizning ko‘chamizda, yoshi ulug‘, oq soqolli amakilar, tog‘alar, bobolar chorsuga — bozorga o‘tishar edi. Bellarida belbog‘, belbog‘larida mundoq pichoqlari taqilgan, olma-nok kessalar, uni qinidan sug‘urib, olishardi. Sallali edilar, ammo sallalarining chetida rayhon bo‘lar edi, chinnigul bo‘lar edi. Bir madaniyat, did bor edi. To‘liq go‘zallik shartiga rioya qilsak, diqqat etsak, shundan ham bir muhabbatlashuv, muhabbatning ortishi yuzaga keladi.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:33:30

MUHABBATNI QO’LGA KIRITMOQNING YO’LLARI

Muhabbatga erishish choralarini dinimiz bayon etgan. Bu bilan bog‘liq hadisi shariflarda nasihatlar bor. Shulardan bittasi salomlashmoqdir.
«Salomlashing, salomni orangizda tarqating, muhabbatingiz ortgay». Tabiiy, bu salom tanishmoqni taqozo qiladi, tanishmoq esa samimiyatning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Musulmonlar bir-birlari bilan tanishmay qolmasinlar, sovib qolmasinlar, deb salom tavsiya etilgaydir.
Bundan tashqari, hadyalashib turmoq ham bir muhabbat vasilasidir. «Bir-biringizga hadyalar bering, muhabbatingiz ortgay», degan bir hadisi sharif bor: «Tahadav-tahabbu». «Hadyalashing — muhabbatlashgaysiz». Shuning uchun turli bayram-hayitlarda, muborak kun, mavlud, to‘y kabi sabablar bilan, turli fursatlarda birodarlar bir-birlari bilan hadyalashib turgaylar. Yodgor-esdalik, xotira narsalar berib turmoqlari lozim. Muhabbatlarining tarjimoni bo‘lgay bu hadyalari. Shu yo‘sin muhabbatni orttirmoqqa uringaymiz.
Ayniqsa, muhabbatning, sevmoqning savobi borasida bilim-ma’lumotga ega bo‘lmoq, shuurlanmoq ham sevmoq borasida insonga yordamchi bo‘lgay. Sevdirmoq uchun g‘ayrat qilmoq kerak. Shu qadar kerakdirki, bir inson birodarining huzuriga chiqar ekan, toza kiyimlarini kiyadi, uyiga mehmon kelganida ichkiyimlari bilan chiqmaydi-ku, taranib, kiyinib, sochu soqoliga, soqolining shakliga, shamoyiliga diqqat qiladi. Soqol-mo‘ylovlariga qo‘shilib ketgan, taranmagan, sochlari o‘sib quloqlari ustiga osilib tushgan, bo‘yinlaridan chiqib turgan bir holda chiqmaydi, albatta. Bunday hollar beparvolikdan, ahamiyatsizlikdan yuz beradi. Musulmon bo‘la turib, ahamiyat bermaydi. Ich, qalb tozaligi muhimroq deymiz, ammo Alloh rizosi uchun bir oz sevimli ko‘rinmoqqa ham urining, bunday bir e’tiborli, ma’nili bo‘lmoqqa diqqat qilmog‘ingiz lozim.
Payg‘ambar janobimizdan o‘rnak olaylik. Payg‘ambarimiz daraxt shoxlaridan tish kovlagich qilar, u bilan tishlarini tozalar edilar. «Mening yonimga og‘zingiz hidlanib, tishlaringiz sarg‘aygan holatda kelmang», deb marhamat etar edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) yonlarida oyna olib yurardilar, taroq, misvok olib yurardilar. Bular chiroyli, ko‘rkam bo‘lmoq olatlaridir. Ayni vaqtda pok, toza, ozoda yurmoq, kir anqimasligi — hidlanmaslik uchun, poklik, tahorat, tozalik Islomdagi muhim unsurlardandir. Kunda besh vaqt tahorat olmoq bor, g‘usl bor, poklanmoq bor, xushbo‘yliklar surmoq bor. Bularning hammasi go‘zallik tuyg‘usining yashnamog‘i uchundir.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:33:45

SEVMOQNI QAYERDAN O’RGANAMIZ?

Shoirlardan biri uzun, chiroyli, zamonaviy she’r yozibdi: vaznsiz, qofiyasiz she’rlardan, zamona she’rlaridan... So‘nggi satri bundoq:
«Sen ketgil! Sen hatto sevmoqni hali o‘rganmabsan...»
Bor, avval mundoq bir sevmoqni o‘rgan, demoqchi. Sevmoqni o‘rganmoq oson emas, chunki ko‘p yerlarda uning ta’limi, maktabi yo‘q... Sevmoqni qaerdan o‘rgangaymiz? Onadan o‘rgangaymiz, oiladan o‘rgangaymiz. Ta’lim tizimida sevgi o‘rgatiladimi?.. Din ta’limining bosh mudiri menga aytdiki: «Xojam, bizga milliy axborot (idorasi)dan maxfiy bir buyruq kelmoqda, bir Qur’on o‘qitish darsining ichiga ham 10 foiz Otaturk haqida ma’lumotlardan tiqamiz: Marhum Otaturk Balikasir xutbasida chiqqanida falon oyatni o‘qidi», deb uni tiqishtirar emishmiz... Yuzdan o‘n foiz buni o‘ylaysan-u, sevmoqni, sevgini nega o‘rgatmaysan?.. Xonaqohlar ham bo‘lmasa, xalqning, millatning holi xarob!.. Yaxshiyamki, bir Mavlono (Jaloliddin Rumiy) bor, yaxshiyamki, Yunus (Emro) bor, «sevayin, sevilayin», deganlaru odamlar bir oz sevmoqdan, sevilmoqdan gaplashishadi.
Albatta, bular kamolot alomatidir. Kamol, ya’ni yetuklik, komil bo‘lmoq alomatidir. «Kam olat bilan kamolat bo‘lmas!» deganlar. Kam — oz, oz olat bilan kamolot bo‘lmagay; tabiiy, noqis insonlar bilan komil ishlar bajarilmas!.. Komil inson bo‘lgayki, komil ishlarni qila olsin! Komil bo‘lmoq uchun esa, albatta, boya boshlaganimiz nuqtaga qaytamiz: bir nuqtadan boshlab bir doirani aylanib chiqdik, kezdik, yana o‘sha nuqtaga qaytamiz: inson o‘z-o‘zini isloh etmog‘i kerak, o‘z nafsini tarbiya qilmog‘i kerakdir. «Qod aflaha man zakkaha» — «Shubhasiz, murodiga yetdi, (najot topdi) ul kishikim, pok qildi (tarbiya etdi) uni (jonni nafsni)»
«Qod aflaha man tazakka, va zakarosma Robbihi fa solla» — «Shubhasiz, zafar (falah) topdi ul kishikim, pok bo‘ldi va zikr qildi Rabbi ismini va namoz o‘kidi», degan oyati karima ham bor.

Shuning uchun, biz bir tasavvufiy jamoatmiz, muhtaram birodarlarim!..

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:34:28

O’rtada juda nozik bir farq bor. Junayd Bog‘dodiy hazratlari qo‘lida kitob bilan borayotgan ekan... Ustozi (rohmatullohi alayh) debdiki: «Junayd, farzandim, qayoqqa ketayapsan?..» «Hadis o‘rganmoqqa ketayotibman, Xojam!» deb javob berganida, «Bas, sening hadischi bir mutasavvif bo‘lmog‘ingni tarjih eturman (afzal ko‘rurman)», debdi. Avval hadisga, fiqhga asoslanadi tasavvuf, ilmning asliga, asosiga, mohiyatiga, sog‘lom diniy bilimga tayangandir tasavvuf!.. Bu bo‘lmasa, jihod ham bo‘lmagay!
Eslayman, Mavdudiy bir kitobida aytadiki, «Yaxshi yetishmagan noqis musulmonlardan Pokistondagi Islomiy harakat ko‘p narsalarni yo‘qotdi!» Noqis bir musulmon musulmonlarning ham yuzidagi qoradir, oyog‘idagi kishandir, yo‘lining g‘ovi, yo‘lining devoridir...
Shu jihatdan, Alloh ustoz-shayxlarimizdan rozi bo‘lsin, rohmatullohi alayhim ajma’iyn... Alloh bizlarni ularning shafoatiga noil aylasin. Bizni boshqa bir insonlardan farqli qilgan narsa nima?.. Alloh nasib etdi, bizlarni ularga tolib ayladi-da, biz moddaning yonida ma’no borligini ozmi-ko‘pmi farq etib, dushmanlarga qarshi ozgina hushyorlik, sergaklik holatida bo‘lmoqqa yo‘naldik, yo‘nala oldik...

Qayd etilgan


Doniyor  04 Avgust 2006, 07:34:39

QALBNI ISHLOVCHAN HOLGA KELTIRMOQ

Dunyoning boshqa bir o‘lkalarida esa Islomning rivojlanmog‘i uchun, yuksalmog‘i uchun qilinayotgan ishlar bor. U yerlarda ham shu xil shikoyatlar... Rahbarlardan, mutafakkirlardan, olimlardan, fozillardan, komillardan xuddi shundoq shikoyatlarni eshitgaymiz. Kamolga yetmagan — yetilmagan insondan, sifatsiz insondan, iymoni chinakam yal-yal yonmagan insondan biror foyda hosil bo‘lmagay.
Jihodga borsa, jihodni o‘lja olmoq uchun qilgay... Afg‘oniston janglarida qatnashgan birodarlarimiz aytishdi, o‘kindim, odam qo‘lini ko‘tarib: «La ilaha illalloh» deydi, «Men musulmonman», deydi, begunoh o‘lib ketayotgani aniq ma’lum... Bu tomondagi «mujohid» uning pullariga tama’ qilib, o‘ldiradi... Chunki noqis!.. Noqisdan mujohid yuzaga kelmas. Ya’ni, iymonida nuqson bo‘lgan kishi har ishni ham barbod etgay.
Shuning uchun eng birinchi ishimiz o‘z qalbimizni ishlovchan holga keltirmoqdir... Ma’mur holga keltirmoqdir, yal-yal porlaydigan holga keltirmoqdir... Iymon to‘lg‘un holga keltirmoqdir. Payg‘ambar (s.a.v.) hazratlari duolarida bunday deb marhamat etar edilar: «Yo Rabbiy! Men Sendan iymoni komil so‘ragayman. Mustahkam ishonch, yaqiyn tilagayman, sidq tilagayman...» derdilar. Nechun? Insonning qalbiga eng kerakli narsa shu bo‘lgani uchun... Qalb, ya’ni insonni boshqargan a’zosi, insonni boshqargan qo‘mita markazi yal-yal tovlanmasa, sog‘lom ishlamasa, inson go‘zal, chiroyli ishlar qilaolmas!.. Bomdod namoziga tura olmas, ibodatini qila olmas... Ro‘za holida gunohlar qilgay... Tijorat qilar ekan, harom yegay, yolg‘on so‘zlagay.

Qayd etilgan