Ya`na bir sabab uchrashuvdagi bir forumchidan juda ranjiganman ! Ulug` ayyomlarda ular bilan gap talashgimam kelmadi !
Gaplarizni tahlil qilib ko'rsam, mendan ranjiganga o'xshaysiz...
Uka, agar mening qilgan ishlarim sizni ko'nglingizga og'ir botgan bo'lsa, unda uzr so'rayman...
Lekin agar o'sha mavzularni yopilish masalasida ushbu xafagarchilik kelib chiqqan bo'lsa, unda yaxshilab o'ylab ko'rsangiz, aslida bu narsa xafa bo'lishga arzimasligini tushunib yetardingiz...
Keyin, men undan xafa bo'ldim, bundan xafa bo'ldim deyish yigit kishiga yarashmaydi. Siz dadil bo'ling, unaqa bo'shlik qilmang... Ichingizdagi hamma sirlarni tashqariga chiqaravermang...
Ha, yana sizga maslahatim, o'zingiz yomon ko'rgan inson bilan uchrashishga harakat qiling. Bu uchrashuvdan ko'p narsa olasiz... Juda ko'p narsa...
Yana bir bor sizdan uzr so'rayman. Ramazon oyida bunaqa dilxiralik yarashmas deyman...
Keyingi uchrashuvlarda sizni kutamiz... Albatta keling-a...