"Shevaga xos so'zlar"  ( 177679 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 11 B


BelleQizcha  15 Avgust 2010, 07:19:05

bir bola bolardi SHIPIRGI minan Paqir yo'mi dib qo'yardi./. biza bo'sa bu o'zga sayyorarlikmi dirdik

Qayd etilgan


Dilafruza  15 Avgust 2010, 08:28:58

mani Xorazimlik bir dugonam bor u adadini AKA, diydi akasini og'a.
mani esa uydegilariga CHIQANIM (O'rtog'im) diydi.

Qayd etilgan


Zamiraxon  15 Avgust 2010, 15:49:51

Kecha Samarqandga, uyimizga kelsam, uyda mehmonlar - ayamning qoraqalpog'istonlik dugonalari. Tög'risi umuman tushunmadim tiliga, sal qulog'imga tanish sözlar chalinadi, lekin anglay olmadim. Ayamdan qanaqa qilib gaplashyapsiz desam, "Özimizning qishloq shevasiga öxshaydiku, faqat juda tez gapirishadi" deb qöya qoldilar. Menga biron savol bersalar ham, oddiy tasdiq gaplardan aytishsa ham, "ha-ha, tög'ri, tög'ri" deb qutuldim. ;-)
PS: Öxshatmoq - öshxatmoq. Topinglarchi, qaysi sheva? 

Qayd etilgan


Ziyovuddin  16 Avgust 2010, 12:53:57

Ba Xedo - Yo Xudo  ;D

(Lo'licha)

Qayd etilgan


Ansora  16 Avgust 2010, 15:41:49

1 chi kursdamiz, yotoqxonada xonadoshlarimni biri Buxorodan, biri esa Qashqadaryodan. Anjon shevasida Loviyaga- bizni Baliqchida "lo'ya"- deyishadi. Men uyalib, "Loviya", deb adabiy tilda gapirishga harakat qilsam, Buxoroda "lo'blo" deyisharkan : )
Haaa, dedim uyalmasam ham bo'larkan, keyin bemalol "lo'ya" deya boshlaganman ;D

Qayd etilgan


Ansora  16 Avgust 2010, 17:30:09

Xorazmda "yuqori chiqing" ma'nosida "tirmash" der ekan, eshitib qotib qolganmiz ;D

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  16 Avgust 2010, 17:37:51

Bismillohir rohmanir rohiym!

1). nimkala - nozik
2). bacha - bola
3). arriqlab ketmoq - ozib ketmoq
4). dostiq - yostiq
5). tov - tog'

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  16 Avgust 2010, 17:48:38

Kecha Samarqandga, uyimizga kelsam, uyda mehmonlar - ayamning qoraqalpog'istonlik dugonalari. Tög'risi umuman tushunmadim tiliga, sal qulog'imga tanish sözlar chalinadi, lekin anglay olmadim. Ayamdan qanaqa qilib gaplashyapsiz desam, "Özimizning qishloq shevasiga öxshaydiku, faqat juda tez gapirishadi" deb qöya qoldilar. Menga biron savol bersalar ham, oddiy tasdiq gaplardan aytishsa ham, "ha-ha, tög'ri, tög'ri" deb qutuldim. ;-)
PS: Öxshatmoq - öshxatmoq. Topinglarchi, qaysi sheva? 

Bismillohir rohmanir rohiym!

Manimcha bu shevada Samarqand viloyatidagi Chelak tumanidagilar gaplashishadilar. Yana ham bilmadim, qayerdadir eshitganman.

Qayd etilgan


UzMuslim  16 Avgust 2010, 19:09:13

Qo'qonni Eng Mashhur Bo'lgan So'zlari Bu

Ballar-bolalar
Qatda-Qayerda
anetda-Anuvi yerda
Qachan-Qachon


Qayd etilgan


BelleQizcha  16 Avgust 2010, 22:09:39

Qo'qoncha shevada bitta gapam bor edi.
 Kettaylik Pepsi-cola ichgani

Qayd etilgan