"Shevaga xos so'zlar"  ( 177727 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


As-Samarqandiy  19 Avgust 2010, 13:43:14

Bismillohir rohmanir rohiym!

Yuqoridagi postni o'qib, bir do'stimni shevasi esimga tushub ketdi. Ular, ya'ni do'stim tarafdagilar "u" o'riniga "i" harfini qo'yib gapiradilar.

Misol uchun:

1.) kuchuk - kichik
2.) quyosh - qiyash
3.) kulcha - kilcha
4.) qum - qim
5.) kul - kil va. b.

Qayd etilgan


AL_laziz87  19 Avgust 2010, 16:09:42

Baliqchi tumanidagilar so'z oxiridaga  ko'proq "yu" ishlatadi.
Masalan: Nima -Nima-yu

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 18:36:50

Keyin Yana BItta So'z Bor Bizda Juda ham Ko'p Sihlatiladihgan..Qatdasan Desa Bettaman(Mana Bu Yerdaman) kelovr deyiladi

Qayd etilgan


Robiya  19 Avgust 2010, 18:44:18

:as:

Buxoroning Olot, Qorako'l tumanlarida qilmadi "etmadi" deyiladi.

Buvi - moma..

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 18:56:38

Qo'qonda Dovchani-Go'ra deyishadi,Termezda yashanimda Shunga Juda ham Qiynalardim..Bir Kun Maktabdan Qaytib Tyrganimda Bollar Kettik Dovchaga Boramiz deyishdi Man Hayron Nima Ekan Bu Dovcha Kettik dedim Ichimda Man HAm Dovcha Nima Ekanini Ko'rib Olaman dedim...Qarasam O'zimizi G'ora ekan..

Qayd etilgan


AL_laziz87  19 Avgust 2010, 20:29:25

Andijon viloyatining Doxiston qishlog'ida Buvani -Anna deganini eshitib qotib qolganman

Qayd etilgan


BelleQizcha  19 Avgust 2010, 21:44:18

tojikiy nametanam-Samarqandcha

Qayd etilgan


munisaxon  20 Avgust 2010, 09:16:32

Buvini  Katena yoki Katina deyishadi.
Bir dugonam tojikcha gapirgan odamga qarab turib "Man tojiki namedonam" deganini eshitib kulgidan qotib qolgandik.
Bunday holatlar Samarqandda bo`lib turadi, beixtiyor tojikchani bilmasangiz ham ishlatib yuborasiz.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  20 Avgust 2010, 10:54:08

Bismillohir rohmanir rohiym!

Asosan o'rtoqlarim Chelak va Payariq tumanlaridan bo'lganliklari sababli, ularning shevasini yaxshi bilar edim. Hozir ancha yodimdan chiqibdi. Ammo lekin bir so'z hech esimdan chiqmaydi. Ular har gapga "hov" so'zini qo'shib gapirishardi.

Qayd etilgan


The_Alchemist  20 Avgust 2010, 11:10:14

Qorakul taraflarda eng kup ishlatiladigan suzlardan biri "Ova" ekan bu mayli degani ekan. Yana bir shevadagi suz bu "Uzatvoring" ekan, bu Qorakulda ishimni tezroq bitirib bering yoki mani ushlab turmang degani ekan. Kupincha paynetlada kutib qolishsa "kechirasiz mani uzatvoring" deb qolishadi, ushanda tushunmagan odam hijolat bulib qoladi :)

The Alchemist

Qayd etilgan